Ilmiy termin (tushuncha)
Lotincha status – ahvol, narsalar holati;
Ilk bor termin “siyosiy holat” (davlatning ahvoli) ma`nosida ishlatilgan.
4 ma`noviy talqin ishlatilmoqda:
- Fan, ommaviy xodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini o'rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon bo'ladigan qonuniyatlarini miqdoriy nisbatlar orqali ifodalash – universitet va institutlardagi o'quv predmeti;
- Miqdoriy ma`lumotlar yig'indisi, ommaviy xodisa va jarayonlarni xarakterlovchi statistik ma`lumotlar, ma’lumotnomalar, statistik to'plamlar, internetdagi statistik nashrlar;
- Amaliy faoliyat sohasi («statistik hisob»), jamiyat hayotidagi ommaviy miqdoriy ma`lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va chop etish jarayoni. Bu jarayon davlat statistika qo'mitasi va uning bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi (www.stat.uz);
- Parametr, tasodifiy ko'rsatkichlar qatori, u alohida algoritm asosida olib borilgan statistik kuzatish natijasida olinadi. Asosan matemetik statistikada ayrim gipotezalarni tasdiqlashda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |