O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Farmakologiya fani rivojlanishining tarixi



Download 30,26 Mb.
bet4/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

2. Farmakologiya fani rivojlanishining tarixi
Farmakologiyaning paydo bo‘lish tarixi yer yuzidagi dastlabki odamlarning paydo bo‘lish davridan boshlanadi, chunki o‘sha davrlarda ham odamlar turli xil kasalliklarga chalinganlar, yirqich hayvonlar bilan olishganlar, yong‘inlarga duch kelganlar, ilon, chayon va qoraqurt kabilar chaqqan. Ibtidoiy jamoa tuzimida odamlar atrof-muhitdagi o‘simliklardan, hayvonot olamidan va ma’danlardan shifo hamda dori-darmon izlaganlar.
Keyinchalik din paydo bo‘lishi bilan turli dori vositalarini qo‘llash sehrgarlik tusini ola boshlagan. Ruhoniylar, kohinlar va shomonlar har xil duo-jodularga asoslangan “davolash”ning ijobiy samaralarini hamda zaharlarning qo‘llanilishini sehrgarlikka yo‘yganlar. Turli Moddalarning davolovchi samarasini ular xudo tomonidan yuborilgan mo‘jiza deb atashgan. Bunday bilimlarga ega bo‘lgan insonlar o‘ta yuqori darajadagi hurmat-ehtiromga ega bo‘lganlar, va hatto, ba’zan ulardan juda ham qo‘rqishgan, chunki 1-rasm. Qadimgi dorixona o‘sha paytlarda qasddan odamlarning zahar- lanishlari odatiy hollardan biriga aylangan edi.
Bundan 3600 yil ilgari Misrda G.Ebers papirusiga yozilgan dastlabki kitob “Har xil a’zolarga qo‘llanadigan dorilar to‘g‘risida” deb nomlangan bo‘lib, unda asosan bemorlarni jarrohlik va boshqa usullar bilan davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan. Unda tahminan 700 nomdagi dori moddalar, ularning tayyorlanishi va amaliyotda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Mazkur kitobdagi dorilarning tarkibi har xil bo‘lib, biz uchun hayron qolarli tarzdagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan – osib o‘ldirilganlarning boldir suyagidan olinadigan vositalardan tortib, to bizning davrimizgacha etib kelgan.
Tarkibida qoradori (opiy) va ka-nakunjut moyi saqlovchi (mazkur ikkita vosita 3600 yildan buyon qo‘llanilib kelinmoqda) vositalar-gacha bo‘lgan dorivor moddalar keltirib o‘tilgan.
Farmakologiya fanining rivoj-lanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining hissasi katta bo‘lgan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nungbundan 3 ming yil ilgari o‘z asarlarida o‘simliklarning sinonim nom-larini, botanik ta’rifini, o‘simliklardan mahsulotlar tayyorlash fasllarini va usullarini, dori-darmonlarning ta’sir doirasini va qo‘llanilishini keltirgan Eramizdan 1500 yil ilgariroq anor po‘stining gijjalarga qarshi, kanakunjut moyining surgi,dengizpiyozining yurakka foydali ekanini bilishgan. Bu mahsulotlar hozirgi kunda ham ushbu kasalliklarda qo‘llaniladi.
Qadimgi Hindistonda bizning eramizdan 550 yil oldin vaksinasiya qo‘llanilib boshlagan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlarida bunday amaliyot undan 2000 yil keyingina boshlangan.Qadim-gi yunon shifokorlari Buqrot (Gippokrat, eramizdan oldingi 460-377 yillar), Dioskrid (1 asr), ayniqsa, Rum hakimi Jolinus (Klavdiy Galen, eramizning 129-200 yillari) dori-darmonlar ustida katta ishlar olib borishgan. Jolinus birinchi bo‘lib shifobaxsh o‘simliklarni suvda qaynatish yordamida maxsus ish-lov berish orqali ularning ta’sir qiluvchi Moddalarini ajratib olishga muyassar bo‘lgan hamda har xil dori moddalarga resept yozishni qo‘llagan. Eramizning 350 yillarida shifokor Sushruta tomonidan dorivor o‘simliklar haqida yozilgan “Ayur-Veda” qadimiy hind kitobi bo‘lib, unda 650 dan ortiq har xil dorivor moddalar keltirilgan. Mashhur “Jud-Shi” (“Shifobaxsh dori-darmonlarning mohiyati”) kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil qiladi.
Tahminan 700 yillardan boshlab arablarda tibbiyot va farmasiya sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ular tibbiyot amaliyotini tartibga soldilar, dorixonalar, kasalxonalar va kutubxonalar ochdilar. Hozirgi kunda qo‘llanilib kelayotgan “alkogol” so‘zi arabcha al-kul so‘zidan kelib chiqqan. IX asrda – 869 yilda arab tabibi Shopur Ibn Saxl tomonidan Bog‘dod shahrida yozilgan “Kitob al-akrabadin ul kabir” (“Katta farmakopeya”) nomi bilan butun dunyoga mashhur eng birinchi farmakopeya yaratilgan. Nis-batan mukammallashtirilgan, zamonaviy farmakopeyalar uchun asos bo‘lgan yana bir farmakopeya esa 967-976 yillarda Abu Mansur Muvaf-faq binni Ali al-Xiraviy tomonidan yozilgan “Kitob al-abyinaan-haqayiqal-adviya” (“Dorilarning haqiqiy xossalari asosi to‘g‘risida kitob”) asari bo‘lib, tibbiyotda u“ Abu Mansur Farmakopeyasi” nomi bilan mashhurdir.
Sharqning buyuk tabibi Ali ibn Abbos Zahraviy (997 yilda vafot etgan) o‘z asarlarida yillar o‘tgan sayin yangi dori moddalari paydo bo‘lishi, ularni avval hayvonlarda sinab ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. Sharqning qomusiy olimi, tabibi va mutafakkiri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning (865-925 yy.) tabobatga doir 36 ta asari bizgacha etib kelgan. U o‘z asarlarida anatomiya, fiziologiya, terapiya, xirurgiya, farmakologiya va psixologiya ilmlarini yangi g‘oya va ixtirolar bilan boyitgan. Ushbu olimning tibbiyotga va kimyoga bag‘ishlangan asarlari o‘rta asrlarda Sharq va G‘arbda Shu sohalarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Farmakologiyaning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning (973-1048 yy.) ham hissasi kattadir. “As-saydanafit-tib” asarida IX-asrda ma’lum bo‘lgan dori moddalari, to‘rt yarim mingdan ortiq o‘simliklar, hayvonlar , ma’danlar va ulardan olinadigan ozuqalarning nomlari va izohlari keltirilgan. Beruniy “Insoning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat, yoki zahar bo‘ladi, dorilar anaShularning o‘rtasida turadi” degan. “Dast avval oddiy dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar ular foyda etkazmasa, Shundan so‘ng murakkab dorilarni qo‘llash mumkin” deb ta’kidlagan. Beruniyning “Saydana” kitobi asrlar osha sharq doriShunosligining buyuk qomusi sifatida qo‘llanib kelingan.
Farmakologiya fanining rivojida O‘rta Osiyoning buyuk hakimi Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) ham hissasi juda katta bo‘lgan. “Tib qonunlari”, “Kitob ush shifo”, “Kitobi al kalbiya” kabi asarlarida o‘sha davr tibbiyotida qo‘llanilgan dori moddalari keltirilgan. “Tib qonunlari” ning birinchi kitobida 900 ga yaqin oddiy dori moddalari keltirilgan, ulardan 612 tasi o‘simliklarga mansub. Beshinchi kitobda murakkab dori moddalarini tayyorlash va ularni qo‘llash usullari bayon etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarning mijoziga qarab ishlatish zarurligini uqtirgan, dori moddalarini mijoz bo‘yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi va namlovchi turlarga bo‘lgan. U Evropa shifokorlaridan 400 yil oldin zahm kasalligini simob bilan davolagan.
Sharofiddin Abu Abdulloh Muhammad Yusuf Iloqiy (1068 yilda vafot etgan) Ibn Sinoning shogirdlaridan biri bo‘lib, o‘zining “Muolajati Iloqiy”, “Muxtasari Iloqiy” asarlarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, ularni aniqlash, belgilari va dori turlari bilan davolash usullarini bayon etgan. Bu asarlar o‘z davrida tabiblar uchun qo‘llanma vazifasini bajargan.
Xorazmlik olim va tabib Zayniddin Abul – Fazoil Ismoil al - Jurjoniy (1080-1141 yy.) tibbiyot sohasida 15 dan ortiq asar yaratgan. Farmakologiyaga oid kitobi ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda oddiy moddalar, ikkinchi bo‘limida esa murakkab moddalar va ularni tayyorlash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan . Ushbu olim forsiy tilda farmakologik atamalarni yaratgan.
Xorazmlik yana bir tabib va olim Maxmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniy (1221 yili vafot etgan) tib ilmiga mansub “Qonuncha” asarini yaratgan. Ushbu asardan faqat olimning vatani Xorazmda emas, balki Eron va boshqa sharq mamlakatlarda ham XX asrning boshlarigacha qo‘llanma sifatida foydalanib kelingan.
Najibuddin Samarkandiy (1222 yilda vafot etgan) samarkandlik tabib va olimning tabobatga oid 8 ta ilmiy asari ma’lum, ulardan biri “Murakkab dorilarni tayyorlash usullari” muhim ahamiyatga ega. Asarda talqondori, sharbatdori, qayt qildiradigan dori va surgidori kabilar bayon qilingan.
Yusufiy Muxammad ibn Yusuf al-Xiraviy (15 asr) Hindistonda shoh Zahiriddin Bobur, keyinchalik uning o‘g‘li Humoyunmirzoning saroy tabibi bo‘lgan. “Tibbi Yusufiy” kitobi bemorlarni dori moddalar bilan davolashni o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lgan.
XVI asrda G‘arb olimi Paratsels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan to‘ldirib yuborgan, tibbiyotda yatro kimyo (yatrosshifokor) yo‘nalishining asoschisi bo‘lgan. Shu bilan birga, Paratselsning fikricha, tabiatda hamma kasalliklarning davosi bor, ularni tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Bemorga kasallangan a’zo shakliga o‘xshagan meva, o‘simliklar tavsiya qilingan. Masalan, yurak kasalliklarida mevalari yurak shakliga o‘xshagan anakardius o‘simligi, buyrak kasalliklarida esa shakllari buyrakka o‘xshagan o‘simliklar bemorga shifobaxsh ta’sir etadi deyilgan.
XVIII asr oxirlarida Ganeman doriShunoslikda gomeopatiya yo‘nalishiga asos solgan. Bunda davolash monandlik, o‘xshashlik qonuniga asoslangan, gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda ham keng tarqalgan . XIX asrga qadar farmakologiya empirik1 tarzda rivojlandi, xalq tabobatida ham shifokorlar dori moddalarining ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar.
XIX asrdan boshlab eksperimental farmakologiya rivojlana boshlagan. Barcha qo‘llaniladigan, qo‘llanish arafasida bo‘lgan dori moddalari avval hayvonlarda tekshirib ko‘rilishi zarur degan xulosaga kelingan, Shu vaqtdan boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solingan.
Ilmiy farmakologiyaning rivojlanishida Rossiyada A.P.Nelyubin, O.V.Zabelin, E.V.Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberk kabi olimlar katta hissa qo‘shganlar.
Rossiyalik akademik I.P.Pavlov mashhur fiziolog bo‘lishiga qaramasdan, farmakologiya sohasida ham katta tajribalar o‘tkazgan, bu sohaga oid 80 ta ilmiy ishini chop ettirgan. I.P.Pavlovdan keyingi davrda hozirgi davr farmakologiyasining asoschisi sifatida akademik N.P.Kravkov katta ilmiy maktab yaratgan bo’lib, “Farmakologiya asoslari” nomli kitobi 14 marta nashr etilgan. Uning S.A.Anichkov, V.V.Zakusov va M.D.Mashkovskiy kabi shogirdlarining ilmiy ishlari bugungi kun farmakologiyasining poydevori hisoblanadi.
Hozirgi kundagi farmakologiyaning rivojlanishida akademik D.A. Xarkevichning hissasi juda beqiyos. Uning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yozilgan “Farmakologiya” darsligi Shu fanni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga egadir.

O‘zbekistonga farmakologiya фани 1920 yilda кириб келган. Дастлаб бу фанни республикамиздаги ривожи учун Россиядан профессор I.I.Markelov, assistentlar N.N.Kompansev, K.I.Siverskaya va L.G.Merkulovlar каби олимлар таклиф қилинган.


Профессорлар Маркелов Иван Иванович ва Компанцев Николай Николаевичлар асосан доривор ўсимликлар, металлар ва саноатдаги баъзи заҳарли моддалар фармакологияси ва токсикологиясини ўрганиш бўйича илмий изланишлар олиб боришган.
Профессор Комилов Исҳоқ Комилович доривор ўсимликларнинг ва улардан олинган моддаларнинг фармакологиясини ўрганиш бўйича кўплаб шогирдларни етиштирган ва мактаб яратган олимлардан бири сифатида тарихда из қолдириди.
Фармакология фанининиг равнақида кейинги йилларда профессорлар O‘.B.Zokirov, Q.N.Nadjimutdinov, Х.У.Алиев, С.С.Азизова, М.Н.Махсумов ва M.M. Azimov, З.З.Хакимовларнинг ўринлари жуда катта.
Ушбу фармакологлар фаолияти Собиқ Иттифоқ даврида йирик олимлар бўлган Закусов, Аничков, П.В.Сергеев ва бошқалар билан чамбарчас боғлиқ ҳолда олиб борилган. Уларнинг олиб борган ишларининг юксак баҳоланиши Ўзбекистонда бир неча маротаба фармакология бўйича халқаро анжуманларнинг ўтказилишида ўз ифодасини топган.
Професссор Azizova San’at Sobirovna O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor, rus, o’zbek tillarida va lotin a’lifbosida «Farmakologiya» darsligining muallifidir. «Farmakologiya» elektron darsligi o’zbek va rus tillarida yaratilgan. Azizova San’at Sobirovna tomonidan ilmiy maktab yaratilган ва Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tomonidan “Ustoz” jamғarmasining 1 darajali diplomi сохибаси. Профессор С.С.Азизова фармакология фанининг ривожланишида ўз мактабига эга бўлган Ўзбекистондаги илк аёл фармаколог ҳисобланганлар. Шогирди профессор Abdusamatov A.A. tibbiyot amaliyotiga kobaltning metilmetioninsulfoniy xlorid va glutamin kislotasidan iborat bo’lgan koordinastion modda – kobavit va fitin bilan kobaltdan iborat - fitat kobalt birikmalarini gepatoprotektor dori moddalar sifatida tadbiқ etgan.
Профессор Maxsumov M.N. farmakologiya faniнинг ривожига ўз хиссасини қушган ва ўзининг илмий ишлари билан янги дори воситаларининг яратилишига асос солган хамда Фармакология ўқув дарслигинининг муаллифи сифатида алоҳида ахамиятга эга олимдир.
Профессор Зокиров Ўзув Боқиевич фармакология сохасида илмий ишларни ривожлантиришга ва ёш кадрларинг илмий-педагогик салоҳиятини оширишга катта хисса қўшган олим бўлиб, янги дори воситаларини ўрганиш ва тиббиёт амалиётига тадбиқ этиш, шунингдек турли патологик ҳолатларда меъда-ичак йўли фаолиятига дори воситалари таъсирини ўрганиш бўйича илмий изланишлар олиб борган, бир қанча фармаколог олимларнинг устози сифатида ўз мактабига эга бўлган етук мутахассисдир.

Рrofessor Aliev X.U. rahbarligida peshob haydovchi kiyik o‘ti, Osiyo yalpizi, bo‘ymadaron, balg‘am ko‘chiruvchi gulhayri, limon o‘ti o‘simlik preparatlari, biostimulyator “SHarq tabibi balzami”, stimusol preparatlari, tinchlantiruvchi “Fitopassit” va nur kasalliklariga qarshi “Kobalt – 30”, kamqonlik kasalligiga qarshi “Feramid”, “Ferask” va regeneratsiyani kuchaytiruvchi “Mumiyo asil”, qand kasalligiga qarshi Glipil, Glikorazmulin preparatlari tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi. Профессор Х.У.Алиев фармакология фанининг ривожига катта ҳисса қўшган ва ўз мактабига эга бўлган етук олимдир.


Проф. Азимов Музаффар Маҳмудович асосан доривор ўсимликлардан олинган моддаларнинг ва уларнинг янги унумларининг фармакологиясини ўрганиш бўйича катта илмий тадқиқотлар олиб борган ва глициризин кислота унумларини тиббиётга тадбиқ этган олимлардан бири ҳисобланади.
Проф. Ҳакимов Зиявиддин Зайнутдинович томонидан бир канча шогирдлар тайёрланган бўлиб, патологик ҳолатларда дорилар фармакодинамикасини ва фармакокинетикасини ўрганиш ва ушбу жараёнларнинг бузилишини бартараф этиш воситаларини яратиш бўйича илмий изланишлар олиб борилмоқда.

Проф. Шоисломов Бахтиёр Шоабдураҳмонович асосан дори воситаларининг меъда – ичак йўллари фаолиятига таъсирини ўрганиш ва турли патологик ҳолатларда кузатиладиган меъда-ичак фаолиятларининг бузилишларини фармакологик коррекциялаш мавзусида ахамиятга молик ишларни амалга оширмоқдалар.


Профессор Аллаева Мунира Журакуловна асосан табиий доривор ўсимликлар асосида маҳаллий янги дори воситаларини яратиш ва тиббиётга тадбиқ этиш бўйича илмий изланишлаор олиб бориб, bo‘ymadaron, маккажухори попуги қуруқ экстрактлари, кобальт сақловчи препаратлар “Kobalt – 30”, когистин, темир сақловчи “Feramid”, “Ferask” va regeneratsiyani kuchaytiruvchi “Mumiyo asil” препаратлари устида илмий изланишлар олиб бориб, қон тизимига таъсир этувчи “Ferask” , “Mumiyo asil” дори воситаларини тиббиёт амалиётига тадбиқ этган.,

Профессор Исмаилов Салой Рузмаматович
Professor Aminov Saloxitdin Djuraevich o’simliklardan ajratib olingan 30 dan ortik tabiiy moddalarni tajriba xayvonlarida farmakologik xususiyatlarini tekshirib, bu moddalarda spazmolitik, gipotenziv, antiaritmik va yalliғlanishga қarshi xususiyatlar borligi va ularni faolligi kimyoviy tuzilishiga boglikligi aniқlandi. 4 ta preparatga biologik faol modda sifatida avtorlik guvoxnoma oldi. Firutas tabletkasi 0,3 g klinik sinovga tekshirish uchun ruxsat berildi. oshқozon ichak yara kasalligida қo’llaniluvchi Glistitrinat tabletkasi 0,1 g klinik sinovga tekshirish uchun ruxsat etildi.
Профессорлар Туляганов Рустам Турсунович ва Файзиева Зиеда Тураевналар янги махаллий дори воситаларини яратиш ва тиббиёт амалиётига тадбиқ этиш бўйича фаолият олиб бормоқдалар. Айниқса жигар хасталиклари ва қандли диабетда ишлатиладиган дори воситалари билан тиббиёт амалиётини бойишига ўз ҳиссаларини қушмоқдалар.
Республикамизнинг вилоятларида фаолият кўрсатган фармакологлар тўғрисида қисқача тўхталиб ўтмоқчимиз. Профессор И.В.Троицки Н.К.Клемпарский, доцентлар Х.Р. Фархади, И.Э.Акопов, С.М. Трегубов, Д.Н.Каршиев лар хам фармакология соҳасининг ривожланишига хисса қушган олимлар хисобланади.
Айниқса гемостатик дори воситаларининг фармакологик самарадорлигини аниқлаш бўйича янги усулларни тиббиё амалиётига тадбиқ этди. И.Э.Акопов ва В.А.Коноваловлар гемостатик таъсирга эга Гангитувчи бозулбанг ўсимлиги препаратларини ва хинолизидин алкалоидлари дори воситаларини хамда махаллий огриқсизлантирувчи афиллин хлоргидрат янги дори воситаларини тиббиёт амалиётига жорий қилди.
Доцент С.Ж. Юлдашев Диклофенак натрий ва Целагрип дори воситаларининг яллиғланишга қарши таъсирларининг янги механизмларини ўрганиш устида изланишлар олиб бормоқда.
Дosent D.M.Musaeva selenit natriy va vitamin E kabi antioksidant xususiyatli vositalarning bolalar toksik gepatit kasalliklarini davolashdagi samarasini o‘rganib, yangi davo usulini tibbiyotga tadbiq etdi Бундан ташқари MDR 1 va CYP2S19 genlari izoformalari hamda ularning farmakoterapiyaga ta’sirini o‘rganishda respublikada yangi yo‘nalish hisoblangan Farmakogenetikaning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Доцент З.А. Эргашева Фаргона водийсида ўсувчи шифобахш ўсимликлардан ишлаб чикарилган дори воситаларни урганиш борасида фармакологиянинг ривожланишига ўз ҳиссасини қушмоқда.
Маълумки янги дори воситаларини яратишда клиникагача бўлган илмий тадқиқот ишлари мухим ахамиятга эга. Республикамизда бир қанча фармако-токсикологик илмий текшириш лабораториялари мавжуд бўлиб, уларда бир қанча етук олимлар фаолият кўрсатишмоқда. Жумладан профессорлар В.Н.Сыров, Джахангиров Ф.Н., Хушвактова З. Ва бошқалар томонидан йиллар давомида юрак қон-томир, қандли диабет касалликларида ишлатиладиган хамда иммуностимулловчи таьсирга эга янги дори воситаларини тиббиёт амалиётига тадбиқ этиш бўйича муҳим изланишлар олиб борилган. Профессор Ф.Н.Джахангиров томонидан яратилган “Аллапинин” антиаритмик дори воситаси амалий аҳамияти бўйича ҳаттоки хорижий мамлакатларда хам тадбиқ этилди.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish