O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Farobiy  bilimidan  ma’rifatli  yetuk  odamning  obrazini  tasvirlar  ekan,  bunday



Download 428,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana02.01.2022
Hajmi428,47 Kb.
#310763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
'7.11.19 Íàðãèçà î÷èқ

Farobiy  bilimidan  ma’rifatli  yetuk  odamning  obrazini  tasvirlar  ekan,  bunday 

deydi: 

«Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ - salomatligi 

yaxshi  bo‘lsin,  yaxshi  ahloq  va  odobi  bo‘lsin,  so‘zining  uddasidan  chiqsin,  yomon  ishlardan 

saqlangan  bo‘lsin,  barcha  qonun  -  qoidalarni  bilsin,  bilimdan  va  notiq  bo‘lsin,  ilmli  va  dono 

kishilarni 

hurmat 


qilsin,  ilm  va  ahli  ilmdan  mol  -  dunyosini  ayamasin,  barcha  real  moddiy 

narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin». 

Bu  fikrlardan  Farobiyning  ta‘lim  -  tarbiyada  yoshlarni  mukammal  inson  qilib 

tarbiyalashda  xususan,  aqliy  -  axloqiy  tarbiyada  aloxida  e‘tibor  berganligi  ko‗rinib  turibdi, 

uning  e‘tiqodicha,  bilim,  ma‘rifat,  albatta  yaxshi  axloq  bilan  bezatmog‗i  lozim,  aks  holda 

kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo‗lib yetishmaydi. 

Ibn  Sino  bola  tarbiyasi  va  tarbiya  usullari  haqida  qimmatli  fikrlarini  bildirgan.  Ibn 

Sino  bolaning  axloqiy  tarbiyasi  haqida  bildirgan  fikrlarida  uy  -  ro‗zg‗or  tutish  masalalari 

xususida  ham  so‗z  yuritadi.  Bolani  tarbiyalash  oila  ota  -  onaning  asosiy  maqsadi  va 

vazifasidir.  O‗z  kamchiliklarini  to‗zatishga  qodir  bo‗lgan  ota  -  ona  tarbiyachi  bo‗lishi 

mumkin. 


Axloqiy tarbiyada eng  muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‗ururiga tegmagan 

holda, yakkama - yakka suhbatga bo‗lish unga nasixat qilishdir. 

Ibn  Sino  bolada  axloqiy  xususiyatlarni  mehnat,  jismoniy  aqliy  tarbiya  bilan  uzviy 

birlikda  shakllantirishni,  uni  inson  qilib  kamol  toptirishda  asosiy  omil  deb  biladi. 

Shuningdek, Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o‗rniga alohida to‗xtalib: ―Bola 

tug‗ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo‗yishi, so‗ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... 

Agar  oilada  tarbiyaning  yaxshi  usullaridan  foydalanilsa,  oila  baxtli  bo‗ladi‖  degan  fikrni 

ilgari suradi. 

Yusuf  Xos  Xojibning  uqtirishicha  har  bir  kishi  jamiyatga  munosib  bo‗lib  kamol 

topmog‗i  kerak.  Buning  uchun  u  tug‗ilgan  kundan  bolab  zarur  tarbiyani  olmog‗i  lozim.  U 

qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‗zlariga xos xususiyatiga e‘tibor 

berishni ta‘kidlaydi. 

Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‗i shart. Shundagina ularning noo‗rin 

xatti - harakatlariga berilishining oldi olinadi. 

Mirzo  Ulug‗bekning  oila  muhiti  sog‗lom  avlodni  yetishtirish  haqidagi  fikrlari 

shundan  iboratki,  alloma  uqtirishicha,  bolaning  bilim  olishiga  bo‗lgan  qiziqish,  xavasini 

oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‗rinni egallaydi. Oilada ota  - onalar ayniqsa 

o‗qimishli  ota  -  onalar  o‗z  farzandlarining  haqiqiy  inson  bo‗lib  kamol  topishiga  aloxida 

e‘tibor berishlari lozim. 

Alisher  Navoiy  bolaning  voyaga  yetishida,  kamol  topishida  tarbiyaning  kuchi  va 

qudratiga  alohida  e‘tibor  beradi.  Tarbiya  natijasida  bolaning  foydali  va  yetuk  kishi  bo‗lib 



 

o‗sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichiq yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya 

insonga o‗zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar 

bilan  munosabatda,  ayniqsa  kishilarning  bir  -  birlariga  bo‗lgan  ruhiy  ma‘naviy  ta‘sirlari 

natijasida  tarkib  topadi  deb  voyaga  yetkazishda  asosiy  omillardan  biri  tarbiya  ekanligi 

o‗qtiradi. 

Voiz Al - Koshifiyning o‗qtirishicha insonni ta‘lim - tarbiya orqali qayta tarbiyalash 

aqliy qobiliyatni o‗stirish mumkin. 

Koshifiy  o‗zining  pedagogik  qarashlaricha  bolalarda  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini 

o‗stirish masalasiga aloxida e‘tibor beradi. Ota - onalar muallimlardan bu masalaga aloxida 

ahamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muhit muhim o‗rin tutadi. 

Bola to‗g‗ri so‗zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak. 

Jaloliddin  Davoniy  ota  -  onaning  bolani  tarbiyalashdagi  ahamiyatiga  keng 

to‗xtalgandi.  Uning  fikricha  oila  tarbiyasida  ota  ham,  ona  ham  teng  huquqli,  teng  ishtirok 

etishi  bolaning  yaxshi  xulq  -  odob  qoidalarini  muayyan  bir  kasbni  egallashiga 

ko‗maqlashishi ilm - fan va kasb - hunar egallashining moddiy asosi bo‗lmishoziq - ovqat, 

kiyim  -  kechak,  keraqli  buyum  va  jixozlarni  yetkazib  berish  uchun  jozibalik  ko‗rsatishi 

kerak. 


Sharq  mumtoz  adabiyotining  buyuk  namoyondalaridan  biri  Muslixiddin  Sadi 

Sheroziyning  fikricha,  oila,  bolaning  baxti,  kelajagi  uchun  zamin  yaratuvchidir.  Oilada 

asosiy tayanch otadir. U ma‘suliyatli tarbiyachidir. Ota o‗z bolalarini tarbiyalashi, o‗qitishi, 

hunarga 


o‗rgatishi, 

jismonan 

chiniqtirishi

 

kerak. 



Sadining  pedagogik  qarashicha  bola  qobiliyatli  va  kamqobiliyatli  bo‗lishi  mumkin. 

Qobiliyat  o‗z  -  o‗zidan  rivojlanmaydi.  Uning  rivojlanishi  uchun  bolani  tarbiyalash  kerak, 

tarbiya bo‗lmasa, boladagi qobiliyat so‗nadi, tarbiyani 3 asosiy - aqliy, nafosat va jismoniy 

mehnat tarbiyasiga bo‗ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota - onalariga, ya‘ni 

oilaviy tarbiyaga kata e‘tibor beradi. 

Sadi  ota  -  onalarga  harakterini  hisobga  olgan  holda  axloqiy  tarbiyani  bolaning 

yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, harakter shakllangach, bolaga ta‘sir etmaydi. 

XIX asr o‗zbek ijtimoiy va adabiy hayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazmiy 

o‗z  asarlarida  ma‘rifat  axloqiy  kamolot,  vatanparvarlik  g‗oyalarini  olg‗a  surdi.U  ilm- 

ma‘rifatning  xalq,  jamiyat  farovonligiga,  insonning  axloq  kamolatida  tutgan  o‗rni,  axloqiy 

va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini ham bayon etadi. 

Komil  Xorazmiyning  fikricha  ilm-xunar,  ilm-ma‘rifat  inson  axloqiy  kamoloti, 

ijtimoiy  ma‘naviy  hayotning  rivoji  uchun  xizmat  qilishi  kerak.  Kamtarlik  eskirmaydigan, 

eng go‗zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo‗lganlar obro‗-e‘tiborli komil insonlardir. 

Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi. 

Shoir  tarixshunos,  tarjimon  va  hattot  Munis  Xorazmiy  tilga  ko‗p  erk  bermaslikni 

maslaxat beradi. Uning ta‘kidlashicha, ortqcha so‗zmonlik kishi boshiga olin o‗rniga qattiq 

tosh bo‗lib tegishi mumkin. 

Shoir  yomon  so‗zli,  ozor  beruvchi  murodlar  sifatini  tasvirlab,  kishilarni  jumladan 

yoshlarni ular bilan hamsuhbat bo‗lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o‗z asarlarida xalqni 

adolatli,  ongli,  bilimli  bo‗lishga,  jaholat  dan  yiroq  turishga  da‘vat  etadi,  uning  fikiricha, 

adolat  sharaf  ko‗rki,  osoyishtali,  xushnutlikdir.  U  yoshlarni  kamtarlik  bilan  muloqotda 

bo‗lishga, ularni hurmat qilib e‘zozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning asarlariga bayon 

etilgan ta‘lim - tarbiyaga oid fikrlar faqat u  yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr 

uchun ham qimmatlidir. 

Mohlar  oyim  Nodiraning  inson  va  tabiatiga  nisbatan  qarashlariga  faqat  shaxsiy 




 

tuyg‗u  emas,  balki  yoshlar  tarbiyasida  milliy  an‘analarning  roli  haqidagi  fikrlari  ham 

namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‗oyalari-adolat, insof, 

xalq manfaati muhim o‗rinni egallaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini 

barpo  etishdan  iborat  deb  biladi.  Uning  fikricha,  kimki  tiriklik  chog‗ida  yaxshilik  bunyod 

etgan bo‗ladi, o‗zining bu ezgu ishlari bilan o‗zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. 

Umuman,  Nodira  o‗z  she‘rlarida  barkamol  insonni  ulug‗laydi.  Ta‘lim  -  tarbiyaga  oid  ko‗p 

foydali o‗gitlarni bayon etdi. 

Muhammad  Rizo  Ogahiy  o‗z  ijodiy  faoliyatini  pedagogik  qarashlarida  nafosat 

tarbiyasi  ham  yuqori  baholanadi.  Ogahiy  milliy  an‘analarimiz  mexmondo‗stlikni  go‗zal 

fazilatlardan  biri  hisoblaydi.  Mehmonga  chuqur  hurmat  bilan  qarash,  mehmon  kutish, 

ko‗zatish odobi Ogahiy ijodidan o‗z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da‘vat 

etdi. 

Ogahiyning  ta‘kidlashicha,  insonga  do‗st  va  dushmanni  ajratib  olish  hayotda  o‗z 



o‗rnini  topib  olishda  g‗oyat  muhimdir.  Uning  fikricha  to‗g‗ri  so‗z  kishilar  hayotda 

qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. 

Ogahiy  ta‘lim-tarbiya  ilmlarni  egallash  va  tilni  bilishda  ham  muhim  ahamiyatga 

molik ekanligini ta‘kidlaydi. 

Muhammad  Rizo  Ogaxiy  o‗z  ijodiy  faoliyatida  binobarin  yoshlarni  odamlarni  xalq, 

vatan, jamiyat farovonligi yo‗lida xizmat qilishga da‘vat etdi. U do‗stlikni mehmondo‗stlikni 

axloqiy  go‗zallikni  ulug‗ladi.  Insonlarni  ziyraqlikka,  to‗g‗ri  so‗zli  bo‗lishga  chorlaydi. 

Ogahiyning buf ikr o‗gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir. 

Berdimurod  Berdaq  Qaraqolpog‗iston  xalq  shoiri  butun  ijodi  davomida  xalqlar 

tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g‗oyalarini olg‗a suradi. 

Berdaq  insonning  shaxsiy  baxti  xalq  baxti  bilan  bog‗liq  deb  biladi.  Uning 

ta‘kidlashicha,  har  bir  odam  haqiqiy  baxtga  erishishi  uchun  o‗z  shaxsiy  manfaatini  xalq 

manfaati  bilan  birlashtirishi,  xalq  baxti  uchun  kerak  bo‗lsa  jonini  ham  ayamasligi  kerak. 

Berdaqning  fikricha  inson  oliy  axloqiy  sifatlariga,  chunonchi,  beg‗arazlik,  olijanoblik, 

vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‗lishi lozim. 

Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqei katta ekanligini ta‘kidlaydi. 

Maktabda  bolani  yaxshi  xulqi  atvorli  qilib  tarbyalash  lozim.  Uning  fikricha  maktabda  dars 

beruvchi  muallim  o‗z  xushmuomilaligi,  pok  qalbligi,  haqgo‗yligi,  o‗z  fanini  yaxshi  puxta 

bilishi bilan bolalarga o‗rnak bo‗lishi kerak. 

Berdaq  oilaning  bola  tarbiyasida,  muhim  o‗rin  tutishni  aloxida  ta‘kidlaydi,  oila 

muhitida  ota  -  onalar  bilan  bolalar  o‗rtasida  o‗zaro  hurmat  bo‗lgandagina  tarbiya  yaxshi 

natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug‗ilgan kundanoq 

tarbiyaga  muxtojdir,  uning  ilk  tarbiyachilari,  albatta  ota  -  onalardir.  Berdaqning  fikricha 

barcha odamlar insonparvar va adolatli bo‗lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, 

xalqqa ta‘lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim. 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  ilm  -  fani  va  madaniyatini  jahon  miqyosiga  olib  chiqqan 

Markaziy  Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shgan ulug‗  siymolardan 

biri Mirzo Ulug‗bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma‘rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat 

berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da‘vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat 

inson 


tafakkurining 

komil 


topishini 

ta‘minlashga

 

ishondi. 



Allomaning  uqtirishicha,  bolaning  bilim  olishga  bo‗lgan  qiziqishi,  havasini  oshirishda  u 

tarbiyalanayotgan muhit muhim o‗rinni egallaydi. Oilada ota - onalar ayniqsa, o‗qimishli ota 

-  onalar  o‗z  farzandlarining  xaqiqiy  inson  bo‗lib  kamol  topishiga  aloxida  e‘tibor  berishlari

 

loz




 

im. 


Mirzo  Ulug‗bek  o‗z  pedagogik  qarashlarida  bolalarning  jismonan  sog‗lom,  harbiy  xunarni 

puxta  egallagan,  jasur,  mard  bo‗lib  yetishuviga  aloxida  ahamiyat  beradi.  Ulug‗bekning 

fikricha  odam  sog‗lom  va  baquvvat  bo‗lishi  uchun  yoshlik  chog‗idayoq  jismoniy  mashqlar 

bilan shug‗ullanishi, ta‘lim - tarbiyada poraxo‗rlik, qalloblik bo‗lmasligi uchun mudarrislar 

odil va halol bo‗lishi kerak. 

Buyuk shoir va olim, fors - tojik mumtoz adabiyotning ulug‗ namoyondasi Nuriddin 

Abduraxmon  Jomiy  o‗zidan  keyin  turli  fan,  adabiyot,  jumladan  pedagogikaga  doir  o‗lmas 

me‘ros  qoldiradi.  U  o‗z  asarlarida,  ayniqsa,  nasriy  yo‗lda  yozilgan  ―Bahoriston"  asarida 

ta‘lim  -  tarbiya  masalalari  xususida  fikr  bildirdi.  Jomiy  o‗z  asarlarida  yoshlarni  ilmlarini 

egallashga da‘vat etadi. U o‗z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat,  xushmuomalalik va 

dono so‗z bilan zulmkorlarga ma‘sir etishga da‘vat etadi. 

3-

 



masalaning bayoni: Farzand tarbiyasida oila qanchalik mas‘ul bo‗lsa, 

mahallaning mas‘uliyati ham undan kam bo‗lmaydi. Oilaviy tarbiya uzluksiz tarzda, mahalla 

bilan hamohang davom etadi. Bunda hech bir institut oila yoki mahalla bilan bilan tenglasha 

olmaydi. Haqiqatan, inson tug‗ilgandan boshlab to umrining oxirigacha oila va mahallaning 

ta‘siri  ostida  bo‗ladi.  Oila  va  mahallaning  o‗sib  kelayotgan  yosh  avlodga  noyob  ta‘sirini 

oilaviy va sharqona tarbiya jarayonining o‗ziga xosligi ham belgilaydi. Ota-ona va mahalla 

ulug‗larining  avtoriteti,  hamda  shaxsiy  namunasi,  qarindoshlik  tuyg‗ulari  bolani  har 

tomonlama  rivojlanishida  roli  katta,  bularga  oila  va  mahalladan  tashqarida  erishib 

bo‗lmaydi. 

Hech  bir  mubolag‗asiz  aytish  mumkinki,  shaxs  avvalo  oilada,  so‗ng  mahallada 

shakllanadi.  Aynan  oilada  shunday  qimmatbaho  sifatlar-  borlig‗ni  diqqat  bilan  kuzatish, 

tabiat  va  san‘atdagi  go‗zallikni  his  qilish,  bilimga  serhavas  bo‗lmoqlik,  intizomlilik, 

vijdonli,  o‗z  mehnat  majburiyatlariga  ma‘suliyat  bilan  yondashish,  boshqalarning 

extiyojlariga  hamdardlik  bilan  qarash  va  zarur  bo‗lgan  holarda  yordam  ko‗rsatish  kabi 

xislatlar shakllanadiki, xuddi shu sifatlar yetuk insoniy shaxsning fazilatlar hisoblanadi. 

Insoniyat yaralibdiki, doimo uyushib, jamoa tarzida yashab kelgan, Chunki bir joyda 

uyushib  yashash  turli  xil  xavfdan  himoyalanishni  osonlashtirgan.  Shu  sababli  ovullar, 

qishloqlar  va  shaharlar  paydo  bo‗lgan.  Ayniqsa,  ishlab  chiqarishning  o‗sishi  va  mehnatni 

tashkil etish masalasi kun tartibiga qo‗yilishi xalqning bir joyda to‗planib yashash istiqbolini 

yanada  rivojlantirganligini  tarixiy  manbalardan  yaxshi  bilamiz.  Bu  hol  mamlakatimiz 

xalqlari  tarixiga  ham  xos  bo‗lib,  xalqimizning  turmush  tarzi  va  tafakkurida  o‗chmas  iz 

qoldirgandir.  Ayniqsa,  o‗zbek  qishloqlarida  turli  marosim  va  to‗ylarni  o‗tkazish  uchun 

oqsoqollar  muhim  rol  o‗ynagan.  Qishloq  oqsoqoli  obro‗li,  halol  inson  bo‗lib,  boshqalarga 

o‗z  ta‘sirini  o‗tkazgan.  Chorvador  xalqlarda  ham  qishki  va  yozgi  yaylovlarda  muvaqqat 

ovullar  bo‗lgan,  ularni  ham  oqsoqollar,  yurtning  obro‗li  insonlari  boshqarganlar. 

Shaharlarning  paydo  bo‗lishi  bilan  mahallalar  yuzaga  kelgan.  O‗zoq  tarixda  turli  xil  kasb 

egalari alohida-alohida bo‗lib birlashganlar. Shu sababli baqqollar, kosiblar, kulollar va h.k. 

mahallalari  paydo  bo‗lgan.  Lekin  yaqin  o‗tmishda  barcha  kasb  egalari  aralash-quralash 

bo‗lib  ketgandan  keyin  ma‘lum  bir  hudud  mahalla  bo‗lib  yashash  shakllandi.  Mahallalar 

ham davrga qarab o‗zgarib bordi, ularning boshqaruv shakli ham yildan-yilga takomillashib, 

bugungi kundagi yuksak darajadagi ko‗rinishga ega bo‗ldi. 

Shu  o‗rinda  mahalla  tushunchasi  tarixiga  batafsilroq  to‗xtalib  o‗tishni,  eng  avvalo 

mahalla iborasining lug‗aviy ma‘nosini keltirib o‗tishni lozim deb topdik: 

Mahalla (arabcha «mahalla» - joy, o‗rin, makon) - so‗zidan olingan bo‗lib «mahalliy 

joy» degan ma‘noni anglatadi. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, bundan bir necha ming yillar 

oldin  qadim  Turonzaminda  mahalla  hududiy-ma‘muriy  birlik  hisoblangan.  Odamlar  urug‗-




 

urug‗, jamoa-jamoa bo‗lib yashagan. Jamoa a‘zolari taqdiri, ularning hayotiga va bir- biriga 

bo‗lgan munosabati qat‘iy nazoratda turgan. Shu boisdan ham mahallalarda ko‗pdan- ko‗p 

hayotiy  muammolar  o‗z  yechimini  topib  kelgan.  Shu  nuqtai  nazardan  mahallachilik  o‗zoq 

an‘analarga, boy va ma‘naviy-axloqiy udumlarga ega bo‗lgan ulkan hayot maktabidir. 

Ko‗chmanchilarning  o‗troq  turmush  tarziga  o‗tish  jarayonida  alohida  oila 

vakillarining  birlashishi  natijasida  mahalla  shakllana  borgan.  Dehqonlar  orasida  keng 

tarqalgan  mahalla  an‘analari  asta-sekin  chorvadorlar  orasida  ham  tarqalib  mahalla  butun 

O‗rta Osiyo hududida tanilgan, uning ibtidoiy unsurlari, qadriyatlari shakllanib borgan. 

Ulug‗  tarixchi  olim  Narshaxiyning  IX  asrda  yozgan  «Buxoro  tarixi»  asarida  qayd 

etilishicha, Buxoroda bundan bir ming bir yuz yil ilgari ham bir necha mahalla bo‗lgan. 

Sohibqiron  Amir  Temur  markazlashgan  yagona  davlatni  boshqaruvida  mahalla 

mutasaddi shaxslariga tayangan, ular bilan yaqin muloqotda, doim mashvaratda, maslahatda 

bo‗lgan, kezi kelganda ularning faoliyatini bevosita qo‗llab-quvvatlab, homiylik qilgan. Bu 

haqda bobokalonimiz o‗z ―To‗zuklar‖ida shunday yozib qoldirganlar: ―Har el va har 

mamlakatning ulug‗larini, boshliq oqsoqollarini qadrladim, ularga sovg‗a-salomlar berib 

18 

xizmatlaridan foydalandim‖ . 



Manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur davrida shaxsan uning o‗z say-harakatlari 

bilan  mahalliy  joylarda  jamoa  oqsoqoli  saylangan,  unga  xalqning  e‘tibori,  ishonchi, 

tayanishi  katta  bo‗lgan.  Shuningdek,  Amir  Temur  oqsoqollarga  e‘tibor  berish  bilangina 

cheklanmay,  ayni  paytda  oqsoqollarga  javobgarlik  mas‘uliyatini  ham  yuklagan.  ―Temur 

to‗zuklari‖da  yozilishicha,  o‗sha  davrda  jamoa  oqsoqollariga  ya‘ni  kadxudolarga 

mamlakatni  boshqarishda  katta  vaqolatlar  berilgan.  Jumladan,  ―Kadxudolar,  kalontarlar, 

dehqonlar  va  ekin  maydonlariga  ishlov  beruvchilarni  (mo‗zorion)  ko‗nglini  xushnud  etib, 

o‗zlariga  qaratsinlar‖  va  ―Faqiru  miskin,  biron  kasb  qilishga  ojiz  shol-ko‗rlarga  nafaqa 

belgilasinlar‖

2

, deb ta‘kidlangan. 



Shu  o‗rinda  so‗z  mulkining  sultoni,  ulug‗  bobokalonimiz  Alisher  Navoiyning 

―mahalla‖  atamasiga  bergan  izohi  haqida  to‗xtalib  o‗tishimiz  maqsadga  muvofiq.  Chunki, 

―mahalla‖ atamasining eng qisqa va puxta izohini hech kim Alisher Navoiy darajasida to‗liq 

bera  olmagan  bo‗lsa  kerak.  Hazrat  Navoiyning  ―Hayratul-abror‖  asarida  Hirot  shahri 

quyidagicha ta‘riflanadi: 

Shaharlar otini mahallot etib, 

20 

Bo‗ldi chu yuz shahar Hiri ot etib 



Ushbu ta‘rifdan ko‗rinib turibdiki, ―Mahalla - shahar ichidagi shaharcha‖ dir. 

Alisher  Navoiy  yashagan  davrda  ham  mahallalardagi  tarbiya  muhiti  tufayli  kishilar 

o‗rtasida birodarlik, mehr-oqibat, ustoz va shogirdlik kabi insoniy fazilatlar naqadar yuksak 

bo‗lganligini ko‗ramiz. Taniqli adabiyotshunos olim A.Hayitmetovning yozishicha, Alisher 

Navoiy  o‗zining  ―Majolis  un-nafois‖  tazkirasida  mahallalar  xususida  quyidagi 

ma‘lumotlarni yozadi: 

―Do‗stmuhammad  -  Murg‗aniy  mahallasidindur.  Ham  she‘rg‗a,  ham  muammog‗a 

ta‘bi yaxshidur‖

3



Ushbu ta‘kid shuni ko‗rsatadiki, buyuk shoir va davlat arbobi, olim, fan va madaniyat 



homiysi A.Navoiy yashagan davrda ham mahallaning hayotda tutgan o‗rni, nufo‗zi diqqatga 

sazovor bo‗lgan hamda mahalladoshlar o‗rtasida o‗zaro hurmat, tinchlik, shohu gadonin bir-

                                                 

2

 



Темур  тузуклари  /Форсчадан  А.Согуний  ва  Х,.Кароматов  тарж.;  Б.Ахмедов  тахрири  остида.  -  Т.:  Fафур  Fулом 

номидаги нашриёт матбаа бирлашмаси, 1991йил, 96-97 бетлар.

 

3

 



Алишер  Навоий.  Мукаммал  асарлар  туплами:  20т.  /УзР  ФА  А.Навоий  ном.  Адабиётлар  ин-ти;  К.С.Сулаймонов 

номидаги кулёзмалар ин-ти /Тахрир хайъати: К.Яшин ва бошц. - Т.: Фан, 1987-2002.

 

92

 




 

biriga bo‗lgan munosabatida g‗amxo‗rlik qadrlangan. 

Qur‘oni  Karim  oyatlarida  ham,  Hadisi  shariflarda  ham,  qolaversa,  buyuk 

allomalarimizning  tabarruk  meroslarida  ham  mahalla  bo‗lib  yashash,  qo‗ni-qo‗shnichilik 

haq-huquqlari,  odoblari  haqida  juda  ko‗p  hikmatlar  mavjud.  Fikrimizning  dalili  sifatida 

quyidagi  hadislarni  keltirib  o‗tmoqchimiz:  ―Qo‗shnisiga  yomonligini  yetkazib  turadigan 

odam mo‗mini komil emas‖, ―Yonida qo‗shnisi och turib, o‗z qornini to‗yg‗azib yuradigan 

odam mo‗mini komil emasdir‖, "Kimning imoni Allohga va oxirat kuniga imon-ishonchi 

22 

sodiq bo‗lsa, qo‗shnisiga yaxshilik qilsin‖. 



Yoshlar  tarbiyasiga  katta  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  omillardan  biri  mahalla  bo‗lganligi  uchun 

ham  doimo  mahallaga  katta  ishonch  bildirib  kelingan.  Mahalladagi  samimiy  aloqalar 

tinchlik, totuvchilikni ta‘minlab berish bilan birga yoshlar tarbiyasida ham katta rol o‗ynab 

kelgan. 


O‗zbek  mahallalari  shu  xududda  yashayotgan  oilalarning  turmush  sharoitlarini,  oila 

o‗rtasidagi  munosabatlarni, fardzandlar tarbiyasiga berilayotgan  e‘tiborni yaxshi va  yomon 

tomonlarini  boshqalardan  ko‗ra  ko‗proq  bilganlar,  yoshlar  tarbiyasiga  barcha  mahalla 

a‘zolari mas‘ul bo‗lganlar. 

Har  bir  oila  turli  xildagi  muammolarni  mahalladan  uyalganligi  uchun  tashqariga 

chiqarmaslikka  harakat  qilganlar  va  har  qanday  muammolarni  oila  davrasida  xal  qilishga 

intiladilar. 

Har bir yosh avlodning ma‘naviy yetuk, komil shaxs bo‗lib voyaga yetishida musaffo 

havo,  tabiat  bilan  birgalikda  mahalla  va  oila  muhiti  juda  katta  rol  o‗ynaydi.  Buyuk  yunon 

olimi Demokritdan bir kishi kelib so‗raydi: 

 

Hozirgi yoshlar to‗g‗risida nima deya olasiz? 



 

Hozir yoshlar o‗z bilganlaridan qolmaydilar, ularda kattalarga hurmat, kichiqlarga izzat 



yo‗qolgan,  mahmadona  va  o‗zboshimcha  bo‗lib  ketishgan.  Buning  oldini  olish  uchun 

oiladagi  va  mahalladagi  tarbiyani  kuchaytirish  kerak,  deb  javob  beribdi  buyuk  mutafakkir. 

Bundan  tashqari  Demokrit  mahallada  tarbiyani  yaxshi  yo‗lga  qo‗yish  uchun  uni  yaxshi 

boshqarish  lozimligini  alohida  ta‘kidlab,  shunday  deydi:  ―Yaxshi  boshqarilayotgan  davlat 

bir qo‗rg‗ondir‖.

4

 



Mahalla  a‘zolarining,  jamoatchilikning  milliy  va  diniy  an‘analarimizga  amal  qilgan 

holda yoshlar ma‘naviy kamolotiga ta‘sir etishi doimo takomillashtirilib kelingan va milliy 

tarbiyaning ajralmas qismiga aylangan. 

O‗zbek  oilalarning  mahalla  bilan  munosabatlariga  asos  bo‗lgan  hamkorlik,  hamdardlik, 

maslahatgo‗ylik,  g‗amxo‗rlik  singari  ma‘naviy  omillari  yoshlar  tarbiyasida  doimo  katta 

ahamiyat kasb etib kelgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoshlar tarbiyasiga muhim 

ta‘sir  ko‗rsatadigan  bunday  hamkorlikni  kuchaytirishga  katta  e‘tibor  qaratib  kelinmoqda. 

Xalqimiz  tomonidan  avaylab  kelingan  bunday  qadriyatlarni  rivojlantirish  ma‘naviy 

kamolotimizning muhim omili bo‗lib kelmoqda. 

Mahalla  insonlarning  millati,  yoshi,  jinsi,  dini,  irqi,  tili,  e‘tiqodi,  ijtimoiy  kelib 

chiqishi,  shaxsiy va ijtimoiy  mavqeyidan qat‘i nazar ularni ezgulik  yo‗lida jipslashtiruvchi 

va  birlashtiruvchi  katta  oila  hisoblanadi.  Bu  oila  insonlarning  bir-birlariga  bo‗lgan  o‗zaro 

hurmati,  muhabbati,  mustahkam  do‗stligi  asosida  yashaydi,  faoliyat  ko‗rsatadi.  O‗tmishda 

har bir mahallada asosan bir kasbdagi odamlar - hamkasblar istiqomat qilishgan. O‗z o‗zidan 

mahallalar  ham  shunga  qarab  nomlangan:  zargarlik,  misgarlik,  ko‗nchilik,  qoshiqchilik, 

pichoqchilik,  temirchilik,  taqachilik  va  hokazo.  Bugungi  kunda  mahallalarda  turli  xil  kasb-

                                                 

4

  С. Йулдошев ва бошк. Кддимги ва урта аср Fарбий Европа фалсафаси. - Т.: Шарк, 2003 йил, 40-бет.



 

93

 




 

kordagi,  turli  millatga  mansub  kishilar  istiqomat  qilishadi.  Lekin,  shu  bilan  bir  qatorda, 

asosan  hamkasblarning  oilalari  yashaydigan  mahallalar  ham  mavjud.  Masalan  Toshkent 

shahrining  Sobir  Rahimov  tumanidagi  ―Professorlar‖,  ―Shifokorlar‖,  Mirzo  Ulug‗bek 

tumanidagi ―Olimlar‖ kabi mahallalar shular jumlasidandir. 

4-

 



masalaning  bayoni:  Tarixiy  manbalarni  o‗qiganimizda  1932  yil  17 

aprelda  O‗zbekiston  Respublikasida  birinchi  marta  ―O‗zbekiston  shaharlaridagi  mahalla 

qo‗mitalari  to‗g‗risida  Nizom‖  chiqqanligini  guvohi  bo‗ldik.  Bundan  tashqari  1961  yil  30 

avgustda  ham  O‗zbekiston  Oliy  Kengashi  tomonidan  ―Respublika,  shahar,  qishloq, 

posyolkalardagi  va  ovullardagi  mahalla  qo‗mitalari  to‗g‗risidagi  Nizom‖  tasdiqlangan. 

Lekin, mazkur ikkita Nizomda ham mahallalarga yuridik shaxs maqomi berilgan emas. 

Mustaqilligimizning  birinchi  kunlaridanoq  mamlakatimizda  o‗zini  o‗zi  boshqarish 

organlarining  yetakchi,  xalqqa  eng  yaqin  muhim  bo‗g‗ini  mahalla  tizimini  tiklashga, 

nufo‗zini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi. 

O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov mahallaning nazariy va 

amaliy tamoyillarini belgilab berdi. Jumladan, istiqlol yillarida mahalla fuqarolar yig‗inlari, 

Oqsoqollari  va  faollarining  huquqlarini  yanada  kengaytirish,  ularga  tegishli  imtiyozlar 

berish,  nufo‗zini  ko‗tarish  maqsadida  Prezidentning  maxsus  Farmonlari  chiqarildi,  qonun, 

qator  meyoriy  hujjatlar  qabul  qilindi.  Mahallani  tiklash,  ravnaq  toptirish  yo‗lidagi  say-

harakatlar o‗zini o‗zi boshqarish organlari bilan bog‗liq bo‗lgan ijtimoiy- siyosiy voqealar, 

qimmatli hujjatlar salnomasida ham yaqqol ko‗rinadi. Shu o‗rinda ushbu solnomaning ayrim 

sahifalarini keltirib o‗tishni lozim deb topdik: (1 - slayd): 

1992  yil  12  sentabr  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  —Respublika 

―Mahalla‖ xayriya jamg‗armasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 

1992 yil 8 oktabr - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining —Respublika ―Mahalla‖ 

xayriya jamg‗armasiga mablag‗ ajratish to‗g‗risida‖ gi Farmoni e‘lon qilindi; 

1992


 

yil  17  oktabr  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Respublika 

―Mahalla‖  xayriya  jamg‗armasi  faoliyatini  tashkil  etish  masalalari  to‗g‗risida‖gi  Qarori 

qabul qilindi; 

1993

 

yil  2  sentabr  -  ―Fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  to‗g‗risida‖gi 



Qonun qabul qilindi; 

1993


 

yil  1  dekabr  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Respublika 

―Mahalla‖  xayriya  jamg‗armasining  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‗g‗risida‖gi Qarori qabul qilindi; 

1994

 

yil  23  avgust  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Kam  ta‘minlangan 



oilalarni  ijtimoiy  himoyalashni  kuchaytirishga  oid  tadbirlar  to‗g‗risida‖gi  Farmoni  e‘lon 

qilindi; 

1994  yil  24  avgust  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Kam 

ta‘minlangan oilalarni ijtimoiy-himoya qilishni tashkil etish masalalari to‗g‗risida‖gi Qarori 

qabul qilindi; 

1996 yil 10 dekabr - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 

―Bolali  oilalarni  davlat  tomonidan  qo‗llab-quvvatlashni  yanada  kuchaytirish 

to‗g‗risida‖gi Farmoni qabul qilindi; 

1996

 

yil  10  dekabr  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Bolali 



oilalarni  ijtimoiy  qo‗llab-quvvatlashni  yanada  kuchaytirish  chora  tadbirlari  to‗g‗risida‖gi 

Qarori qabul qilindi; 

1998

 

yil  23  avgust  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Fuqarolarning  o‗zini 



o‗zi boshqarish organlarini qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 

1998


 

yil 28 oktabr - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 




 

―To‗y-hashamlar,  oilaviy  tantanalar,  ma‘raka  va  marosimlarni,  marhumlar 

xotiralariga bag‗ishlangan tadbirlarni o‗tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 

Farmoni elon qilindi; 

1998

 

yil  3  noyabr  -  O‗zbekiston  musulmonlar  idorasi  raisi  Muftiyning  ―To‗y, 



marosim va ma‘rakalarni meyorida o‗tkazish haqida‖gi Fatvosi e‘lon qilindi; 

1999


 

yil  13  yanvar  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  —  Aholini  aniq 

yo‗naltirilgan  ijtimoiy  madad  bilan  ta‘minlashda  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish 

organlari rolini oshirish to‗g‗risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi; 

1999

 

yil  15  aprel  -  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Uy-joy  mulkdorlarining 



shirkatlari to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi; 

1999  yil  19 

aprel  -  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―Jazoni  o‗tash  joylaridan  ozod 

qilingan  shaxslarga  ijtimoiy-maishiy  jihatdan  va  ishga  joylashishda  yordam  ko‗rsatish 

bo‗yicha  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  kengashi  va  hokimliklar  ho‗zuridagi 

maxsus  komissiyalar  ―Mahalla  posboni‖  jamoat  tuzilmalari  va  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi 

boshqarish organlari xo‗zuridagi yarashtirish komissiyalari to‗g‗risidagi nizomlari tasdiqlash 

haqida‖ Qarori qabul qilindi; 

2000

 

yil 19 dekabr - O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 



―Kommunal  xizmatni  boshqarish  tizimini  yanada  isloh  qilish  to‗g‗risida‖gi  Farmoni  qabul 

qilindi. 

Mustaqillik yillarida 100 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o‗zini o‗zi 

boshqarish  organlarining  jamiyat  hayotining  muayyan  sohasidagi  ishtiroki  o‗z  aksini  topdi. 

Jumladan,  O‗zbekiston  Respublikasining  1993  yil  02  sentabrda  "Fuqarolarning  o‗zini  o‗zi 

boshqarish organlari to‗g‗risida"gi Qonuni (Yangi tahriri 915-XII-son), 2018 yil 15 oktabrda 

"Fuqarolar  yig‗ini  raisi  (oqsoqoli)  saylovi  to‗g‗risida"gi  Qonuni(Qonunchilik  palatasi 

tomonidan  21.09.2018  y.  qabul  qilingan,  Senat  tomonidan  27.09.2018  y.  maqullangan) 

hamda  20  ga  yaqin  meyoriy-huquqiy  hujjatlar  qabul  qilindi.  Shuningdek  tizimda  faoliyat 

ko‗rsatayotgan  xodimlarning  malakasini  oshirish  bo‗yicha  o‗quv  kurslari  hamda  "Mahalla" 

teleradiokanali  tashkil  etildi.  Jumladan,  mamlakatimiz  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning 

2017  yil  3  fevraldagi  "Mahalla  institutini  yanada  takomillashtirish  chora-  tadbirlari 

to‗g‗risida"gi

 PF-4944-son 

farmoni mahallaning joylardagi dolzarb masalalarni samarali hal 

qilishdagi  rolini  oshirish,  uyushmaga  birlashish  huquqlarini  ro‗yobga  chiqarish,  moddiy-

texnika  bazasini  mustahkamlash  hamda  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  o‗zaro 

hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab berdi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  13  iyuldagi  "Mahalla  iftixori" 

ko‗krak  nishonini  ta‘sis  etish  to‗g‗risida"gi  PQ-3132-son  Qaroriga  muvofiq  endilikda 

Ko‗krak nishoni bilan jamiyatda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining o‗rni va 

rolini  kuchaytirish,  joylarda  ma‘naviy  muhit  barqarorligini  ta‘minlash,  millatlararo  do‗stlik 

va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‗oyalariga 

sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  aholini  ijtimoiy  qo‗llab-quvvatlash,  keng  qamrovli  profilaktika 

tadbirlari  va  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirish,  mahalla  fuqarolar  yig‗inlarining 

moddiy-texnika  bazasini  rivojlantirish  ishlariga  munosib  hissa  qo‗shib  kelayotgan  faol, 

tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadi. 

Ko‗krak  nishoni  bilan  O‗zbekiston  fuqarosi  bo‗lmagan  shaxslar  ham  taqdirlanishi 

mumkin. 

Ko‗krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‗rt baravari 

miqdorida  bir  yo‗la  to‗lanadigan  pul  mukofoti  oladilar.  Bir  yo‗la  to‗lanadigan  pul 

mukofotlari  O‗zbekiston  «Mahalla»  xayriya  jamoat  fondi  mablag‗lari  hisobidan  amalga 

oshiriladi. 



 

Ko‗krak  nishoni,  uning  guvohnomasi  va  pul  mukofoti  Mustaqillik  kuni  bayrami 

arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. 

Ko‗krak  nishoni  bilan  taqdirlangan  shaxslar  «Mahalla»  xayriya  jamoat  fondi 

hisobidan  mamlakat  sanatoriylarida  davolanishlari  uchun  bir  marotabalik  bepul 

yo‗llanma olish huquqiga ega bo‗ladilar. 

Davlat  darajasida  qabul  qilingan  bu  kabi  huquqiy,  meyoriy  hujjatlarni,  amaliy- 

ma‘naviy hamda moddiy tadbir va yordamlarni ko‗plab sanash mumkin. Bu kabi qonun 

va  qonunosti  hujjatlari  shu  sohadagi  ishlarni  yanada  yaxshilash,  mahallaning  xalq  va 

davlat  oldidagi  mavqeini  yuksaltirish  uchun  huquqiy  asos  yaratdi.  Bunga  ko‗ra  davlat 

mustaqilligiga  va  siyosiy  suverenitetga  erishish  sharoitida  davlatchilikning  milliy 

shaklini  tiklashga,  O‗zbekiston  xalqlarining  ijtimoiy  turmushida  milliy  an‘ana  va 

odatlardan yanada to‗laroq foydalanishga intilish kuchaydi. 

Bugun  mahalla  -  fuqarolarning  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlariga  juda  keng 

imkoniyatlar berildi. Yaqingacha qishloq aholisi o‗z muammolarini tuman hokimiyatida 

hal etishga harakat qilishar edi, lekin odatda ularning iltimosu shikoyatlari, takliflari yana 

qishloq Kengashiga qaytarilar edi. Bugungi kunda o‗zini o‗zi boshqarish organlariga juda 

keng  vaqolatlar  berilgan  bo‗lib,  mahalla  fuqarolar  yig‗ini  raislari  tashabbusni  o‗z 

qo‗llariga  olishmoqda,  ular  ko‗pgina  muammolarni  joylarning  o‗zida  mustaqil  hal 

qilishmoqda. 

MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: 

Jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, ilm, ma‘rifat, tarbiya, axloq, din, munosabat, 

qadriyat, e‘tiqod, o‗git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, 

Qur‘on, diniy bag‗rikenglik, Olloh,  musulmonchilik, an‘ana, rasm-rusum,  muhit,  mehr- 

muhabbat,  samimiylik,  tushuntirish,  davlat  siyosati,  yoshlar  tarbiyasi,  ma‘naviyat, 

an‘ana, urf-odat, axloqiy nizom va qadriyatlar. 

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 

1.

 



Ma‘naviy barkamol, jismoniy sog‗lom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning o‗rni 

nimadan iborat? 

2.

 

Ota-ona oldidagi vazifalar, farzandning ota-ona oldidagi burchi nimalardan iborat? 



3.

 

Oilada farzand tarbiyasiga bo‗lgan axloqiy nizom va qadriyatlarga nimalar kiradi? 



4.

 

Oila a‘zolarining amal qilishi majburiy bo‗lgan urf-odatlarni sanab bering. 



5.

 

Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasida ota onaning o‗rni va mas‘uliyati haqidagi 



fikarlaridan ixtibos keltiring... 

6.

 



Mahalla qaysi so‗zdan olingan va qanday ma‘noni anglatadi? 

7.

 



So‗z mulkining sultoni, ulug‗ bobokalonimiz Alisher Navoiyning ―mahalla‖ atamasiga 

bergan izohi haqida to‗xtalib o‗ting. 

8.

 

Mustaqillik yillarida qancha meyoriy-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish 



organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o‗z aksini topdi? 

9.

 



O‗zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari 

to‗g‗risida"gi Qonuni (Yangi tahriri 915-XII-son) qachon qabul qilingan? 



10.

 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla iftixori" ko‗krak nishonini ta‘sis etish 



to‗g‗risida"gi Qarori qachon qabul qilindi? 

Download 428,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish