O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent ahborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali telekomunikatsiya Texnologiyalari Fakulteti Telekomunikatsiya Injineringi Kafedrasi “Telekamunikatsiya” yo’nalishi


Issiqlik sig‘imining jarayonga bog‘liqligi



Download 232,1 Kb.
bet14/15
Sana13.08.2021
Hajmi232,1 Kb.
#146728
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9-Mavzu Termodinamik Hodisalar(1)

Issiqlik sig‘imining jarayonga bog‘liqligi


Issiqlik keltirish jarayonning tavsifiga qarab jismning temperaturasini 1S ga ko‘tarish uchun shu jismga keltirish zarur bo‘lgan issiqlik miqdori turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ham biz issiqlik sig‘imi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, ayni moddaga issiqlik qanday jarayon vositasida keltirish haqida aytib o‘tishimiz lozim.

Boshqacha qilib aytganda, (37) nisbatdagi q kattalik faqat temperaturalar intervaliga emas, balki issiqlik keltirish jarayonining turiga ham bog‘liq. Amalda izobarik (p=const) va izoxorik (v=const) jarayonlarning issiqlik sig‘imlaridan eng ko‘p foydalaniladi. Bu issiqlik sig‘imlari izobarik va izoxorik issiqlik sig‘imlari deb atalib, tegishlicha cp va cv orqali belgilanadi.

Shu bilan birgalikda cv – massaviy izoxorik issiqlik sig‘imi; c1v -hajmiy izoxorik issiqlik sig‘imi; cv – molyar izoxorik issiqlik sig‘imi; cp – massaviy izobarik issiqlik sig‘imi; - hajmiy izobarik issiqlik sig‘imi va cp – molyar izobarik issiqlik sig‘imlari bir-biridan farqlanadi.

Gaz o‘zgarmas bosim yoki o‘zgarmas hajmda turishiga qarab, uning temperaturasini 1 ga isitish uchun turli miqdordagi issiqlik zarur.

Izobarik issiqlik sig‘imi izoxorik issiqlik sig‘imidan har doim katta bo‘ladi, chunki 1 kg gazni 1 ga p=const sharoitida isitilganda, energiyani bir qismi kengayish uchun sarflanadi.

R. Mayer cP va cv orasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, qo‘yidagi tenglamani keltirib chiqardi:

cp–cv=R (45)

Yuqoridagi tenglamani ikkala qismini molekulyar massa () ga ko‘paytirsak quyidagi natijani olamiz:

cp –cv=R=8314 J/(kmolK) (46)

yoki


cp –cv=8314 J/(kmolK) (47)

Demak, barcha gazlar uchun molyar izobar va izoxor issiqlik sig‘imlari orasidagi ayirma o‘zgarmas kattalik bo‘lib, uning qiymati 8314 J/(kmolK) yoki 2 kkal/(kmolK) ga teng.

Real gazlar uchun cp–cv=R, chunki p=const bo‘lgan izobarik jarayonda tizim faqat tashqi kuchlarga qarshi ish bajaribgina qolmasdan, molekulalar aro mavjud bo‘lgan o‘zaro tortishish kuchlariga qarshi ham ish bajaradi. Demak, p=const va v=const bo‘lgan termodinamik jarayonlarda real gaz ish bajarishi va uning ichki energiyasini orttirish uchun ideal gazga nisbatan unga ko‘proq issiqlik miqdori sarflanar ekan. Statistik fizika usullaridan foydalanib, ko‘pchilik moddalarning issiqlik sig‘imlarini nazariy usul bilan hisoblash mumkin. Buning uchun molekulaning bitta erkinlik darjasiga to‘g‘ri keladigan k T energiyasidan foydalaniladi va bir, ikki va ko‘p atomli gazning bir mol miqdoriga mos keluvchi issiqlik sig‘imlari topiladi.

2-jadvalda ideal gazlarning issiqlik sig‘imlari keltirilgan.

Termodinamikada o‘zgarmas bosim va hajmdagi issiqlik sig‘imlari o‘rtasidagi nisbatdan keng foydalaniladi. Bu nisbat k harfi bilan belgilanadi.

Mayer tenglamasidan:

cv=R/(k–1); cp=kR/( k–1) (49)

Agar c=const deb hisoblasak 2-jadvaldan bir atomli gazlar uchun k=1,67; ikki atomli gazlar uchun k=1,4; uch va ko‘p atomli gazlar uchun k=1,29 ga teng bo‘ladi. 1 kg ideal gazni t1 temperaturadan t2 temperaturagacha isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:



Ideal gazlarning issiqlik sig‘imlari

2 jadval

Gazlar

cv

cp

cv

cp

kJ/(kmolgrad)

kkal/(kmolgrad)

Bir atomli

12,56

20,93

3

5

Ikki atomli

20,93

29,31

5

7

Uch va ko‘p atomli

29,31

37,68

7

9

1-50–formuladan cp va cv jarayonlar uchun quyidagi ifodani keltirib chiqarish mumkin:

qv=cvm2t2–cvm1t1 (51)

va

qP= cpm2t2–cpm1t1 (52)



Gazlar aralashmasining issiqlik sig‘imi quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:

Aralashmaning massaviy issiqlik sig‘imi:



Aralashmaning hajmiy issiqlik sig‘imi:



Aralashmaning molyar issiqlik sig‘imi:





Download 232,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish