O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Predmet tasavvurlami rivojlantirish va ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish



Download 124,83 Kb.
bet10/22
Sana29.03.2022
Hajmi124,83 Kb.
#515247
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Toshmatova Muattar Rasulovna

Predmet tasavvurlami rivojlantirish va ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish
Ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish mashg‘ulotlarini tashkil etishda psixofiziologik va psixologik-pedagogik uslublardan foydalanish samara beradi. Bu metodlar ko‘rishda nuqsoni bor bolalami barcha faoliyati va sensor apparatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, psixofiziologik metodlar orqali predmetning asosiy qirralari «tomonlari» o‘rganiladi.
Predmetli metodlar bolalarning ko‘ruv faoliyatini predmetli amaliyotini mashqlar va o‘yin davomida rivojlantirishga qaratiladi. Predmetli amaliy mashg‘ulotlar perdmetlami modellashtirish, qurish-yasash, turli predmetlami o‘z ichiga oladi. Bolalar predmetlarni idrok etishga, uning shakli, kattaligini, rangini analiz qilib chiqisnga o‘rganadilar. Ko‘rish qobiliyatini rivojlantirishda turli tasvirlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan: oq-qora, rangli, konturli, shtrixli tasvir. Shu o‘rinda Vitaliy Pavlovich Yermakov tomonidan yaratilgan ko‘ruvni rivojlantirish va mashq qildirish, tekshirish uchun moMjallangan polixromatik tablitsalardan foydalanib kelinmoqda. Bu test va tablitsalar Rossiya va Yaponiya, Xitoy davlatlarida foydalanib kelinmoqda.
Ko'zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-intematlari oidiga qo‘yilgan umumta’lim va tarbiya vazifalari bilan bir qatorda o‘quvchilami ko‘ruv qobiliyatini rivojlantirish va himoya qilish vazifasi ham qo‘yilgan. Bu ishlar maktabda okulist rahbarligida amalga oshiriladi, shu jarayonda meditsina hamshiralari faol ishtirok etadilar. Pedagog va tarbiyachilar ham o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ular davolash muolajalarini o‘z vaqtida bajarishga va shifokor tavsiya- lariga qat’iy amal qilishini nazorat qiladilar. Ko‘zoynak va boshqa optik ko‘ruvchi korreksiyalovchi vositalami tavsiya qilish davolash ishining asosiy aspektlaridan biridir. Pedagog va tarbiyachilar bolalarni ko‘zoynaklardan shifokor tavsiya etganidek, to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishlari lozim. Opravani to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. U yuz hajmli, qorachiqlar orasidagi masofaga mos tushishi kerak. Opravani burun va quloqlami qizishiga yo‘l qo'ymaslik kerak. Ko‘pincha bolalar ko‘zoynakni yo‘qotadilar yoki sindiradilar. Shuning uchun bir yo‘la bir necha ko‘zoynak buyurtma berish zarar. Bolalar ko‘zoynaklarini toza va ozoda saqlashga o‘rgatib borish kerak. Ba’zi zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarga teleskopik ko‘zoynaklar yozib beriladi. 0‘z faoliyatida ko‘rishda nuqsoni boMgan bolalar 3,5-5 marta kattalashtiruvchi lupalardan foydalanishni afzal ko‘radilar. Kichiklari matnlarni istagancha kattalashtirolmaydilar. Kattalari esa ko‘rish maydonini juda toraytiradi. Lupalarni okulist-shifokor tavsiya qiladi. Pedagog va tarbiyachilar ulardan to‘g‘ri foydalanishi va saqlanishlarini nazorat qilishlari kerak. Lupalarni alohida qutilarda yoki xaltachalarda saqlash lozim. Ko‘ruv nervi atrofiyasi, ishopiya, to‘r parda distrofiyasi va boshqa kasalliklar bilan kasallangan bolalar kasallik jarayonida doimiy medik kamentoz davoga muhtojdirlar.
Prezidentimiz I.A.Karimov har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o‘rni, mavqei va shuxrati bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir, deya, komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi deb e’lon qilishlari bejiz emas. Sababi kelajagi buyuk davlatni jismonan baquvvat, ma’naviyatli, insonparvar, vatanparvar va ayni chog‘da sog‘lom avlod bunyod etadi.
Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura oladi, ammo ularni birdaniga tarbiyalab bo‘lmaydi, albatta buning, bu vazifaning uddasidan chiqishimiz uchun ko‘pdan-ko‘p ishlarni bajarishimiz, uzoqni ko‘zlab ish tutishimiz darkor. Bu vazifalarni bajarishda biz defektologlar ham o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim. Bu sharafli va ma’suliyatli ishda ta’lim-tarbiya tizimining ta’lim-tarbiya muassasalari muhim o‘rin tutadi. Ularning oldida bo‘lajak fuqaro shaxsini maqsadga muvofiq ravishda hayotga tayyorlash muammosi turadi.
Mazkur Davlat ta’lim talablarida ko‘rishida kamchiligi bor bolalarning ko‘rish idroki va nutqning predmetli tasavvurlarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Mazkur Davlat ta’lim talablari zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar maktabi o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Davlat ta’lim talablari o‘z ichiga zaif ko‘radigan va ko’zi ojiz bolalar maktabining 1-5 sinflariga va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhidagi ko‘rishida kamchiligi bor bolalarning ko‘rish idroki va nutqning predmetli tasavvurlarini shakllantirishga oid bo‘limlarni yoritib beradi. Dasturda ko‘rishda kamchiligi bor bolalarning ko‘rish idroki va nutqning predmetlar tasavvuri rivojlanishi masalalari yoritilgan. Dastur zaif ko‘ruvchi va ko‘rlar maktabi o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Dastur o‘z ichiga ko‘zi ojiz bolalar maktabining boshlang‘ich sinflaridagi va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhidagi ko‘rishda kamchiligi bor bolalarning ko‘rish idroki va nutqning predmetlar tasavvuri shakllanishi bo‘yicha bo‘limlarni oladi.
“Ko‘rishda kamchiligi bor bolalarga xos bo‘lgan bilimlar verbalizm, so‘z va obraz orasidagi muvofiqlikning yo‘qligini, nutqning konkretizatsiyasiga yo‘naltirilgan “bo‘sh” so‘zlarni aniq ma’no bilan to‘ldirib, korreksion ishlar jarayonida amalga oshirish kerak” – deb ta’kidlaydi L.I.Solnseva.
Ko’zi ojiz yoki zaif ko’ruvchi o’quvchilar ko’zi ko’radigan, ammo so’z yordamisiz muomala qiladigan o’quvchilar oldida imkoniyatlari juda ham chegaralangan.
Dastur tuzishda “komunikativ faoliyat” materiallaridan keng ko’lamda foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu dastur maktab yoshigachan bo’lgan va boshlang’ich sinfdagi ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun maxsus korreksion mashg’ulot deb ataladi.
Ko’zi ojiz yoki zaif ko’ruvchi 5-6 yoshdagi bolalar 3 yoshdagi ko’ruvchi, lekin gapira olmaydigan bolalar muomalasi darajasida rivojlangan. Chunki so’zlasha olmaydigan, lekim ko’ruvchi bolalar vezual ko’rush orqali so’zsiz muloqotda bo’lish texnikasida o’z xotiralarida onsonroq saqlab qolishadi. So’zsiz muloqotda bo’lish sistemasi insoniyat vujudga kelgan kundan boshlab hozirgi kungachan hayotiy tajribalar va yaratilgan maxsus muomala turlari orqali juda boyitilgan. Bu muloqot turlari o’z ichiga umumqabul qilingan meyorlar- inson hissiyotlari, hayotiy tajriba ko’rish yoki eshitish orqali qabul qilingan ma’lumot kompleksini tashkil etadi. Ko’zi ojiz yoki zaif ko’ruvchi o’quvchilarga muloqotni o’rgatishda qo’l harakatlari yoki umuman tana harakatlari, ya’ni barmoq, bosh harakatlarini harakatchanligini yuqori darajaga yetkazish muhim o’rinni egallaydi.
Predmet tasavvuri, ko’ruv idrokini va nutqni rivojlantirish mashg’uloti aynan
5 - sinflariga kiritilgan katta bo’lim, ya’ni imo-ishorali muloqot asosan qo’l harakatlari va tana harakatlarini o’z ichiga oladi. O’z navbatida bu dastur o’quvchilarni oddiy va sodda harakatlardan murakkab harakatlarga qarab ketma-ketlikda o’rgatish sistemasi yo’li bilan tuzilishi kerak. Ko’pincha pedagoglar bu harakatlarni o’rgatishda o’quvchilarga turli xil o’yinlar va epizodlarda ishtirok etish yo’li bilan tushuntirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. O’rgatilgan harakatlarni o’quvchilarning xotirasida saqlanib qolishi uchun bu darslarni bir necha bora takrorlash tavsiya etiladi. Takrorlash sistemasini pedagog har bir o’quvchini eslab qolish qobiliyatiga qarab belgilaydi.
Ushbu yo’nalishda dars berishning asosiy bosqichlari:

  • Yuz va tana mushaklarining harakatlarni rivojlantirish;

  • Inson hissiyotlarini va ruhiy holatlarini yuz mushaklarining harakati, ya’ni imo-ishoralari va tana harakatlari orqali tushunish;

  • Turli xil o’yinlar bilan va turli etiyudlarda o’rgatilgan narsalarni o’quvchilar xotirasida saqlab qolish;

  • Imo-ishora va tana harakatlarini o’quvchilarning o’zlari bajarish yo’li bilan ularni kommunikativ faoliyatini oshirish.

Ba’zi bir o’quvchillarda bu dastur ma’lum qiyinchilikni tug’dirishi mumkin. Ushbu vaziyatda ko’zi ojiz o’quvchilar uchun alohida va zaif ko’ruvchilarning ko’rish darajasini aniqlagan holatda ularga nisbatan alohida personajlar va alohida rollar bo’lib berilib, epizodli spektakllar tashkil etish samarali hisoblanadi.
Ushbu dastur maktabgacha ta’lim bo’limining tayyorlov guruhidan boshlab 5 – sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan.



Download 124,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish