Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertatsiya ishi Alisher Navoiy ijodiy merosining ko`lamini ko`rsatishda, uning badiiy-uslubiy xususiyatlarini yoritishda, tarix va mumtoz adabiyot tarixi bo`yicha izohli lug`atlar tuzishda boy material beradi. Tadqiqot natijalaridan oliy o`quv yurtlarining tarix va o`zbek filologiyasi fakultetlarida, XV asr Temur va temuriylar davri tarixi, o`zbek adabiyoti tarixi va adabiy tili tarixi, manbashunoslik va islom tarixi bo`yicha o`qiladigan ma`ruza va maxsus kurslarda, uslubiy qo`llanmalar tuzishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |