O‘quv jarayoni grafigida nazariy va amaliy darslar, ta’til, ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv malakaviy ishi yoki yakuniy davlat attestatsiyasi uchun ajratilgan vaqt xaftalarda har bir kurs bo‘yicha shartli belgilar asosida ko‘rsatiladi.
O‘quv jarayoni rejasida uch yillik o‘qish jarayonida o‘qitiladigan o‘quv fanlari, har bir kursda o‘qitiladigan o‘quv fanlarining semestrlar bo‘yicha xaftalik soatlar hajmi ko‘rsatiladi.
“O‘zbekiston tarixi” fanida talabalar Davlat ta’lim standarti (DTS), ta’lim yo‘nalishining malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturi, o‘qituvchining dars o‘tishi uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlar mazmuni bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi.
1 – topshiriq. Berilgan mavzularga yozma tahlliy javob tayyorlang (reja asosida, manbalar kо‘rsatilgan va iqtiboslar keltirilgan holda).
Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil topishi.
Xiva xonligining qoraqalpoqlar hududlariga harbiy yurishlari
.
2 – topshiriq: Mustaqil o‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.
Bekovich-Cherkasskiy boshliq harbiy ekspeditsiya Xiva xonligi bilan nechanchi yilda tо‘qnashdi?
A) 1714-yil B) 1717-yil
C) 1721-yil D) 1725-yil
Kapitan Ivan Buxgols boshliq harbiy guruh . . .
A) qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bо‘ldi.
B) Xiva xonligi qо‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchrab, orqaga qaytdi.
C) chо‘llardan о‘tishda katta talofotlar kо‘rib, orqaga chekinishga majbur bо‘ldi.
D) Shimoliy urush davom etayotganligi munosabati bilan chaqirib olindi.
F.Beneveni nechanchi yilda Buxoro xonligiga yuborildi?
A) 1717-yil B) 1721-yil
C) 1725-yil D) 1730-yil
. . . Kichik juz sultoni Abulxayr Rossiyaga elchi jо‘natib, Rossiya tobeligiga о‘tish istagini bildirdi.
A) 1717-yilda B) 1721-yilda
C) 1725-yilda D) 1730-yilda
Katta juz Rossiya tobeligiga qachon qabul qilindi?
A) 1732-yil B) 1747-yil
C) 1735-1736-yillar D) 1739-1740-yillar
Kichik juz Rossiya tobeligiga qabul qilingan yilni aniqlang.
A) 1732-yil B) 1747-yil
C) 1735-1736-yillar D) 1739-1740-yillar
Semekexon boshchiligidagi О‘rta juz Rossiya tobeligiga qachon о‘tganligini aniqlang.
A) 1732-yil B) 1747-yil
C) 1735-1736-yillar D) 1739-1740-yillar
Quyidagi elchilardan qaysi biriga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yо‘llarini о‘rganish; rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga kо‘ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin borligini aniqlash va ularni xaritalarini tushirish; xonlikdagi qal’a va qо‘shinlari ahvolini о‘rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan о‘zaro munosabatlarini о‘rganish vazifalari yuklatilgan edi?
A) I.Buxgols B) I.Xoxlov
C) F.Beneveni D) I.Kirillov
Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi uyushtirilganda Xiva xoni kim edi?
A) Anushaxon B) Sherg‘ozixon
C) Shohniyoz D) Muhammad
«Orol dengizida Rossiya bayrog‘ini kо‘tarish», «Buxoro va undan Hindistonga» boradigan yо‘lni ochish, oltin konlarini izlashni davom ettirish vazifasi kimga yuklatildi?
A) I.Buxgols B) I.Xoxlov
C) F.Beneveni D) I.Kirillov
1735-yilda . . . guruhi Or daryosi bо‘yida Or qal’asini qurdirdi, Yoyiq va Irtish sohillarida istehkomlar barpo etdi.
A) I.Buxgols B) I.Xoxlov
C) F.Beneveni D) I.Kirillov
1713-yili Astraxanga kelgan . . . Xoja Nafas rus ma’murlariga, Sank-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi kup miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi.
A) Xiva elchisi V) Qо‘qon elchisi
C) Buxoro elchisi D) Eron elchisi
О‘rta Osiyoga birinchi ingliz ekspeditsiyasi kim boshchiligida uyushtirildi?
A) A.Byorns V) Murkroft
C) F.Berg D) CH.Stoddart
1825-yilda Buxoroga kim boshchiligidagi ingliz ekspeditsiyasi yuborildi?
A) A.Byorns V) Murkroft
C) F.Berg D) CH.Stoddart
1831-yilda О‘rta Osiyoga yuborilgan ikkinchi ingliz ekspeditsiyasiga kim boshchilik qildi?
A) A.Byorns V) Murkroft
C) F.Berg D) CH.Stoddart
. . . ekspeditsiyasi 1832-yilda Buxoroga kirib keldi.
A) A.Byorns V) Murkroft
C) F.Berg D) CH.Stoddart
. . . о‘zini arman savdogari deb tanitdi. Qо‘lida hind va afg‘on savdogarlarining tavsiyanomalari bо‘lgan bu “tadbirkor” Buxoro xonligi qushbegisi bilan aloqa bog‘lay oldi.
A) A.Byorns V) Murkroft
C) F.Berg D) CH.Stoddart
. . . Angliya Afg‘onistonga qarshi harbiy harakatlar boshlaganida Rossiya-Angliya munosabatlari yanada keskinlashdi.
A) 1819-yilda B) 1831-yilda
C) 1839-yilda D) 1847-yilda
. . . Rossiyaning Xiva xonligiga birinchi harbiy yurishi boshlandi.
A) 1819-yilda B) 1831-yilda
C) 1839-yilda D) 1847-yilda
Rossiyaning Xiva xonligiga qarshi boshlagan birinchi harbiy yurishiga kim boshchilik qildi?
A) Chernyayev B) I.Kirillov
C) V.Perovskiy D) I.Buxgols
Aralsk shahri yaqinidagi Raim istehkomi qachon qurilganligini aniqlang.
A) 1832-yilda B) 1839-yilda
C) 1847-yilda D) 1853-yilda
Yettisuv Olatog‘idagi Kopal istehkomi qachon qurilganligini aniqlang.
A) 1832-yilda B) 1839-yilda
C) 1847-yilda D) 1853-yilda
G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida manufakturalar vujudga kelgan davrni aniqlang.
A) XV asrning oxirlarida
B) XVI asrning о‘rtalarida
C) XVII asrning boshlarida
D) XVII asrning oxirlarida
G‘arbiy Yevropada asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug‘ mashinasi (motor) qachon ixtiro qilindi?
A) XVII asrning birinchi yarmida
B) XVII asrning ikkinchi yarmida
C) XVIII asrning birinchi yarmida
D) XVIII asrning ikkinchi yarmida
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q” asari qachon chop etilgan?
A) 1995-yilda B) 1998-yilda
C) 2000-yilda D) 2002-yilda
V.Perovskiy Xiva xonligiga bostirib kirgandan necha yilda oldin Xiva xonligi tashkil topgan?
A) 308 yil B) 317 yil
C) 328 yil D) 336 yil
Yettisuv Olatog‘idagi Kopal istehkomi qurilganidan necha yil о‘tib Toshkentda qipchoqlar qirg‘ini uyushtirildi.
A) 5 yil B) 8 yil
C) 12 yil D) 15 yil
Murkroft ekspeditsiyasi uyushtirilganda Buxoro amiri kim edi?
A) Amir Shohmurod B) Amir Xaydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
Afg‘oniston davlati tashkil topganidan 100 yil о‘tgach . . .
A) Raim qal’asi qurildi.
B) V.Perovskiy Xivaga bostirib kirdi.
C) Toshkentda qipchoqlar qirg‘ini uyushtirildi.
D) Amir Muzaffar Buxoro taxtiga о‘tirdi.
Muhammad Shayboniyxon Xorazmni egallaganidan 230 yil о‘tib . . .
A) Elbarsxon Xiva taxtiga о‘tirdi.
B) qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan oldi.
C) Xiva Rossiyaga birinchi bor о‘z elchilarini yubordi.
D) qо‘ng‘irotlar hokimiyat tepasiga keldi.