O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 59,02 Kb.
bet11/11
Sana31.12.2021
Hajmi59,02 Kb.
#199875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshqaruv psixologiyasi

Alisher Navoiy (1441-1501) asarlarini o’rganish davomida kuzatish mumkin. Ulug’ shoir, mutafakkir va davlat arbobi bo’lgan Alisher Navoiy o’z iqtisodiy-siyosiy qarashlarini 22 ta asarida ifoda etgan. Alisher Navoiy “Zakariyo” va “Munshaot” asarlarida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi haqidagi g’oyat qimmatli fikrlarini bayon etadi.

O’rta Osiyo hududida istiqomat qilib, bashariyatning kelajakdagi rivojiga ulkan hissa qo’shgan ulug’ zotlar haqida so’z borganda Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Zahiriddin Muhamad Bobur (1483-1530), Mirzo Bedil (1644-1721), Ozodiy (1700-1760), Mahtumquli (1733-1782) va boshqa daholarni eslamaslik mumkin emas.

Zamonaviy ilm-fan rivojiga Sharq va G’arb mutafakkirlari o’zicha ta’sir ko’rsatgan.

Sharqda insonning ma’naviy izlanishi va yuksalishi bosh maqsad hisoblansa, G’arbda umumbashariyatning ozodligi va ma’naviy yuksalishi yo’lida izlanish muhim sanalgan. Shu boisdan Sharq matafakkirlarining ilohiy va nazariy bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq etish imkoniyatlari ayrim ob’ektiv shart-sharoitlar tufayli cheklangan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Bunday imkoniyat va amaliy tajribalar aynan G’arb mamlakatlarida amalga oshdi.

Insoniyat tarixida ilk bora Buyuk Britaniyada fabrika sharoitida mehnat qilish haqidagi qonunlar majmuasi ishlab chiqildi. So’ng Germaniya, Fransiya, Avstriya kabi mamlakatlarda ham bunday ishlar amalga oshirildi.Shu o’rinda ta’qidlamoq kerakki, e’tirof etilgan qonun majmualarida Sharq allomalarining asarlarida bayon qilingan ijtimoiy kafolatlar haqidagi ilg’or g’oyalar o’z aksini topgandi. Lekin, G’arb islohotchilari bu masalaga o’ziga xos tarzda yondashishgan, qolaversa G’arb mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti Sharq mamlakatlaridagidan farqli ravishda rivoj topgandi. Ana shu o’ziga xoslik pirovard natijada voqealar rivojini, muammolar yechimini belgilab beradi. Sharq mamlakatlarining tarixiy rivojlanish an’anasiga ko’ra, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi islohotlarni amalga oshirish va fuqarolarning manfaatlarini himoyalash davlat (hukmdor) ning zimmasiga yuklatilgan. Shunga yarasha xalq ommasi umidvorlik bilan yashagan. G’arb mamlakatlarida esa bu xil jarayonlar keskin sinfiy kurashlar zamirida kechgan. Omma va shaxs o’z manfaatlarini himoyalash yo’lida shaxsiy faollik ko’rsatishga moyillik ko’rsatardi. Yollanma mehnatkashlar kuchini ekspluotasiya qiluvchilar bilan yollanib mehnat qiluvchilar o’rtasidagi murosasiz kurashlar (ijtimoiy-iqtisodiy konflikt) natijasida butun ijtimoiy tuzilmada islohotlar ro’y bergan. Bunday siyosiy jarayonlar zamirida kuzatiladigan holatlar va ular asosidagi ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlari u yoki bu tarzda Sharq mutafakkirlarining asarlarida o’z ifodasini topgani benihoya quvonarlidir.

G’arbda insoniy kamolotga erishish aql-zakovat vositasida (pragmatizm) amalga oshirilgani haqida e’tirof etilgan edi. Aql-zakovat esa hamma narsaning tub mohiyatini anglashga, jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga, tuzilmaning barcha elementlarini muayyan tartibga solishga intiladi.

Sharq olamida asta –sekin ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda tanazzul alomatlari namoyon bo’la boshlagan bir vaqtda G’arb mamlakatlarida jonlanish kuzatiladi. U yerda ijtimoiy taraqqiyotning navbatdagi bosqichida keng ko’lamda bozor munosabatlari shakllanib bormoqda. Bu xil jarayonlar ijtimoiy munosabatlarni nihoyatda keskinlashtirib yuboradi. Bu voqealar davlat tizimi faoliyatida liberalizm konsepsiyalarining ustuvor bo’lishi bilan izohlanadi.Aholining tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga davlat tomonidan ko’proq e’tibor berila boshlandi. Ijtimoiy munosabatlar sohasida eng dolzarb muammo- mehnat munosabatlari edi. Jamiyat miqyosidagi ichki nizolar aynan shu masalaning yechimi bilan bog’langan, demakki, uning keyingi taraqqiyoti pirovard natijada mazkur nizolarning qay tarzda yechilishiga qarab amalga oshishi mumkin. XX asrda ro’y bergan iqtisodiy tanazzul jamiyatning liberalistik modelga asoslangan iqtisodiy rivojlanishi nechog’li asossiz ekanini ko’rsatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat jarayonlar rivojiga davlatning aralashuvini taqozo etardi. Ana shunday shart-sharoitlarda iqtisodiy jihatdan ancha ilgarilab ketgan G’arb mamlakatlarida, xususan, AQSh da “insoniy munosabatlar” maktabining E.Meyo, F.Retlisberg, M.Follet kabi namoyandalari tomonidan jamiyat hayotini ijtimoiylashtirish darajasini oshirish zaruriyatini ifoda etuvchi izlanishlar natijasi e’lon qilina boshlandi. Buyuk Britaniyadagi “ijtimoiy-texnik tizimlar” maktabining radikal namoyandalari ham o’z fikr-mulohazalarini ovoza etdi. Ularning fikriga ko’ra, texnologik jihatdan olib qaralganda, har qanday rivojlanish sotsiotexnik xususiyat kasb etadi. Zero, texnologik jarayonlar o’z-o’zicha amalga oshmaydi, balki insonlar tomonidan boshqariladi.

Ijtimoiy sohada adolat tamoyillarini qaror toptirish muammosining yechimiga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy-texnik omillar ta’sir o’tkazadi. Shuni inobatga oladigan bo’lsak, mazkur masalalarni tartibga solish uchun davlat aralashuvining nechog’lik muhimligi ayon bo’ladi. Sharq olamida davlat tizimining (hukmdor faoliyati) o’rni va roli nechog’lik ahamiyatli ekanini anglab yetishgan bo’lsa, G’arbda xuddi shu fikrga sotsial tajribalar asosida va aql-zakovat yordamida yetib kelishdi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda boshqaruvchilik sohasida amalga oshirilgan muhim ishlarni, jumladan, aholini sotsial himoyalash muammolariga katta e’tibor berilganini e’tirof etish lozim. Shu o’rinda buyuk ajdodlarimiz ham aynan shu masalalar yuzasidan nihoyatda o’rinli va qimmatli maslahatlar berishganini ta’kidlamaslik mas’uliyatsizlik bo’lardi.



Umumbashariy taraqqiyot tamoyillarini o’rganish shuni ko’rsatdiki, sotsial adolat prinsipini tarkib toptirishga intiluvchi har qanday davlat tizimida ijtimoiy munosabatlarni shakllantiruvchi barcha tomonlarning manfaatlarini uyg’un tarzda qondirish yo’l-yo’riqlarini izlab ish tutish yaxshi samara beradi. Bunda albatta davlatning o’rni va roli alohida belgilanadi. Davlat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va muvofiqlashtirib borish masalasi bilan shug’ullanmog’i lozim bo’ladi.



Download 59,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish