O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Download 216 Kb.
bet3/6
Sana30.12.2021
Hajmi216 Kb.
#192346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Mahmudjonov S.

Ushbu amaliyotning maqsadi: o’quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amalda joriy etishni o’rganish va amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.

Ushbu amaliyotning vazifalari: Davlat xizmatlari Agentligi, xususan, Davlat xizmatlari markazi faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash va tashkiliy tuzilishini o’rganishdan iborat.

Insoniyat yaralibdiki uning ehtiyojlari mavjud bo’lib, bu ehtiyojlar qondirilganligi sayin takomillashib yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Bu ehtiyojlar zanjirini qondirish uchun esa nafaqat insonning o’zi, balki shu inson yashayotgan jamiyat va davlat ma’lum bir hissa qo’shadi.



Mamlakatimizda soʻnggi yillarda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchillik bilan takomillashtirish aholi hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatda davlat organlarining mazkur sohadagi faoliyati sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda maqbul shart-sharoitlar va qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan,) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi 2017-yil 1-fevraldan Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarining tumanlar (shaharlar Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim qadam bo‘lib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada ushbu markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi. Har bir tuman va shaharlarda Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi va 2019-yil davomida ular tomonidan 13 mln.ga yaqin xizmatlar koʻrsatildi, 2021-yil fevral oyiga kelib, ular tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar 25 mln.ni tashkil etdi. Bundan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’rsatkishi pandemiya davomida ham deyarli saqlanib qoldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari soni 203 taga, ularda faoliyat olib boradigan xodimlar soni esa 3727 taga, ayrim hududlarda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni 150 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga o’rtacha 500 dan 2 minggacha odamni tashkil etmoqda.1 Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni doimiy ravishda oʻsib borishi mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishini talab etmoqda. Bu talabni qondirish uchun esa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklangan.2  Aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, ularni ko‘rsatish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirishga bir necha omillar imkon bermaydi. Aynan shu munosabat bilan Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkonini tubdan oshirish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshiruvchi asosiy g‘oyalarni belgilab berdi. Farmon bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishning mutlaqo yangi tashkiliy asoslari joriy etilmoqda, davlat va aholi o‘zaro hamkorligining zamonaviy konsepsiyasiga poydevor qo‘yilmoqda. Aholi bilan o‘zaro bog‘laydigan yagona joy sifatida Davlat xizmatlari markazlari va Xalq qabulxonalari davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, fuqarolarning vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

1. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligining O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni. Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Agentligi Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazining tashkiliy strukturasi

2017-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan. Farmon bilan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilib, Tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilgan. Davlatda aholiga, ularning turmush darajasiga, ularni qiynab keladigan tizimli va tizimsiz muammolar yechimlariga e’tibor berilmas ekan, iqtisodiyotning barqarorligi yoki iqtisodiy o’sishni o’ylashning o’zi ham mantiqsizlik hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligining O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rnini bilish uchun uning oxirgi yildagi faoliyatini ko’rishning o’zi ham yetarlidir.

Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga 2020-yil davomida jami 12 603 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shulardan 5 443 tasi Prezident virtual qabulxonasidan, 7 160 tasi bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan.

 Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga bevosita kelib tushgan murojaatlarning 489 tasi ogʻzaki, 6 263 tasi yozma va 80 tasi veb-sayt orqali, 328 tasi elektron shaklda qabul qilib olingan. Shuningdek, Agentlik va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan Agentlik va hududiy boshqarmalari binolarida 348 nafar, Xalq qabulxonalari va sayyor qabullarda 141 nafar jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari qabul qilingan hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqish choralari koʻrilgan. Kelib tushgan murojaatlarning 5 045 tasi (40,1 foiz) qanoatlantirilgan, 6 696 tasi (53,1 foiz) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan, 280 tasi (2,2 foiz) taalluqliligi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan, 215 tasi (1,7 foiz) koʻrmasdan qoldirilgan yoki rad etilgan, shuningdek 367 tasi (2,9 foizi) oʻrganish jarayonida. Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga 2020-yilda kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, murojaatlarning aksariyati bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish masalalarida, FHDYO organlarida dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki tiklash, subsidiyalar ajratilishi, farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa hamda dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash hamda kadastr va qurilish sohasidagi davlat xizmatlari boʻyicha kelib tushganligi aniqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirishdagi murakkab tartib-taomillardan voz kechgan holda yagona davlat xizmatlarini ko’rsatish, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining mavjud emasligi sharoitida, hamda ularda idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi sharoitida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining darajasini yuqorilashtirish, qog‘oz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga olib kelishini oldini olish, va umuman iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash kabi masalalarni Davlat xizmatlari Agentligi, xususan Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida yaqqol ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Davlat xizmatlari markazlarida ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari xalqimizning davlat islohotlari, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishiga ishonchini yanada ortishiga sabab boʻlmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Jamiyatda bunday ishonch muhiti shakllanishi har qanday sharoitda aholining iqtisodiy faolligi va isteʼmol talabi yuqori boʻlishiga xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida Davlat xizmatlari agentligining Respublikamiz iqtisodiyotidagi o’rnini yaqqol belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga asosan Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

-Agentlikning markaziy apparati;

-hududiy boshqarmalar;

-Davlat xizmatlari markazlari;

-FHDYO organlari;

Demak, davlat xizmatlari markazlari fuqorolarga davlat xizmatlarini ko’rsatsa, bu ko’rsatiladigan xizmatlar hududiy boshqarmalar tomonidan nazorat qilinadi, hududiy boshqarmalarning faoliyati Agentlik markaziy apparati tomonidan tartibga solinadi. Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Agentligi Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazining tashkiliy strukturasiga asosan markazni direktor boshqaradi. Direktordan keyin turuvchi shaxs bo’lim boshlig’i hisoblanadi, va undan keyin fuqarolarga davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi 4 ta bo’lim mavjud bular hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish boʻlimi, Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi, telefon xizmati koʻrsatish sho’basi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shoʻbasi.






Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish