O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Kichik tadbirkorlikni keng rivojlantirish yo’llari, kichik biznesning mamlakat rivojlanishidagi ahamiyati



Download 9,72 Mb.
bet139/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

4.Kichik tadbirkorlikni keng rivojlantirish yo’llari, kichik biznesning mamlakat rivojlanishidagi ahamiyati.

O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarning asosiy yo’nalishi ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, erkin raqobat muhitini vujudga keltirish, mulkdorlar qatlamini barpo etish kabi sifat o’zgarishlariga qaratilgan. Bu maqsadlarga erishish mamlakat miqyosida bir qator ta’sirchan vositalarning, chora-tadbirlarning ichlab chiqilichini va hayotga tatbiq etilishini taqozo etadi. Bu borada kichik va o’rta biznesni keng rivojlantirish alohida muhim yo’nalishlardan biri ekanligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlisning XIV sessiyasida so’zlagan ma’ruzasidagi ushbu fikrlarda o’z ifodasini topdi: “eng muhimi esa, biz iqtisodiyot tarkibida kichik, o’rta va xususiy biznes munosib o’rin egallachiga, yaqin ikki-uch yil ichida kichik va xususiy korxonalar sonini ikki baravar ko’paytirib, yalpi milliy mahsulotda ularning ulushini kamida 25 foizga etkazishga erishmog’imiz lozim”.

Shunday qilib, o’z iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va tarkibiga ko’ra turlicha bo’lgan jahon mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilish zarurati va bir qator ob’ektiv sabablar kichik biznes sohasining keng rivojlanishi uchun imkon yaratdi. Kichik biznesning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati bu soha tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday vazifalarning turli-tumanligi esa kichik biznes sohasining ham jahondagi barcha mamlakatlar uchun, ham o’z xususiyatlari bilan ajralib turuvchi har bir alohida mamlakat uchun qandaydir darajada ahamiyat kasb etishidan darak beradi. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyati to’g’risida so’z yuritilganda, eng avvalo, uning iste’mol bozoridagi muvozanatni ta’minlash vazifasini ta’kidlash lozim. Uzoq yillik xo’jalik yuritish tajribasidan ma’lumki, o’ta darajada yiriklashgan ishlab chiqarish ehtiyojlar va talab tuzilichidagi o’zgarishlarga qiyin moslashuvchan harakatchanlik borasida o’ta sust hisoblanadi. Bundan farqli o’laroq, kichik biznes iqtisodiyotning eng moslashuvchan, o’zgarib turuvchi talabga tez javob beruvchi soha hisoblanib, turli ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, iste’molchi uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatni etkazib berish muammosini zudlik bilan hal etadi. Shu bilan birga, ular aholi ehtiyojlarining o’zgarishi natijasida mahsulot turlarini o’zgartirish va ishlab chiqarishga joriy etishni yirik ishlab chiqarishga nisbatan kam xarajat qilgan holda amalga oshira oladilar.

Ma’lumki, yirik korxonalarning muayyan turdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishdagi etakchilik mavqei iqtisodiyotda yakkahukmronlik holatining paydo bo’lishi va avj olishiga olib keladi. Misol tariqasida keltirish o’rinliki, 90-yillarning boshida (sobiq Ittifoqda) maishiy ahamiyatdagi mahsulotlarning 239 ta muhim turidan 82 turini ishlab chiqarish bitta korxonada va deyarli 90 turini ishlab chiqarish ikkita korxonada amalga oshirilar edi. O’ta yakkahukmronlashgan ishlab chiqarishning bu ro’yxatini yana davom ettirish mumkin. Natijada tovarlar va xizmatlar bozorida o’z ta’sirini va hukmini o’tkaza olish imkoniyati mazkur korxonalarn mahsulotining sifati, sotish narxlari xamda ular bo’yicha qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish va kafolatlar yaratish borasidagi izlanishlarni susaytiradi. Bunday sharoitda kichik biznes korxonalari iqtisodiyotga harakatchanlik baxsh etish vazifasini bajarish vositasi sifatida maydonga tushishi mumkin. Bu mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojlarni iste’molchi uchun yirik ishlab chiqarishdagiga va nisbatan afzalroq xususiyatlar bilan qondirishga harakat qiladi va kichik biznes yirik korxonalarning iqtisodiy raqibiga aylanadi. O’z navbatida, yakkahukmron ishlab chiqaruvchi ham u bilan “hisoblashishga”, mahsulot va xizmatlarning narxi, sifati ustida izlanishlar olib borishga majbur bo’ladi, bir so’z bilan aytganda raqobat muhiti vujudga keladi.






Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish