8
uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va
yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o‘troqlashib qolishlariga
olib kelgan.
Shu tariqa daryolar, ko‘llar, dengizlarda ov qilish,
sayr o‘tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli
foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika
qit’asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning
Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alar, mamlakatlarga
borganligi tarixdan ma’lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari,
mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning
iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa
jihatlarini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan.
Ular orasida
P.P.Semyonov, Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog‘
sharoitlarini chuqur o‘rganib, maxsus xaritalar tayyorlaganlar.
O‘zbekistonda turizmning dastlabki rivojlanish davri asosan
o‘tgan asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 1925–1930
yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus
turistik jamiyat, ya’ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta’sis
etgan. Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga
sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o‘quvchi-yoshlarni tarixiy
obidalar bilan tanishtirish, o‘lkani o‘rganish
kabi tadbirlar
bilan shug‘ullangan. Shuningdek, dam olish kunlari ommaviy
ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang‘ida yurish,
velosiрedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan.
Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini
oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945-yillar) har-
biy tayyorgarlik jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar va mehnat-
kashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e’tibor
berildi.
Atroflarni chamalab (ориентирование) topish, xaritani
o‘qish, mo‘ljalga tez yetib borish (jismoniy harakat) kabi turistik
faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o‘sha davrlarda va hatto
9
keyinchalik ham “Mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan
o‘rin oldi.
Urushdan keyingi yillarda (1950–1960-yillar)
Markaziy
Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va
ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi. Klublar
turizm bo‘yicha (piyoda yurish, tog‘ turizmi, velosiрed turizm va
hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to‘garaklar, jamoalar tashkil
etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30–40 yil
davomida (1955–1990-yillar) Respublikalar, hududlar (Markaziy
osiyo, Kavkaz, Boltiq bo‘yi, O‘rol, Sibir va hokazo) miqyosida
slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi.
Ularning dastur mazmunida
kategoriyali (darajali)
piyoda yurish, tog‘ so‘qmoqlari va
dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga
osilib daryo, jarlarning ustidan o‘tish hamda belgilangan joylarni
kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni
tez (vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni
namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish
kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egallagan edi.
Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim
muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u
yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga aylandi.
Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni
tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi
yo‘lga qo‘yildi. Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil
qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog‘ turizmi, velosiрed
turizmi kabilar bilan shug‘ullanib, ularda chamalab topish
(ориентирование) bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil
qilindi. Shu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga
aylandi. Ularning qoidalari (nizomlar)
ishlab chiqilib, sport
razryadlari (I-II-II darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport
ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar)
tasdiqlandi.
10
Belorussiya, Boltiqbo‘yi, O‘rol, Sibir o‘lkasida o‘z hudud-
lariga mos, asosan turizmning tog‘ turizmi, chamalab topish, suv
turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg‘iziston va shu
kabi boshqa tog‘li hududlarda esa tog‘ turizmi (g‘orlarni topish,
qoyalarni zabt etish) ko‘proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda
ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: