O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

13-§. O‘ZBEK SIMFONIK MUSIQASI
Cholg‘u musiqasining muhim janrlari simfoniya, uvertura, 
konsert, simfonik syuita, simfonik poema, rapsodiya va 
fantaziyadir.
Simfoniya (yunoncha”symfonia” - ohangdoshlik) - simfonik 
musiqaning yetakchi janri, kompozitoriik yo‘nalishidagi 
cholg‘u musiqaning oliy shakhdir. simfonik orkestr ijrosiga 
mo‘ljallangan, lekin ba’zi simfoniyalarda xor va yakkaxon 
xonandalar ham jalb etiladi. simfoniyaning mumtoz shakli 
umumiy g‘oya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan to‘rt qismli 
turkumni tashkil etadi. Birinchi qismi mavzularning qarama-
qarshiligi hamda jadal rivoji biian bog‘liq bo‘ladi: ikkinchi 
qismi lirik chekinish vazifasini bajaradi: uchinchi qismi menuyet 
yoki skerso xarakterida yoziladi: to‘rtinchi qismi ko‘pincha 
tantanavor, jo‘shqin xotimadir.
64
  o‘zbekiston san’ati. 132-bet.


105
Konsert (lotincha “concerto” - musobaqalashamoq) - bir 
yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan 
musiqa asarl yakkanavoz cholg‘u bilan orkestr o‘rtasida ijodiy 
musobaqa, munozara konsertning o‘ziga xos xususiyatidir.
Uvertura (lotincha “ apertura” - ochish, boshlanish) - opera, 
balet, oratoriya, drama, kinofilmning muqaddimasidan iborat 
cholg‘u pyesa, shuningdek, orkestr uchun yozilgan konsert asari. 
opera, balet, oratoriya uchun yozilgan uverturalar tinglovchini 
asardagi voqealarga tayyorlaydi, undagi muhitga olib kiradi. 
Uvertura, odatda, asarning xarakteri, g‘oyaviy maqsadi, asosiy 
obrazlarini umumlashtirgan holda ifodalaydi.
Poema (yunoncha”poiyema”) - 1) lirik dramatik yoki lirik-
hikoyaviy xarakterga ega hamda emotsional jo‘shqinlik bilan 
sug‘orilgan erkin shakldagi musiqa asari. odatda, fortepiano 
yoki skripka, violonchel kabi torli -kamonli cholg‘ular uchun 
yaratiladi. 2) simfonik poema - muayyan mavzuga asoslangan 
bir qismli simfonik asar.
o‘zbekistonda 1920-yillarda V.Uspenskiy ilk simfonik asarni 
yaratdi. U “o‘rta osiyo xalqlaridan to‘rtta kuy” deb nomlangan 
asarini simfonik orkestr uchun qayta ishladi. mazkur asar o‘zbek 
(“oltin jamalaklar”), afg‘on (“ akramxon”), qozoq (“Zulayxo”, 
“Go‘zal sochlar”) kuylaridan tashkil topgan. Bu asar folklor 
namunalarining yevropa ko‘p ovozli vositalari bilan bevosita 
uyg‘unlashib kelgan ilk asarlardan biri hisoblanadi.
30-yillarning ikkinchi yarmida o‘zbek bastakorlari 
m.Burxonov, m.ashrafiy, m.leviyev, shuningdek, 
a.Kozlovskiy, G.mushel o‘zlarining dastlabki simfonik 
asariarini yozdilar. mazkur yo‘nalishda xilma-xil janrlar 
doirasini o’z ichiga olgan ilk asarlar 30-yillarda paydo bo‘ldi. 
V.deshevovning “samarqand syuitasi”, m.ippolitov-ivanovning 
“o‘zbekistonning musiqiy ko‘rinishi”, a. Kozlovskiyning 
“lola” syuitasi kabi asarlar shular jumlasidandir. Ushbu ilk 


106
yaratilgan asarlarning ahamiyatli tomoni shundaki, ular o‘zbek 
kuylarining simfonik qayta ishlanishini boslilab berdi.
Bu davrda simfonik musiqa yo‘nalishida yangi o‘zgarishlar 
ro‘y bera bosliladi. Kompozitorlarning folklor manbalarini qayta 
ishlashda anchagina erkinlik, badiiy-ifodaviy vositalarni keng 
qo‘llash ko‘zga tashlanadi. a.Kozlovskiyning “lola” nomli 
Farg‘ona syuitasi hamda G. mushelning birinchi simfoniyasi 
deyarli bir vaqtda yaratildi. Kompozitor G. mushel o‘z asarida 
o‘zbek xalq qo

shiqlarini mavzuiylik negizi sifatida qo‘llagan. 
U original mavzularni yaratishda ham o‘zbek ohangiga xos 
xususiyatlarni yaratishga intilgan. mushel uchun birinchi 
simfoniyasining ahamiyati shundaki, kompozitor ushbu asarni 
yaratgandan so‘ng, o‘zbek musiqasi uslubiga juda kirishib ketdi. 
Kompozitor o‘zbekiston simfonik madaniyatini yirik original 
asarlar bilan boyitdi.
30-yillar oxirida o‘zbek xalq ijodi asosida R.Gliyerning 
“Tantanali uvertura” va “Farg‘ona bayrami” uverturasi 
yuzaga keldi. mazkur asarlarda Gliyer yorqin milliy koloritni 
gavdalantira olgan. 30-yillarda o‘zbek kompozitorlarining 
birinchi avlodi o‘z ijodiy yo‘llarini boshiadilar. masalan, 
m.ashrafiyning “qurilish” marshi, “Bahor yurti”, m. 
Burxonovning “o‘zbekiston qizi”, m. leviyevning “Nurxon” 
poemalari shu davrda yaratilgan.
20-30-yillaida o‘zbek simfonik musiqasining ilk rivojlanish 
davri hisoblanadi. Bu davr qiziqarli izlanishlar, quvonch va 
qiyinchiliklar bilan ta’riflanadi.
ikkinchi Jahon urashi yillarida simfonik ijodiyotning 
janr doirasi yirik qo‘lamli shakllar bilan kengaydi: dramatik, 
qahramonlik obrazlari kirib keldi. Urushning og‘ir yillariga 
qaramay, bu davr o‘zbek simfonik musiqasining yangi 
yo‘nalishlarida rivojlanish davri bo‘ldi. Kompozitorlar 
V.Uspenskiy va G.mushel bu davrda yangi asarlar yaratdilar. 
V.Uspenskiyning «muqanna» (1943-yil) syuitasi «o‘zbek 


107
poema-rapsodiyasi» (1944 -yil) kompozitor ijodida milliylikni 
o‘zlashtirishning yangi bosqichidan dalolat beradi. «o‘rta osiyo 
xalqlari musiqasidan to‘rtta kuy» asarida qo‘llanilgan vosita 
va usullar yangicha, turlicha amalga oshirildi. Ulkan badiiy 
g‘oyalarni to‘liq gavdalantirish masalasi birinchi o‘ringa chiqdi.
Urush yillarida yana bir kompozitor, ya’ni G. mushel o‘zbek 
simfonik musiqa yo‘nalishida samarali ijod qildi. U birin-ketin 
ikkita simfoniyasini, ya’ni 1941-yilda ikkinchi va 1942-yilda 
Uchinchi simfoniyalarini, 1943-yilda esa ikkinchi fortepiano 
konsertini yaratdi. (o‘zbekistonda yaratilgan birinchi konsert).
ikkinchi simfoniya muallifhing milliylikni chuqurlashtirish 
va ijodiy mahoratni o‘zlashtirish yo‘lidagi jiddiy siljishigina 
bo‘lib qolmay, balki o‘zbekistonda simfonik musiqaning ko‘zga 
ko‘ringan asarlaridan biriga aylandi. simfoniyaning yaratilishi 
buyuk a. Navoiy tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlanib, 
«alisher Navoiy xotirasiga» deb nomlangan. simfoniyaning 
o‘ziga xosligi ko‘p jihatdan uning janr belgilari o‘zgachaligidan 
kelib chiqadi. shaklning mahobatliligi, musiqa bayonining 
osoyishtaligi, mavzularni rivojlantirish usullari epik simfonizm 
an’analarini eslatadi. ikkinchi simfoniyada xalq kuylaridan 
foydalanilmagan. Kompozitor o‘z mavzuiyligini milliy kuylaiga 
ohangdosh qilib yaratadi.
Urush yillarida respublikamizda yashab ijod qilayotgan rus 
kompozitorlari o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlariga murojaat qilib, 
ko‘p yillik kuzatish va tajribalar mahsuli - nazariy kuzatishlami 
amalda sinab ko‘rmoqshi bo‘ldilar. Rus musiqa olimi, 
kompozitor yu. N. Tyulin o‘zining “so‘zsiz qo‘shiq”, “simfonik 
parcha”, “o‘zbekcha syuita” nomli simfonik asarlarini yaratdi. 
U mazkur asarlarida xalq kuyini rivojlantirib, polifoniya 
texnikasidan keng foydalandi. m.shteynberg ham xalq kuylarlga 
murojaat qilib, o‘zbek xalqining tarixini ifodalashga harakat 
qildi. Uning “simfoniya-rapsodiya”si o‘zbek bastakorlari 
K.Jabborov va s.Kalonovlar hamkorligida yaratilgan bo‘lib, 


108
shteynbeig ulardan o‘n yettita o‘zbek kuy va qo‘shiqlarini 
yozib oldi. asarning to‘rt qismida ham ushbu g‘oyat katta 
“sitatali” material mujassamlashgan bo‘lib, asar mazmunini 
ochib berishga qaratilgan edi. “simfoniya-rapsodiya”ga xalq 
kuylarining nihoyatda ko‘p kiritilishi simfoniya qonuniyatlarini 
chetga surib, beixtiyor mustaqil ijodiy masalaga aylandi. Bu esa 
asarning badiiy natijasini bimmncha nomuvofiqlikka olib keldi: 
xalq kuyiaridan foydalanish nuqtayi nazaridan u ajoyib namuna, 
lekin simfonik janr nuqtayi nazaridan qaraganda dramatik 
nuqsonli asar darajasida yuzaga keldi.
Urush yillarida o‘zbek kompozitorlarining qator asarlari 
yuzaga keldi. Xususan, M. Ashrafiy 1942-yil II Jahon urushi 
qahramonlariga bag‘ishlangan “qahramonlik” deb nomlangan 
o‘zining birinchi, 1944-yil esa “G‘oliblarga shon-sharaf” 
nomli ikkinchi simfoniyalarini yaratdi. ikkala simfoniya ham 
respublika musiqa hayotida sezilarii voqea bo‘ldi. mazkur 
asarlar aniq tuzilishi, rivojlanish dinamikasi, milliy koloriti bilan 
ajralib turdi.
o‘zbekistonda urush yillarida jami o‘ttizta simfoniya 
yaratilgan bo‘lib, ular respublikaning simfonik madaniyatida 
turlicha iz qoldirdi. Ushbu asarlarning har biri o‘zbek 
simfonizmiga asos solishda alohida rol o‘ynab, simfonik janrni 
takomillashtirishda yangi belgilar kiritdi.
shunday qilib, urush qiyinchiliklariga qaramay, o‘zbek 
simfonik musiqasi rivojlanishda davom etdi, o‘zbekistonning 
simfonik musiqasi yangi janriar bilan boyidi. syuita va poema 
qatoriga uvertura, konsert va simfoniya janrlari ham qo‘shildi.
Urushdan keyingi yillarda o‘zbek musiqa san’atining 
barcha sohalarida katta va jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshkdi. 
Ushbu davrning murakkabligi, ko‘p qirraligiga qaramay, unga 
xos bo‘lgan umumiy xususiyat va yo‘nalishlar to‘g‘risida 
aytish mumkin. avvalambor, bu-musiqiy ijodning sekin-asta 
faollashuvi, rivojlanishning tezlashishi, uslublarining ko‘payishi, 


109
kompozitorlar keyingi avlodining qo‘shilishidir. Bu davrda 
m.ashrafiy, a.Kozlovskiy, m.Burxonov va G.mushelning 
sermahsul ijodi davom etdi hamda yangi mualliflar ismlari 
paydo bo‘ldi: i.akbarov, s.Boboyev, B.Giyenko, d.Zokirov, 
G‘.qodirov, d.soatqulov, s.yudakov. Ulardan keyin 50-yillarda 
a. Berlin, s.Varelas, F.yanov-yanovskiy, 60-yillarda 
R.Vildanov, sJalil, N.Zokirov va boshqalar. ilgari ushbu 
yo‘nalishda rus kompozitorlari ijod qilgan bo‘lsalar, endilikda 
o‘zbek kompozitorlarining asarlari son va sifat miqdori 
jihatidan ko‘paydi. Respublikadan tashqarida o
4
zbek san’atining 
takrorlanmas milliy qiyofasini saqlab qolgan mashhur asarlar 
vujudga keldi. simfonik musiqa yetakchi o‘rinni egalladi, 
janr doirasi kengaydi o‘zbek simfonik musiqasida eng «yochi 
ulug‘» janrlardan biri syuita 30-yillarda deyarii «hukmron» 
bo‘lgan bo‘lsa, 60-70-yillaida esa u boshqa janrlarni surib 
chiqardi. Uverturada esa o‘zgacha ko‘rinish namoyon bo‘ladi: 
urush yillarida bu janr sahna asarlari asosida yuzaga kelgan 
bo‘lsa, endilikda ijodning mustaqil sohasi sifatida ko‘rinadi. 
Konsert janri ham jadal rivojlana boshladi. Konsertning yangi 
tarlari paydo bo‘ldi (truba, ovoz, fleyta, organ, alt va orkestr 
uchun). o‘zbek simfonizmida jiddiy yutuqlar simfoniya janri 
bilan bog‘liq. yigirma yildan so‘ng (birinchi «urush yillari» 
tajribalaridan so‘ng) 60-yillar oxiri 70-yillarda ushbu janr 
o‘zining «ikkinchi nafasini» oldi. Bu davrda yaratilgan simfonik 
janrlarni birma-bir tahlil qilar ekanmiz, ikki asosiy yo‘nalishni 
ko‘ramiz: sekin-asta janr muvozanatining aniqlanishi, janrlarning 
ozmi-ko‘pmi garmonik nisbati va, albatta, yirik shaklga intilish. 
syuita, poema, uvertura, konsert, simfoniya kabi yevropa 
simfonik janrlari sekin-asta zamonaviy milliy madaniyatning 
ajralmas qismi bo‘lib o‘zbek zaminida yangicha chiroy kasb 
etdi.
Urushdan keyingi yillarda syuita janriga qiziqish 
kuchaydi. Bu davrda xalq -janr mavzular majmuyi qo‘llanila 


110
boshladi, bir qismli yoki syuita - siklik shakllarga qiziqish 
kuchaydi. Bundan tashqari, urushdan keyingi yillarda o‘zbek. 
kompozitorlarining yangi avlodi o‘z ijod yo‘llarini boshladilar. 
o‘zbek kompozitorlari xalq kuyiga (melos) tayangan holda, 
rus kompozitorlari esa ko‘proq asl xalq ohanglarga c’tibor 
berib asarlar yaratdilar. s.Boboyevning 1949-yilda yaratilgan 
syuitasi birinchi qismining asosida lirik - raqsbop, ifodali kuy 
yotadi. asosiy ohangni turli tonalliklarda garmoniyalay turib, 
kompozitor kuyning lad tabiatining o‘ziga xosligini to‘g‘ri 
seza olgan. lekin muallif tonal - garmonik bezashni umumiy 
rivojlanishning asosiy omili sifatida qo‘llay turib, asl ko‘rinishga 
erisha olmagan.
40-yillarning ikkinchi yarmida d.Zokirov o‘zining ikkinchi 
syuitasini yaratadi. Kompozitor ushbu asarda ta’sirchan jozibali 
milliy musiqiy obrazni tarannum etgan. Bu, ayniqsa, syuitaning 
ikkinchi qismiga taalluqli. asosiy mavzuning kuchi, jadal 
rivojlanishi, shoirona ifodalanish-bularning barchasi syuitaning 
ushbu qismini mustaqil «lirik poema» ga aylantiradi.
musiqaning xarakter jihatidan milliyligi - bu shubhasiz: 
kuyning xususiyati xalqning intonatsion rivojlanishning o‘ziga 
xosligi ham (jadal yuqori ayjga tomon ko‘tarila borish) o‘zbek 
milliy ashula kuylariga yaqin. Biroq bu xalq kuyiga taqlid emas, 
balki bastakorning original ijodidir.
65
orkestrni jo‘r qilish fakturasining juda o‘rinli bastalanganligi 
tufayli kuydagi obrazning ifodali bo‘lishiga erishilgan. 
Gomofon fakturasining polifoniyalashtirilishi cholg‘u asboblari 
yo‘nalishining mustaqilliligitii ta’minlagan. Bu asar o‘sha davrda 
yaratilgan simfonik asarlardan mavzuning jadal rivojlantirilishi 
bilan ajralib turadi. asos qilib olingan mavzu simfonik vositalar 
yordamida yanada ayjlantiriladi. masalan, mavzuning major 
«tuslarining» yorqinligini ko‘rsatish uchun, kompozitor iii va 
Vi pog‘ona akkordlaridan keng foydalanadi:
65
  alimedov m doni Zokirov 134-bet


111
asarning tonallik plani «si» eoliy va «mi» eoliv tonalliklariga 
asoslanib tuzilgan.
mazkur asarning.diqqatga sazovor tomoni nimada? bu 
asarda, avvalambor, simfonik tafakkur borasida qadiim o‘zbek  
milliy udumlarini qiziqarli va samarali qayta talqin etilganligi 
kuzatiladi.  Kompozitor o‘zbek ohangining qonuniyatlarini 
saqlab qoladi. lekin shu bilan birga materialga murojaat etishda 
erkinlik seziladi. syuitaning birinchi qismi «qizlar raqsi» deb 
nomlanadi. Bu qismi murakkab uch qismli shaklda, sinkopali 
qo‘shiqsimon raqs mavzusida yozilgan. Final-«Bayrdm 
marshi» esa bayramona ko‘tarinki ruhda yoziigan bo‘lib, 
shinavandalarning sevimii asarlaridan biriga aylangan.
d.Zokirov syuitasida ikkinchi qismi diqqatga sazovar bo‘lsa, 
D.Soatqulovning syuitasida esa fi nal qismi ajralib turadi. Mazkur 


112
asarda ham «lirik poema»dagi singari original mavzuiylik va 
uni rivojlantirishga intilish seziladi.
m.ashrafiyning «Tojik raqs syuitasi»da esa muallif 
ikkinchi va uchinchi qismlarida xalq kuylaridan foydalanadi. 
(«Farg‘onacha», «mavrigi»).
Keyingi yillarda B. Giyenkoning «o‘zbekistonning 
lirik ko‘rinishlari», a. Kozlovskiyning «Tog‘ syuitasi», 
«Hosil bayrami» kabi asarlari ko‘zga tashlanadi. sJalilning 
«Toshkentning simfonik ko‘rinishi», B.Nadejdinning 
«Bolalarga», G.mushelning «musiqiy vernisaj», 
m.mahmudovning «simfonik eskizlari», i.akbarovning 
«Pochta» kabi syuitalari ham shu yillarga taalluqli. mazkur 
asarlarda rivojlanish jarayoni kompozitorlarning ijodiy o‘sishini 
namoyon qiladi, ya’ni bir kompozitorning turli davrlarda yaratgan 
asarlarida (B. Giyenkoning «q’zbekistonning lirik ko‘rinishi», 
«dramatik eskizlar» yoki i.akbarovning «orzu» va «Pochta» 
asarlari) xalq janr mavzuiyligidan chiqish, obrazliylikni sekin-
asta murakkablashtirishga intilish seziladi. mustaqil syuitalarni 
oz miqdorda yozilayotganligi ham kishining e’tiborini tortadi. 
(aksincha teatr va amaliy musiqadan kelib chiqqan syuitalarning 
ommalashuvi).
Poema o‘zbekistonda keng ommalashgan janrlardan biri 
hisoblanadi. Ushbu janrning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, 
ular poema-ballada, poema-rapsodiya, musiqiy ko‘rinish, oddiy 
poema deb nomlanadi. Poemaning mavzular doirasi ham keng; 
milliy adabiyot obrazlari (a.Kozlovskiy «ayniyning mutolaasi», 
m.Tojiyev «shoir sevgisi»), ozodlik mavzusi (i.akbarov «shoir 
xotirasi», d.Zokirov «Hamza») urush yillari (a.Berlin «Brest 
qahramonlari», s.Varelas «Zoya», a.Kozlovskiy «doston») xalq 
bayramlari (s.Boboyev «Bayram kuni» U.musayev “Bayram”), 
kolxoz mavzusi (l.Hamroyev «dalada», G‘.qodirov «Kolxozda 
bayram») yoshlik mavzusi (s.yudakov «yoshlik poemasi», 
X.Rahimov «yoshJik») mehnat va xalq eposi obrazlari (G‘.


113
qodirov «Poema-ballada», i.akbarov «Epik poemasi», 
m.ashrafiy «Temur malik») va shaxsiy kechinmalarni 
gavdalantirish (s. yudakov «Poema-rapsodiya», a.malaxov 
«Paustovskiy xotirasiga epitafiya») kabi mavzulari.
1945-75-yillarda o‘zbek kompozitorlari bir qator poemalar 
yaratdilar: masalan, i.akbarovning «shoir xotirasi», «Epik 
poema»si, G‘.qodirovning «Poema-ballada»si, s.Boboyevning 
«segoh», m.ashrafiyning «Temur malik», s.yudakovning 
«Poema-rapsodiya»si, m.Tojiyevning «shoir sevgisi» va 
boshqalar. mazkur asarlar orasida i.akbarovning «shoir 
xotirasi» poemasi o‘zbek muallifining mazkur asarda sonata 
shaklini ilk bor qo‘llanganligi bilan ajralib turadi. 
Bosh partiya mavzusi jasurona maqsadga qaratilgan bo‘lib, 
mi-bemol miksolidiy ladida yangraydi. Bosh va yordamchi 
Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish