O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “iqtisodiyot” kafedrasi “MIKROiqtisodiyot” fanidan



Download 0,88 Mb.
bet7/12
Sana22.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#573766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 курс иши 3-курс микроиқтисодиёт (2)

4. Talab va taklif elastikligi:
4.1. Talab elastikligi
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo‘lganda narx o‘zgarishiga javob berishini o‘lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o‘zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o‘zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o‘lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko‘radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko‘rib chiqamiz.
O‘rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O‘rin bosuvchi tovarlar ko‘proq elastik bo‘ladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o‘tish ancha oson. Masalan, saryog‘ va margarin oson o‘rin almasha oladi. Saryog‘ narxining kichik miqdorda o‘sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog‘ miqdorining kamayishiga sababchi bo‘ladi.
Teskari ravishda, tuxumning o‘rin bosuvchisi bo‘lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog‘nikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Qulay hayot kechirishga teskari muhimlik. Qulay hayot kechirishda elastik talab bo‘lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor ko‘rigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin bo‘lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorini kamaytirishga olib keladi.
Bunga sabab ko‘pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bog‘liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo‘ladi.
Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’siring o‘lchovi.
Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini o‘lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o‘zgarish foizi narxning o‘zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Tovar narxining pasayishi unga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx o‘zgarganda talab qanday o‘zgarishini ifodalaydi. Biror mahsulotga bo‘lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o‘zgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo‘lgan talab noelastik bo‘ladi, agar talab miqdori narxdagi o‘zgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi o‘sha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.
Yaqin o‘rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O‘rnini bosuvchisi bor bo‘lgan tovarlar ko‘proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o‘rniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog` va margarin bir-birini o‘rnini bemalol bosadi. Margarin narxi o‘zgarmaganda saryog` narxining biroz ko‘tarilishi saryog`ning sotilish miqdori tushushiga sabab bo‘ladi. Bunga zid holda, tuxumning o‘rnini bosadigan tovar bo‘lmagani uchun tuxumga bo‘lgan talab saryog`ga nisbatan kamroq elastik bo‘ladi.
Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga bo‘lgan talab odatda noelastik bo‘ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga bo‘lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bog`liq emas, balki xaridorlarning xohishiga bog`liq. Sog`lig`iga kamroq munosabatda bo‘lgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega bo‘lgan zaruriyat bo‘lishimumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo‘lgan hashamat bo‘lishi mumkin.
Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday chizishimizga bog`liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan ko‘ra elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir-birini o‘rnini bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziq-ovqatning o‘rnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham bo‘ladi. Vanillin muzqaymog`i juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymog`ning ko‘plab boshqa tamlilari uning o‘rnini bosadi.
Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko‘proq elastik talabga ega bo‘lishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo‘lgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt o‘tgan sayin, odamlar yoqilg`i tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan ko‘proq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga ko‘chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo‘lgan talab sezilarli darajada tushadi.
Talabning narx elastikligini hisoblash:
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqdik, endi uni qanday hisoblashni ko‘rib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi o‘zgarishini narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni:

Talabning narx elastikligi =


O‘rta nuqta metodi: elastiklik va foiz o‘zgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yo‘li


Elastiklik va foiz o‘zgarishini hisoblashning yaxshiroq yo‘li bu talab egri chizig‘idagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo‘lgan elastiklik, B dan A gacha bo‘lgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi.
Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligini hisoblash uchun o‘rta nuqta metodi bo‘lib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab olingan.

Talabning narx elastikligi =


Surat o‘rta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz o‘zgarishi. Mahraj o‘rta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz o‘zgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash shart bo‘lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak.
Talab egri chiziqlarining o‘zgarishi:
Iqtisodchilar talab egri chizig`larini ularning elastikligiga qarab guruhlarga ajratishgan. Elastiklik 1 dan katta bo‘lsa, talab elastik hisoblanadi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan ko‘proq suriladi.
Elastiklik 1 dan kichik bo‘lganda, talab noelastik bo‘ladi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastiklik aniq 1 ga teng bo‘lsa, narx va miqdor bir nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi.
Umumiy daromad va talabning narx elastikligi:
Bozordagi talab va taklif o‘zgarishlarini o‘rganayotganda, biz o‘rganishni xohlaydigan bir o‘zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to‘lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) ko‘paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko‘rishimiz mumkin.
Bu chizmadagi misollar ekstremal bo‘lishiga qaramasdan, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi:
Talab noelastik bo‘lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo‘nalishda harakatlanadi.
Talab elastik bo‘lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng bo‘lsa, narx o‘zgarganda umumiy daromad o‘zgarishsiz qoladi.
RASM
Talab
Narx
Miqdor
Umumiy daromad
Xaridorlar tomonidan to’langan barcha to’lovlar sotuvchilar uchun daromad hisoblanib, talab egri chizig‘I ostidagi chegaraga teng bo’ladi, ya’ni PxQ. Bu yerda mahsulot narxi 4 $ va unga talab hajmi 100 tani tashkil etib, umumiy daromad 400 $ ni tashkil etadi.
(daromad)




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish