O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


 Fiziologik jarayonlarni boshqarilishida mitoxondriya ichki



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#272140
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
jigar hujayralarining toksik zararlanishida ular mitoxondriyalari membranasining fiziologik holati (1)

1.2. Fiziologik jarayonlarni boshqarilishida mitoxondriya ichki 

membranasidagi SsA – sezgir poralarning roli 

 

1.2.1. SiklosporinA-sezgir poralar haqida umumiy ma‟lumot 

 

Oxirgi  olingan  ma‘lumotlarga  qaraganda,  odam  hayvonlar  hujayralarining 

faoliyati  va  ularda  moddalar  almashinuvining  boshqarilishi,  turli  patologik 

holatlarning  rivojlanishidagi  asosiy  rolni  mitoxondriya  ichki  membranasidagi 

SiklosporinA  (SsA)-sezgir  poralar  o‗ynaydi  deb  taxmin  qilinadi.  Birinchi  marta 

Hunter  va  Havorth  lar  tomonidan  70-yillarda  izolyatsiyalangan  Mx  larda 

xarakterlangan  bo‗lib,  MRT  -  pora  (mitixondrial  permeability  transition  pore) 

molekulyar  massasi  1500  Da  gacha  bo‗lgan  aralashmalar  uchun  Mx  ichki 

membranalarining  o‗tkazuvchanligini  keskin  ko‗payishiga  olib  keladi.  Bu 

o‗tkazuvchanlikning  ko‗payishi  Сa

2+

  -  ionlarini  yuzaga  keltiradi,  shuning  uchun 



uni Ca

2+

 ga bog‗liq MRT – pora deb ataladi.  




 

21 


80-yillarning  oxirigacha,  ya‘ni  immunodepressiv  siklik  dekapeptid 

siklosporinA MTR-porani o‗ziga xos bloklashi aniqlanguniga qadar, bioximiyaviy 

jihatdan  ajablanarli  bo‗lib  kelgan.  Shundan  so‗ng,  MRT-pora  o‗zining  ikkinchi 

nomini oldi, ya‘ni siklosporinA - sezgir pora (SsA-sezgir pora). Taxminan, uning 

ta‘siri  SsA-bog‗lovchi  oqsil  siklofilin  orqali  ifodalanadi.  MRT-poralar  yuzaga 

keltirgan  o‗tkazuvchanlikning  tez  o‘zgarishi  membranalar  depolyarizasiyasini, 

oksidlanishli  –  fosforlanishning  ajralib  qolishiga,  ichki  Mx  ionlarining  va 

metabolitik  intermediatlarining  hamda  Mx  larning  yuqori  amplitudada  bo‗kishiga 

olib keladi.  

MRT-poraga  siklosporin  A  ning  ingibirlovchi  ta‘sirida  to‗ydiruvchanlik 

effektining asosi shuni ko‗rsatadiki, u mitoxondriya membranasida lipid nomaxsus 

o‗zgarishiga  qaraganda,  kanal  yoki  pora  hisoblanadi.  Petch-klyampa  texnikasini 

qo‗llash natijasida, mitoxondriya membranasidagi SsA-sezgir pora o‗rganilgan. Bu 

pora  1500  Da  gacha  bo‗lgan  molekulyar  massaga  ega  bo‗lgan  anion  va  kation 

aralashmalarini  o‗tkaza  oladi  va  ko‗p  tarkibli  o‗tkazuvchi  kanalga  o‗xshaydi. 

Poralarning o‗tkazuvchanligini plazmatik membrana Na

+

 va Ca


2+

 kanallarinikidan 

xam  yuqori  bo‗lganligi  uchun,  MRT  –  poralarni  ifodalash  uchun  yana  bir  termin 

«mitoxondriya megakanali» ishlatiladi.  

Hozirgi  vaqtda  Ca

2+

  ga  bog‗liq  MRT  –  poraning  ochilishiga  olib  keluvchi 



omillarning katta qismi ma‘lum: Ca

2+

 ning yuqori konsentrasiyasi, prooksidantlar, 



lipidlarning  perekisli  oksidlanish  (LPO)  ikduksiyasi  pora  kompleksida  tiol 

gruppalarning  oksidlanishi,  noorganik  fosfatlar,  membrana  potensialining 

kamayishi  va  pH  matriksining  kutarilishi,  ingibitorlar  ADF/ATF-antiporter 

antraktilat  va  karboksiantraktilat  asetil  –  CoA  va  erkin  yog  kislotalari, 

mezofosfolipidlar,  ogir  metallar,  tireoid  gormonlari,  vazopressin  gormoni  va 

boshkalar.  Biroq  MRT  –  poraning  yopilishiga  olib  keluvchi  ta‘sirlar  va  moddalar 

ancha kamroq: Mg

2+

, ADF, yuqori membrana potensiali, past pH va ba‘zi bir jinsiy 



gormonlar, glutation, antioksidantlar.  


 

22 


SsA-sezgir  poralarning  molekulyar  tuzilishi  haligacha  tortishuvligicha 

qolmoqda. Biroq, hozirgi paytda SsA-sezgir poralar uzida oksil matriksi, tashki va 

ichki  membranasi,  ANT,  SfD  va  shu  kabi  bir  kator  moddalarning  murakkab 

kompleksidan iborat deb taxmin kilinmokda. 

Ko‗rsatilishicha,  pora  ochiq  holatga  o‗tganda,  ANT  ligantlariga  juda  sezgir 

bo‗ladi [Андреев и др., 1994]. Barcha nukleotidlar ichidan faqat ANT substratlari 

(ADF va ATF) pora bilan o‗zaro ta‘sirlashadi [Halestrap et al., 1998]. Shuningdek, 

ANT darvoza pora singari ishlaydi.  

Substratlar transporti vaqtida ANT ikki xil konformasion holatda bo‗ladi: m-

konformasiya  (bunda  bog‗lanish  vaqtida  substratlar  ichki  membranaga  matriks 

tomondan  ta‘sir  ko‗rsatadi)  va  s-konformasiya  (bunda  bog‗lanish  vaqtida 

substratlar ichki membranaga sitoplazma tomondan ta‘sir ko‗rsatadi). Membranaga 

turli  tomondan  ta‘sir  qiluvchi  antiporter  ingibitorlari,  xususan,  ANT  bilan  s-

konformasiyada  bog‗lanuvchi  -  atraktilat,  karboksiatraktilat  va  asil-SoA  lar 

poraning  induksiyalanishini  stimullasa,  matriks  ingibitorlari,  xususan,  antiporter 

bilan  m-konformasiyada  bog‗lanuvchi  –  bonkrek  kislotasi  esa  uning  ochilishiga 

to‗sqinlik  qiladi  [Mихайлова  и  др.,  1996].  Demak,  bu  s-konformasiya  poraning 

ochilishi uchun ishlaydi deyishga asos bo‗ladi. 




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish