O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

Rivojlantiruvchi vazifa — 
texnologiya ta’limi mashrulotlari jarayonida o`quvchilarga 
aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim berish, kasbgacha tayyorgarliklarini 
amalga oshirish orqali ularning barkamol shaxslar bo`lib etishishlariga yordam berishdan iborat. 
Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni texnologiya ta’limi 
tayyorgarligi, kasblar bo`yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga 
bo`linadi. Bu qismlar har bir dars va mashrulotlarning tarkibiga singib ketgan bo`lib, ularning 
o`qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil 
qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg’ulotlarining aniq maqsadga yo`naltirilgan 
bo`lishini ta’minlaydi. 
Mehnat ta’limaning yo`nalishlari maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar 
kollejlarida keng tarkrlgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko`ra har bir 
maktabda texnologiya ta’liming quyidagi yo`nalishlari asos qilib olinishi mumkin:
-
yog’och va unga ishlov berish texnologiyasi; 
-
metall va unga ishlov berish texnologiyasi; 
-
gazlamaga ishlov berish texnologiyasi; 
-
pazandachilik asoslari; 
-
qishloq xo`jaligi asoslari va boshqalar. 
5—7-sinflarda ushbu yo`nalishlardan- ayrim-lari tanlanadi va 8—9-sinflarda shu tanlangan 
yo`nalishlarga muvofiq holda ishlab chiqarish asoslari va kasbga yo`naltirish kursi 
o`qitiladi. 
Ushbu yo`nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bo`limlar bo`yicha o`zaro 
uygunlash-tirilgan nazariy balimlar beriladi va amaliy ish ko`nikmalari shakllantiriladi:
1. 
Materialshunoslik asoslari. 


2.
Asbob-uskunalar haqida ma’lumot va ishlatish usullari. 
3.
Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalarning umumiy tuzilishi va ishlatish asoslari. 
4.
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi. 
5.
Xalq hunarmandchiligi kasblari bo`yicha umumiy ma’lumotlar berish va o`zaro 
turdosh uchta kasb yo`nalishi bo`yicha kasbgacha tayyorgarlikniamalga oshirish. 
Bundan tashqari har bir asosiy yo`nalish bo`yicha uy-ruzror madaniyati va ung’a tegishli 
ta’mirlash ishlarini bajarish ko`nikmalari shakllantirilib boriladi. 
Har bir yo`nalish bo`yicha ishlatiladigan elektrotexnika vositalari, ulardan tutri 
foyda-lanish hamda ta’mirlash asoslari o`rgatiladi. 
Har bir asosiy yo`nalish bo`yicha kompyuter texnikasidan foydalanish masalalari 
yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni berish ko`zda tutiladi. 
Har bir dars mazmuniga bog’liq holda iqtisodiy, huquqiy va ekologik bilimlar 
hamda xavfsizlik texnikasi qoidalari o`zaro uyg’un-lashtirilgan holda o`rgatib boriladi. 
5—7-sinflarda texnologiya ta’limi yo`nalish-larining hammasi uchun uyrunlashtirilgan badiiy 
mehnat texnologiyasi va mashina elementlari mashrulotlari o`tkaziladi. Dasturda badiiy mehnat 
texnologiyasi mashgulotlari barcha yo`nalishlar uchun umumlashtirilgan holda berilgan
ulardan tegishli yo`nalishga doir mavzular o`qituvchi tomonidan ajratib olinishi lozim. 
Texnologiya ta’limi darslarida o`quvchilarda kasblar turlariga oid bilim, ko`nikma 
va malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda 
tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi. 
Qishloq xo`jaligi mehnati ta’limi zaminida mashrulotlarning mazmuni asosan 
xalq hunarmandchiligi kasblari va yosh fermerlik yo`nalishida olib borilishi maqsadga 
muvofiq. Yirik sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan hududlardagi maktablarda 
texnologiya ta’limi darslarida o`quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga 
yo`naltirish imkoniyatlari yaratilishi lozim. 
O`quvchilarning texnologiya ta’limi amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy 
va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim: 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish