58
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy,
imom Termiziy, imom Abu Hanifa,
imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buxoriy (810—870) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin
hadis tо‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlarini maxsus tо‘plam holiga keltirgan.
Bu tо‘plam “Sahihi Buxoriy” nomi bilan mashhurdir.
Imom Iso Termiziy (824—892)dan “Payg‘ambarning alohida fazilatlari”,
“Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”, “Tarix” va boshqa asarlar meros
bо‘lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda tо‘plab, muayyan
tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul bosqinchilaridan ozod
bo’lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir. Bu
davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va
mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash
uchun amalga oshirgan buyuk
ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy
davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan
davridir.
Mo’g’ullar o’rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida
yerli aholi o’rtasida chuqur ijtimoiy va ma’naviy uyg’onish jarayoni borayotgan edi.
Bu jarayon, «Tarixi, o’sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq
mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik
uchun kurash olib
borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» degan asosiy savollar atrofida roy
berayotgan edi.
Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo
uni ma’naviy boysundirish, madaniy jihatdan mo’g’ullarning ustunligi to’g’risida gap
ham bolishi mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaharlarni g’orat qilishdan
boshqasiga yaramaydigan, o’troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari
ma’naviy va madaniy jihatdan o’zlaridan ustun bo’lgan xalqqa nima ham bera olar
edilar? Ular o’z hukmronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq
yashash mumkin bo’lgan
yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o’choqlarining
yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni
59
qilichdan o’tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va
mustaqillikka intilishini to’xtatib qoya olmadilar. Amir Temur ana shu harakatning
natijasi, xalqining milliy g’oyalarini royobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan
zaruriyat, o’sha paytda har biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik,
fidokorlik jihatidan
jahonda tengi yo’q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq
jahongirga aylanganida o’zining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir millat
boshqasini uyg’otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish
nuqtalariga to’g’ri keladi.
Ba’zilar Temug falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi,
deb o’ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? U
falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham
mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o’rganish mumkinmi?
Aslida, falsafani to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa
muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos.
Temur va temuriylar
davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orqali nisbatan to’g’ri
ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi
madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar,
o’nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi
ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b
tushungan, o’zlari
ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan
topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan,
fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan
dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni
yuksaklikka ko’tarish uchun kurashgan o’lkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish
bo’ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda,
madaniy
taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas.
Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy
taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan arboblar edi.
Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan yondashuvi,
haligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’llab yurishi, bugungi
60
kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana
shunda
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: