O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/260
Sana02.08.2021
Hajmi3,09 Mb.
#136302
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   260
Bog'liq
falsafa fanidan

Hindiston.  «Veda»–muqaddas  bilim,  «Rigveda»–alqovlar  vedasi  demakdir. 
«Rigveda»  o‗sha  davr  kishisining  o‗zi  va  atrof  muhit:  ma‘budlar,  iblislar,  devlar,  fazo, 
ijtimoiy  turmush  axloqiy  va  estetik  qadriyatlar  haqidagi  bilimlarni  o‗z  ichiga  oladi. 
Buning  ustiga  «Rigveda»  tili  keyingi  davrda  sanskritda  yozilgan  she‘rlar  va  mumtoz 
eposlar  tilidan  ko‗ra,  «Avesto»  tiliga  yaqin.  «Rigveda»dagi  qator  mifologik 
personajlarning «Avesto»da mavjudligini ham aytib o‗tish lozim: nomlar o‗xshashligidan 
tortib,  syujetlar  o‗xshashligigacha  uchratish  mumkin.  Bundan  tashqari,  har  ikki  diniy 
tizimda sig‗inish obyekti umumiy: «Rigveda»da ham, «Avesto»da ham olovga sig‗inish 
e‘tiqodiy asos sifatida namoyon bo‗ladi. Bunday o‗xshashliklar juda ko‗p. 
«Rigveda»da so‗zning ahamiyati alohida o‗rin tutadi. Ma‘budlarni e‘zozlashda so‗z 
ibodat  va  qurbonliqdan  kam  hisoblangan  emas.  So‗z  poklovchi,  muqaddas  omil 
hisoblangan,  «Rigveda»da  u  ma‘buda  Voch  («voc»–«so‗z»,  «nutq»  degani)  timsolida 
jonlantirilgan.  «Rigveda»da  oriylar  jamiyatidagi  shoir  ilohiy  karomatga  dahldor, 
ma‘budlar  alqagan  donishmand  tarzida  namoyon  bo‗ladi.  Shoir  ma‘buddan  ana  shu 
karomatli  onlarni  baxshida  etishni  so‗raydi.  Donishmandlik,  bu  bir  zum  namoyon 
bo‗luvchi  manzara.  Unga  erishishning  usuli  –  ko‗rishdir.  Shoir  ichki  nigoh,  savqi  tabiiy 
bilan, uning haqiqatning ilohiy manzarasini haqiqat nogoh yoritib yuboradigan nuri orqali 
ko‗radi. Bir manzara o‗rnini ikkinchisi egallaydi va bu manzara–karomatlar almashinuvi 
zaminida dhi deb nomlangan vedaga xos dunyoni bilish yotadi.  
Dhi–«fikr,  tasavvur,  qarash,  tushuncha;  intuitsiya  (fahm),  bilish,  aql;  bilim,  san‘at, 
ibodat», shuningdek, «ko‗z o‗ngiga keltirish, fikrlash» ma‘nolariga uyqash. Shoir dhira–
«dhi»  egasi,  donishmand,  iste‘dod  egasi»  deb  atalgan.  Shoirlar  ma‘budlardan  dhi  ato 
etishlarini  so‗raganlar.  Dhi  tufayli  shoirlar  ma‘budlar  odamlar  orasidagi  vositachiga 
aylanganlar. Zero shoir–«doimo ma‘budlar olami bilan uchrashuv» timsolidir. Ma‘budlar 
olami  esa  mutloq  go‗zallik  maskani Vedalardagi  tasavvurga  ko‗ra,  shoirlar  o‗zlari  yangi 
manzaralar  yaratmaydilar,  balki  oddiy  bandalar  ko‗rolmaydigan  ma‘budlar  dunyosiga 
tegishli  manzaralarni  so‗zga  aylantiradilar.  Bunda  ilhomning  o‗rni  muhim:  ilhomgina 
shoirga  Ilohiy  So‗z  ustidan  hukmronlik  qilish  imkonini  beradi.  Shu  bois  shoirning 
muvaffaqiyati Voch bilan bog‗liq. Voch deydi: «Kimni suysam o‗shani–qudratli, o‗shani–
brahman, o‗shani–rishi, o‗shani–donishmand qilaman. Zero shoir–baxshining «So‗z bilan 
ko‗rmoqchiman iloh Agni siyratini», deyishi bejiz emas. 
«Rigveda»–she‘riy  matn.  Uning  she‘riy  o‗lchovi  hijolarning  muayyan  soniga 
asoslangan. Ayni  paytda  uzun  va  qisqa  hijolar  farqlanadi.  «Rigveda»da  1028 sharqiya–
alqovlar mavjud. Uzoq zamonlardan buyon Hindistonda bu sharqiyalar musiqa jo‗rligida 
ijro etilishi odat tusiga kirgan. Chunonchi, «Samoveda» – butunasicha musiqaga solingan 
«Rigveda» sharqiyalaridan iborat. 
«Avesto»dagi  kabi  «Rigveda»da  ham  ―Nur  estetikasi‖  alohida  o‗rin  tutadi.  Juda 
ko‗p  sharqiya-alqovlar  muqaddas  olov  ma‘budi  Agniga  bag‗ishlangan.  Qadimiy 


248 
 
yodgorlikning  birinchi  alqovi–sharqiyasidayoq  Agni  «shoirona  zakiy,  haqiqiy 
charaqlagan sharaf sohibi» deb ta‘riflanadi. Agniga nisbatan «go‗zal yoqilgan», «go‗zal 
qiyofali» «charaqlagan» singari sifatlashlar qo‗llaniladi; go‗zallik haqidagi tasavvur  nur 
bilan  bog‗liq  tarzda  namoyon  bo‗ladi.  Go‗zallik  «suvga  to‗la  bodiyadek  ezgulik  to‗la» 
ma‘bud  Indrning  ham  asosiy  sifati  tarzida  talqin  etiladi;  uni  sharqiyalardan  birida 
«qudratning go‗zal harakat qiluvchi o‗g‗li», deyilsa, boshqa birida u: 
 
Seni, ey go‗zal qiyofa sohibi 
Madh etmoq istaymiz, ey sahiy, — deb ulug‗lanadi.  
 
Xitoy. Miloddan avvalgi YII asrdan milodning Y asrigacha bo‗lgan davrda Xitoyda, 
garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‗lmasa-da, lekin asosiy falsafiy-
estetik  tushunchalar  shakllangan  edi.  Biroq,  dastlabki  nafosatga  doir  tasavvurlar, 
g‗oyalar,  tushunchalar  bundan  ancha  avval  «Shuszin»  («Tarixlar  kitobi»  –  miloddan 
avvalgi XII asr), «Shitszin («Qo‗shiqlar kitobi» – miloddan avvalgi XI–YI asrlar), «Itszi» 
(«O‗zgarishlar  kitobi»  –  miloddan  avvalgi  YIII–YII  asrlar)  deb  nomlangan 
yodgorliklarida  uchraydi.  Ularni  eng  avvalo,  mazkur  kitoblardan  joy  olgan  asotirlar–
miflarda va she‘riy eposlarda ko‗rish mumkin. 
Daochilikning («dao»–yo‗l degani) asoschisi Laoszi (miloddan avvalgi YI–Y asrlar) 
fikriga  ko‗ra,  uyg‗unlik  (xe)  «tinchlik»,  «kelishuv»,  «yumshoqlik»,  «kelishtirish» 
ma‘nolarini  anglatadi.  «Meyor»  so‗zini  esa  u  yetarlilik  ma‘nosida  qo‗llaydi.  Chjuans 
(IY–III  asrlar)  uyg‗unlikning  ta‘sir  doirasini  Laosziga  nisbatan  kengaytiradi;  u  nafaqat 
ibtidoni  vujudga  keltiruvchi  hodisa,  balki  butun  kosmosning  asosidir;  u  olamning  bir 
butun  yaxlitligini  tashkil  etgan  unsurlar  va  qismlarning  jo‗r  bo‗lib  chiqargan  ohangdor 
tovushi  tarzida  tushuniladi.  Bu  anglash  Chjuanda  badiiy  shaklda  ifodalanadi:  koinotni  u 
har  bir  parchasi  alohida  ohang  chiqaruvchi  va  birgalikda  hamroz  kuyni  tashkil  etuvchi 
nayga o‗xshatadi.  
Qo‗shiq  va  musiqada  Konfusiy  hammadan  avval  ezgu  fikrlilikni  qadrlaydi. 
Qo‗shiqchilar  haqida,  «ularning  fikrida  kufr  yo‗q»,  deydi.  Musiqa  to‗g‗risida  ham 
shunaqa mulohazalar bildiradi. Venvan musiqasini «go‗zal va ezgu» deb ataydi. Hamma 
narsada, xususan, musiqa va qo‗shiqda u mo‗tadillikni yoqlaydi. «Go‗zal» (mey) atamasi 
Konfusiy tomonidan «ezgu» (shan) so‗zining sinonimi tarzida qo‗llaniladi. 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish