O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Tayanch iboralar: informatika, axborot texnologiyalari, kompyuter, bayt, bit, sanoq  
                                sistemasi 
 
Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o’rni 
Insoniyat o’zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axoborotlarni o’zlashtirib kelgan. 
Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg’or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: "tosh 
asr" - mehnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, "kitob chop etish 
asri" - axborotlarni tarqatishning yangi usulini o’zlashtirish bosqichi, "elektr asri" - quvvatning yangi turlarini 
o’zlashtirish bosqichi shular jumlasidandir. Bundan 20-30 yillar ilgari "atom asri" boshlandi deyilgan bo’lsa, 
hozirgi kunda "axborot asri", "kompyuter asri" deb aytiladi. 
Axborot - so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, tanishtirish, bayon 
etish degan ma’noni anglatadi. 
Axborotning  o’zini  esa  biror  obyekt,  atrof-muhitni  ma’lum  bo’lagi  yoki  ma’lum  jarayon  haqidagi, 
aniqmaslik  darajasini  kamaytiradigan  belgilar  (parametrlar),  tafsilotlar  yo’riqlar  va  h.k.  majmuasi  deyish 
mumkin. 
O’z  navbatida  xabar  axborotni  tasvirlash  formasi  bo’lib,  u  nutq,  matn,  tasvir,  grafik,  jadval, 
videotasvir, tovush va h.k. ko’rinishida ifodalanadi. 
Umuman,  zamonaviy  mazmunda  olganda  -  axborot  bu  odamlar  orasidagi,  odamlar  bilan  jonli  va 
jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir. 
Informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanining  kelib  chiqishi,  uning  uch  tarkibiy  qismi  algoritm, 
dastur va hisoblash vositalari, kompyuterning paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq.  XIX asr oxiri, XX asr 
boshlarida  fanlarning  yangi  yo’nalishlarining  paydo  bo’lishi,  ishlov  berish  uchun  zarur  bo’lgan  axborotlar 
hajmining keskin oshib ketishiga olib keldi. XX asr  o’rtalarida yaratilgan axborotlarga avtomatik ishlov berish 
qurilmalari-elektron hisoblash mashinalar katta hajmdagi axborotlarni saqlab turish va tezlikda ishlov berish 
imkoniyatini tug’dirdi. Buning natijasida esa murakkab ilmiy-texnik masalalarni (atom energetikasi, kosmosni 


 

o’zlashtirish,  ob-havo  bashorati,  ishlab  chiqarishni  avtomatlashtirilgan  boshqarish,  avtomatlashtirilgan 
loyihalash va x.k.) yechish, ularni tahlil qilish mumkin bo’lib qoldi.   
Elektron  hisoblash teхnikalarining  paydo  bo‘lishi va  rivojlanishi kishilik  jamiyatida  aхborotni  qayta 
ishlash  va  ulardan  kerakli  maqsadlarda  foydalanish  borasida  tub  burilish  yasadi.  Inson  faoliyati  sohasida 
bunday axborot inqilobiga asos bo‘lgan fan informatika deb ataldi. 
Informatika  atamasi  lotincha  informatic  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  хabar  qilish,  tushuntirish, 
bayon etish degan ma’nolarni anglatadi. 
Informatikaning  mustaqil  fan  sifatida  ajralib  chiqishi,  birinchi  navbatda,  elektron  hisoblash 
mashinalari, keyinchalik, kompyuter teхnikasining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Informatikaning fan sifatidagi 
vazifalari, imkoniyatlari juda ko‘p qirrali va har doim o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Shu sababli aniq bir ta’rifni 
berish qiyin. Barcha xususiyatlarini umumlashtirgan holda, informatika faniga zamonaviy tusda faqat nisbiy 
“ta’rif”larnigina berish mumkin: 
 
Ta’rif 
  
Informatika –  bu kompyuter yordamida aхborotni qayta  ishlash va undan foydalanish 
jarayonlari bilan bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganuvchi fandir. 
 
Informatika - insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, axborotlarni hosil qilish, saqlash va kompyuter 
yordamida  qayta  ishlash,  shu  bilan  bir  qatorda  tadbiq  muhiti  bilan  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  jarayonlarning 
aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir. 
Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va zamonda o’zgarib turadigan modda va quvvat 
ko’rinishda namoyon bo’ladi. Modda va quvvat dunyoning ikki muhim mazmuni, ikki muhim tarkibiy qismidir. 
Lekin  borliqning  mavjud  bo’lishi  va  bilishning  yana  bir  muhim  va  zarur  mazmuni  bor,  bu  ham  bo’lsa 
axborotdir. 
Axborot  umumiy  ta‘rifga  ega  bo’lmagan  imperik  tushuncha  bo’lib,  axborot  nima  degan  savolga, 
falsafa  fani  bizni  o’rab  turgan  borliqning  ifodasi  deb  tushuntirsa,  axborotlardan  amalda  foydalanuvchilar 
axborot bu saqlanish, shakl o’zgartirish va uzatish mumkin  bo’lgan  ashyo  (ob‘ekt) deb tushuntiradi. 
Ta’rif 
  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish