O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 6,32 Mb.
bet3/132
Sana15.05.2023
Hajmi6,32 Mb.
#938904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 3-semestr

98-128


3.

Mustaqil ta’lim va kurs ishi mavzulari




129-170

4.

Glossariy (o‘zbek tilidagi asosiy atamalar va ularning qisqacha tushunchalari, o‘lchov birliklari va h.k.)


130-179




5.


ILOVALAR


180


a.

O‘quv dasturi







b.

Tarqatma materiallar



191


v.

Testlar



199


g.

Baholash me’zoni



220


























O‘QUV MATERIALLARI


MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANINING
MA’RUZALAR MATNI

1-modul. Maktabgacha ta’limni rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, boshqarish tamoyillari
1-mavzu: Xalq xo‘jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi
Reja:

  1. Xalq xo‘jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi

  2. Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari

  3. Smeta - davlat moliyaviy hujjati sifatida

  4. Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar

  5. Maktabgacha ta’limni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari

  6. Munozara texnologiyasi

Tayanch so‘z va iboralar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, smeta, iqtisodiyot, rejalashtirish, munozara.
Xalq xo‘jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari Respublika xalq xo‘jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilidayozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. Unda maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o‘rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko‘rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me’yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag‘lardan foydalanishda: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan molmulk uning operativ boshqarish huquqida bo‘ladi. Muassasa o‘ziga biriktirilgan mobmulkni va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati uning tashkilot tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Tashkilot davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudje- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
- tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;
- shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
tdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovi miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To‘lov banklar orqali tegishli g‘aznachilik bo‘limlarida ochilgan shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida zarur moddiytexnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’limtarbiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pullik qo‘shimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti:
- Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga molmulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
- Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi,
- Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
- Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini moddiytexnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo‘jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda sohaga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal etishlari lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me’yorlari Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hisob birligi sifatidan o‘rtacha yillik hisobda bir bola olinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari o‘zaro kelishgan holda hal etishlari lozim.

Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish