O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet79/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Deratizasiya yo’li bilan qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’ladigan kemiruvchi hayvonlar (kalamush, sichqon, yumronqoziq, qo’shoyoq va boshqalar) yo’qotiladi.
Zararsizlantirish chora-chadbirlari (dezaktivasiya, degazasiya, dezinfeksiya) faqat odamlar borishi mumkin bo’lgan ob’ektlarda amalga oshiriladi. Qolgan territoriyalar o’z-o’zidan zararsizlanadi: radioaktiv moddalar o’z-o’zidan parchalanadi va radiasiya darajasi pasayadi; zaharlovchi moddalar bo’linadi; quyosh nuri ta’sirida mikroblar nobud bo’ladi va x.k.
Radioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar, bakteriologik vositalar bilan zaharlanganda qo’llaniladigan zararsizlantirish usullari va ishlatiladigan vositalar.
Dezaktivasiya ikki xil: mexanik va fizik- kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Ob’ektlarning ustki qismidagi radiaktiv changni surish, qoqish, suv oqimi bilan yuvish, ho’llangan latta bilan artish dezaktivasiya qilishning mexanik usuli hisoblanadi. Fizik- kimyoviy usul kuchli yuvish xususiyatiga ega bo’lgan dezaktivasiya qiluvchi eritmalardan foydalanishga asoslangan. Shunday moddalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: juda maydalangan oq yoki to’q sariq rangdagi (sulfanal tipidagi) SF-2 yoki CHF-2U poroshogi, u suvda yaxshi eriydi. 0,15 va 0,3 li eritmasi ishlatiladi. Quyuq yopishqoq suyuqlik yoki och jigar rang pasta xolidagi OP-7 yoki OP-10 yuvuvchi moddalar (emulgatorlar). Ular suvda yaxshi eriydi, 0,3% li eritmasi ishlatiladi. Har xil yuvuvchi vositalardan "Don", "Era", "Lotos", "Ekstra", "Novost", "Progress" va boshqalar sovun-soda eritmalaridan foydalanish mumkin. Zararlangan predmetlar uchiga cho’tka o’rnatilgan bradsboyt purkagichlar yordamida, gidropult, avtomaks, kul purkagichi, maxsus mashinalar, cho’tka bilan yuviladi yoki shu eritmalar shimdirilgan latta bilan artib tozalanadi. Kiyim va boshqa yengil narsalar qoqib, cho’tka yoki chang surgich (pilesos) bilan tozalab dezaktivasiya qilinadi. Metall, yogoch, shisha, rezina predmetlar suv bilan yoki dezaktivasiya qiluvchi eritmalar yordamida yuvish yo’li bilan dezaktivasiya qilinadi. Asfaltlangan ko’chalar, xovlilar mashinada va qo’lda supurish so’ngra suv sepuvchi mashinada va shlang bilan yuvib dezaktivasiyalanadi. Tuproqli erlarni dezaktivasiya qilish yerning ustki qatlamini 5 -7 sm chuqurlikda buldozer, greyder yoki belkurak bilan yurish, chopiq qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Qishda qor (6-10 sm) qo’lda yoki qor tozalovchi mashinada olib tashlanadi. Binoning tashqi qismi shlangda suv bilan yuviladi yoki supuriladi, Avtomobillar suv bilang dezaktivasiyalovchi eritma bilan yuviladi, yog’li joylar benzin bilan artiladi. RM bilan zararlangan oziq-ovqat va suv, agar ulardan foydalanish ko’zda tutilsa, juda yaxshilab dezaktivasiya qilinadi, Agar oziq-ovqat germetik idishda saqlangan bo’lsa, idish suv bilan yoki dezaktivasiyalovchi eritma bilan dezaktivasiya qilinadi. Ustki qismini (zararlangan qismini) olib tashlash yoki suv bilan yuvib tashlash orqali dezaktivasiya qilinadi. Suvni dezaktivasiya qilish, tindirish yoki maxsus filtrlovchi yordamida filtrlash orqali amalga oshiriladi. Dezaktivasiya qilingandan so’ng radiaktiv moddalar yo’l qo’yish mumkin bo’lgan darajagacha yo’qotilganiga ishonch hosil qilish uchun, albatta dozimetrik nazorat o’tkaziladi.
Degazasiya.
Turg’un ZM (V-gazlar, zamon- zarin, iprit va boshqalar) bilan zararlangan har xil ob’ektlar kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanik usullarda degazasiya qilinadi. Kimyoviy usulda degazasiya qilinganda zararlangan ob’ekt degazasiyalovchi moddalar eritmasi bilan tozalanadi, bunda u zaharlovchi modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ZM ximiyaviy neytrallanadi. Degazasiyaning fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish, bug’lantirish, faollashtirish ko’mir bilan adsorbsiya qilish (masalan, suvni filtrlash), zararlangan yumshoq narsalarni 2% li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat.
Yozgi issiq kunlarda degazasiya qilinishi kerak bo’lgan har xil predmetlardagi ZM shamolda ko’tarilib ketishi va bug’lanishi uchun ularni arqonlarga osish kerak. Degazasiyaning mexanik usuli tuproq, oziq-ovqat va em -xashakning zararlangan qismini olib tashlashdan iborat bo’ladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish