O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti


-topshiriq. Matnni ifodali o‘qing va rus tiliga tarjima qiling.Faol so‘z va iboralarni aniqlang



Download 1,13 Mb.
bet7/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

1-topshiriq. Matnni ifodali o‘qing va rus tiliga tarjima qiling.Faol so‘z va iboralarni aniqlang .
A.Navoiy- o‘zbek adabiy tilining asoschisi.
Xondamirning ta`biri bilan aytganda, Alisher Navoiy yosh bolalik davrining avvalidan hayotining oxirigacha fayzli va barakali vaqtining ko‘p qismini ilm-fan va san`at tahsiliga sarf qildi. Jumladan, o‘zbek adabiyotining to‘la ravishda shakllanib yetishi va taraqqiyot bevosita bobokalonimizning nomi bilan bog‘liqdir. Ma`lum ma`noda uni o‘zbek adabiy tilining asoschisi deb ham tan olinadi. Nafaqat adabiy til taraqqiyoti balki, uning davlat tili darajasiga ko‘tarilishiga ham Navoiyning xizmatlari beqiyosdir.
Buyuk Alisherning "Xamsa", "Xazoyinul maoniy" singari shoh asarlarining yozilishi ona tili uchun kurashdagi amaliy ishlardan biridir. Ona tilimizga oid ilmiy-nazariy fikr mulohazalar uning barcha asarlarida, ayniqsa "Muhokamatul lug‘atayin" asarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Lug‘at
adabiy tili - литературный язык
ta`biri - выражение ; формулировка
ilm-fan va san`at - наука и искусство
fikr - мысль
yaqqol - ясный, очевидный, явный

2. 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berish to'g‘risida O'zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasi qonun qabul qildi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi 1992-yil dekabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi" da ham o'z aksini topdi. Konstitutsiyaning 4-moddasida "O'zbekiston Respublikasining davlat tili-o'zbek tilidir" deb yozib qo'yildi.


1991-yil 31-avgustda O'zbekistonning mustaqil Davlat sifatida ajralib chiqishi, BMTga a'zo bo'lib kirishi (1991-yil 1-iyul) munosabati bilan, O'zbekiston hududida hamma millat, xalqlar o'rtasida yaqinlik, hamjihatlikni o'rnatish niyatida O'zbekiston Oliy Kengashi 1995-yil 21-dekabrda "Davlat tili haqida" gi qonunning yangi tahririni qabul qildi.
"Davlat tili haqida"gi qonunning yangi tahriri ham Prezident I.A.Karimovning "Hech kim o'z millatini boshqalardan ustun qo'ymasligi kerak" degan asosiy qonun qoidaga asoslanadi. Yangi tahrirdagi qonunda O'zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati aniq o'z ifodasini topgan. "Davlat tili haqida" gi qonun 24-moddadan iborat.
O'zbekistonda yashovchi barcha millatlar o'z ona tillarida aloqa qilishlariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio bemalol faoliyat ko'rsatishlari kafolatlangan. Boshqa millatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo'lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish (4-modda) ta'kidlanadi.
Bu qonun O'zbekistonda yashovchi faqat o'zbeklarniki emas, bu yurtda yashayotgan, shu yurtning rivoji, istiqboli uchun jon kuydirayotgan barchaniki.


Lug‘at
davlat tili – государственный язык
maqomi - должнось
qonun - закон
modda - статья
millat - нatsiя
tinchliksevar - свободолюбивый
istiqbol - будущее

3. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zbek tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va imlosini to‘la ifodalay oladigan yozuvga – alifboga o‘tish imkoniyati tug‘ildi. 1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu alifbo 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat etib belgilandi. Yangi alifbodagi ba’zi harflar jahon aloqa-aralashuv tizimiga kirishimizda ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi o‘zbek alifbosi 26 harf va 3 harflar birikmasidan iborat etib belgilan edi.


Yangi alifbo asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli qarori bilan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlandi. Unda harflar bilan tovushlar mutanosibligi, asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari o‘z ifodasini topgan.
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi.
A L I F B O
A a B b D d E e F f
G g H h I i J j K k
L l Mm N n O o P p
Q q R r S s T t U u
V v X x Y y Z z O‘ o‘
G‘g‘ SHsh CHch Ngng
1995-yil 6-mayda o‘zgartishlar bilan qabul qilingan lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish