O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

 
Takrorlash uchun savollar: 
1.
Oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan kartoshkalarga qanday talablar qo’yiladi? 
2.
Sabzilarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
3.
Lavlagilarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
4.
Oqboshli karamlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
5.
Qizilboshli karamlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
6.
Piyozsimon sabzavotlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
7.
Tarvuzlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
8.
Qovunlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
9.
Qovoqlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
10.
Bodringlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
11.
Pomidorlarning sifatiga qanday talablar qo’yiladi? 
12.
Sabzavotlarning yangi standartlar yaratishda qaysi ko’ratkichlarini standartga kiritish 
maqsadga muvofiq deb bilasiz? 
 
Meva va sabzavotlarni terish, saralash va ularga tovar ishlovi berish 
Meva sabzavotlarning sifati, ularda bo’ladigan nobudgarchiliklar va saqlash muddatlari 
hosilni vaqtida yig’ishtirib olish, yig’ishtirilgan hosilga tovar ishlovi berish, saralash, idishlarga 
joylashtirib, tashishni va saqlashni tashkil etish jarayonlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. 
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda hosilni yig’ib-terib 
olishni mashinalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ko’pchilik hollarda kartoshka va sabzavotlar hosili 
asosan mashinalar yordamida yig’ib-terib olinadi. Katta-katta bog’larda ham mevalarni yig’ib-
terib olishning mexanizastiyalashtirilgan usulini qo’llash mumkin. Shunga qaramasdan, bugungi 
kunda kartoshka, sabzavotlar va mevalarni qo’lda yig’ib-terib olish keng tarqalgan hisoblanadi. 
Bu erdagi asosiy muammolardan biri hosilni yig’ishtirib olishda qo’llaniladigan 
mashinalarni har bir sabzavotlarning xo’jalik-botanik, mevalarning esa pomologik navlarining 
o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda konstrukstiyalash hisoblanadi. Albatta, bu 
muammoni echishda shu sohaning mutaxassislari, xususan tovarshunoslar mashina 
yaratuvchilariga yaqindan yordam berishlari talab etiladi. Lekin, shuni qayd etish lozimki 
mashinalar yordamida hosilni yig’ishtirib va ishlov berganda mexanik shikastlangan meva va 
sabzavotlar miqdori va darajasi ko’p bo’ladi. Hosilni yig’ishtirish, tovar ishlovi berish jarayonida 
mexanik shikastlanishini va nobudgarchilikni kamaytirish uchun qo’llanilib kelayotgan 
mashinalarni modernizastiyalash yoki yangisini yaratish, mashina yordamida yig’ishtirib 
olishgan yaroqli meva va sabzavotlar navlarini tanlash, hosilni yig’ishtirib olish vaqti va 
sharoitini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga egadir. Masalan, kartoshkani yig’ishtirib olgandan 
keyin unga tovar ishlovi berish mashinadan mahsulotni qabul qilib olish, daladan keltirish, 
kartoshkani begona aralashmalardan tozalash, saralash, zararlangan tuganaklarni ajratish va 
shunga o’xshash jarayonlarni o’z ichiga oladi. 
Meva-sabzavotlarni vaqtida yig’ishtirib olish ham eng muhim jarayonlardan biri 
hisoblanadi. Yig’ishtirib olish vaqti esa mevaning (ba’zi sabzavotlarning) saqlash jarayonida 
etilishi yoki etilmasligi bilan ham aniqlanadi. Yig’ishtirib olingandan keyin etiladigan mevalarga 
olma, nok, behi, krijovnik, sabzavotlardan esa pomidor, qovun, piyoz, qovoq va kartoshka kiradi. 
Qulupnay, smorodina, o’rik, malina mevalari va ziravor sabzavotlar etilmaydi. 
Meva va sabzavotlarning pishib etilganlik darajasi va yig’ishtirib olish vaqtini aniqlashda 
quyidagi pishib etilganlik darajalari belgilanadi: iste’molga yaroqlilik, yig’ishtirib olishga 
(uzishga) yaroqlilik, texnik pishib etilganlik darajasi va fiziologik pishib etilganlik darajasi.


26 
Iste’molga yaroqlilik – bu mevalarning shunday pishganlik darajasiki, bunda mevalar 
tashqi ko’rinishi, ta’mi, rangi, shakli va konsistenstiyasi kabi ko’rsatkichlari bo’yicha eng yuqori 
sifatga ega bo’ladi. Bunday pishib etilganlik darajasida yig’ishtirib olingandan keyin etilishga 
moyil bo’lmagan mevalar va sabzavotlar yig’ib-terib olinadi. Masalan, bodring, ildiz mevali 
sabzavotlar, kartoshka, karam kabi sabzavotlar shu toifaga kiradi. Lekin ko’pchilik hollarda 
yangi kartoshka va ildiz mevali sabzavotlar iste’molga yaroqlilik pishib etilganlik darajasiga 
kelguncha yig’ishtirib olinadi va iste’mol qilinadi. 
Yig’ishtirib olishga yaroqlilik (uzishga) darajasi bu mevalar va sabzavotlarning shunday 
pishganlik darajasiki, bunda mevalar va sabzavotlar, asosan butunlay o’z shaklini egalagan, 
ularda asosan ozuqaviy va ta’m beruvchi moddalarning to’planishi tugallangan, lekin ularda 
butunlay sifat ko’rsatkichi (ta’mi, hidi, qand miqdori, konsistenstiya va boshqalar) shakllanib 
etmagan bo’ladi. 
Bunday pishib etilganlik darajasida faqatgina saqlanganda pishib etiladigan mevalar va 
sabzavotlar yig’ishtirib olinadi. Masalan, olmalarning kuzgi va qishgi navlari, stitrus mevalari, 
qovun , pomidor, qalampir kabi meva va sabzavotlarni shu guruhga kiritish mumkin. 
Texnik pishganlik darajasida, faqatgina qayta ishlashga mo’ljallangan meva va 
sabzavotlar yig’ishtirib olinadi. Bu erda nafaqat meva va sabzavotlarning shakli, katta kichikligi, 
rangi kabi ko’rsatkichlariga balki texnik ishlov berilganda zarur bo’ladigan ko’rsatkichlariga 
ham alohida e’tibor beriladi. Masalan, o’rik va shaftolilardan kampot olishda ularning rangi, 
katta kichikligini hisobga olish bilan bir qatorda, etining zichligiga ham katta e’tibor beriladi. 
Yoinki, tuzlash uchun pomidorlarning uncha pishib etilmagani tavsiya qilinsa, tomat-pyure 
mahsulotlari olish uchun qizil, yaxshi pishib etilgan pomidorlar tavsiya etiladi. 
Meva va sabzavotlarning urug’ini olish kerak bo’lgan hollarda ularni fiziologik pishib 
etilganlik darajasida yig’ib-terib olinadi. Ko’pincha bunday pishib etilganlik darajasi meva va 
sabzavotlarning o’ta pishib ketganligi darajasiga mos keladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish