O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


sotsial psixologiya odamlarning jamiyatda



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

sotsial psixologiya odamlarning jamiyatda 
birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, 
e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir
1
deb 
ta’rif berishimiz mumkin.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning sotsial normalariga rioya 
qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro 
1
В.Каримова. Ижтимоий психология. 
– 
Тошкент: Фан ва технология, 2012. 
– 
Б. 8.
7


munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini 
va qonuniyatlarini tushuntirib berish sotsial psixologiyaning muhim tomonidir. 
Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, sotsial psixologiya, sotsial muloqotning 
murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.
 
I.2. Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei 
Jamiyat bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko‘p 
jihatdan ana shu insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarning 
tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab sotsial hamkorlik faoliyatining 
mazmuniga bog‘liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va 
mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik 
namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hamda har 
bir shaxsning jamiyatdagi o‘rni va uning turlicha sotsial munosabatlari tabiatini 
o‘rganuvchi qator sotsial fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida sotsial psixologiya 
alohida o‘rin egallaydi.
Sotsial psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga u o‘ta navqiron fandir. 
Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari 
bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar 
o‘rtasidagi, sotsial munosabatlarning va tafakkurning xosilasi bilan e’tirof etilsa, u 
o‘z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat 
taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan 
tavsiflanadi.
«Yer-u ko‘kdagi buyuk o‘zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq 
chiqarish, o‘rnak olish uchun odamzot o‘zining yon atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi 
bilan qarashi lozim». Respublikamizning Birinchi prezidenti aytgan bu fikrni shaxs 
va uning psixologiyasi bilan qanday bog‘lash mumkin. Bu fikrni mag‘zini 
chaqadigan bo‘lsak, uning butun mazmun-mohiyati go‘yoki sotsial psixologiya va 
shaxs psixologiyasiga bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin. Axir har bir individ 
tug‘ilganidan boshlab to umrining oxiriga qadar haqiqatan ham «
уег
-u ko‘kdagi 
o‘zgarishlarni sezib, his qilib, ulardan saboq chiqarib» yashaydi-ku! Aytish 
8


mumkinki, aynan mana shunday jarayonlarni boshidan kechirgan individgina shaxs 
bo‘lib shakllanadi va jamiyat hayotiga qo‘shila oladi. Buning uchun undan hamisha 
«o‘zining yon-atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi bilan qarash» talab etiladi. 
Shundagina u yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishi va jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘la 
olishi mumkin
1

«Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz, – deb yozadi, mashhur 
romannavis yozuvchi German Melvill, – bizning hayotimiz boshqalarning hayoti 
bilan bir-biriga minglab rishtalar bilan chambarchas bog‘langandir». Sotsial 
psixologiya aynan mana shu rishtalarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan 
hisoblanib, nima uchun jamiyatdagi kishilar bir-birlariga ta’sir o‘tkazishlari, bir-
birlari haqida o‘ylashlariga oid ma’lumotlarning ilmiy asoslarini o‘rganadi. 
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning 
Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni 
tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik 
diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori
bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar 
tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va 
qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur.
Boshqaruv, menejment va marketing, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, 
inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom 
insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning 
uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, 
sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod 
tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini 
tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu 
o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning 
shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini 
o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. 
1
N.Ismoilova, D.Abdullayeva. Ijtimoiy psixologiya. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2013. – B. 3. 
9



Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish