O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

1.2. Turizm  turkumi (kategoriyalari) 
 
Turizm  sohasi  –  ko‘pqirrali  hodisa  bo‘lib,  u  ko‘pgina  shakllarda  namoyon 
bo‘ladi  va  ilmiy  adabiyotlarda  uning  juda  ko‘p  ta’riflari  uchraydi.  Ammo  turizm 
konsepsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish 
uchun iloji boricha qo‘yidagi savollarni albatta tahlil etish zarur: 
 
Turizmni  o‘rganish  maqsadida  –  turizm  fenomeni  (hodisa)  tahlili 
birinchi  galda  bu  fenomen  nimalarni  o‘z  ichiga  qamrab  olganligini  aniqlash  talab 
etiladi. 
 
Statistika maqsadlari uchun – turizm fenomenini o‘lchash uchun uni juda 
ham aniqlikda belgilash lozim. 
Turizmni  boshlang‘ich  va  nisbatan  aniqroq  belgilash  Bern  universiteti 
professorlari  Gunziker  va  Krapaf  (Shvesariya)  tomonidan  amalga  oshirildi  va 
keyinroq  turizm  ilmiy  ekspertlari  Xalqaro  assotsiatsiyasi  tomonidan  qabul  qilindi. 
Olimlar  turizmni  hodisa  sifatida  va  sayohat  chog‘ida  vujudga  keladigan  o‘zaro 


                      

munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. Qaysikim, u hali doimiy bo‘lishga 
olib kelgani yo‘q va biror-bir foyda olish bilan bog‘liq emas.  
Vaqt o‘tishi bilan turizmning bu konsepsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda 
ishbirlarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysikim, doimiy 
bo‘lishga  olib  kelmaydi  va  kelgan  mamlakatda  daromad  ko‘rishni  xayoliga 
keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi. 
Ya’ni  turizm  «shaxslarni  ularning  odatdagi  muhitidan  tashqarida  bo‘lgan  chog‘i, 
sayohatga  chiqqan  va  joy  (manzil)ga  yetib  kelgan,  dam  olish  yoki  ish  yuzasidan 
chetda bir yildan ortiq bo‘lmagan davrdagi faoliyatidir» (BTT).  
Ular orasida turizmning besh xil ta’rifini konseptual aniqlanishi zarur: 
 
turizm – odamlarning mo‘ljallangan turistik manzillar sari harakatlanishi 
natijasi va u yerda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to‘xtashidir; 
 
turizmning  turli  shakllari  ikki  bazaviy  elementni  o‘z  ichiga  oladi: 
ko‘zlangan  turistik  manzilga  sayohat  (joyni  almashtirish)  va  mazkur  manzilda 
to‘xtash,  qaysikim,  joylashish  va  ovqatlanish  va  boshqa  ehtiyojlarni  qondirishni 
ko‘zda tutadi; 
 
sayohat  turistning  doimiy  yashash  joyidan  –  mamlakatdan  (hudud, 
yashash joyi) chiqib ketishini bildiradi
 
turistlarning  turli  turistik  manzillar  sari  harakatlari  vaqtinchalik 
hisoblanadi.  Ya’ni  turistlar  doimiy  yashash  joyiga  bir  necha  kun,  hafta  yoki  oydan 
keyin qaytib keladilar; 
 
odamlar turistik joylarga turli maqsadlarda tashrif buyuradilar, qaysikim, 
doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko‘zda tutmaydi. 
Turizm  uning  barcha  shakllarida  rivojlanishi  mavjud  mablag‘  resurslari  va 
individuallarning  bir  vaqtlariga  bog‘liq  faoliyatida  namoyon  bo‘ladi.  Ta’kidlash 
zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo‘yicha sabablardan biri bu – sayr, tomosha 
va  kundalik  tashvishlardan  xoli  bo‘lish  hisoblanadi.  Turizm  sayohatchilarning 
ko‘zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, qaysikim ham mamlakatda, ham undan 
tashqarida  bo‘lishadi.  Ko‘pincha  sayohatchilar  soni  mahalliy  aholi  soni  bilan 
taqqoslanadi,  qaysikim  ular  tashrif  buyuradi  (hatto  son  jihatidan  ulardan  oshadi). 
Turizmning  barcha  shakllari  qaysidir  sayohat  turini  o‘z  ichiga  oladi,  lekin 
sayohatning hamma turi ham turizm bo‘lavermaydi. BTT tavsiyalariga ko‘ra, turistlar 
hammasi  tashrif  buyuruvchilar  sifatida  belgilanadi.  Shu  tarzda  barcha  sayohatchilar 
tashrif  buyuruvchilar  (turistik  statistikaga  qo‘shiladi)  ga  va  boshqa  sayohatchilar 
(turistik statistikaga qo‘shilmaydi) ga bo‘linadi. 
Turizmning  vaqtinchalik  harakteri  uni  migratsiyadan  farqlaydi.  Migratsiya  – 
aholining  harakati  va  yashash  joyini  o‘zgartirishidir.  Turizm  esa  sayohatning  qisqa 
muddatligi  va  aholining  ko‘zlangan  manzilga  mavsumiy  va  vaqtinchalik 
harakatlanishi bo‘lib, ularni talablarini qondiradi. 
Turizm ta’rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi 
tasnif  (klassifikatsiya)ni  kiritishni  taklif  qildi:  ichki,  kirish  va  chiqish  turizmi. 
Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat 
chegaralarini  kesib  o‘tishi  hisoblanadi.  Buning  ustiga  mazkur  tasnif 
(klassifikatsiya)larni  mamlakatlar  uchun  ham,  har  bir  aniq  mintaqa,  manzil  uchun 
ham qo‘llash mumkin.  


                      
10 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish