O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


CHinni buyumlar ishlab chiqarishda



Download 1,7 Mb.
bet30/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

CHinni buyumlar ishlab chiqarishda yarimquruq usuli kukuni, plastik usul massasi, shliker yoki eritma maxsus asbob va mashinalar yordamida qoliplanadi. Qoliplanayotgan massalar namligi yuqoridagi usullarga ko’ra 6—8, 23—27 va 35—40 % atrofida bo’ladi. Birinchi usul ko’proq elektr chinnisi, ikkinchi usul xo’jalik buyumi va uchinchi usul badiiy chinni yoxud sanitariya-texnika buyumlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Misol tariqasida taq,simcha, lagan kabi chinni buyumlarni olishda plastik massa namligi 23—24 %, choynak, ko’za va kuvacha kabi murakkab buyumlarni olishda esa ushbu raqam 25—27 % ga tengligini keltirish mumkin.
CHinni buyumlarga termik ishlov berish texnologiyasi eng murakkab va mas’ul jarayon bo’lib, ma’lum darajada tayyor mahsulotning sifatini ta’minlaydi. Qoliplangan chinni fayans buyumlari kabi quritiladi, so’ngra tunnelь pechlarida kuydiriladi. Sopol buyumlari kabi bu yerda ham termik ishlov ikki bosqichda olib boriladi. Masalan, xo’jalik-maishiy chinnisi, avval 900—950°S da kuydiriladi, sirti sirlanadi va 130,0—1350" da ikkinchi marta kuydiriladi. So’ngra mahsulot yuzasi bo’yaladi va unga «oltin suvi» beriladi. Tayyor buyum saralanib, sortlarga ajratiladi. So’ngra maxsus yashik va konteynerlarga joylanadi va tayyor buyumlar omboriga jo’natiladi.
Termik ishlov vaqtida kaolin, gil va dala shpati parchalanadi. Kvarts esa prlimorfizm hodisasiga duch keladi. Natijada uch molekula alyuminiy (III) oksidi ikki molekula kremniy (IV) oksidi bilan birikib, mullit nomli o’ta mustahkam, issiq va sovuq ta’siriga chidamli kimyoviy turg’un va ninasimon moddani hosil qiladi. Dala shpati esa massa tarkibida ko’zga ilg’amas holda erib, chinnining yaltirashi va oqligini ta’minlovchi shisha modda hosil qiladi. Odatda, xo’jalik-maishiy chinnisi tarkibidagi bu shishaning miqdori 40—50 % gacha boradi. Kvarts .yuqori temperatura ta’sirida tridimit nomli formaga o’tadi. Albatta, massa tarkibida oz miqdorda bo’shliqli havo bo’ladi.
SHunday qilib, xo’jalik maishiy chinnisi tarkibiga mullit va tridimit minerallari, shisha va havo kiradi. CHinni tarkibiga kiruvchi xom ashyolar nisbatining buzilishi bilan bu moddalarning o’zaro miqdori ham o’zgaradi. Toshkentlik olimlar tomonidan yaratilgan yangi fosforitli chinni buyumlarning tarkibi esa boshqacharoq Ularning tarkibiga mullit, anortit, apatit kabi minerallar va shisha moddasi kiradi. Ba’zi vaqtlarda tayyor buyum garkibida vitlokit nomli mineral ham uchrab turadi.
Yumshoqchinni massasi asosida tayyorlangan mahsulotlarda mullit minerali uchramaydi. Ularning tarkibida sh shpa moddasi juda ko’p miqdorda bo’ladi. Bu esa o’z navbatida bunday buyumlarning oqligi va shaffofligini oshiradi. Bunday chinni tarkibiga fosforli birikmalar kirtilsa, u holda shisha moddasi bilan bir qatorda, anortit va kristobolit minerallari hosil bo’ladi.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish