O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sogliqni saqlash vazirligi



Download 107,63 Kb.
bet11/14
Sana04.06.2022
Hajmi107,63 Kb.
#636581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8.Gormonal preparatlar, Oqsil va polipeptid, steroid tuzulishli

Estrogen va antiestrogen preparatlar.
Kimyoviy tuzilishi jixatidan estrogen1 preparatlar steroid (tabiiy gormonlar va ularning xosilalari) va nosteroid (sintetik preparatlar) birikmalarga bo’linadilar. (8 jadvalga va kimyoviy tuzilishiga qarang).
Steroid tuzilishli estrogenlardan tibbiyot amaliyotida xomilador ayol yoki xomilador jonivorlar peshobidan olinadigan estron (follikulin), xamda estradiol qo’llaniladi.
Estradiolni benzoat, dipropionat, valeriat bilan efir ko’rinishida ishlatiladi. Estradiol dipropionat estrondan faolliroq va anchagina davomliroq ta’sir etadi. Agar estronni xar kuni kiritilsa, estradion dipropionatni 2-4 kunda bir marta kiritiladi.. Estron va estradiolning efirlarinig moyli eritmalarini mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda ular samarasiz, chunki jigarda tez parchalanadi.
Nomi yuqorida qayd etilgan vositalardan yarim sun’iy preparat etinilestradiol (mikrofollikulin) tubdan farq qiladi. U eng faol estrogen.Agar estronning faolliligini 1deb xisoblansa etinil estradiol faolligi 50 ga mos keladi.Bundan tashqari, etinilestradiol ichilganda xam samarador, chunki etinil guruxi uni jigarda parchalanishdan saqlaydi. Preparatning ta’siri davomli emas (kuniga 1-2 marta qabul qilinadi).
Yarim sintetik estrogen bo’lgan mestranol organizmda etinilestradiolga aylanadi. U ichiladi. U ko’pincha kontrasteptivlar tarkibiga kiradi.
Enteral yo’l bilan kiritilganda nosteroid tuzilishli, estrogenlik faollikga ega bo’lgan sintetik vositalar xam samradordirlar. Ulardan biri geksan xosilasi bo’lgan s i n i s t r o l (geksestrol)dir. Faolligi bo’yicha u estrondek. Uni ichiladi va mushakga kiritishga (tavsiya etiladi) buyuriladi.
Estrogenlarni tuxumdonlar funkstiyasini eishmovchiligida (xayz ko’rish stiklini buzilishlarida –aminoreya1, dismenorya2 axta qilingandan keyingi buzilishlarda) tug’ruqdan keyingi davrda lak- tastiya (sut ajralishini) to’xtatish uchun qo’llaniladi. Estrogenlarni (masalan, sinestrol) prostatabezirakixamda sutbezirakini (60 yoshdankattaayollarda) kompleksdavolashdaqo’llaniladi. Estrogenlar murakkab (kombinastiyalangan) kontrasteptiv vositalar tarkibiga kiradi.
O’rniga-o’rin ishlatishga asoslangan gormon terapiya klimakterik buzilishlar yoki tuxumdonni jarroxlik usuli bilan olib tashlangan xollarda qo’llaniladi. Bu maqsadda yo sof estrogen preparat-proginova-21 (tarkibida estradiol valerat), klimara (tarkibida estradiol bo’lgan v kerakli ta’sirni 7 kun ta’minlovchi plastir) yo estrogenlar bilan gestagenlar tutgan (gestogenlarni endometritning giperplaziyasini oldini olish uchun qo’shiladi) preparatlar qo’llanilad. Shu kabi kombinastiyalangan preparatlardan biri klimanorm (9 ta tabletkasi estradiol valerat, 12tatabletkasi estradiol valerat+levonorgestrel tutadi) xisoblanadi. Bu preparatlarda estrogen va gestagenlar shunday dozada tanlab olinganki, u estrogenlarning lipidlar almashinuviga, yurak-tomir va MNS ga ijobiy ta’sirini saqlab qolish, ularning suyaklarga antirezorbtiv ta’sirini kuchaytirish va bir vaqtning o’zida endometriyni giperplastik jarayonlar rivojlanishidan ximoya qilish imkoniyatlarini beradi.
Premenopauzada yoki yoshlik davrida tuxumdonlarni jarroxlik yo’li bilan olib tashlagan xollarda odatda 2 fazali preparatlarni uzuq-uzuq rejimda beriladi. Postmenapauzada uzluksiz rejimda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu maqsad uchun tarkibida bir xil miqorda estradiol valerat va yangi gestagen bo’lmish –modda almashinuviga ijobiy ta’siri va yaxshi o’zlashtirilishi bilan ajralib turuvchi dienogest tutgan k l i m o d i e n preparati mavjud.
Klimakterik davrdagi estrogen etishmovchiligida d i v i t r e n , d i v i n a, i n d i v i n (estradiol valerat va medroksiprogesteron astetatni xar xil dozalarda tutadi) va d i v i g e l (transdermal gel shaklida estradiol gemigidratlar tutadi) qo’llaniladi.
O’rniga ishlatishga asoslangan gormonoterapiya nafaqat klimakterapiya belgilarini kamaytirish yoki bartaraf etishga imkoniyat yaratadi, balki estrogenlar etishmovchiligi tufayli yuzaga keluvchi osteoporozni oldini oladi va unga davolovchi ta’sir ko’rsatadi.
Estrogenlarni davomli qo’llaganda bachadondan qon ketishi yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan bir qatorda estrogenlar qon ivishini kuchaytiradi va u tromboemboliya rivojlanishining sababi bo’lishi mumkin. Ba’zan shishlar kuzatiladi. Estrogenlar ichilganda ko’ngil aynish, qayt qilish,
ich ketish bo’lishi mumkin. Erkaklarda estrogenlar feminizastiya1, libidoni2 susayishi, jinsiy bexollikni rivojlantiradi.60 yoshgacha bo’lgan ayollarda jinsiy a’zolar, sut bezi o’simtalari bo’lgan xollarda estrogenlarni qo’llash man etiladi. Endometriyada, bachadondan qon ketishiga moillik bo’lgan xollarda xam ularni qo’llashga ko’rsatmalar berilmaydi. Estrogenlarni buyrak, jigar xastaliklarida extiyot bo’lib qo’llash lozim. Keyingi yillarda amaliyot shifokorlari xazinasida yangi gurux preparatlari – antiestrogen vositalar paydo bo’ldi. Ular nosteroid tuzilishli sintetik moddalardir. Ularning ta’sir prinstipi spestifik resteptorlar bilan boglanishlari tufayli estrogenlarga xos bo’lgan ta’sirotlarni yuzaga keltirishdan iboratdir (3-chizma). Jumladan, ular gipotalamus (lyuteinizastiyalovchi va follikulo rag’batlantiruvchi rilizing omillarni ajralishi) va gipofiz (gonadotrop gormonlarni ajralishi) funkstiyasini boshqa rishda qatnashuvchi estrogen resteptorlarini qamal qiladilar. Bunda manfiy teskari boglanish buzilada va bu sistema faollashadi. Natijada genadotrop gormonlar ajralishi ortadi, bu o’z navbatida tuxumdon o’lchamlarini kattalashishiga va ular funkstiyasini kuchayishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib bu kabi preparatlar masalan klomifen stitrat (klostilbegit)ni ayollar bepushtligida qo’llaniladi. Bundan tashqari tamoksifen va toremifen (fareston) kabi antiestrogen vositalar sut bezi xavfli o’simtasini davolashda qo’llaniladi.

Download 107,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish