O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Boshqaruvda shaxslararo munosabatlarga umumiy tavsif va uning



Download 378,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana20.07.2021
Hajmi378,9 Kb.
#123843
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
boshqaruv uslublarining shaxslararo munosabatlarga tasiri va faoliyat motivatsiyasi

 

1.3. Boshqaruvda shaxslararo munosabatlarga umumiy tavsif va uning  

jamoa faoliyatidagi roli 

 

Muloqot  –  bu  axborot  va  predmet  aloqa  bo‗lib,  bu  jarayon  davomida 

shaxslararo  munosabat  shakllanadi  va  namoyon  bo‗ladi.  Shaxslararo  faol  muloqot 

bu  tarbiya  jarayonining  aniq  maqsadga  yo‗naltirilganligini  tasdiqlovchi  birdan-bir 

omildir.   

Ichki  guruhlararo  aloqa  tizimining  integral  tavsifi  guruhlarning  bir  xilligi, 

yaxlitligi  hisoblanib,  uning  ko‗rsatkichi  guruh  uchun  bir  qadar  ahamiyatli  bo‗lgan 

ob‘ektga  (shaxsga,  hodisaga,  voqeaga)  nisbatan  fikrlar,  baholar  hamda  guruh 

a‘zolarining  maqsadli  yo‗nalishi  va  pozitsiyasining  mos  kelish  darajasi 

hisoblanadi. 

Shaxslararo 

munosabatlarning 

umumiyligi, 

tashkiliy 

jihatdan 

bog‗liqligi,  faoliyatning  ruhiy  "kayfiyati"  va  sensomotor  muvofiqligi  guruh 

birdamligini  belgilovchi  o‗zaro  ta‘sirning  asosiy  omillari  hisoblanadi.  Shaxsiy 

munosabatlar  tahlili  guruhni  tirik  organizm  sifatida  olib  qarashga  imkon  yaratadi. 

Shaxsiy  munosabatlarning,  ayniqsa,  xush  ko‗rish  va  xush  ko‗rmaslik  hamda, 

avvalambor,  shaxs  afzalliklarining  o‗ziga  xosligi  guruh,  jamoaning  shakllanganlik 

darajasini  belgilovchi  asosiy  ko‗rsatkichdir.  Shuning  uchun  ham  inson  tabiatining 

bu  murakkab  qirrasini  ochish  ahamiyatlidir.  Turli  xil  kommunikativ  vaziyatlarni 

tushuna  bilmaslik  ko‗p  hollarda  odamlarni  bir-biridan  ajratib  yuboradi, 



 

19 


ziddiyatlarga  olib  keladi.  Shu  munosabat  bilan  guruh  birdamligi  masalasi,  uning 

ichki  mexanizmlari  va  shakllanish  vositalari  tahlili  bir  qadar  dolzarb  ahamiyat  kasb 

etadi.  Guruh  birdamligi  masalasiga  bag‗ishlangan  tadqiqotlar  guruhni  tushunishga, 

birinchi  navbatda  uni  emotsional  asosga  ega  bo‗lgan shaxslararo munosabatlarning 

muayyan  tizimi  sifatida  olib qarashga tayanadi. 

Guruh  birdamligi  –  bu  guruh  ichidagi  shaxslararo  aloqada  guruh  hayotiy 

faoliyatining  barqarorligi  va  bardavomligini  ta‘minlovchi  tartiblilik,  muvofiqlik  va 

mustahkamlikdir.  Guruh  birdamligini  sistematik  tarzda  o‗rganishning  boshlanishi 

XX  asrning  40-yillariga  to‗g‗ri  keladi, chunki aynan shu davrda maxsus tadqiqotlar 

bajarilgan  edi.  Guruh  birdamligi  uning  tarkibidagi  individlarning  o‗zaro 

munosabatlari  natijasi  o‗laroq  paydo  bo‗ladi.  U  guruh  a‘zolarining  barchasiga 

birday  ta‘sir  etuvchi  va  guruh  yaqinligini  keltirib  chiqaruvchi  barcha  kuchlar 

yig‗indisini  aks  ettiradi.  Bu  "kuchlar"  individ  uchun  guruhning  kerakligi  yoki 

guruhga  a‘zoligi  uchun  qoniqishi  bilan  izohlanadi.  Ammo  keraklilik  ham,  qoniqish 

ham,  guruhning  sof  emotsional  yo‗nalishdagi  munosabatini  aniqlash  yordamida 

tahlil  qilinadi.  Shuning  uchun  ham  birdamlilik  bu  holatda  guruh  a‘zolari 

emotsional  afzalliklari  tizimining  ma‘lum  tavsifi  sifatida  olib  qaraladi.  Ushbu 

ta‘rifda  individga  ta‘sir  etuvchi  yo‗nalish,  vektor  kabi  atamalarni  ifodalovchi, ya‘ni 

individni  guruhga  tortuvchi,  undan  itaruvchi  emas,  ijobiy  kuchlar  tushunchasi 

yetishmaydi.   

Masalani  o‗rganishning  boshqacha  yondashuvi  ham  mavjud  bo‗lib,  unga 

ko‗ra  guruh  birdamligi  nafaqat  muayyan  guruh  xususiyatlari,  balki  ayni  paytda 

ushbu  xususiyatlarning  guruh  a‘zolari  extiyojlariga  mos  tushishiga,  ulardan 

kutilajak  ijobiy  natijalarga  ham  bog‗liqdir.  Bu  o‗rinda  emotsional  tavsifga  asosiy 

urg‗u  beriladi.  Guruh  birdamligi  kuchlari  ikkita  hosil  qiluvchi  turga  ega:  1–o‗z 

guruhining  jozibadorligi;  2–boshqa  munosib  guruhlarni  jalb  qilish  kuchi.  Buning 

natijasida 

guruhni 


individlar 

birligi 


deb 

belgilash 

mumkinki, 

guruhga 


birlashganlarning  har  biri  birlashish  afzalliklarini  guruhdan  tashqariga  nisbatan 

ko‗p  deb  biladi.  Bundan  xulosa  qilish  mumkinki,  har  qanday  guruh  azaldan 

birdam.  Biroq,  dastlabki  birdamlikni  ko‗z  oldimizga  keltirganimizda  ham  uning 



 

20 


doimiyligi  va  o‗sib  borishi  masalasini  chetlab  o‗tmaslik  kerak.  Natijada 

tadqiqotchilar  o‗z  oldilariga  guruh  birdamligining  mavjud  darajasini  o‗lchash 

imkoniyatini  beradigan  vositalarni  topish  va  qaysi  usul  bilan  uni  o‗stirishni 

aniqlash  maqsadini qo‗ydilar.  

Shuningdek,  shaxslararo  munosabatlarning  yaqinlik  darajasini  ham  belgilas h 

zarur:  tanishlik  munosabati  boshqa,  do‗stlik  munosabati  boshqa.  Bu  shaxslararo 

munosabatlar  yaqinligining  birmuncha  chuqurroq  farqlanishi  bo‗lib,  uning 

tarkibida  o‗sishning  nafaqat  son,  balki  sifat  jihatdan  farqlanishlari  ham  mavjud. 

Shaxslararo  ikki  taraflama  yaqinlik-uzoqlik,  xush  ko‗rishxhush  ko‗rmaslik  alohida 

mazmun  kasb  etib,  u  mustahkam  didaktik  aloqalar  paydo  qilishning  asosiy  sharti 

hisoblanadi.  Ular  o‗zlarida  qanchalik  katta  yaqinlik  his  etishsa,  shunchalik  ko‗p 

shafqatlilikka,  binobarin  xatti-harakatlarida  shunchalik  ko‗p  muvofiqlik  va 

mushtaraklikka  moyil  bo‗ladi.  O‗z  navbatida  yaqinlik  o‗zaro  xush  ko‗rishlik  va 

baholardagi  muayyan  uyg‗unlik  va  roziliksiz  amalga  oshishi  mumkin  emas. 

Yaqinlik  asosida  boshqa  birovni  birmuncha  yaxshi  bilish  uning  harakatlarini 

xattoki  yangi  vaziyatlarda  ham  oldindan  ko‗ra  bilish  imkoniyatini  beradi. 

Boshqacha  aytganda,  ikki  taraflama  xush  ko‗rish  va  xush  ko‗rmaslik  shaxslararo 

munosabatda  nafaqat  emotsional  yuk  tashiydi  balki,  sheriklarning  bir  birini  qabul 

qilishi  va tushunishida  tartibga soluvchi vazifani  ham bajaradi. 

Shaxslararo  yaqinlik-uzoqlik,  hush  ko‗rish-hush  ko‗rmaslikni  ikki  shaxsning 

muayyan  sharoitdagi  o‗zaro  harakatlaridagi  mos  kelish  va  mos  kelmaslikning 

sharti  va  natijasi  deb  qarash  ham  mumkin.  Amaliyotdan  ma‘lumki,  ko‗p  hollarda 

guruhdagi  qovushmaslik  ikki  taraflama  xush  ko‗rishlikning  yo‗qligi  va  ikki 

taraflama  teskarilikning  mavjudligi  bilan  izohlanadi  va  aksincha,  ikki  taraflama 

yaqinlik  (xush  ko‗rishlik)  nafaqat  birga  yashash  va  dam  olish,  balki  guruh 

faoliyatidagi  muvaffaqiyatlarni  ham  osonlashtiradi.  Shunday  qilib,  shaxslararo 

yaqinlik-uzoqlik,  xush  ko‗rish  -  xush  ko‗rmaslik  mexanizmlarini  o‗rganish  nafaqat 

nazariy,  balki  amaliy  jihatdan  ham ahamiyat  kasb etadi. 

Guruh  birdamligini  o‗lchash  ikkita  bir-biriga  chambarchas  bog‗liq  metodik 

yondashuvdan  iborat.  Birinchisi  –  guruh  a‘zolarining  emotsional  yoqimliligini 




 

21 


o‗lchash.  U  quyidagi  taxmin  asosiga  quriladi:  guruhning  qancha  ko‗p  a‘zosi  bir-

birini  yoqtirsa,  butun  guruh  shunchalik  yoqimli.  Guruh  birdamligi  shunchalik 

yuqori.  Metodik  apparat  yo  ijtimoiy  o‗lchov  texnikasining  turli  variantlari,  yoki 

xush  ko‗rishlikning  maxsus  shkalalaridan  iborat  bo‗lishi  mumkin.  Guruh 

birdamligining  ijtimoiy  o‗lchov  koeffitsienti  –  bu  ikki  taraflama  ijobiy 

tanlovlarning  nazariy  jihatdan  mumkin  bo‗lgan  sonlari  bo‗linmasining  bir  qismidir. 

Shkalalardan  foydalanishda  sinalayotganlar  ikki  taraflama  xush  ko‗rishni 

kontinuum  bo‗yicha  "juda  yoqadi"dan  "juda  yoqmaydi"gacha    bo‗lgan  qarama-

qarshi  qutbda  baholaydilar.  Yakuniy  ko‗rsatkich  guruh  a‘zolarini  o‗rta  arifmetik 

o‗zaro  baholash  sifatida  hisoblanadi.  Ikkinchi  metodik  yondashuv  –  guruhni 

umumiy  jihatdan  emotsional  baholashni  o‗rganish.  U  o‗sib  boruvchi  savollar 

texnikasidan  iborat.  Ayrim  hollarda  sinalayotganlar  guruhga  umumiy  baho  beradi: 

"Siz  uchun  guruh  qanchalik  yoqimli?",  "Siz  guruh  a‘zolariga  qay  darajada 

bog‗langansiz?"  Boshqa  hollarda  o‗zining  guruhga  a‘zolik  darajasini  baholaydi. 

"Siz  mazkur  guruhga  a‘zo  bo‗lib  qolishni  xohlaysizmi?",  "Agar  Sizda  xuddi  shu 

ishni  xuddi  shu  maoshga  boshqa  guruhda  bajarish  imkoniyati  tug‗ilsa,    Siz 

guruhdan-guruhga 

o‗tishga  qanday  qaragan  bo‗lar  edingiz?"  Yakuniy 

ko‗rsatkichlar  individual  ma‘lumotlarning  o‗rtachasidan  kelib  chiqib  belgilanadi. 

Bu  metodik  usulni  baholar  ekanmiz,  bunchalik  "ko‗ndalang"  savollarga  samimiy 

javob  olish  mushkul,  degan  fikrga  qo‗shilamiz.  Guruh  birdamligining  yagona 

mavjudlik  shakli  –  individual  emotsionallikni  afzal  bilish.  Birdamlikni  amaliy 

tarzda  o‗rganishning  bosh  omili  alohida  individning  qoniqish  darajasini  baholash 

hisoblanadi.  (Guruhda  shaxslararo  bir-birini  qabul  qilish).  Ijtimoiy  o‗lchov 

yo‗nalishi  oqimida  birdamlik  shaxslararo  munosabatlarning  rivojlanish  darajasiga 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri  bog‗liq  holda  joylashgan  bo‗ladi.  Bu  fikr  bizning  metodikamiz 

qimmatini  va  uning  guruh  birdamligini  baholash  uchun  qulayligini  tasdiqlaydi. 

An‘anaviy  ijtimoiy  o‗lchov  tadqiqotlaridan  farqli  ravishda  biz  o‗zaro  tanlovlarni 

nafaqat  son,  balki  sifat  jihatidan  tahlil  qilamiz.  Bundan  tashqari,  biz  o‗zaro 

tanlovlar  sonini  qandaydir  ma‘lum  sonlar  bilan  (masalan,  o‗n  imkoniyatdan  uch 

yoki  to‗rt  tanlov)  sun‘iy  chegaralamaymiz,  aksincha  o‗z  munosabatini  istisnosiz 



 

22 


guruhning  har  bir  a‘zosiga  nisbatan  baholashga  da‘vat  etamiz.  Yuqorida  bayon 

etilgan  yondashuvda  asosiy  urg‗u  o‗zaro  tanlovlarning  soniga  qaratildi.  Birdamlik 

shaxslararo  attraksiyaga  bog‗liq  bo‗lishi  mumkin.  O‗zaro  ikki  taraflama  attraksiya 

o‗zaro  muhabbatni  tushunishga  to‗g‗ri  keladi.  Muhabbat  bir  taraflama  (va  hatto 

javobsiz)  va  ikki  taraflama  bo‗ladi.  Do‗stlik  bir  taraflama  bo‗lmaydi,  so‗zning 

o‗zida  ham  ikki  tarafalama  munosabat  ko‗zda  tutiladi.  Guruh  birdamligining  bir 

qadar  to‗liq  va  aniq  ta‘rifi  Mayersga  tegishli  bo‗lib,  u  yozadi:  "Birdamlik    – "Biz" 

hissi,  guruh  a‘zolarining  bir-birlari  bilan  bog‗liqlik  darajasi,  masalan,  o‗zaro  xush 

ko‗rish  hisobiga  yuzaga  keladi.  Bizning  nazarimizda,  bir  tomondan  birdamlikni 

yagona  guruhga  birgalikda  mansublikni  his  qilish  sifatida,  ya‘ni  "Men  –  bu 

"Biz"ning  qismi,  boshqa  tomondan  guruh  a‘zolari  o‗rtasidagi  ijobiy  aloqalar birligi 

(yoki  yig‗indisi)  va  ularning  kuchi,  "jipsligi",  yaqinligi  sifatida  farqlash  zarur. 

Shunda  shaxslararo  aloqalar  qancha  jipslashgan  bo‗lsa,  guruhdagi  birdamlik 

shuncha  kuchli  bo‗ladi.  Yana  butun  guruhni  o‗z  shaxsida  ko‗ra  bilish  qobiliyatini 

va  guruh  nomidan  gapira  olish  mezonini  ham  ko‗rib  chiqish  zarur.  Guruhdagi 

umumiy 


birdamlik  guruhdagi  munosabatlarning  yaqinligi  darajasiga  mos 

kelmasligi  ham  mumkin.  Biz  guruh  a‘zolari  o‗rtasidagi  yaqinlik  darajasini  va 

umumguruhdagi  yaqinlik  darajasini  o‗rganamiz.  Bu  o‗rinda  guruhning  birligi 

haqida gapirmaymiz. 

Shunday  qilib,  insonlar  doimiy  ravishda  o‗zaro  aloqada,  munosabatda 

bo‗ladilar  va  bunda  muqarrar  ravishda  ularning  individual  xususiyatlari  namoyon 

bo‗ladi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  har  bir  ijtimoiy  rol  xatti-harakatlarni  mutlaq 

shablon  ekanligini  belgilamaydi,  u  har  doim  o‗zining  ishtirokchilari  uchun  ayrim 

"imkoniyatlar  diapazoni"ni  qoldiradiki,  uni  shartli  ravishda  ma‘lum  "rol  bajarish 

uslubi"  deb  atash  mumkin.  Aynan  shu  diapazon  shaxslararo  munosabatning 

ikkinchi  qatori  bo‗lgan  tizim  ichidagi  egasiz  ijtimoiy  munosabatlar  qurilishi  uchun 

asos  hisoblanadi.  Shaxslararo  munosabat  birlamchi  va  ikkilamchi  o‗zaro 

munosabatlarni  o‗z ichiga oladi.  

Birlamchi  o‗zaro  munosabatlar  –  kuchli  emotsional  aloqalarga  asoslangan 

uzoq  davom  etuvchi  munosabatlardir.  Ikkilamchi  o‗zaro  munosabatlardan  farqli 



 

23 


ravishda  ular  siljiluvchan  bo‗lib  ko‗plab  rollarni,  vaziyatlarni,  xatti-harakat 

modellarini  qamrab  oladi;  ular  odatda  o‗zaro  aloqaning  qat‘iy  qoidalari  bilan 

chegaralanmagan  bo‗lib,  unda  ishtirok  etuvchi  kishilar  bir-birlarini  juda  yaxshi 

biladi.  Birlamchi  o‗zaro  munosabatlar  shundayki,  ulardagi  bir  qatnashchi  ikkinchi 

qatnashchini  yangi  odam bilan almashtira  olmaydi.   

Ikkilamchi  o‗zaro  munosabatlar  –  kishilar  o‗rtasidagi  nisbatan  qisqa 

muddatli  aloqa  bo‗lib,  chegaralangan  o‗zaro  aloqalar  bir  muncha  aniq  qoidalar  va 

bir  muncha  ma‘lum  ijtimoiy  rollar  bilan  belgilanadi.  Birlamchi  o‗zaro 

munosabatlardan  farqli  ravishda  ularda  kamdan-kam  holatda  katta  emotsionallik 

jalb  etiladi  va  munosabat  qatnashchilari  bir  muncha  oson  almashishlari  mumkin. 

Real  shakllangan  guruhlarni  o‗rganishda  tabiiy  ravishda  diqqat  e‘tibor  boshqa 

odam  haqidagi  dastlabki  tasavvur  hosil  qilish  muammosidan  sinfda  birgalikda 

faoliyat  ko‗rsatayotgan  o‗rtog‗i  haqida  shakllangan  tasavvurning  amal  qilish 

muammosiga  ko‗chadi.  (Ta‘lim  tizimida  tarbiya.  Guruhda  shaxslararo  bir-birini 

anglash.)  Keltirilgan  faktlar  sinf  jamoasi  pedagogik  tushunchasining  mohiyatini 

izohlashni  talab qiladi.   

Zamonaviy  pedagogika  va  psixologiyaga  oid  adabiyotlarda  "jamoa" 

tushunchasi  ikki  ma‘noda  qo‗llaniladi.  Birinchi:  jamoa  deganda  har  qanday 

tashkilot,  insonlar  guruhi  (brigadada,  maktabda,  talabalar  guruhida)  tushuniladi; 

ikkinchi:  jamoa  deganda  yuksak  darajada  rivojlangan  guruh  tushuniladi.  Bu 

holatda  guruhning  sifat  belgilari  haqida  gap  ketadi,  ya‘ni  maqsadga  intiluvchanligi, 

birdamligi,  ruhan  birligi,  yuqori  darajada  avtonomlashganligi  –  intensiv  ajralish 

jarayoni,  guruh  a‘zolarining  shu  guruhdagi  muayyan  maqsad  atrofida  birlashishi, 

monoreferentlik  samarasini  paydo  bo‗lishi.  Maktab  sharoitida  o‗quvchilarning  bir 

jamoaga 

birlashishi  tarbiya  vazifalariga  muvofiq  holda  aniq  maqsadga 

yo‗naltirilgan  tarzda  izchil  amalga  oshiriladi.  Bu  o‗rinda  jamoa  tarbiyaviy  ta‘sir  va 

pedagoglar  uchun  boshqaruv  ob‘ektiga  aylanadi.  O‗quvchilar  jamoasining 

tarbiyaviy  imkoniyatini,  har  bir  tarbiyalanuvchining  shaxsini,  ularning  o‗zaro 

ta‘sirini  o‗rganish  zarur.  Bularning  hammasi  tarbiyachiga  jamoani  pedagogik 

hodisa  sifatida  olib  qarashga  imkon  beradi.  O‗quvchilar  jamoasi  dinamik  tizim 



 

24 


sifatida  olib  qaraladi  va  uning  o‗sib  borishi  tarbiyalanuvchilar  ichki  dunyosida 

kechayotgan  o‗zgarishlar  bilan  izohlanadi.  O‗quvchilar  jamoasining  turlaridan  biri 

maktabdagi  sinf    hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  bundan  buyon  biz  o‗quvchilar 

jamoasi  haqida  gapirganimizda  aynan  maktab  sinfini  nazarda  tutamiz.  Rivojlangan 

o‗quvchilar  jamoasida  kishilar  o‗rtasidagi  munosabat  murakkab  o‗zgaruvchan  va 

o‗zaro  bog‗langan  tizimni  tashkil  etib,  unda  anonimik,  ya‘ni  tadqiqot  maqsadida 

munosabatlarni  bir  nechta  turlarga  ajratish  mumkin  bo‗ladi.  Ularning  har  biri 

boshqasiga  bog‗liq  bo‗lmagan  holda  mavjud  bo‗lolmaydi.  Ya‘ni  ularning  erkinligi 

nisbiy  bo‗lib,  o‗rtalarida  aniq  chegara  yo‗q.  Shunga qaramasdan ular sifat jihatdan 

bir-biridan  farq  qiladi.  O‗quvchilar  jamoasida  munosabatlarni  quyidagi  turlarga 

ajratish  mumkin:   

1. Rasmiy  munosabatlar.  Ular  lavozim  asosida  paydo  bo‗ladi,  qonun  bilan 

belgilanadi,  nizomlar,  qoidalar va boshqalar bilan nazorat qilinadi.   

2. Norasmiy  munosabatlar.  Ular  insonning  insonga  shaxsiy  munosabati 

asosida  yuzaga  kelib,  bu  kishilar  uchun  umumiy  tartibda  qabul  qilingan  qonunlar 

va  me‘yorlar,  qat‘iy  o‗rnatilgan  talablar  va  qoidalar  bo‗lmaydi.  Munosabatlarning 

aynan shu turi bizning  tadqiqotimiz  predmeti hisoblanadi.   

3. Vertikal  munosabatlar.  Bu  shaxslararo  aloqalar  bo‗lib,  ular  jamoa  ichida 

rasmiy  yoki  norasmiy  lavozim  pog‗onasida  turli  o‗rinni  egallagan  rahbar  va  uning 

xodimi,  liderlar  va  jamoaning  boshqa  a‘zolari,  umuman  odamlar  o‗rtasida 

shakllanishi  mumkin. 

4. Gorizontal  munosabatlar.  Bu  jamoada bir xil rasmiy yoki norasmiy o‗rinni 

egallagan  a‘zolarning  shaxslararo  aloqasi.  Bu  ta‘rif  bizning  nazarimizda  aniq  emas. 

Gorizontal  aloqalar  tushunchasi  asossiz  chegaralangan.  Guruhda  vertikal 

munosabatlar  ham  gorizontal  munosabatlar  ham  birday  mavjud  bo‗lishi  mumkin. 

Bularni  qarama-qarshi qo‗yish mumkin  emas. 

5. Shaxslararo  amaliy  munosabatlar.  Ular  kishilarning  birgalikda  ishlashi 

yoki shu sababga bog‗liq holda yuzaga keladi. 

6. Shaxsiy  munosabatlar  –  bu  bajarayotgan  ishlaridan  qat‘iy  nazar  insonlar 

o‗rtasidagi  munosabat.  Ularni  vertikal  holatda  ham  gorizontal  holatda  ham  tuzish 




 

25 


mumkin.  Rivojlangan  jamoada  o‗zaro  munosabatlarning  shaxsiy  va  amaliy  tizimi 

shakllanadiki,  ular  bir-birini  yaxshi  to‗ldirib,  jamoa  a‘zolarining  talab  va 

ehtiyojlarini  qondirishda turli  darajada rol o‗ynaydi.  

7. Shaxslararo  ratsional  munosabatlar.  Ularning  asosini  insonlarning  qay 

darajada  bir-birini  bilishi  va  atrofdagilarning  ularga  nisbatan  ob‘ektiv  bahosi 

tashkil  etadi.  

8. Emotsional  munosabatlar.  Bu  insonning  insonga  nisbatan  shaxsiy, 

individual  qarashlariga  asoslangan  sub‘ektiv  bahosidir.  Bu kabi munosabatlar faqat 

ijobiy  yoki  salbiy  emotsiyalar  bilan  bog‗liq  holda  yuzaga  keladi;  ular  har  doim 

ham inson haqida to‗g‗ri va ob‘ektiv ma‘lumotlarga  asoslanmaydi. 

9. Asosiy  faoliyat  zaminiga  qurilgan  munosabatlar  faoliyat  mazmunida  aks 

etgan munosabatlar deb ataladi. 

10. Faoliyat  mazmunida  aks  etgan  munosabatlar.  Ular  bu  faoliyat  bilan 

bevosita  bog‗lanmagan  bo‗ladi.  Shuni  ham  e‘tiborda  tutish  kerakki,  rivojlangan 

jamoaning  asosini  birgalikdagi  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‗lgan  faoliyat  va  uning 

ichida shakllangan  qatnashchilarning  muloqoti va o‗zaro aloqalari tashkil  etadi.  

Fikrimizcha,  o‗quvchilar  jamoasidagi  munosabat  turlari  ro‗yxati  u  qadar 

yaxshi  tuzilmagan.  Unda  munosabatlar  to‗plamidagi  turli  tamoyillar  aralashtirib 

yuborilgan.  Maktabdagi  sinfda  birgalikdagi  umumiy  faoliyat  yo‗q,  chunki  u 

chegaralangan.  O‗qish  –  bu  bilim  olishning  individual  jarayoni.  O‗quvchilar  bir 

vaqtda  ishlashadi  ammo,  kamdan-kam  birga  ishlashadi.  Sinfda  dars  paytida 

o‗quvchilarning  "birgalikdagi  faoliyati",  tabiiyki,  o‗qituvchiga  xalal  beradi  va 

intizomni saqlash uchun bunday faoliyatga barham beradi. Bo‗sh vaqtdagi muloqot 

–  bu  endi  ijtimoiylashuv  masalasini  hal  qiluvchi  birgalikdagi  faoliyatdir.  Bu  holda 

ijtimoiylashuvning  pedagogik  vositasi  sifatida  shaxs  munosabatlari,  ularning 

barcha  tur  va  ko‗rinishlari  namoyon  bo‗ladi.  Ijtimoiy  munosabatlar  tabiati  bilan 

shaxslararo  munosabatlar  tabiati  bir-biridan  keskin  farq  qiladi,  ammo,  shunga 

qaramasdan,  ularni  bog‗lovchi  halqa  emotsional  asosdir.  Shaxslararo 

munosabatlarni  guruhdagi  psixologik  "muhit"ning  omili  sifatida  olib  qarash 

mumkin.  Shaxslararo  munosabatlarning  emotsional  asosi  odamlarda  bir-biriga 




 

26 


nisbatan  tug‗ilgan  ma‘lumhissiyotlar  asosida  paydo  bo‗ladi  va  shakllanadi. 

Shaxslararo  munosabatlarni  bilib  turib,  guruhdagi  ijtimoiy  psixologik  muhit  haqida 

fikr  yuritish  mumkin.  A.N.Lutoshkin  jamoadagi  emotsional  holatni  aniqlashning 

noyob  konsepsiyasini  ishlab  chiqdi.  U  shunday  yozadi:  ―Jamoadagi  psixologik 

muhit  –  bu  jamoaning  umumiy  emotsional  kayfiyati  bo‗lib,  unda  odamlarning 

kayfiyati,  ularning  ruhiy  kechinmalari,  bir-birlariga  va  ishga  munosabatlari 

qo‗shilib  ketadi‖.  Biz  tuzgan  shaxslararo  muvofiqlik  shkalasi    har  bir  guruh 

a‘zosining  ijtimoiy  intilishi,  ijtimoiy  reaksiyasi  va  ijtimoiy  persepsiyasini 

o‗rgangach,  insonlarning  bir-biriga  munosabatlarini  nafaqat  sifat  jihatidan,  balki 

son  jihatidan  belgilash  imkonini  beradi.  Sanab  o‗tilgan  tushunchalar  ijtimoiy 

psixologik  muhitning  emotsional  unsurlariga  kiradi.  Guruhdagi  ruhiy  holatlar  turli 

darajadagi  anglashlar  bilan  izohlanadi.  Ularni  esa  bizning  tadqiqotimizga  suyanib 

aniqlash  mumkin.  Jamoadagi  psixologik  muhit  insonlarning  bir-biriga  va  umumiy 

ishga  munosabatida  namoyon  bo‗ladi,  shuningdek,  insonlarning  butun  olamga 

munosabatiga  ham  muqarrar  ta‘sir  etadi.  Shundan  kelib  chiqadiki,  jamoa  –  bu 

olamga  munosabat modelidir.   

Jamoa  tarbiyasi  muammosi  ustida  ish  olib  borgan  atoqli  pedagoglar 

tarbiyaviy  jarayonni  takomillashtirish  jamoaning  emotsional  imkoniyatlari  asosida 

jamoaviy  munosabatlarni  shakllantirish  istiqbolini  tartibga solish deb hisoblaydilar.  

Bolalar  jamoasining  emotsional  tarkibi  ta‘lim  va  tarbiya  samaradorligini 

oshirishning  kuchli  zahirasi  bo‗lib hisoblanadi.   

Pedagogika  fanining  eng  muhim  vazifasi  –  shu  zahiradan  foydalanish,  uning 

ob‘ektiv  ravishda  to‗planishi  va  amaliyotga  tadbiq  etilishiga  erishishdir.  Shuning 

uchun  ham  agar  pedagog-  amaliyotchining  ixtiyorida  bolalar  jamoasi  emotsional 

imkoniyatlarini  o‗rganish  va  baholashning  ishonchli  usullari  bo‗lmasa,  u  holda 

masalaning  yechimiga  umid bildirish  mumkin  emas. 

Ruhan  sog‗lom  jamoa  uchun  yuqori  darajadagi  axloqiy  muhit,  do‗stona 

munosabat,  burch  va  mas‘uliyat  hissi,  o‗zaro  talabchanlik  o‗ziga  xos  xususiyat 

sanaladi.  Bunday  muhitda  ishlash  va  o‗z  bilimini  takomillashtirish  ancha  oson 

kechadi. 




 

27 


Shaxslararo  munosabatlar  muammosini  tadqiq  etishda  shaxslararo  aloqalar 

bilan  bog‗liq  jarayonlar  o‗ziga  xos  qiyinchiliklar  keltirib  chiqara  boshlashi  va 

individ  o‗zining  guruhdagi  holatidan  emotsional  qoniqish  hosil  qilmay  qolishi  kabi 

holatlarni  o‗rganish  dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  bolalarning  ahvolini 

yaxshi  tomonga  o‗zgartirish  –  bu  pedagogning  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  vazifasidir. 

Odamlar  bilan  muloqot  qilishni  bilmaydigan  odam  noiloj  yakkalanib  qolish  xavfini 

o‗ziga  singdiradi.  "Odamlar  orasida  o‗zini  tuta  bilmaslik  –  bu  o‗ziga  xos  ruhiy 

chorasizlikki,  u  insonda  zaiflik,  norasolik  hissini  tez  shakllantiradiki,  uni 

g‗azablantiradi,  va  u  atrofdagilar  o‗rtasida,  binobarin,  uning  shaxsiy  "men"i  va 

ijtimoiy  munosabatlar o‗rtasida "begonalashuvi devorini"  paydo qiladi".   

O‗quvchilar  shaxsiy  o‗zaro  munosabatlar  tizimida  turli    o‗ringa  ega 

bo‗ladilar.  Bu  munosabatlar  murakkab  tuzilishga  ega  bo‗lgan  dinamik  (o‗sib 

boruvchi)  tizimdan  iborat  bo‗lib,  unda  har  bir  o‗quvchi  aniq  belgilangan  vaqtda 

ma‘lum  bir  o‗rinni  egallaydi.  O‗smir  yoshdagi  bolalarga  alohida  e‘tibor  qaratish 

zarur.  Chunki  bu  yoshdagilar  muloqotida  tanlashga  intilish  kuchli  bo‗ladi.  Bu  esa 

jamoa  tarkibida  tabaqalanishning  kuchayishiga  olib  keladi.  Yosh  o‗tishi  bilan 

ahvoli  yomon  bo‗lgan  o‗quvchilar  soni  ortib  boradi.  Sinfda  past  maqomning 

negativ  oqibatlari  sinf  peshqadamligining  pasayishida  aks  etadiki,  u  o‗z  navbatida 

turli  ta‘sirlarga,  o‗quvchining  asabiylashishiga,  tashvishlanishiga,  tajovuzkor  bo‗lib 

qolishi  va  boshqalarga  yo‗l  ochadi.  O‗quvchilar  shaxsga  nisbatan  o‗zining 

talablari,  o‗z  etikasi  shakllanayotgan  ma‘lum  guruhlarga  kiradi.  Agar  bu  guruh 

etikasi  jamoa,  pedagoglar  talablariga  zid  bo‗lsa,  u  holda  bu  axloq  normalari 

pedagoglar va o‗quvchilar o‗rtasida "ma‘naviy to‗siq"qa aylanadi. 

Shunday  qilib,  shaxsiy  o‗zaro  munosabatlar  tizimi  o‗quvchilar  guruhining 

shakllanishiga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadi.  O‗quvchilarning  bir-biriga  shaxsiy 

ishonchi,  xayrixohligi  zamirida  rasmiy  munosabatlar  yaxshi  va  oson  shakllanadi, 

yaxshi  tashkillashtirilgan  birgalikdagi  faoliyat  esa  shaxsiy  xayrixohlikning 

mustahkamlanishi  va  chuqurlashishiga  xizmat  qiladi.  Sinf  tashkiliy  tuzilmasini 

aniqlash  juda  ham  oson,  chunki  u  sinfdagi  vazifaning  taqsimlanishiga  bog‗liq. 

Shaxsiy  o‗zaro  munosabatlar  tuzilmasi  esa  o‗rganishning  maxsus  uslublarini  talab 




 

28 


qiladi.  Shaxsga  kuchli  ta‘sir  etadigan  mikromuhitni  aniqlash  uchun  pedagog  ham, 

psixolog  ham  mazkur  tuzilmani  bilishi  zarur.  Shaxsiy  o‗zaro  munosabatlarni bilgan 

pedagog  uni  tarbiyaviy  ishida  hisobga  olishi,  unga  ta‘sir  o‗tkazishi,  zarur  holatda 

uni  qayta  ko‗rib  chiqishi  mumkin.  Masalan,  o‗quv  ishchi  guruhini  shakllantirishda 

o‗qituvchi  shu  predmet  bo‗yicha  o‗quvchilarning  nafaqat  bilim  va  qobiliyatlari 

darajasini,  balki  ularning  do‗stona munosabatlarini ham hisobga oladi. 

Shaxslararo  munosabatlar  tuzilmasi  guruhdagi  individning  uning  a‘zosi 

sifatidagi  holatini  aniqlaydi.  Har  bir  odamning  jamoa  ichidagi  munosabatlar 

tuzilmasidagi  o‗rnini  yanada  aniqroq  ta‘riflash  uchun  "pozitsiya", "maqom", "ichki 

yo‗riqnoma" (ustanovka) va "rol" kabi ma‘lum  tushunchalardan  foydalaniladi. 

1.  Pozitsiya  –  turli  tizim  osti  munosabatlarida  insonning  rasmiy  holatini 

bildiradi.  U  shu  odamning  jamoadagi  boshqa  odamlar  bilan  aloqasi  hisoblanadi. 

Odamning  jamoadagi  boshqa  a‘zolar  fikri,  xatti-xarakatlariga  rasman  ta‘sir  eta 

olishi  uning  o‗sha  jamoada  qaysi  pozitsiyani  egallaganligiga  bog‗liq.  Pozitsiya 

insonning  maqomga  nisbatan  ichki  munosabatlarini  va  uning  maqom  doirasidagi 

faoliyatining  o‗ziga xosligini  ifodalaydi.   

2.  Maqom  –  munosabatlar  tuzilmasida  shaxs  holatining  norasmiy  ijtimoiy 

psixologik  tavsifini,  uning  jamoadagi  qolgan  ishtirokchilari  uchun  obro‗  e‘tibor 

darajasini  bildiradi. 

O‗quvchi  yuksak  maqomga  yaxshi  bilimi  yordamida  erishishi  mumkin:  bu 

o‗rinda  shuni  hisobga  olish  kerakki,  o‗smir  uchun  baho  alohida    ahamiyatga  ega 

bo‗lib  qolaveradi,  chunki  aynan  yuqori  baho  uning  qobiliyatlarini  ta‘kidlashga 

imkon  beradi.  Yuksak  maqomni  ko‗rsatuvchi  sabablardan  biri  deb  o‗rtog‗iga 

yordam  berishga  tayyor  turishni  aytish  mumkin.  Maqomda  shaxsga  o‗z  faoliyatini 

amalga  oshirish uchun berilgan  aniq harakatlar  to‗plami aks etadi. 

Hozirgi  bosqichda  maqomga  quyidagicha  ta‘rif  beriladi:  "Maqom  –  bu 

sub‘ektning  shaxslararo  munosabatlar  tizimidagi  holati  bo‗lib,  u  shaxsning  huquqi, 

majburiyatlari  va  imtiyozlarini  belgilaydi.  Maqomning  eng  muhim  belgisi  individ 

xizmatini  atrofdagilar  tomonidan  tan  olinishining  o‗ziga  xos  o‗lchovi  bo‗lgan 

nufuz  va  obro‗-e‘tibor  hisoblanadi".  "Status  bu  –  baho  yoki  tan  olinish  bo‗lib, 




 

29 


ularni  individ  atrofdagilardan  roli  nuqtai  nazaridan  va  guruhning  kooperativ 

faoliyati,  hayotiy  faoliyatining  turli  sohalariga  qo‗shgan  shaxsiy  hissasi  uchun 

oladi».  Bizning  tadqiqotimizga  qo‗llab  aytsak,  individning  bo‗yiga  qarab  tuzilgan 

maqom  ro‗yxatdagi  holati,  ya‘ni  "reyting"ini  bildiradi.  Guruh  kutishlari  tizimi 

individning 

guruhdagi 

holati 

tavsifining 

muhim 

belgisidir. 



Bu 

bizning 


tushunchamizda  maqomning  son jihatidan  ifodalanishi  tushunchasidir. 

Maqom  atrofdagilarning  sub‘ektga  qanchalik  intilishini  ko‗rsatadi.  U  o‗zaro 

yaqinlashish  va  uzoqlashishni  belgilab  beradi.  Bu  atama  shunday  holatni 

belgilaydiki,  unda  har  bir  guruh  a‘zosi  nafaqat  o‗zining  imkoniyatlarini  yuzaga 

chiqaradi,  balki  boshqalar  tomonidan  qabul  qilinadi  va  baholanadi.  Bu,  ehtimol, 

har  bir  pozitsiyadan,  shuningdek,  har  bir  roldan  nafaqat  muayyan  vazifalarni 

bajarish,  balki  ularni  sifatli  bajarishni  kutishga  tegishli  bo‗ladi.  Har  bir  rolga 

muvofiq  xulq-atvor  namunasining  kutish  tizimi  orqali  guruh  o‗z  a‘zolarining 

faoliyatini  nazorat  qiladi.  Bir  qator  holatlarda  guruh  o‗zining  biror  bir  a‘zosiga 

nisbatan  ega  bo‗lgan  kutish  bilan,  uning  real  xatti-harakati,  o‗z  rolining 

bajarishdagi  real  vositalar  o‗rtasida  kelishmovchilik  yuzaga  kelishi  mumkin. 

Bizning  tushunishimizcha,  maqom  va  proeksiya  o‗rtasidagi  ixtilof  real  va 

kutilayotgan  maqom o‗rtasidagi maqomdir. 

3.  Jamoa  munosabatlari  tizimidagi  insonning  ichki  ustanovkasi  individ 

tomonidan  o‗zining  shaxsiy  maqomini  o‗ziga,  sub‘ektiv  qabul  qilishidan  iborat 

(ya‘ni,  inson  o‗z  holatini,  jamoaning  boshqa  a‘zolarini  o‗ziga  nisbatan 

munosabatini,  o‗zining  obro‗sini,  shu  bilan  birga  ularga  o‗zining  ta‘sirini  qanday 

baholashidir).  Insonning  hayotga  mos  keluvchi  maqomi,  shuningdek  uning  inson 

tomonidan  qabul  qilinishi  va  unga  munosabati (ichki ustanovka) mos tushishi ham, 

ayro  tushishi  ham  mumkin.  Misol  keltiramiz:  tengdoshlarim  meni  hurmat  qiladi,  

menga  quloq  tutadi,  deb  o‗ylaydigan  o‗quvchi,  aslida  bilvosita  va  hatto  past 

maqomga  ega  bo‗lishi,  o‗z  jamoasiga  kuchsiz  ta‘sir  o‗tkaza  olishi  mumkin.  O‗z 

tengdoshlarimga  hech  qanday  ta‘sir  o‗tkaza  olmayman,  deb  o‗ylaydigan  o‗quvchi 

esa aslida bolalar o‗rtasida hurmatga sazovor bo‗lishi mumkin. 

4.  Rol  atamasi  jamoaning  psixologik  tarkibini  ifodalaydi.  Bu  me‘yoriy 



 

30 


belgilangan  va  qo‗llab-quvvatlangan  namunaviy  xatti-harakat  hulq-atvor  bo‗lib, 

uni  jamoada  turli  holat  va  pozitsiyaga  ega  bo‗lgan  odamdan  kutish  mumkin.  Rol, 

shuningdek,  o‗quvchilar  jamoasida  inson  egallagan  rasmiy  o‗rni  bilan  ham 

belgilanishi  mumkin  (masalan,  guruh  sardorining  roli).  U  ega  bo‗lingan  bo‗lishi 

yoki  o‗quvchi  tomonidan  o‗z  xohishiga  ko‗ra,  shuningdek,  o‗rtoqlarining, 

jamoasining  taklifiga  binoan  tanlangan  bo‗lishi  ham  mumkin  (aytaylik,  komandir 

roli  va  boshqalar).  Inson  o‗z  roliga  ko‗nikadi,  o‗rtoqlari  esa  undan  shu rolga mos 

keladigan 

xatti-harakatini 

kutishadi.  O‗z  zimmasiga  olingan  rol  jamoa 

munosabatlari  tizimida  insonning  qabul  qilinishi  va  baholanishini  belgilaydi.  Biz 

belgilagan  tartibda,  bizningcha,  sub‘ektning  qanchalik  o‗z  doirasiga  intilishini 

ko‗rsatuvchi  proeksiya  deb  atalmish  muhim  ko‗rsatkich  yetishmaydi.  Pedagogik 

o‗zaro  ta‘sir  shunday  holda  samarali  hisoblanadiki,  agar  uning  qatnashchilari 

o‗zaro  ahamiyatli  bo‗lsa.  Zamonaviy  pedagogik  adabiyotda  tarbiya  jarayonidagi 

o‗zaro  ta‘sir  qatnashchilarining  shaxsiy  xususiyatlarini,  «boshqa  kishining 

ahamiyatliligi»  muammosini  o‗rganishning  ahamiyati  ortib bormoqda. 

Ajratilgan  muammo  quyidagi  yo‗nalishlarda  tadqiq etilgan: 

1. 

Bir 


odamning 

ikkinchisiga 

nisbatan 

yoqimliligi. 

Munosabatlar 

ahamiyatliligi  qatnashchilar  o‗rtasida  ―xush  ko‗rishlik  va  xush  ko‗rmaslik‖ 

hissiyotga asoslangan ma‘lum  aloqalar  sifatida olib qaraladi. 

2.  Birgalikdagi  faoliyat  mazmuni  vositasiga  asoslangan  munosabatlar 

ahamiyatliligi  va  o‗zaro  aloqa  harakat  bo‗yicha  sherikning  u  yoki  bu  darajada 

yoqimliligiga  bog‗liq  bo‗lmasligi  mazkur  yo‗nalish  doirasida  shaxsiy  referentlilik 

va avtoritetlilik  o‗rganiladi. 

3.  Boshqa  kishining  ahamiyatliligi  –  bir  kishining  ikkinchisiga  ta‘sir 

funksiyasi  sifatida.  Rahbarning  xodimga nisbatan ta‘sir roli nazarda tutiladi. 

Fanning  olg‗a  intilishi  ko‗rsatilgan  yo‗nalishlarning  integratsiyasiga  va 

«boshqa  kishining  ahamiyatliligi»  uch  omilli  modelining  shakllanishiga  olib  keldi. 

Bu  modelning  paydo  bo‗lishi  XX  asrning  80-yillaridagi  ta‘lim  va  maktab 

islohotlari  vazifalariga  mos  kelgan  edi.  Bizning  tushunchamizga  A.V.Petrovskiy 

tomonidan  taklif  etilgan  klassifikatsiya  yaqin  bo‗lib,  unda  muallif  omillarni 




 

31 


metaindivid  reprezentatsiya  shakli  sifatida belgilaydi.

 

 



1.  Avtoritet  –  bu  insonning  pozitiv  ahamiyatining  boshqa  odamlar  uchun 

oliy  darajada  namoyon  bo‗lishi.  Avtoritet  atrofidagilar  tomonidan  «boshqa 

kishining  ahamiyatliligi»  sifatida  tan  olinishda,  ular  uchun  muhim  bo‗lgan  hollarda 

muhim  qarorlar  qabul  qilish  huquqiga  ega  bo‗lishda  o‗zini  namoyon  qiladi.  Bu 

tavsif  ortida  boshqalar  uchun  "ahamiyatli  kishi"  shaxsining  intraindivid  sifatlari 

turadi.  Ular  atrofdagi  kishilarga  uning  halolligi,  adolatliligi,  kompetentligiga 

suyanish imkoniyatini  beradi. 

2.  Attraksiya  bu  –  "boshqa  ahamiyatli  kishining"  hissiy  maqomi,  uning 

atrofidagi  odamlarni  o‗ziga  jalb  qila  olish  va o‗zidan uzoqlashtira olish (qobiliyati), 

sotsiometrik  tanlanish  yoki  rad  qilinish,  xush  ko‗rishni  yoki  xush  ko‗rinmaslikni 

tug‗dira  olishidir.  Ma‘lumki,  dushman,  odamlar  uchun  do‗stdan  kam  ahamiyatga 

ega  emas.  Insonga  hissiy  munosabat  birgalikdagi  faoliyatda  muvaffaqiyatlarga 

erishishga  olib  kelishi  mumkin,  yo,  aksincha  faoliyatni  izdan  chiqarishi  mumkin. 

Attraksiya  alohida  individuallashgan  munosabatni ifodalaydi. 

3.  Hokimiyat  maqomi  –  bu  institutsiallashgan  (tartibga  solingan)  rol  bo‗lib, 

unda  hokimiyat  vakolatlari  ustun  bo‗ladi.  Kundalik  hayotda  rol  ob‘ektiv  ijtimoiy 

munosabatlar  tizimida  inson  egallab  turgan  joy  bilan  belgilanadi.  Individning 

maqomi  yuksak  ekan,  u  har  doim  o‗zining atrofidagi tobe shaxslar uchun "boshqa 

ahamiyatli  kishi"  bo‗lib  hisoblanadi.Shunday  qilib,  pedagoglar  shaxslararo 

munosabatlar  tizimidagi  maqomlardagi  farqlar  tahlilidagi,  shuningdek,  guruhlarni 

tashkil  etish  jarayonidagi  o‗zaro  ta‘sir  mexanizmini  tushunish  uchun  zarur  bo‗lgan 

mo‗ljal  (orientir)larga  ega  bo‗lishdi.  Pedagogik  amaliyotda  shunday  bir  faktni 

hisobga  olish  zarur,  ya‘ni  o‗quvchi  shaxsining  o‗ziga  xos  xususiyatlarini 

belgilovchi  muhim  omil  u  o‗zi  o‗qiyotgan  sinf  jamoasi  va  o‗quvchining  undagi 

shaxslararo  munosabatlar  tizimidagi  o‗rni  hisoblanadi.  Shuning  uchun  sinf  rahbari 

o‗quvchilar  bilan  ish  tashkil  qilar  ekan  sinfdagi  o‗quvchilarning  o‗ziga  xos 

xususiyatlarini,  shuningdek,  qulay  psixologik  mikroiqlim  yaratish  maqsadida 

ularning  shaxslararo munosabatlaridagi  o‗ziga xosliklarni  hisobga olishi  kerak. 




 

32 



Download 378,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish