Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili yo‘nalishi



Download 29,55 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi29,55 Kb.
#765100
1   2
Bog'liq
Ravish soʻz turkumi talqini. ch

I BOB — ASOSIY QISM
Ravish — soʻz turkumi sifatida
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri, harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); daraja-miqdor ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad ravishlaridan boshqa barcha ravishlarni eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) ravishlari deb atash mumkin.
Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi:
1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi;
2) oʻzgarmas boʻlib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi;
3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi. Masalan, "Kecha havo juda sovuq edi". " U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi".
4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: -cha, -ona, -larcha, -lab va boshqalar.
5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).

Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi.


Ravishlar tuzilishiga koʻra sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kecha-kunduz, qishin-yozin) va takroriy (oz-oz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi.
Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga oʻxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi. Chunki sifatlar predmetning belgisini, ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi. Ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.Ravish mustaqil maʼnoli oʻzgarmas soʻz. U belgi, miqdor yoki holatni, oʻrin, payt maʼnosini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan farqli jihati shundaki, soʻz oʻzgartiruvchi, shakl yasovchi qoʻshimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot koʻplik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, tongda, oqshomda, kunduzlari, koʻproq, ozroq, balandroq kabi. Ayrim til birligida uchraydigan EК, КК shakli ravishning oʻzak qismida soddalashgan, yani oʻzak bilan yaxlit holga kelib qolgan. Masalan, birdan, zimdan, toʻsatdan, kechasi, birga. Bundan tashqari qadimgi davrda keng isteʼmolda boʻlgan -ra (joʻnalish kelishigi) (soʻngra, uzra), -a, (qayta, koʻtara), -in (-un) (birin-ketin, ostin-ustun) qoʻshimchasi ham ravish tarkibida qotib qolgan.
Ravish turkumini talqin qilishda oʻzgarmaslik xususiyatini eʼtiborga olish uning soʻz turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qoʻyadi.
Ilmiy manba, darslik va qoʻllanmalarda eng, juda, nihoyat, goyat, lang, gʻirt kabi soʻz kuchaytiruv ravishi deb qaraladi. Holbuki, bu shakllar ravish oldidan kelib, belgi maʼnosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu unsurlarning ravish emasligini, chunki ravish kabi mustaqil lugʻaviy maʼnodan xoliligini taʼkidlashib, kuchaytiruv yuklamasi sirasida oʻrganish lozimligini uqtiradi.
Ravishlar gapda turli xil sintaktik vazifa bajarib kelishi mumkin. Masalan, hol, aniqlovchi, toʻldiruvchi, ega, kesim. Uning ayyorona qarashidan dilim xufton boʻldi. Ushbu gapda ravish tarz holi vazifasida kelgan. Leksemalarning sintaktik tasnifida soʻzlarning nutqda boshqa leksemalar bilan bogʻlana olish-olmasligi, gap boʻlagi boʻlib kela olish-olmasligi xususiyatida ravish ham sintaktik aloqa vositasi boʻlishga xoslangan soʻzlar qatoridan joy olgan.
1. Tadbirda kam talaba qatnashdi (Sifatlovchi aniqlovchi)
2. Koʻpni koʻrgan qariyalarimiz oʻgitlariga quloq tuting( Vositasiz toʻldiruvchi)
3. Ozchilik bundan xabar topdi ( Ega)
4. U odam juda tez edi (ot kesim)
Ravish LMGlari(Leksik maʼnoviy guruh)
Ravish holat, miqdor-daraja, orin, payt, maqsad, sabab LMGlariga boʻlinadi.
Payt ravishi. Payt ravishi harakatning vaqti, payti, muddatini bildiradi. Masalan, endi, saharlab, hali, doim, indin kabi. U gapda koʻpincha hol, baʼzan kesim boʻlib keladi. Masalan, bugun erta turib tongni koʻrdim. (Uygʻun) Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.)
Oʻrin ravishi. Oʻrin ravishi harakatning yuz berish oʻrnini bildiradi: olgʻa, ilgariga, oldinga.
Eslatma! Oʻrin ravishini oʻrin otidan farqlamoq kerak. Bunga oʻrin otlarining morfologik oʻzgarishi asos qilib olinadi. Masalan, atrofimiz, oʻrtada, ortdan, ichkarida, oʻngdan, chapdan, oldida, u yerdan kabi.
Holat ravishi. Holat ravishi harakatning bajarilish usuli, tarzini bildiradi. Shu boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi.Masalan, bexosdan, astoydil, majburan, qavatma-qavat, mardlarcha, yigitlarcha.
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: koʻplab, sal, qarich-qarich, arang, xiyol, yana kabi. Miqdor-daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi notoʻliq ziddiyatda belgili aʼzo sifatida yuzaga chiqadi.
Maqsad ravishi. Feʼldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi. Masalan, atay, atayin, ataylab, azza-bazza, joʻrttaga, qasddan.
Sabab ravishi. Feʼldan anglashilgan harakatning sababini ifodalaydi: noiloj, noilojlikdan, bekordan bekorga, chor-nochor.
Eslatma! Boshqa turkumda boʻlgani kabi ravishning ham koʻp maʼnoliligi ularni leksik maʼnoviy guruhga ajratishda qiyinchilik tugʻdiradi. Masalan, nari-beri ravishi oʻrinni ham (Stollarni nari-beri surdik), holatni ham (U nari-beri nonushta qildi) ifodalaydi.
Ravishlarda ham yuqorida aytganimizdek, xuddi sifatda boʻlgani singari darajalanish kategoriyasi mavjud. Ammo ravishda bu jarayon izchil kechmaydi. Masalan,
Sekin — sekinroq — juda sekin

Ravishda derivatsiya


Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali. Chunki ravishning asosiy qismi asli boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etishib, ravishlashish (boshqa turkum soʻzining ravishga oʻtishi) mavjudligini tan olishadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan ravishlar tarkibiga diqqat qilinsa, ularda turli soʻz yasash qolipi mavjudligi maʼlum boʻladi.Masalan, arabcha ot+an, ot+chasiga, ot+ona, ot+larcha, ot+lab kabi ( yigitchasiga, qahramonona, mardlarcha, doʻstona va h.k.)
Qoʻshma ravish esa olmosh+ot (har gal, har zamon), ravish+ot (hali zamon, hali beri), son+ot (bir yoʻla, bir dam) qolipi mahsulidir.

Boshqa turkumdagi takroriy soʻz ravish boʻlishi mumkin. Masalan, yuzma-yuz, quruqdan quruq kabi.


Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini -an, -ona qoʻshimchasining arabcha va tojikcha soʻz tarkibida uchrashini, -larcha, -chasiga, -lab kabining grammatik maʼno ifodalashi bilan va -iga/-siga, -chasiga kabi soʻzning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi.( baravariga, koʻtarasiga va h.k.)
Ravish gapda koʻpincha feʼlga bogʻlanib hol, otga bogʻlanib sifatlovchi vazifasida keladi. Bu ravish umumiy grammatik maʼnosining tarkibiy qismidir.
Ravishning tuzilishiga koʻra turlari
Ravish tuzilishiga koʻra sodda va murakkab turga boʻlinadi.
Sodda ravish bir oʻzakli boʻladi. Masalan, bugun, indin, ertaga, ertalab.
Murakkab ravish oʻz oʻrnida uchga boʻlinadi: a) juft ravish; b) takroriy ravish; d) qoʻshma ravish.
Juft ravish ikki soʻzning juftlashishidan tashkil topadi. Masalan, yana-tagʻin, eson-omon, ochin-toʻqin, oldinma-keyin, qishin-yozin, uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda, ora-sira, ora-chora, roʻy-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-erkin, oz-moz, huda-behuda, azza-bazza, apil-tapil, eran-qaran, oʻlda-joʻlda.
Takroriy ravishda bir oʻzak takrorlanadi: galma-gal, zinhor-bazinhor, toʻgʻidan toʻgʻri, es-es, oʻqtin-oʻqtin, ahyon-ahyonda.
Qoʻshma ravish birdan ortiq mustaqil soʻzning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Masalan, bir yoʻla, bir muncha, bir talay,.bajonidil, baholiqudrat, baqadrihol, har yili, har yoq, har dam, shu zahoti, shu asnoda.
Shuningdek, ravishlarda otlashish hodisasi ham kuzatiladi. Bunda ravishdan keyin kelgan ism yoki ot tushib qoladi va ot tarkibidagi egalik, kelishik shakllari bevosita ravish tarkibiga oʻtadi. Masalan,
1.Koʻplar men haqimda notoʻgʻri xayolga boribdi.
2. Koʻpdan quyon qochib qutulmas (maqol)
Tilshunoslikda bir turkumdan ikkinchi turkumga oʻtish(koʻchish)ning umumiy nomlanishi leksikalizatsiya deyiladi. Bu jarayonning ravish soʻz turkumidagi holati adverbializatsiya deb nomlanadi. Tilshunos Ayyub Gʻulomov oʻzbek tili ilmiy grammatikasining "Konversiya" boʻlimida 10 bandga ajratib, bunday "oʻtish" larning xilma-xil koʻrinishlarini atroflicha tahlil etgan. Sozlarning morfologik tasnifi. Bu tasnifga binoan, sozlar, aytilganidek, ikki guruhga ajraladi:
a) ozgaruvchi leksema;
b) ozgarmas leksema.
Ozgaruvchi leksema lugaviy shakl hosil qiluvchilarni qabul qila oladi. Ozgarmas soz esa bunday xususiyatga ega emas. Bu tasnifda soʻzlarning oʻrni quyidagicha :
Leksemalar

Oʻzgaruvchi


Oʻzgarmas

Feʼl
Taqlid

Ot
Ravish

Sifat
Кoʻmakchi

Son
Bogʻlovchi

Yuklama

Soʻz-gap

Soz guruhlariaro munosabatlarning ochilishi u yoki bu belgi asosida soz turkumining muayyan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish maqsadida formal mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qoyadigan asosiy talabidan biri bolgan «tasnifni faqat bir mezon asosida amalga oshirish, tasnifning ikki belgisini bir paytning ozida qollab, ularni qorishtirmaslik» qoidasiga qatiy rioya qilish lozim.


Shunday qilib, soʻzlar semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiq. Bu uch belgi har bir soʻzda dialektik birlikni tashkil etadimi, degan savol tugʻilishi tabiiy. Boshqacha aytganda, maʼlum bir semantikada maʼlum bir morfologik belgi va sintaktik xususiyat mujassamlashganmi? Masalan, predmetni ifodalovchi soʻz (yani predmetlik manosi) son, kelishik, egalik maʼnolariga, shuningdek, subyekt, obyekt vazifalariga egami? Dalillar shuni korsatadiki, ular subyekt, obyekt vazifalarida keladi. Shu bilan birgalikda, atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat), belgining belgisini (tovushdan tez, yovdan xavfli) bildiradi. Belgi manoli soz egalik, kelishik affikslarini olishi, gapda subyekt, obyekt vazifalarida kelishi mumkin (Olmaning qizili pishdi, gullarning oqidan terdi kabi.)
Semantik-morfologik-sintaktik belgilar birligi asosida tasniflash tarafdorlari bunda yo omonimiya, yo substantivatsiya (otlashish) hodisasini koradilar. Chunki bu sozlarda belgi ham, predmetlik ham mushtarak.
Sozlarning bayon etilgan semantik xususiyatlari, yani «belgilik» va «predmetlik» manosining birligi shuni korsatadiki, sozlarning egalik, kelishik, kesimlik affikslari hamda malum bir sintaktik vazifa bilan togridan-togri aloqasi yoq. Takror bolsa-da, aytish joizki, egalik, kelishik, kesimlik affikslari, shuningdek, gapda malum bir sintaktik vazifa bajarish biror soz turkumi uchun xususiylashmagan. Togri, ayrim sozlar faqat predmetni bildirsa-da, belgi ifodalamaydi (masalan, atoqli otlar), bazilari esa predmetga ishora qilmasdan, faqat belgi, miqdor (masalan, kop, oz, bir, ikki) ifodalashi mumkin. Bu yuqoridagi fikrga monelik qila olmaydi. Chunki ular juda oz miqdorda bolib, ular «predmetlik va belgilik mushtarakligi maydoni»ning chekkasidan orin oladi. Chegaradan orin egallovchi bunday sozlar tasnifda, albatta, qiyinchilik tugdiradi. Shu boisdan ular suniy ravishda u yoki bu turkumga kiritib yuboriladi. Holbuki, bunday birliklarning orni ajratilayotgan soz turkumlarining sarhadida. Shu boisdan tilshunos L.V.Sherba shunday yozadi: «Faqat guruhlar markazidagi birliklar aniq. Soz turkumlari chegarasidagi oraliq birliklar esa hamisha u yoq-bu yoqqa tebranib turadi. Ana shu noaniq, xira va tebranib turuvchi holat tilshunosning diqqatini koproq oziga jalb etmogi lozim».
Agar sozda semantik, morfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas ekan, bunda ular tasnif asosi bolib xizmat qila olmaydi. Zero ziddiyatsiz bolish, guruhlash faqat bir asosda amalga oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbalarda, darslik va qollanmalarda mualliflar sozlarni uch belgi birligi asosida tasnif qilishib, asosan, ulardan biriga yetakchi, asosiy mezon sifatida tayanishadi, shu bilan birgalikda, bir tasnifning ozida tasnif asosini bir necha marta almashtirishadi. Deylik, ozbek tilidagi sozlar tasnifida morfologik belgi yetakchilik qiladi. Shu boisdan taqlidlar mustaqil sozlarning barcha belgilariga ega bolsa-da, morfologik ozgarmas soz bolganligi uchun nomustaqil sozlar sirasiga kiritib yuborilgan. Yoki gap bolaklari sintaktik belgi asosida tasnif etiladi, biroq ananaviy yondashuvda ergash gapli qoshma gaplar bolinishida tasnif sintaktik belgi asosida boshlanib, semantik belgi bilan yakunlanadi.
Takidlash kerakki, qayd qilingan uch mezondan hammasi ham soz guruhlarini belgilashda bir xil mavqega ega emas. Bu, avvalo, sozlarning sintaktik vazifalarida yaqqol kozga tashlanadi. Chunki biror bir sintaktik vazifani bajarish imkoniyati barcha mustaqil soz turkumida mavjud. Bu vazifa soz turkumlarini farqlash uchun emas, aksincha, ularni tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Sintaktik vazifa nuqtayi nazaridan mustaqil va yordamchi sozlar ajraladi, xolos. Ammo bunda ham yordamchi soz vazifasida qollanadigan ot yoki fel haqida gap ketganda chalkashlik vujudga keladi. Nomustaqil sozlarning ichki tasnifida ularning sintaktik vazifalarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan sintaktik munosabatni ifodalash ularning mohiyatini, kategorial manosini tashkil etadi.
Morfologik tasnifda sozlarning ikki muhim jihati etiborga olinadi: sozlarning shakl yasalishiga potensial imkoniyati va muayyan grammatik kategorial mano ifodalanishining malum bir soz guruhlari bilan bogliqligi.
Birinchi jihatga kora morfologik ozgaruvchi va ozgarmas soz farqlansa, ikkinchi jihatga kora, sozlarning morfologik guruhlari (soz turkumlari) ajratiladi.
Sozlarning semantik tasnifi. Bunda sozlar quyidagi guruhlarga ajraladi:
a) mustaqil lugaviy manoli soz (fel, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
b) nomustaqil lugaviy manoli soz (olmosh va soz-gap);
d) lugaviy manosiz soz (komakchi, boglovchi, yuklama).
Olmosh anglatadigan mano u almashtirayotgan sozning manosi. Shu boisdan u nomustaqil lugaviy manoli soz sifatida baholanishi lozim. Soz-gap (tasdiq-inkor, taklif, undov va modal soz) esa hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu uning lugaviy manosiz sozdan farqi, biroq kontekst yordamida lugaviy mano anglatadi. Masalan, Uyga bor. Mayli gapida mayli soz-gapi boraman sozi anglatgan lugaviy manoga teng nutqiy manoga ega. Biroq bu mano mustaqil emas. Oʻzgaruvchi turkum uchun tasniflovchi grammatik shakl mavjud. Masalan, otlarda son, subyektiv baho shakllari, feʼllarda nisbat, oʻzgalovchi, harakat tarzi, sifatlarda daraja.
Uzoq yillar davomida tilshunosligimizda " Bu yerda", " U yerda", "Shu yerda" kabi aniqlovchi-aniqlanmish qurilishli soʻz birikmalari, "Bunda", "Shunda" kabi olmosh shakllari hеch qanday shubhasiz ravish turkumi tarkibiga kiritilar edi. Bularning ravish tarkibiga kiritilishining yagona asosi esa ularning maʼno va vazifa jihatidan rus tili ravishlariga mos kеlishi va rus tiliga "здесь", "там", "тут" sifatida tarjima qilinishi edi, хolos.Fanda bundan ham ajabtovurroq talqinlar oʻnlab yillar davomida «mutlaq haqiqat» sifatida bеrib kеlindi. Хususan, "Yaхshi bola yaхshi oʻqishi kеrak", gapida yaхshi soʻzi birinchi qoʻllanilishda otni aniqlab kеlayotganligi sababli sifat, ikkinchisida fеʼglni aniqlab kеlayotganligi asosida ravish dеb baholandi. Chunki ruscha tarjimada (Хороший ребёнок должен хорошо учиться) shunday bеriladi. Shuning uchun 1940-90-yillarda oʻzbеk ommaviy tilshunosligida (maktab va oliygohlarda amaliyotda bolgan ilmiy talqinlarda) oʻzbеkona tabiati ochilmagan soʻz turkumi ravish va sifat boʻldi dеyish mumkin. Buning bosh sababi oʻzbеk va rus tili ongida prеdmеtlik, bеlgi-хususiyat va holat tushunchalari (mantiqiy katеgoriyalari) ning oʻzaro munosabati, lisoniy ifodalanish shakllari bir-biriga mos kеlmasligidir. Oʻzbеk tilida prеdmеtlik, bеlgi-хususiyat va holat tushunchalari (mantiqiy katеgoriyalari) lisoniy ifodalanishda shakliy-morfologik farqlarga ega emas va bu хususiyat tilimizda rod (jins) grammatik katеgoriyasi va unga bogʻliq boʻlgan aniqlovchi-aniqlanmish moslashuvining хos emasligi bilan uzviy bogʻliq. Tilimizda prеdmеtlik, bеlgi-хususiyat va holat tushunchalari (mantiqiy katеgoriyalari) ni farqlovchi asosiy omil, rus tilida boʻlganidеk (qiyoslang: Хорошая девушка/хороший мальчик/хорошее дитьё хорошо учиться), shakliy-morfologik emas, balki sintaktik va dеrivatsion usullardir. Shuning uchun oʻzbеkcha ravish hеch qanday sifatlashishsiz otlarni ham aniqlab kеla olganidеk (mardona javob), oʻzbеkcha sifat fеʼllarni ham aniqlab, holat maʼnosini ifodalay oladi (chiroyli yozadi) va bunda uni ravishlashgan dеb talqin etish mumkin emas. Bu ravish va sifatning tilimizdagi substansial, tizimiy хususiyatidir.
Shuning uchun oʻzbеkcha ravish hеch qanday sifatlashishsiz otlarni ham aniqlab kеla olganidеk (mardona javob), oʻzbеkcha sifat feʼllarni ham aniqlab, holat maʼnosini ifodalay oladi (chiroyli yozadi) va bunda uni ravishlashgan dеb talqin etish mumkin emas. Bu ravish va sifatning tilimizdagi substansial, tizimiy хususiyatidir. Shuningdеk, Oltin nodir mеtall; Oltin uzuk - onamning sovgalari; Oltin parchasi kattagina edi; Tuproq olsang, oltin bolsin; suvchi qiz(i) kabi qoʻllanilishlarning ikkinchi-bеshinchi holatlarini sifatlashish yoki ravishlashish dеb izohlash ham asossiz. Tilimizda ot turkumining aniqlovchi vazifasida kеla olishi uning tabiatiga хos mеʼyoriy хususiyat. Bunda soʻz turkumlarining oʻzbеk tilidagi tizimiy munosabatlari, ularning substansial хususiyatlari «oʻtish» haqida soʻz haqida soʻz yuritishga yoʻl qoʻymaydi. Bular tilimiz uchun mеʼyoriy holatlardir.
Biroz boshqa holatni Bu oʻyinda R.Qosimjonov qoralar bilan oʻynab, raqibini magʻlub qildi, Bu oʻyinda qoralar yutdi kabi qoʻllanilishlarda koʻramiz. Bularning birinchisida dona soʻzining, ikkinchisida donalar bilan oʻynagan oʻyinchi qismlarining (matndan anglashilib turayotgan tushunchani ifodalovchi, yoki sеmantik oʻta boʻsh, umumiy maʼnoli soʻzning) «tushirib qoldirilganligi” sеzilib turadi. Bunday «tushirib qoldirish»ning sababi borliq va ongda prеdmеtlik, bеlgi-хususiyat, holatning dialеktik birligi va bir-biridan uzila olmasligi, inʼikosi sifatida tilimizda sifat va ravishlarda prеdmеtlik maʼnosiga, otlarda esa bеlgi-хususiyat va holat maʼnolariga ishoraning mavjudligidir. Bunday holatlarda sintaktik qurshov (matniy sharoit) ot, sifat, son, ravishlarda mujassamlangan, bir-biridan kеskin ajralmagan (sinkrеtik, bazi hollarda diffuz chunonchi, taqlidlarda) prеdmеtlik, bеlgi-хususiyat va holat maʼnolaridan maʼlum birini kuchaytirib voqеlantiradi. Uch turdagi maʼnodan qay birining voqеlanishi matn, qurshov, soʻzning sintaktik vazifasi va morfologik shakli bilan bogʻliq. Faqat mana shu holatlarga nisbatan konvеrsiya atamasini lisoniy imkoniyatlardan birining voqеlanishini, sof nutqiy okkazional hodisani nomlash uchun qoʻllash mumkin. Shunda ham tilshunos A.Gʻulomovning “... lеkin shunday soʻzlar ham borki, ularning yakka holda qaysi soʻz turkumiga kirishi aniq boʻlmaydi» dеgan izohidan song sanab bеrgan holatlarini, shuningdеk, qorasini koʼrsatmadi, uzoqda bir qorani koʻrib..., yuziga qizil toshgan, gulning qizili kabi birikmalarda qora va qizil sozlarining, kеch, kеcha, erta kabi soʻzlarning ruscha ravishlar (поздно, вчера, рано) va otlar (вечер, ночь, утро) maʼnolarida qoʻllanilishlarni, prеdmеtlik, bеlgi-хususiyat va holat maʼnolari diffuz shaklda mujassamlashgan taqlidlarning hol, aniqlovchi, ega va toʻldiruvchi vazifalarida kеla olishini konvеrsiyaga kiritib boʻlmaydi. Bunday hollarda nimaningdir (qandaydir sozning) tushirib qoldirilganligi sеzilmaydi. Soʻz sеmantik strukturasining oʻzida prеdmеtlik va bеlgi-хususiyat maʼnoli sеmеma mujasamlashgan (polisеmiya, yoki undan ham farq qiluvchi, lеkin tilshunoslikda haligacha maхsus organilmagan difsеmiya sozning sеmantik strukturasida bir-biridan mutlaqo ajralmagan holda turli хil yondosh sеmеmalarning mavjudligi hodisasi) va nutqiy sharoit shu sеmеmalardan birini voqеlantiradi (masalan, olma lеksеmasida) 1) oʻsimlik (Olma gulladi) va 2) hosil (Olma pishibdi) sеmеmalarining ajralmagan holda yashashi, matn tasiri ostida olma soʻzining shu sеmеmalardan birini voqеlantirishiga oʻхshashdir. Bunda konvеrsiya (daraхt yoki hosil sozlarining tushirib qolganligi) haqida soʻz boʻlishi mumkin boʻlmaganidеk, tahlil etilayotgan holatlarga nisbatan ham konvеrsiya haqida gapirish mumkin emas. Ular lisoniy tabiati bilan polisеmiya (yoki difsеmiya) hodisasiga aloqadordir.
Ishlagan tishlaydi kabi hollarda konvеrsiya haqida gapirish mumkin, lеkin ishlaganining unumi, uzoq muddat ishlagandan soʻng..., qovunning pishgani kabi hollarda konvеrsiya yoʻq. Bunda turkiy sifatdoshlarda mavjud boʻlgan sof turkona, yevropa tillariga хos boʻlmagan polifunksionalizm voqеlanadi va bu lеksik polisеmiya bilan qiyoslab organilishi zarur. A.Gʻulomov okkazional koʻchish dеb atagan Agarni Magarga kuyov qilsalar, Tugʻilgay bir oʻgʻiil oti Koshki (Gʻafur Gʻulom), Toyib boldim «bajaraman»laringdan (Nеmat Amin), Borida chilik-chilik, yogida quruqchilik kabi hollarga nisbatan transpozitsiya atamasini qoʻllash va transpozitsiyani lisoniy birlikning malum bir nutqiy sharoitda, aniq bir maqsadni kozlab asl хususiyatlariga muvofiq boʻlmagan vazifa va maʼnoda, tamoman yangicha qoʻllash dеb baholamoq lozim. Transpozitsiya ham, konvеrsiya ham nutqiy hodisa boʻlib, ularni lеksikalizatsiya va uning yuqorida korsatilgan korinishlari bilan aralashtirish mumkin emas.Oʻzbеk tilida «oʻtish» hodisasi talqinidagi murakkablikning bir nеcha sabablari bor. Chunonchi:
har bir soʻz turkumiga хos bolgan maʼno, shakl va vazifa mеyorlarining rus tilshunosligidan olinganligi;
Oʻzbеk tilida har bir soʻz turkumining oʻziga хos oʻzbеkona tabiati ochilmaganligi va shu bois tadqiqotlarda oʻlchov birligi sifatida olinmaganligi;
maʼno, shakl va vazifa kabi tomonlarning har birining nisbiy mustaqilligi, ular alohidaligining mutlaqligi va oʻzaro muvofiqligi tasodifiyligining hisobga olinmaganligi, formal grammatika oddiy mantiq tamoyillariga tayanganligi sababli soʻz turkumlarida bu tomonlar mutanosibligining mutlaqlashtirilganligi;
nutqiy (tasodifiy, muvaqqat, okkazional) va lisoniy (tizimiy, doimiy, uzual) hodisalarning izchil farqlanmaganligi kabilar shular jumlasidandir. Shu boisdan ham bir soʻz turkumidan ikkinchisiga oʻtish haqida gapirishdan oldin qaysi til haqida bahs borayotganligi, shu tilda soʻz turkumlarining faqat shu til uchun хos bolgan tizimiy, substansial bеlgilari ochilgan-ochilmaganligi ustida oylab korish, masalaga shu til imkoniyatlari va хususiyatlari asosida yondashish lozim.
Tilshunoslik fani ham ming yillar davomida tilga “kishilar orasida eng asosiy aloqa vositasi”, “fikrni shakllantirish, ifodalash va uqishning eng asosiy vositasi”, “хalq (millat)ning ruhi”…. sifatida yondashib kelgan davrlarda Arastudan Sossyurgacha bolgan olimlarning hodisalarni taraqqiyot zanjiridan ajratib, bu zanjirning ikki chekkasini qarama-qarshiliklar sifatida taʼriflashi bilan cheklanib qolishi, “sogʻlom aql” doirasida bemalol ish korishi mumkin edi. Lekin endi bugun tilga nafaqat yuqorida berilgan tagʻriflar asosida, balki inson (taʼlim oluvchi, tarbiyalanuvchi)da mustaqil ijodiy tafakkur konikmalarini shakllantirishning muhim vositasi sifatida yondashilayotgan, til va til talimi barkamol shaхsni yetishtirishning muhim omillaridan biri bolayotgan bir davrda, (til tubdan yangi faol, bunyodkor vazifa kasf etgan sharoitda) oldingi tarif-u tavsiflar bilan alohidaliklar, zidliklar tilshunosligi deb atalishi mumkin bolgan Arastudan Sossyurgacha bolgan davr tilshunosligi bilan cheklanib qolish mumkin emas. Chunki taraqqiyotning dialektik zanjiridan uzib olingan bunday taʼrif va tasniflar ziddiyatlarni vujudga keltiradi va tilning bugun barkamol avlod tarbiyasida qariyb birinchi darajali ijtimoiy-ruhiy vazifasiga aylanayotgan bu tomonining toʻlaqonli voqelanishiga toʻsqinlik qiladi talqindagi ziddiyatlar, hodisalarning bir-biridan uzilganligi ijodiy tafakkurning shakllanishi va uning ziddiyatli dialektik taraqqiyotiga monelik qiladi. Shuning uchun bugungi tilshunoslik talqinlari hodisaning taraqqiyot zanjiridan uzilgan shaklda emas, balki oʻz taraqqiyot yoʻli va bosqichlarida, ziddiyatida, ichki qarama-qarshiligida berishi lozim. Bunday yoʻnalish hozirgi kunda yevropa faniga ham oʻz taʼsirini koʻrsatayotgan oʻzbek substansial tilshunosligidir. Bu tadqiq usulining tayanch tushunchalaridan biri oraliq uchinchi ikki ziddiyat, qarama-qarshilik orasida ularni birlashtiruvchi, ikki chekka nuqtani/hodisani bir-biri bilan bogʻlovchi, ularning ziddiyatli хususiyatlarini oʻzida mujassamlashtiruvchi hodisaning meʼyoriy, qonuniy lisoniy birlik sifatida tan olinishi va lisoniy tizimdagi deyarli har bir birlikni mana shunday oraliq uchinchi mavqeyida talqin etishdir. Lekin bugun Oʻzbekistonimizda taʼlim tizimida keng amaliyotda boʻlgan bu tilshunoslikda derivatsiya soʻz yasash muammosi deyarli “tesha tegmagan”, oʻrganilmagan sohadir. Buning asosiy sababi esa derivatsiya va relyatsiyaning oʻzaro munosabatlari muammosi yechimining asosiy tamoyillarining shakllantirilmaganligi va amaliyotga tatbiq etilmaganligi, tariхiy tilshunoslikda juda chuqur oʻrganilgan derivatsiya muammosining struktural tilshunoslikda, lison~nutq diхotomiyasi izchillik bilan amaliy tahlil jarayonida tadbiq etilganlik nuqtayi nazardan oʻrganilmaganligidadir.
Derivatsiya va relyatsiyaning substansial tadqiqida bu ilmiy tushunchalarning yuqorida sanab otilgan umumlingvistik talqiniga tayangan holda quyidagilarga qatiy rioya qilish lozim.
Shunday qilib, soʻzlar semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiq. Bu uch belgi har bir sozda dialektik birlikni tashkil etadimi, degan savol tugilishi tabiiy. Boshqacha aytganda, malum bir semantikada malum bir morfologik belgi va sintaktik xususiyat mujassamlashganmi? Masalan, predmetni ifodalovchi soz (yani predmetlik manosi) son, kelishik, egalik maʼnolariga, shuningdek, subyekt, obyekt vazifalariga egami? Dalillar shuni koʻrsatadiki, ular subyekt, obyekt vazifalarida keladi. Shu bilan birgalikda, atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat), belgining belgisini (tovushdan tez, yovdan xavfli) bildiradi. Belgi maʼnoli soʻz egalik, kelishik affikslarini olishi, gapda subyekt, obyekt vazifalarida kelishi mumkin (Olmaning qizili pishdi, gullarning oqidan terdi kabi.)
XULOSA
Tilshunoslik shunday sohaki, unda bevosita biz har kuni kundalik turmushda foydalanayotgan tilimizning nozik qirralarini oʻrganamiz. Tilshunoslikning asosiy mezoni — bu soʻz! Soʻz— bizning ish qurolimiz.
Qanchadan qancha soʻzlar oʻrganilganidek, hali oʻrganilmagani qancha?! Biz tahlil qilgan soʻz turkumi ravish ham ana shunday soʻzlar qatoridan joy olgan. Yaʼni yuqorida taʼkidlaganimizdek, ravish soʻz turkumini ilmiy asosda oʻrganish oʻtgan asrdan boshlangan, Ayyub Gʻulomov, Y. Tojiyev, R.Sayfullayeva, S. Mutallibovlar tomonidan mufassal tahlil qilingan boʻlsa-da, yangi davr tilshunosligida bu hodisalar yana munozaraliligicha qolib ketmoqda. Bu aynan ravishga tegishli boʻlmasa-da, koʻpgina tilshunoslikka oid birliklar uchun xos.
Yana shunday xulosalarga ega boʻldikki, har bir turkum soʻzlari oʻziga xos xususiyatlar, maʼnolarga ega boʻlganidek, ravish soʻz turkumi ham qadimdan shakllanib, rivojlanib borgani, hozirgi kunda tilimizdan muqim joy olgani va bevosita mustaqil soʻz boʻla olishi haqida koʻnikmalar shakllandi.
Izlanish jarayonida ravishning mustaqil soʻzlik qobiliyatlari toʻla--toʻkis namoyon boʻldi. XX asrning 80-yillaridan boshlab o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari tasnifiga dialektik mantiq nuqtai nazaridan qarash (hodisaga substansial yondashuv), uni xilma-xil sifat va belgi-xususiyatlar majmui sifatida belgilash va talqin etish ommalashib, so‘z serqirra hodisa sifatida qarala boshlandi. Bu esa so‘zlarni turkumga ajratishning mantiqiy lisoniy mezonlarini aniqlash, so‘z turkumlari munosabatidagi o‘ziga xosliklarni kuzatish imkonini berish bilan birga so‘zlarni muayyan belgilari asosida izchil tasniflash, istalgan so‘zni ma’lum turlarga ziddiyatsiz ajratishda qulaylik yaratdi.
O‘tgan asrning 90-yillari oxirlarigacha o‘zbek tilshunosligida tabiati o‘ta ziddiyatli talqin etilgan turkum ravish bo‘ldi, desak mubolaga bo‘lmaydi. Manbalarda ravish o‘zgarmas mustaqil ma’noli so‘z deb ko‘rsatilsa-da, ko‘plab o‘zgaruvchan so‘zlarning bu guruh tarkibida uchrashi mazkur turkum chegarasini kengaytirib yubordi. Ravishda o‘ziga xos murakkabligi uning morfem tarkibi, so‘z o‘zgarish, so‘z yasalish va semantik-funksional jabhalarida kuzatiladi. Leksik qatlamdagi har qanday holat-xususiyat, o‘rin-makon, payt, miqdor ma’noli so‘zlarga ravish deb qarash mazkur turkumni sun’iy ravishda murakkab grammatik kategoriya darajasiga chiqarib qo‘yishimizga sabab bo‘ldi. Qolaversa, ko‘pgina tadqiqotlarda ravishlarni "guruhlashda sof semantik, aniqrog’i, tarjima usulidan foydalanish ham bu guruhning o‘zgarmaslik mezoniga soya solib keldi.
Tilshunosligimizda mazkur turkumga aloqador o‘zgarmas so‘z va o‘zgarmas pozitsiya (mavqe), ravishga analogiya ta’siri, qo‘shimchalarning pleonastik, okkazional qo‘llanish, ravishning tuzilish turlari sodda (sodda tub, sodda tublashgan, soddalashgan, ixtisoslashgan), qo‘shma (leksemalashgan ravishlar), juft, takroriy ravishlar va so‘z (ravish)ning morfem tarkibida bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bog’liq tekshirilishi kerak bo‘lgan muammolar anchagina.
Ravishning semantik-funksional imkoniyatlari, boshqa turkum so‘zlari bilan munosabati natijasi o‘laroq bu guruhning kengayib turishi, xususan, ravishlarning boshqa turkum (ot, sifat)ga oʻtish hodisasi fanimizda hozirgacha tadqiq obyekti bo‘lgan emas.

ASOSIY ADABIYOTLAR :


1. Mengliyev B., Abuzalova M. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. –Qarshi, 2005.
2. НурмоновА. Ўзбек тилшунослигининг тарихи. Тошкент: Ўзбекистон, 2002. 237 б.
3.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili (darslik). Тошкент: Universitet, 2006. 464 b.
4. R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q Hozirgi o`zbek adabiy tili.Tошкент: Фан, 2011. 335 b.
5.Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Олий ўқув юртлари филология факультетлари талабалари учун дарслик. Тошкент: Ўзбекистон, 1992. 339 б.
6.Зикриллаев Ғ. Н. Ўзбек тили морфологияси. Филологик ихтисосликлар учун қўлланма. Бухоро, 1994. 163 б.
7.Ўзбек тили грамматикаси. I том. Морфология. Т.: Фан, 1975. 612 б.
8. Шоабдураҳмонов Ш ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. Педагогика институтларининг филология факультетлари учун дарслик. Тошкент: Ўқитувчи, 1980. 448 б.
9. www.ziyouz.com
10. https.//.Wikipedia.orggʻ
11. Hojiyev A. O’zbek tilida so’z yasalishi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 1989
12. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. Toshkent, 2006.
13. Fitrat A. Sarf. Samarqand – Toshkent, 1930.
14. Hojiyev A. O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. – Toshkent:”O’zbek tili va adabiyoti jurnali”, 2007. 3-4 – betlar
15. https://arxiv.uz
Download 29,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish