O‘zbekiston respublikasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti falsafa (mantiq, etika, estetika) fanidan



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/193
Sana02.03.2022
Hajmi2,3 Mb.
#477985
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193
Bog'liq
falsafa mantiq etika estetika

Sо‗fizm falsafasi.
Bilish muammosi sо‗fizmning eng muhim tomonini tashkil 
etadi. Mо‗tadil sо‗fizm ta‘limotiga kо‗ra gnostik (orif)ning asosiy vazifasi oliy 
maqsadga erishish – haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga о‗zini о‗zi 
takomillashtirish va о‗zini о‗zi bilish yо‗li bilan erishiladi. О‗z mohiyatini bilish 
jarayonida inson о‗zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir 
tо‗g‗ri usuli о‗zini о‗zi bilish, ya‘ni о‗zlikni anglash ekaninini tushuna boshlaydi.
Biroq bilishning bu darajasiga yetish uchun odam о‗zini butunlay о‗z о‗zligini 
anglashga baxshida etishi lozim. U sо‗fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek 
haqiqat sari yо‗l tutgan kishilarga qо‗yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi 
darkor. Mо‗tadil sо‗fizm vakillari qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, 
Abu Homid G‗azzoliy va boshqalar kiradi. Ular sо‗fiy shariat chizig‗idan chetga 
chiqmasligi, uning barcha sо‗zlari va ishlari Qur‘oni karim aqidalari va Muhammad 
payg‗ambar hadislariga muvofiq bо‗lishi lozim, deb hisoblaydilar.
«Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida turuvchi sо‗fiylar 
sо‗fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir 
deb qaraydilar. Tabiat ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya 
zanjirida oxirgi bо‗g‗inni egallaydi. U nafaqat Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga 
yetadi, balki о‗zi ham Haqiqat – «Alloh»ga aylanadi. Sо‗fiylikning bu tariqati 
vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal kо‗rib, shariat aqidalari va meyorlarini 
tan olmaganlar.
Sо‗fizm Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi 
dunyoda, mavjud har bir narsa bilan tenglashtiradi va ularda Allohning siymosi, 
mohiyatini kо‗rib, tabiat, atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon, bu yashirin 
hodisalarning har birida ilohiy haqiqat belgisi, mohiyatini topish va bilish maqsadida 
muayyan qadam tashlaydi.
Sо‗fizmdagi Allohni bilishda bilish usullari va vositalari sifatida vahiy va ilhom 
amal qiladi. Bu yerda sezgilar va aql bilish vositalari sifatida ishlamaydi. Borliqning 
birligi tarafdorlari sanalgan sо‗fiylarda panteistik an‘analar ustunlik qiluvchi 
ta‘limotlarda Allohni bilish nazariyasi bilan bir qatorda dunyoni bilish nazariyasi ham 
mavjud bо‗lib, unda bilish obyekti sifatida moddiy dunyoning о‗zi, bilish vositalari 
va usullari sifatida esa – sezgilar, aql, kuzatish, taqqoslash, sо‗zning tor ma‘nosidagi 
tajriba amal qiladi. Garchi ular bilishning turli shakllarini tan olsalar-da, mohiyatlar 
mohiyati (Alloh)ni bilish darajasi tо‗g‗risida sо‗z yuritilgan hollarda bilish 


shakllarining ahamiyatini cheklaydilar. Allohni bilishga faqat Uning karami va nuri 
yordamida muvaffaq bо‗linadi.
Mutlaq haqiqatning tagiga yetish yо‗lidan boruvchi odam (orif) о‗z oldiga 
haqiqatni bilish vazifasini qо‗ygan faol individga aylanadi va uzoq izlanishlar, turli 
mistik bosqichlar, maqomlardan о‗tish va о‗zlikni anglash natijasida о‗zida mutlaq 
haqiqat (Alloh)ni topadi va yetuk insonga aylanadi.
Sо‗fizm ta‘limotiga kо‗ra, haqiqatning tagiga yetish uchun odam о‗z ichki 
dunyosi, qalbini har xil dunyoviy qusurlardan forig‗ etishi lozim. Bunga erishish 
uchun u bir qancha ma‘naviy bosqichlar yoki sо‗fiylar ta‘biri bilan aytganda 
maqomlardan о‗tishi darkor. 
Bilish va ma‘naviy sayohat yо‗lida odamga uning tafakkuri yо‗l kо‗rsatadi. 
Kо‗rsatilgan bosqichlarning har biridan о‗tish natijasida odam axloqiy va ma‘naviy 
jihatdan takomillashadi va haqiqatni bilishga yaqinlashadi.
Abu Homid G‗azzoliy sо‗fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi. Bunga u 
muvaffaq bо‗ldi. G‗azzoliy fikriga kо‗ra, «har qanday ma‘naviy poklanishlardan qat‘i 
nazar, inson hech qachon Xudoga aylana olmaydi». Bu bilan u sо‗fizm va panteizm 
о‗rtasida о‗ziga xos «xitoy devori» о‗rnatdi.
O‘sha davrda yashagan, ijod etgan mutafakkirlardan biri 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish