19
etadi.
Kuyning birinchi qismi shodlik, xursandchilikdan dalolat
berardi, ikkinchi qismi esa qayg‘u hissiyotini keltirardi va oxirida
ohang ta’sirida barcha shinavandalarga uzoq uyqu baxsh etardi.
Forobiy musiqa asbobining dastasiga “Forobiy keldi, ishtirok
etdi va ketdi” degan so‘zlarni yozib ketadi. Uyqudan turgan vazir
sohib abbad Forobiy kelganligi va ketganligini bilib, afsusda
qoladi. Ushbu fikrlar shundan dalolat beradiki, Forobiy o‘z
bilimi va iste’dodi bilan sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib,
‘’ikkinchi o‘qituvchi” nomini olgan. yillar
davomida Forobiy
qadim yunon olimlari Pifagor, aristotel, Ptolomey, aristoksen
asarlarini o‘rganib, mutafakkirlarning estetik qarashlar, fabsafiy
tadqiqotlari bilan tanishib chiqadi. Forobiyning yaratgan
asarlarida Yunon olimlarining fikrlari o‘z o‘rnini topadi. Forobiy
tomonidan musiqa sohasiga bag‘ishlangan asarlar bebahodir.
Jumladan, “Kitob-ul-musiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi),
“Kitob -ul-iqo‘”, “Kalom fil musiqa”, Kitob-fi-iqsa ul-iqoat”,
“Kitob fi iqsa al-ulum” Ushbu asarlardan musiqa madaniyatida
yuqori o‘rin olgan “Kitob-ulmusiqa-ul-kabir”(Katta musiqa
kitobi) dir. Forobiy bu asarni xalifa Rozining vaziri Karxiy taklifi
bilan yaratgan. Bu asarga musiqashunoslar tomonidan yuqori
baho berilib, ensiklopedik asar hisoblanadi va asl nusxalari
beshta bo‘lib, jahondagi nufuzli
kutubxonalarda saqlanadi
27
.
asar ikki katta qismdan (ikki kitob) iborat, birinchi qism sakkiz
bobdan, ikkinchi qism to‘rt bobdan iborat bo‘lib, quyidagi
tartibda shakllangan
28
:
«Kitob-ui-musiqa-ul-kabir»(Katta musiqa kitobi) ning
qisqacha tahlili Birinchi qism - musiqa san’atiga kirish.
Birinchi bob:
1.
Kuy, musiqa so‘zlarining ahamiyati.
2.
musiqa san’atining turlari. Nazariy va amaliy bilimlar.
27
mazkur kitobning eng qadimiy misxasi ispaniyada Eskuryan kutubxo-
nasida saqlanmoqda-
28
Матёкубов О. Фараби об основах музики востока. Т. 1986. 6 с.
20
3.
ijro uslubi.
4.
Kuylarning yaratiJishi.
5.
Kuylarning yaratilishi va ijrodagi munosabatlar.
6.
Kuylarning turlari va ularning belgilari.
7.
Kuylarning
kelib chiqishi, ahamiyati va xususiyatlari.
8. musiqa asboblarining yaratilishi. ”Ud” musiqa
asbobigacha yaratilgan musiqa asboblar to‘g‘risida.
9. amaliy mashg‘ulotlarini olib borish. Nazariy va amaliy
bilimlarning mushtarakligi.
10. musiqa ilmining rivojlanishi.
1 lmusiqa va she’riyatning tuzilishi. musiqa va
matematika.
12.
Tajriba, natija va uning isboti.
13.
musiqa olimi to‘g‘risida.
ikkinchi bob - musiqa san’atining muqaddimasi.
1. inson idroki uchun tabiiy bo‘lgan kuylar, an’analar.
2. Kuylarning asosiy omillari, kuylarning to‘ldirishi va
ularning bezatilishi,
3.
Tovushlarning tabiiy balandligi, balandlik darajasi.
4.
”Ud” musiqa asbobining tabiiy tonlarini taqsimlanishi.
5.
Kuyning takomillashlirish omillari.
6.
intervallar va ulaming muhokamasi.
7.
intervallarning bo‘linishi (Jinslar).
8.
qattiq va yumshoq jinslar.
9.
intervallarning tafovuti.
10. musiqa san’atining nazariy asoslari.
11. musiqa amaliyotining o‘nta ohangdoshligi. musiqa
bezaklari.
ikkinchi qism - musiqa san’ati.
29
Birinchi bob:
1.
Tovushlarning paydo bo‘lishi.
2.
Tovush balandligining sabablari.
3.
Tovush balandligi va farqi.
29
Ushbu asarning ikkinchi qismi(ikkinchi kitob)
bizgacha yetib kelmagan,
birinchi qismining (birinchi kitob) muqaddimasida shu haqda so‘z yuritgan
21
4.
intervallar to‘g‘risida.
5.
Barcha intervallarning bo‘linish orqali paydo bo‘lishi.
6.
intervallarning ohangdoshligi va noohangdoshligi.
7. qoldiq intervallar, intervallarni hisoblab chiqarish va
joylashtirish.
8.
Tovush qatorining ketma-ketligi.
9.
Tonlarning joylashuvi. Funksiyaning ahamiyati.
10.
Tabiiy funksiyalar.
11.
Funksional asoslari.
12.
intervallar va tonlarning almashuvi.
13. Jins almashuvi natijasida paydo bo‘lgan tonlarning
soni. ikkinchi bob: Keng tarqalgan musiqa asboblari.
Xarakterli intervallar to‘g‘risida.
1.
Ud musiqa asbobi to‘g‘risida va uning tuzilishi.
2.
Ud musiqa asbobining tizimi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Forobiy o‘z
asarida
musiqa nazariyasi va amaliyoti, musiqa asboblari bilan
birgalikda maqomlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Forobiy o‘rta
osiy va sharq xalqlarining musiqiy ijodiyoti va an’analarini,
o‘z zamondoshlari va qadim yunon olimlarini asarlari bilan
yaqindan tanishganligi sababli, nazariy va amaliy bilimlar ushbu
asarida o‘z isbotini topgan. mutafakkiming so‘ngi umr kunlari
aleppo shahrida o‘tgan va shu yerda vafot etgan.
Forobiyning
musiqiy-nazariy merosi olimlar tomonidan уillаr davomida
organilib kelmoqda. Forobiyning shoh asari kelajakda musiqa
sohasida yaratiladigan asarlarga poydevor bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: