O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»


Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash, ya`ni parafinlar va sikloparafinlarni 
aromatik  uglevodorodlarga  aylantirish  muhim  katalitik  jarayon  hisoblanadi.  Neft 
mahsulotlarining  og`ir  fraksiyalari  katalizator  ishtirokida  (Pt  yoki  Mo) 
qizdirilganda  molekulasida  6–8  ta  uglerod  atomlari  bo`ladigan  uglevodorodlar 
aromatik  uglvevodorodlarga  aylanadi.  Bu  jarayonlar  riformingda  (benzinlarni 
boyitishda) sodir bo`ladi. 
Keyingi  yillarda  yoqilg`i  va  moylar  ishlab  chiqarish  ko`payishi  bilan  bir 
qatorda  neft  uglevodorodlaridan  kimyoviy  xomashyo  manbai  sifatida  ham  ko`p 
foydalanilmoqda.  Ulardan  turli  usullar  bilan  plastmassalar,  sintetik  tola,  sintetik 
kauchuk, spirtlar, kislotalar, sintetik yuvish vositalari, portlovchi moddalar, zahar–
ximikatlar, sintetik yog`lar ishlab chiqarish uchun zaruriy moddalar olinmoqda. 
Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari. 
Mamlakatimizda  tabiiy  gaz  sanoati  yildan  yilga  rivojlanib  bormoqda. 
Ustyurt  platosi,  Buxoro–Xiva,  Janubiy–G`arbiy  Hisor,  Surxondaryo  va  Farg`ona 
mintaqalarida  ko`plab  gaz  konlari  qidirib  topilgan.  Bu  gaz  konlaridagi  gazning 

 
34 
hajmi  2  trillion  kubometrga  yetadi.  Respublikamizda  ikkita  tabiiy  gazni  qayta 
ishlash zavodi (Sho`rtan va Muborak) ishlab turibdi. 
O`zbekistonda  gaz  sanoatining  rivojlanishi  ko`plab  shahar  va  qishloqlarni 
gaz bilan ta`minlash, o`nlab sanoat korxonalarini gaz bilan ishlashga o`tkazish, bir 
necha  issiqlik  elektr  stansiyalari  qurish  imkonini  berdi.  O`zbekiston  gazi  gaz 
quvurlari orqali qo`shni mamlakatlarga ham yetkazib berilmoqda. 
Tabiiy  gaz  tarkibida  molekulyar  massasi  kichik  bo`lgan  uglevodorodlar 
bo`ladi. Uning hajmiy jihatdan taxminiy tarkibi 80–98 % metan, 2–20 % uning eng 
yaqin  gomologlari  etan,  propan,  butan  va  ozroq  miqdorda  aralashmalar–H
2
S,  N
2

nodir gazlar, CO
2
 va suv bug`laridan iborat bo`ladi. 
 Odatda  neftda  erigan  holda  bo`ladigan  va  uni  qazib  olishda  ajralib 
chiqadigan  yo`ldosh  gazlar  ham  tabiiy  gazlar  jumlasiga  kiradi.  Yo`ldosh  gazlar 
tarkibida  metan  kamroq,  lekin  etan,  propan,  butan  va  yuqori  uglevodorodlar 
bo`ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo`lmagan boshqa 
tabiiy  gazlardagi  kabi  qo`shimchalar,  chunonchi:  H
2
S,  N
2
,  nodir  gazlar,  suv 
bug`lari, CO
2
 bo`ladi. Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori bo`lgan (1m
3
 
gaz yoqilganda 54400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yoqilg`i sifatida ishlatiladi. 
Bundan  tashqari,  tabiiy  gazlar  kimyo  sanoati  uchun  qimmatli  xomashyo 
hisoblanadi. 
Tabiiy  gazlarni  qayta  ishlashning  bir  qancha  usullari  ishlab  chiqilgan. 
Qayta  ishlashdan  asosiy  maqsad–to`yingan  uglevodorodlarni  ancha  faol–
to`yinmagan  uglevodorodlarga  aylantirishdan  iborat,  so`ngra  to`yinmagan 
uglevodorodlar  sintetik  polimerlarga  (kauchuk,  plastmassalar)  aylantiriladi. 
Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yo`li bilan organik kislotalar, spirtlar 
va boshqa mahsulotlar olinadi. 
Metanni 1400 
0
C gacha qizdirish yo`li bilan atsetilen va vodorod olinadi: 
2CH
4
 

 HC

CH + 3H
2
 
 
Elektrkimyo  kombinatlarida  atsetilendan  sirka  aldegid,  sirka  kislota,  etil 
spirti,  sintetik  kauchuk,  vodoroddan  esa  ammiak,  nitrat  kislota,  kaliy,  natriy  va 
ammoniyli  o`g`itlar  ishlab  chiqariladi.  Metanni  suv  bug`i  bilan  800 
0
C  gacha 

 
35 
qizdirilganda  is  gazi  va  vodorod  olinadi,  bu  aralashma  sintez  gaz  deb  ataladi. 
Sintez gazdan sanoatda metil spirti olinadi. 
CH
4
 + H
2


 CO + 3H
2
                              CO + 2H
2
 

 CH
3
OH 
Tabiiy gazni oksidlash yo`li bilan formaldegid olinadi: 
C H
4
+
O
2
H
C
H
O
+
H
2
O
 
 
Hosil  bo`lgan  formaldegidga  fenol  ta`sir  ettirilganda  fenolformaldegid 
smolasi olinadi. Bu smoladan polimer materiallar olishda foydalaniladi. 
Tabiiy  gazdan  Navoiy  va  Chirchiq  elektrkimyo  kombinatlarida  qishloq 
xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral o`g`itlar (karbamid va mochevina) olinadi. 
Keyingi yillarda toshko`mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo`li bilan gaz 
ishlab chiqarish ancha ko`paydi. Ko`mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya 
manbai va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi. 
Toshko`mir va uni qayta ishlash mahsulotlari. 
O`zbekistonda  katta  ko`mir  zahiralari  mavjud  bo`lib,  mamlakatimiz  ko`mir 
zahiralari  bo`yicha  Markaziy  Osiyoda  ikkinchi  o`rinda  turadi.  Ko`mir  Angren, 
Boysun  va  Sharg`un  ko`mir  konlaridan  qazib  olinadi.  Bu  konlarning  umumiy 
zahirasi 2 milliard tonnaga yetadi. 
Toshko`mirni  qayta  ishlashning  asosiy  usuli–kokslash  (quruq  haydash) 
usulidir.  Kokslashda  (havosiz  joyda  1000–1200 
0
C  da  qizdirish)  turli  xil 
mahsulotlar:  koks,  toshko`mir  smolasi,  ammiakli  suv,  koks  gazi  olinadi.  Koks 
gazining  taxminiy  tarkibi:  60  %  H
2
,  25  %  metan,  5  %  CO,  2  %  NO
2
,  2  %  C
2
H
4
 
hamda 2 % boshqa gazlar. 
Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (1m
3
 koks gazi yonganda 
18000  kJ  issiqlik  chiqadi),  lekin  u  asosan  kimyoviy  qayta  ishlanadi.  Masalan, 
undan  azotli  o`g`itlar  olish  uchun  foydalaniladigan  ammiak  sintez  qilish  uchun 
vodorod ajratib olinadi. 

 
36 
Toshko`mir  smolasi  tarkibida  400  dan  ortiq  aromatik  va  geterosiklik 
birikmalar  mavjud  bo`lib,  uning  tarkibidagi  organik  birikmalar  fraksiyalarga 
bo`lingan holda ajratib olinadi: 
Birinchi fraksiya (yengil moy fraksiyasi 170 
0
C gacha) undan benzol, toluol, 
ksilol, tiofen, uglerod sulfid, piridin va boshqa mahsulotlar olinadi. 
Ikkinchi  fraksiya  (fenol  fraksiyasi  170–210 
0
C)  undan  fenol,  krezollar, 
naftalin, inden, kumaron, tarkibida azot va oltingugurt bo`lgan mahsulotlar olinadi. 
Uchinchi  fraksiya  (naftalin  fraksiyasi  210–230 
0
C)  undan  naftalin, 
metilnaftalin, tionaftalin, indol va boshqa mahsulotlar olinadi. 
To`rtinchi  fraksiya  (yutib  olish  fraksiyasi  230–270 
0
C)  undan  naftalinning 
hosilalari atsenaften, fluoren, indol va boshqa mahsulotlar olinadi.  
Beshinchi  fraksiya  (antratsen  fraksiyasi  270–360 
0
C)  undan  antratsen, 
fenantratsen, karbazol, parafin va boshqa mahsulotlar olinadi. 
Oltinchi  fraksiya  (toshko`mir  pech  fraksiyasi  360 
0
C  dan  yuqori)  undan 
parafinlar, piren, xrizen va boshqa mahsulotlar olinadi.  
Qoramoy–smola  haydalgandan  keyin  qolgan  quyuq  qora  massadan 
elektrodlar va tomga yopiladigan tol tayyorlash uchun foydalaniladi. 
Qishloq va o`rmon xo`jaligi mahsulotlari. 
 
Qishloq  xo`jaligida  yetishtiriladigan  hamma 
mahsulotlar  organik 
birikmalarning asosiy manbalaridan hisoblanadi.  
 
O`zbekiston  paxta,  xom  ipak,  lub  ekinlar,  qorako`l  teri  va  guruch 
yetishtirishda dunyoda yetakchi o`rinlardan biri egallaydi. 
 
Kletchatka  (sellyuloza)  moddasi  paxta  tolasining  90–92  %  ini,  kraxmal 
donlarining  65–75  %  ini,  saxaroza  qandlavlagining  asosini  tashkil  qiladi. 
Yetishtirilayotgan  poliz  ekinlari,  bog`dorchilik  mevalari  tarkibida  organik 
kislotalar,  uglevodlar,  vitaminlar  va  boshqa  organik  birikmalar  mavjuddir. 
Masalan,  olmada  olma  kislotasi,  limonda  limon  kislotasi  bilan  limonen  terpen 
uglevodorodi,  uzumda  glyukoza,  uzum  kislota  va  boshqa  organik  moddalar 
mavjud.  

 
37 
 
O`rmon  xo`jaligi  mahsuloti  bo`lgan  daraxtlarning  yog`och  qismini 
maydalab  quruq  haydash  natijasida  metil  spirt  (yog`och  spirti),  atseton,  sirka 
kislota, fenollar,  furfurol va  boshqa  organik  moddalar olinadi. O`rmon  atroflarida 
bitmas–tuganmas  boylikka  ega  bo`lgan  shifobaxsh  o`simliklar  o`sib  yotadi. 
Ularning bargi, guli, mevasi, urug`i, po`stlog`i va ildizlaridan dori–darmon sifatida 
foydalaniladi.  Bundan  tashqari,  ulardan  biologik  faol  organik  birikmalar,  efir 
moylari, yog`lar, oqsillar, uglevodlar, terpenlar, glikozidlar, alkaloidlar, vitaminlar 
ajratib olinadi. 
 
Yuqorida aytib o`tilgan manbalardan tashqari organik moddalar manbalariga 
hayvonot  olami,  suv  osti  o`simliklari  va  hayvonlari  ham  kiradi.  Ulardan  oqsillar, 
vitaminlar, azot va galogenli organik moddalar olinadi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
 
Neft–to`q  qo`ng`ir  yoki  deyarli  qora  rangli  o`ziga  xos  hidli  moysimon 
suyuqlik.  
Neftni birlamchi qayta ishlash–uni harorat ta`sirida haydash usuli. 
Benzin,  ligroin,  kerosin,  gazoyl–solyar  moyi,  mazut–neftni  birlamchi 
qayta ishlash mahsulotlari. 
Urchuq  moyi,  silindr  moyi,  vazelin,  paraffin,  neft  qoramoyi  (gudron)
mazutni qayta ishlash mahsulotlari. 
Neftni  ikkilamchi  qayta  ishlash–uning  tarkibidagi  uglevodorodlarning 
strukturasi o`zgaradigan qayta ishlash usuli. 
Termik  krekinglash–boshlang`ich  xomashyo,  ya`ni  neftni  450–550 
0

harorat va 2–7 MPa bosimda qizdirish usuli.  
Katalitik  krekinglash–katalizatorlar  ishtirokida  neftni  450 
0
C  va  1 
atmosfera bosimida qizdirish usuli. 
Uglevodorodlarni  aromatizatsiyalash–parafinlar  va  sikloparafinlarni 
aromatik uglevodorodlarga aylantirish jarayoni.  
Tabiiy  gaz–tarkibida  molekulyar  massasi  kichik  bo`lgan  uglevodorodlar 
bo`lgan manba.  

 
38 
 Yo`ldosh gazlar–odatda neftda erigan holda bo`ladigan va uni qazib olishda 
ajralib chiqadigan tabiiy gazlar.  
Tabiiy  gazlarni  qayta  ishlash–tabiiy  gazlar  tarkibidagi  to`yingan 
uglevodorodlarni ancha faol–to`yinmagan uglevodorodlarga aylantirish. 
Toshko`mir–ko`mirning alohida bir ko`rinishi. 
Toshko`mirni  qayta  ishlash–kokslash  (quruq  haydash)  yo`li  bilan  turli 
mahsulotlar olish usuli. 
Koks gazi–koks pechlarini isitish uchun ishlatiladigan yo`qilg`i. 
Toshko`mir  smolasi–tarkibida  400  dan  ortiq  aromatik  va  geterosiklik 
birikmalar mavjud bo`lgan modda. 
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari–qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan hamma 
mahsulotlar. 
O`rmon  xo`jaligi  mahsulotlari–daraxtlarning  yog`och  qismini  maydalab 
quruq haydash natijasida olinadigan organik moddalar.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Mamlakatimizning  qaysi  mintaqalarida  katta  neft  konlari  mavjud,  qaysi 
shaharlardagi zavodlarda neft qayta ishlanadi? 
2.  Neftni  birlamchi  qayta  ishlash  deganda  qanday  qayta  ishlash  usuli  tushuniladi, 
bunda qanday mahsulotlar olinadi? 
3. Neftni ikkilamchi qayta ishlash deganda qanday qayta ishlash usuli tushuniladi, 
bu usul nechta jarayonga ajratiladi? 
4.  Mamlakatimizning  qaysi  mintaqalarida  tabiiy  gaz  konlari  mavjud,  qaysi 
shaharlardagi zavodlarda tabiiy gaz qayta ishlanadi? 
5. Tabiiy gaz qanday usul bilan qayta ishlanadi, tabiiy gazdan qanday mahsulotlar 
ishlab chiqariladi? 
6. Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida toshko`mir konlari mavjud? 
7.  Toshko`mirni  qayta  ishlashning  turli  xil  fraksiyalarida  qanday  organik 
birikmalar olinadi? 
8.  O`zbekistonda  qanday  turdagi  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlari  yetishtiriladi, 
ulardan qanday organik birikmalar olinadi? 

 
39 
9.  O`zbekistonda  qanday  turdagi  o`rmon  xo`jaligi  mahsulotlari  yetishtiriladi, 
ulardan qanday organik birikmalar olinadi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 

 
40 
Alkenlar gomologik qatori va nomlanishi. Etilen, uning xossalari. 
 
Reja. 
1. Alkenlarning gomologik qatori va nomlanishi; 
2. Alkenlarning fizik–kimyoviy xossalari; 
3. Alkenlarning ishlatilish sohalari. 
 
Molekulalarida  bitta  qo`shbo`g  orqali  bog`langan  uglerod  atomlari  mavjud 
bo`lgan  uglevodorodlar  etilen  qatori  uglevodorodlari  deyiladi.  Ularning  xalqaro 
nomi  alkenlar,  tarixiy  nomi  esa  olefinlar  deb  atalib,  molekularida  vodorod 
atomlari soni to`yingan uglevodorodlardagiga qaraganda ikkita kam bo`ladi. 
H
2
C

CH
2
 
 
CH
2
=CH

CH
3
 
                                           etilen                        propilen 
Qo`shbog`  bitta 

-bog`lanish  va  bitta 

-bog`lanishdan  tarkib  topgan 
bo`lib,  etilen  qatori  uglevodorodlarining  umumiy  formulasi  C
n
H
2n
  formula  bilan 
ifodalanadi. Ularning molekulasi sp
2
–gibridlanish holatida bo`ladi. 
Gomologik qatori. 
C
2
H

– eten, etilen 
C
3
H


 
propen, propilen 
C
4
H


 
buten, butilen 
C
5
H
10 
– penten, pentilen  
C
6
H
12 

 
geksen, geksilen 
C
7
H
14 

 
gepten, geptilen 
C
8
H
16 

 
okten, oktilen 
C
9
H
18 

 
nonen, nonilen 
C
10
H
20 
– detsen, detsilen 
Nomenklaturasi.  Tarixiy  nomenklatura  bo`yicha  alkenlarni  nomlashda 
tegishli  to`yingan  uglevodorodlar  nomidagi  –an  qo`shimcha  –ilen  qo`shimchaga 
almashtiriladi. Izomerlarda qo`shbog`ning joylashgan o`rnini ko`rsatish uchun grek 
harflarining nomidan foydalaniladi.  
Masalan: 
CH
3
–CH
2
–CH=CH
2
                    CH
3
–CH=CH–CH

                                

–butilen                                    

–butilen 

 
41 
Ratsional  nomenklatura  bo`yicha  alkenlar  nomlanganda  ularning  hammasi 
etilenning  hosilasi  deb  qaraladi,  bunda  etilen  molekulasidagi  u  yoki  bu  vodorod 
atomi radikalga almashingan deb hisoblanadi. Radikallar qaysi uglerod atomi bilan 
bog`langanligini  ko`rsatish  maqsadida  etilen  qoldig`idagi  uglerod  atomlari 

 va 

 harflari bilan belgilanadi. Masalan: 
C H
3
C H
2
C =
C H
3
C H
2
C H
3
  C H
 
                                             

–metil–

,

–dietil etilen. 
Xalqaro  nomenklaturaga  ko`ra  etilen  qatori  uglevodorodlarning  nomi  –an 
qo`shimchani  –en  qo`shimchaga  almashtirish  yo`li  bilan  hosil  qilinadi.  Zanjir 
qo`shbog`ga  yaqin  joylashgan  uglerod  atomidan  boshlab  raqamlanadi, 
qo`shbog`ning o`rni raqam bilan ko`rsatiladi.  
Agar  zanjir  tarmoqlangan  bo`lsa,  u  holda  qo`shbog`  joylashgan  eng  uzun 
zanjir  asosiy  zanjir  deb  olinadi  va  raqamlash  qo`shbog`ga  yaqin  turgan  uglerod 
atomidan  boshlanadi.  Asosiy  zanjirga  birikkan  radikallarning  holati  ko`rsatiladi, 
zanjirdagi  qo`shbog`ning  o`rni  raqam  bilan  asosiy  zanjir  nomining  oldiga  yozib 
qo`yiladi. Masalan: 
CH
2
=CH

CH
2

CH
3
 buten–1 
            CH
3

CH=CH

CH
3
 buten–2 
C H
3
C H
2
C =
C H
3
C H
2
C H
3
  C H
 
                                                    3–metil–geksen–3 
Izomeriyasi. Etilen qatori uglevodorodlari uchun sis–trans–izomeriya (


diastereomeriya)  deb  ataluvchi  stereoizomeriya  turi  xarakterli  hisoblanadi. 
Bunday  izomeriya  vujudga  kelishining  asosiy  sababi, 

–bog` atrofida uni uzmay 
turib  erkin  aylanish  mumkin  emasligidir.  Qo`shbog`  orqali  bog`langan  ikkita 
uglerod atomlaridagi bir xil o`rinbosarlar 

–bog` tekisligiga nisbatan bir tomonda 
yoki  turli  tomonda  joylashishi  mumkin.  Agar  bir  xil  o`rinbosarlar  qo`shbog` 
tekisligining  bir  tomonida  joylashgan  bo`lsa  sis–izomer,  qo`shbog`  tekisligining 
turli tomonida joylashgan bo`lsa trans–izomer deb ataladi. Masalan: 

 
42 
H
3
C
CH
3
H
C
H
C
H
3
C
C
H
CH
3
C
H
 
                                   sis–buten–2                       trans–buten–2    
Tabiatda  uchrashi  va  olinish  usullari.  Etilen  qatori  uglevodorodlari 
tabiatda tabiiy gazlarda, neftning ba`zi bir turlarida oz miqdorda uchraydi.  
Alkenlar laboratoriya sharoitida quyidagi usullar bilan olinadi:  
1. Spirtlardan suvni tortib oluvchi moddalar, masalan, konsentrlangan sulfat 
kislota qo`shib qizdirish: 
a) CH
3
–CH
2
–OH + HO–SO
3


 CH
3
–CH
2
–OSO
3
H + H
2
O  
b) CH
3
–CH
2
–OSO
3


 CH
2
=CH
2
 + H
2
SO
4
 
 
2. Uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ishqorlarning spirtli eritmasini 
ta`sir ettirish:  
CH
3

CH
2
Br + KOH 

 CH
2
=CH
2
 + KBr + H
2

Sanoatda esa quyidagi usullar bilan olinadi:  
1. To`yingan uglevodorodlarni degidrogenlash: 
CH
3

CH


 CH
2
=CH
2
 + H
2
 
2. Spirtlarni degidratlash: 
CH
3

CH
2

CH
2
–OH 

 CH
3

CH=CH
2
 + H
2

 
3. Uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ishqorlarning spirtli eritmasini 
ta`sir ettirish: 
CH
3
–CH
2
–CH
2
–CH
2
–Cl + KOH 

 CH
3

CH
2
–CH=CH
2
 + KCl + H
2

Fizikaviy  xossalari.  Etilen  qatori  uglevodorodlarining  dastlabki  uch  vakili 
(etilen,  propilen,  butilen)  odatdagi  sharoitda  gazlar,  C
5
H
10
  dan  C
17
H
34
  gacha 
suyuqliklar,  qolganlari  qattiq  moddalardir.  Ular  suvda  kam  eriydi,    benzol,  efir, 
xloroform kabi qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi. Molekula og`irligining ortishi 
bilan  ularning  suyuqlanish  va  qaynash  haroratlari  ortib  boradi.  Alkenlar 
izomerlaridan  sis–izomerlari  trans–izomerlariga  qaraganda  yuqori  haroratda 
qaynaydi. 
Etilen–C
2
H
4
rangsiz, biroz shirin ta`mli, o`ziga xos chuchmal hidli gaz. 

 
43 
Kimyoviy  xossalari.  Etilen  qatori  uglevodorodlari  quyidagi  kimyoviy 
xossalarni namoyon qiladi: 1. Biriktirib olish reaksiyalari. 
a) Vodorodlarni biriktirib olish (gidrogenlanish reaksiyasi): 
CH
2
=CH
2
 + H
2
 

 CH
3

CH
3
 
b) Galogenlarni biriktirib olish: 
CH
2
=CH
2
 + Cl
2
 

 CH
2
Cl

CH
2
Cl 
c) Vodorod galogenidlarni biriktirib olish: 
CH
2
=CH
2
 + HBr 

 CH
3

CH
2
Br 
d) Suvni biriktirib olish (gidratlash reaksiyasi): 
CH
2
=CH
2
 + H
2


 CH
3

CH
2
OH 
2. Oksidlanish reaksiyalari. 
a) Yumshoq oksidlanish sharoitida alkenlarga KMnO
4
 ning suvli yoki spirtli 
eritmasi ta`sir ettirilganda ikki atomli spirtlar hosil bo`ladi (Vagner reaksiyasi);: 
3CH
2
=CH
2
 + 2KMnO
4
+4H
2
O

3HOH
2
C

CH
2
OH + 2MnO
2
 + 2KOH 
b)  Tarmoqlangan  holatdagi  alkenlar  shiddatli  oksidlanganda  qo`shbog` 
uziladi va karbon kislota hamda ketonlar hosil bo`ladi: 
C H
3
C =
C H
3
C H
2
 
+
( O )
C H
3
C O
C H
3
+
H
C
O
H
+
O
H
C
O
O H
 
 
c) Alkenlar kislorod ishtirokida yonadi va CO
2
 va H
2
O hosil qiladi: 
C
2
H
4
 + 3O
2
 

 2CO
2
 + 2H
2

 
3. Polimerlanish reaksiyalari.  
n(CH
2
=CH
2


 (

CH
2
=CH
2

)

Ishlatilishi.  Alkenlar  xalq xo`jaligida  turli  maqsadlarda ishlatiladi. Ulardan 
asosan,  polimer  mahsulotlar  olinadi.  Polietilendan  turli  apparatlarning  detallari, 
vodoprovod  quvurlari,  issiqxonalar  uchun  plyonkalar,  uy–ro`zg`or  buyumlari 
tayyorlanadi.  Polipropilendan  turli  apparatlarning  detallari,  yupqa  plyonkalar, 
arqonlar,  yuqori  darajadagi  izolyatsion  materiallar  tayyorlashda  foydalaniladi. 
Polivinil  xloriddan  sun`iy  charm,  plash,  kleyonka,  quvurlar  ishlab  chiqarishda, 
elektr simlar uchun izolyatsion materiallar sifatida ishlatiladi. Politetraftoretilendan 

 
44 
vintellar, qorg`ich vallar, nasoslar, kislota va ishqorlarga chidamli asbob–uskunalar 
va kabellar tayyorlashda foydalaniladi. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish