O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Fanlar sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o„rni



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana27.01.2023
Hajmi1,52 Mb.
#904011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
3.Fanlar sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o„rni. 
Sistema nima? Bu savolga hozirga qadar turlicha javoblar beriladi. 
Sistema nima ekanligiga javob berishdan oldin buning qanday muhim 
belgilardan iborat ekanligiga e‘tibor bermoq lozim. Avvalo, har qanday 
sistema ichki bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega. Demak, sistema 
muayyan ichki tuzilishga ega bo‗lib, ikki va undan ortiq qismlarning 
o‗zaro munosabatidan tashkil topali.
Masalan, bir tup daraxtni olsak, bu daraxt sistema sifatida ichki 
tuzilish birliklarining o‗zaro munosabatidan iborat. Uning ichki tuzilish 
birliklari ildiz, tana va shox hamda ularning munosabatidan tashkil 
topgan. Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboratki sistemani tashkil 


13 
etgan uzvlar o‗zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi ko‗p pog‗onali 
munosabatda bo‗ladi. Masalan, ildizsiz tananing, tanasiz shoxning 
bo‗lishi mumkin emas. Ularning har qaysisi bir-birini taqozo etadi, bir-
biri bilan shartlangan. Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday 
sistema ichki bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega bo‗lganligi tufayli, 
sistemani tashkil etgan qismlar bilan sistema o‗rtasida ham munosabat 
bo‗ladi. Bu munosabatni olimlar ―...dan tashkil topadi‖, ―...ning 
tarkibiga kiradi‖ ifodasi bilan ko‗rsatadi
6
, boshqacha aytganda, u butun 
va bo‗lak, tur va jins munosabatini o‗z ichiga oladi. Masalan, daraxt va 
uning ildizi, tanasi, shoxi, barglari o‗rtasida butun va bo‗lak munosabati 
bo‗lsa, daraxt bilan olma, o‗rik, shaftoli o‗rtasida tur va jins munosabati 
mavjud. Sistemaning to‗rtinchi jihati uning ichki tuzilishining 
pog‗onaviyligidir. Ya‘ni butun va bo‗laklik, tur va jinslik munosabati 
nisbiy xarakterga ega. Ma‘lum jinslarga nisbatan tur, bo‗laklarga 
nisbatan butun bo‗lgan qism boshqa butun yoki tur tarkibiga kirib bo‗lak 
yoki jins bo‗lishi mumkin. Masalan, olma bir necha navlarning 
umumlashmasi sifatida navlarga nisbatan tur, har qaysi nav esa jins 
bo‗lib kelsa, daraxtga nisbatan olma jins rolini o‗ynaydi. Sistemaning 
beshinchi jihati substansionalligidir. Ya‘ni substansiya va uni bevosita 
kuzatishda 
tazohirlar 
orqali 
voqelanishi, 
umumiylik-xususiylik, 
mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasining o‗zida namoyon 
qilishidir. Shunday qilib, bir-birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq 
unsurlarning o‗zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik 
sistema sanaladi. Bu jihatdan fan ham sistemadir. Chunki u ham ichki 
bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega. Shu bilan fanni tashkil etgan har bir 
uzv o‗zaro shartlangan munosabatda. Bir fan turining mavjud bo‗lishi 
ikkinchi fanning bo‗lishini taqozo etadi. Masalan, geometriya arifmetika 
bilan uzviy aloqada. Geometriya va arifmetikasiz astronomiyaning 
bo‗lishi mumkin emas va h.k. Fan sistema (butunlik) sifatida ichki 
bo‗linish xususiyatiga, ya‘ni ichki tuzilishga ega. Uning ichki tuzilishi 
pog‗onalidir. Fan avvalo, yo‗nalishlarga, yo‗nalish tarmoqlarga, 
tarmoqlar yana kichik ixtisosliklarga bo‗linadi. Bu bo‗linishning har biri 
6
Nurmonov A., Usmonova H., Boboxonova D. Tilni system sifatida o‗rganish. – Namangan, 2011.–Б.9. 


14 
bir pog‗onani hosil qilib, keyingi bo‗linishlar uchun kichik sistema 
vazifasini o‗taydi. Masalan, fan, avvalo, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar 
fanlar, texnika fanlari kabi yo‗nalishlarga bo‗linadi. Tabiiy fanlar fanlar 
sistemasida o‗zaro munosabatda bo‗lgan bir necha bo‗laklarning bittasi 
sifatida sistema elementi sanalsa, keyingi bosqichida, tabiiy fanlarning 
o‗zi fizika, matematika, kimyo, biologiya, mexanika, texnika kabi fan 
tarmoqlarni o‗z ichiga olib, bu fanlar uchun sistema rolini o‗taydi. Fizika 
va matematika ham yana ichki bo‗linishga ega. Masalan, matematika: 
matematik tahlil, geometriya, ehtimollar nazariyasi, algebra va sonlar 
nazariyasi kabi ixtisosliklarga bo‗linadi. Har bir bo‗linishda bo‗linuvchi 
sistema bo‗lsa, bo‗linma uning a‘zosi vazifasini bajaradi. Sistema 
tarkibidagi har bir a‘zo shu sistema doirasida o‗zaro shartlangan, bir-
birini taqozo etuvchi munosabatda bo‗ladi. Masalan, matematika 
tarkibiga 
kiruvchi 
barcha 
ixtisosliklar 
o‗zaro ana shunday 
munosabatdadir. Fanlar sistemasida ma‘lum fan tarmog‗i bilan 
munosabatda bo‗lmagan biror bir tarmoq mavjud emas. Bir obyekt 
hozirgi kunda bir necha fanlarning oralig‗ida o‗rganlilishi lozim bo‗ladi.
Demak, ma‘lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to‗laqonli 
muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shu bois, hozirgi kunda barcha fanlarda 
sistemaviy tadqiqotlarga katta e‘tibor berilayotgan va buning natijasida 
jiddiy 
yutuqlarga 
erishayotgan 
bir 
paytda 
fanlarning 
o‗zaro 
munosabatini o‗rganish muhim ahamiyatga ega. Xo‗sh, tilshunoslikning 
fanlar sistemasida tutgan o‗rni qanday? Tilshunoslik fanlar sistemasida 
deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqada. Buning sababi tilshunoslik 
fanining o‗rganilish obyekti bo‗lgan tilning mohiyati bilan bog‗liqdir. 
Avvalo, til kishilar o‗rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy 
xarakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy 
aloqadadir. Masalan, til egasi bo‗lgan xalqning tarixi, madaniyati
ruhiyati va boshqalar. Bu shuni ko‗rsatadiki, o‗zaro munosabatda 
bo‗lgan barcha ijtimoiy hodisalarni o‗rganuvchi ijtimoiy fanlar ham 
o‗zaro munosabatdadir. Xususan, tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya, 
sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan uzviy aloqada. Shu bilan 
birga tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan aloqasi ham uning fanlar 
sistemasida boshqa fanlar bilan aloqasining bir qismini o‗z ichiga oladi. 


15 
Masalan, tilshunoslikning fonetika bo‗limida nutq tovushlarining akustik 
tomoni fizikaning akustika bo‗limi ma‘umotlari asosida o‗rganliladi. 
Nutq tovushlarning paydo bo‗lishida ishtirok etadigan nutq 
organlarining vazifasini fiziologiya materiallarisiz bayon qilish mumkin 
emas. Yoki nutq patalogiyasi muammolari tibbiyot fani bilan uzviy 
aloqada hal qilinadi. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning boshqa lisoniy 
birliklar bilan birikish imkoniyatlari va ushbu imkoniyatning yuzaga 
chiqish masalalari bilan shug‗ullanuvchi valentlik nazariyasining 
vujudga kelishi bevosita kimyo fanining ta‘siri bilan bog‗liqdir. Keyingi 
davrlarda avtomatikaning rivojlanishi tilshunoslik faniga ham o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatdi. Tilshunoslikda lingvistik modellashtirish, avtomatik 
tarjima muammolari paydo bo‗ldi. Ana shunday muammolar 
tilshunoslik fanining matematika, kibernetika kabi fanlar bilan aloqasini 
kuchaytirdi. Bu omillarning barchasi tilshunoslikni fanlar sistemasida 
boshqa fanlar bilan munosabatda o‗rganlishini taqozo etadi. Ana 
shundagina yosh mutaxassis bu fanning fanlar sistemasida tutgan o‗rnini 
to‗g‗ri payqay oladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Fan

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish