O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


XXI asr boshida mamlakatning ichki va tashqi siyosatida yuzaga kelgan asosiy muammolar



Download 2,62 Mb.
bet73/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

XXI asr boshida mamlakatning ichki va tashqi siyosatida yuzaga kelgan asosiy muammolar

Yangi koalitsion hukumatning bosh vaziri lavozimini Ona Vatan partiyasi rahbari M.Yilmaz, bosh vazir o‘rinbosari lavozimini esa B. Ejeviy egalladi. 1998-yil fevral oyida Konstitutsion sud Farog’at partiyasining yopilishi haqida qaror qabil qildi. Bu “dinga asoslangan tuzum”ga chaqirgan Erboqon va tarafdorlarining siyosiy faoliyat huquqidan mahrum qilinganligini anglatar edi. So‘ngra esa Farog’at partiyasi o‘rniga tez orada Erboqonning ilgarigi izdoshi Rejai Kutan boshchiligidagi Fazilat partiyasi tuzildi. Partiya rahbari partiyaning ma’naviy boshqaruvi Erboqonning qo‘lida qolganligini aytdi.

Harbiylarning keyinchalik davom etgan hukumatga tazyiqlaridan so‘ng, dunyo OAVdagi ko‘plab sharhlarda 28-fevral qarorlari “bajarilmayotgani” va shariat tarafdorlari o‘zlarining partiyalari, vaqf, maktablar, xoldinglarini tuzib saqlab qolayotganliklari va demokratiyaga asoslangan respublikani barbod qilishga qodir ekanliklarini yozdilar. Masalan, Yakub Kepenek siyosiy islom yanada kengayib borayotgani va o‘z ichida yengil ko‘rinishlardan boshlab juda qattiq shakllargacha, ochiq arab tilidagidan yopiq turk millatparastligigacha parchalangani haqida yozgan. “U aslida jamiyat oldida yangi istiqbollarni, kompleks iqtisodiyotni, XXI asr ijtimoiy, siyosiy va madaniy dasturni ochishga qodir emas”. Shu bilan birga, Kepenekning ta’kidlashicha, “siyosiy islom kundan kun jamiyat ustidan boshqaruvni o‘z qo‘liga olmoqda. Hukumat amaldorlarining ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlashi ostida davlat strukturalari shariat kadrlari qo‘liga o‘tmoqda… Bu hamma yerda sodir bo‘lmoqda – ta’limdan mudofaagacha, sog‘liqni saqlashdan vali va kaymakam lavozimlarigacha. So‘nggi paytlarda bir narsa yanada oydinlashmoqda – Turkiyada ma’naviy hayot kundan-kun islomiy tarafga qarab og’ib bormoqda”.

Fazilat partiyasi Erboqon bilan aloqalarni uzmadi. Uni o‘zining ma’naviy yo‘lboshchisi deb hisoblashda davom etdi. Hukumat Fazilatning kadrlarini sud kuzatuviga olish tadbirlarini ko‘rib, 1998-yilning sentyabri oxirida yangi partiyaning eng faol ishtirokchisi Farog’at partiyasining sobiq a’zosi Rajab Tayyip Erdog’onning 1994-yilda esa Istanbul shahar munitsipalitetini qo‘lga olib 10 oyga qamoq jazosiga hukm qilinishiga erishdi. Aybnomada u 1997-yil 6-dekabrdagi chiqishida JKning 312-moddasida ko‘rsatilgan aholini dushmanlik va nafratga chaqirmaslik bandini buzganligi aytilgan edi.

1999-yil parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, Fazilat islomiy partiyasi majlisda uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Qo‘lga kiritilgan ovozlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Ejevitning So‘l Demokratik Partiyasi (22,1%), ikkinchi o‘rin A.Turkeshning izdoshi Davlat Baxcheli boshchiligidagi MHP (17,9%), uchinchi o‘rin – Fazilat partiyasi (15,4%), to‘rtinchi o‘rin Ona Vatan partiyasi (13,2%), beshinchi o‘rin esa TYP (12%) ga tegdi. Fazilat partiyasining ushbu saylovlarda muvaffaqtiyatni qo‘ldan boy berishining sabablari, islomchilarning fikricha, sobiq Farog’at partiyasining qolgan rahbarlari e’tiqod qiluvchilarning ishonchidan ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun emas, o‘zlarining moliyaviy qudratini mustahkamlash uchun foydalanganlar. Ba’zi tariqatlar va uyushmalar o‘zlarining quyi strukturalaridan ajralib qolishdan qo‘rqa boshladilar. Bu rahbarlar, jumladan Erboqon va Kutan, partiya rahbariyatiga Erdog’onni kiritishdan bosh tortdilar, bu esa ularning hukmronlikni o‘zlarida saqlab qolish istaklarini ko’rsatar edi.

Fazilat partiyasi XX asr oxirida mamlakatda islomni qonuniy tarzda targ‘ib qiluvchi so‘nggi partiya bo‘ldi: 2001-yil iyunda Konstitutsion sud qaroriga ko‘ra u ham boshqa partiyalar yopilgani sababli yopib qo’yilldi. Shundan so‘ng uning tarafdorlari kirib kelgan XXI asrda yangi hayot boshlashga qaror qildilar. Ular allaqachon parlamentda o‘zlarini “an’ana va yangilik tarafdorlari” kabi ikki partiyaviy guruhga ajratdilar. Fazilat partiyasi taqiqlangandan so‘ng, ikkala guruh ham o‘z mistaqil islomiy partiyasini tuzib rasmiyalshdi. Birinchi guruh Saodat partiyasini tuzdi. Bu partiya rahbari Rejai Kutan Erboqonni qattiq hurmat qilgan. U esa partiyani faol qo‘llab-quvvatlagan. Ikkinchi, “yangilanish tarafdorlari” o‘zlarini yengil islom tarafdorlari deb e’lon qildilar va Adolat va Taraqqiyot (“Adalet va Kalkınma”) partiyasini tuzdilar va rahbar sifatida R.T.Erdog’anni sayladilar. O‘sha paytdan boshlab Erboqon va uning kamchilikni tashkil etayotgan tarafdorlari, jumladan, R.Kutan ijro hokimiyatiga kira olmadi.

XX asr oxirida Fatxulloh Gulen boshchiligidagi nurchilar faollik ko‘rsata boshladi. Bir yarim yillik prokuror tergovidan so‘ng Genshtab boshlig‘i general Qivriqo‘g‘lining 2000-yil 30-avgustda F. Gulenni oxir-oqibat sudda javobgarlikka tortish haqidagi so‘rovi shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ertasi kuni davlat xavfsizligi sudi prokurori N.M.Yuksel sudga F.Gulenga nisbatan 79 betli aybnomani taqdim etdi. Biroq, sud sirtqi xarakterga ega edi, chunki ayblanuvchi bir yarim yil davomida AQShda davolanayotgan edi.

Aybnomada ta’kidlanishicha, Fatxulloh Gulen “O‘ziga tegishli bo‘lgan maktablar, internatlar va kurslarda ta’lim olgan kadrlar yordamida Otaturk prinsiplarini inkor qilishga va dunyoviy respublikaga barham berib, shariatga tayanuvchi jamiyat qurishga intilgan”. Ayniqsa, Gulen guruhining Harbiy kuchlar tarkibiga “so‘zsiz va chuqur kirib borishi” kuzatilgan. Ayblovlarda video kassetalar, maktablarning O‘rta Osiyodagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar, Maltepadagi harbiy litsey, davlat muassasalari, jumladan, ta’lim va xavfsizlik organlariga kirib borishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xorijda maktablar tuzishdan maqsad – o’sha mamlakat uchun ma’muriy kadrlarni tayyorlash, kelajakda ularning bu paytgacha islom mamlakatiga aylanuvchi Turkiyaga xayrixohligini ta’minlash edi. Ayblovning xulosa qismida dunyoviy rejimni islomiy rejim bilan almashtirishni maqsad qiluvchi tashkilotni tuzish bo‘yicha faoliyat uchun, terrorizmga qarshi kurash haqidagi Qonunning 7-moddasi birinchi bo‘limiga binoan, F.Gulen 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Fatxulloh Gulen ishi bo‘yicha birinchi sud ishi 2000-yil 16-oktyabrda Anqara davlat xavfsizligi sudida AQShda yashovchi javobgar shaxs ishtirokisiz o‘tkazilgan. AQSh va Turkiya o‘rtasida imzolangan huquqiy aktlarga ko‘ra, Amerika tomonidan saylangan prokuror 6-noyabrda F.Gulenni so‘roq qilgan.

1999-yil 18-aprel saylovlari natijalarida esa islomiy kuchlar tomonidan 1997-yilda keltirilgan chuqur siyosiy inqiroz, u bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan jamiyatdagi kuchli qarshilik, Farog’at partiyasi va tariqatlarning mamlakatda dunyoviy tuzumni yo‘q qilishga urinishlarini tasdiqlovchi salbiy faktlarning e’lon qilinishi yaqqol ko‘zga tashlanayotgan edi. Bir turk jurnalida aytilganidek, “Bizning jamiyatimizga tahdid soluvchi siyosiy beqarorlik yaxshilik olib kelmadi, jamiyat ulardan charchadi”. Farog’at partiyasidan keyin sahnaga chiqqan Fazilat partiyasi 15,4% ovoz olib, 3-bo‘ldi va majlisda o‘zining ustunligini yo‘qotdi. Saylovlardan so‘ng Harbiy Genshtab rahbari X.Qivriqo‘g‘li 1997-yil 28-fevralda boshlangan jarayonning hali tugamaganligini ta’kidladi.

O‘sha paytda muhim qarorlar qonun darajasiga chiqmadi. 1999-yil 28-aprelda o‘zlarining yetakchilari bilan Demokratik So‘l Partiyasi, Milliatchi Harakat Partiyasi (MHP) va Ona Vatan partiyalari ishtirokida Turkiyaning 58-hukumati tuzildi. 1999-yil saylovlarida Ejevit (22,1 %)ning Demokratik So‘l Partiyasidan keyin ikkinchi partiya bo’lgan MHP o‘zini jamiyatda ommalashishi va milliy meros panturonizm doktrinasi borasida qayg‘urar edi. A. Turkeshning vafotidan keyin partiyani Anqara Iqtisod va savdo Akademiyasi bitiruvchisi, G’ozi Universiteti iqtisodiyot fanlari doktori Davlat Bahchali (1948 yilda tug‘ilgan) partiya boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Ejevitning uch partiyadan iborat koalitsion hukumatida Ejevit o‘rinbosar va davlat vaziri lavozimlarini egalladi. Hukumatda uning safdoshlari muhim bo‘lgan beshta vazir lavozimi, mudofaa vaziri, jamoat ishlari, sog‘liqni saqlash, transport va telekommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo vazirliklariga ega chiqdi. Diniy jamoalarga yon bosgan holda ular uchun bir qator shaharlarda "mafkuraviy" ta’lim olayotgan talabalar uchun yotoqxonalar ochildi va "men-turkman, men-musulmonman" deganlarning barchasi qabul qilinar edi. Keyingi chiqishlarda MHP ning parlamentar guruhi o‘rinbosari Omer Ezgining bayonotini misol qilish mumkin. Uning fikriga ko’ra, agar Yevropa Ittifoqi Turkiyaga nisbatan bo‘lgan talablari sababli mamlakatning ikkiga bo‘linib, hududiy yaxlitlikka xavf solinsa, Turkiya bu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi imkonsiz deb baholandi. Ona Vatan Partiyasi raisi va bosh vazir o‘rinbosari M.Yilmazning mamlakat janubiy-sharqiy hududi (kurdlar muammosi) muammolarini hal etishda Yevropa Ittifoqi moliyaviy yordami shartlari to‘g‘risidagi MHPning hukumat a’zolari tomonidan tanqidga uchradi. "Agar Yevropa Ittifoqi bizga nima qilish kerak, nima qilmaslik kerakligini o‘rgatadigan bo‘lsa, biz ularsiz ham eplaymiz" ­- deb Omer Ezgi Yevropa Ittifoqi talablariga MHP sira ham rozi bo‘lmasligini aytdi.

U Ojalan va uning safdoshlariga nisbatan o‘lim jazosini bekor qilish haqidagi Yevropa Ittifoqi talabiga norozilik bildirdi. Agar bu shartlar bajarilsa, Yevropa Ittifoqi bizni qabul qilmay qo‘ya qolsin. Yevropa Ittifoqi mamlakat hududiy yaxlitligiga daxl qilsa, MHP unga qo‘l cho‘zmaydi. Hukumatda o‘z partiyasini tamsil qilayotgan partiya liderlari o‘z partiyasi vakili, 1980-yilda harbiy to‘ntarishlar natijasida sudlangandilar shafqatsiz terrorchi Haluk Kirjining amnistiyasiga erishishga harakat qilishdi. Biroq amnistiyaga erishish sayi-harakatlariga boshqa siyosatchilar qarshilik qilishgani uchun o‘ylagan niyatlatiga erishmadilar.

Yangi hukumatning muhim tadbirlaridan biri xususiylashtirish edi. Yangi hukumatda shu ishlarga mas’ul davlat vaziri Yuksel Yalova o‘zining partiyasi MHPning xususiylashtirish siyosatiga qarshilik qilish maqsadi bo‘lmaganligini ta’kidlab: "Men o‘zimning siyosiy kelajagimni xususiylashtirishni bekor qilish bilan bog‘lamayman. Men uchun Turkiyaning kelajagi siyosatdan ustunroq"­ – degan edi. Vazirning tasdiqlashicha, Xususiylashtirish boshqarmasi portfelida 74 ta sotishga tayyor turgan davlat mulklari aksiyalari mavjud bo‘lib, 2000-yilda sotiladigan mulklardan 74 tadan 25 taga tushirilgan holda 5,3 mlrd. AQSh dollarigacha qiymatni chiqarish kutilmoqda. Davlat sektoridan yog‘ochga ishlov berish, qora metallurgiya, turizm, o‘g‘it ishlab chiqarish, kemasozlik sohalari nazarda tutilgan edi.

"Milliyet" gazetasida 2000-yilda savdolashuv yoki birja orqali sotilishi kerak bo‘lgan mulklar sanab o‘tildi: yopiq savdo orqali Petrol ofisining 51%i, Yarimjadagi Petkim neftkimyo kombinati, Etimesutdafi yog‘ochni qayta ishlash zavodi, yopiq birja savdosi orqali investitsiya kiritish sharti bilan Isdemir metallurgiya kombinati, Qoradengiz mis eritish kombinati yer uchastkalari, "xalq" savdosi (fond birjasi orqali) Tyuprash neftni qayta ishlash zavodi, Turk havo yo‘llari va Istanbul kimyoviy o‘g‘itlar zavodi aksiyalar bloki, SEKA selluloza kombinati mulklari va b.

Yuqorida sanab o‘tilgan obyektlardan shu narsa ma’lumki, xususiylashtirish ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsada, ularning aksari uzoq vaqtgacha davlat qo‘l ostida qolgan. Turkiyaning hukmron elitasi 1980-yillarning ikkinchi yarmidan davlat mulklarini xususiylashtirish orqali bozor munosabatlariga o‘tishning shartlarini bajarishda katta qadamlar tashlagan. Bu borada yutuqlarga erishilganligiga shubha yo‘q. O‘tgan yillar davomida davlatning iqtisod ustidan monopoliyasi va huquqiy ustunligi bekor qilindi.

Xususiy tadbirkorlik tekstil, oziq-ovqat, avtomobilsozlik, elektronika va maishiy texnika, poligrafiya, turizm, qurilish, uncha katta bo‘lmagan moliya tashkilotlari, banklar va turli fondlarni o‘z ichiga olgan edi.

Davlat sektorining iqtisodiyotdagi o‘rnini to‘liq bekor bo‘lganligi haqida gapirishga hali erta edi. 1990-yillar statistik, rivojlanish rejalari va iqtisodiy hisobot ma’lumotlarida davlatning jiddiy iqtisodiyot sohalarida, inflyatsion jarayonlar, davlat mulklari byudjet holati, davlatning sanoat va ijtimoiy infrastrukturadagi roli, qishloq xo‘jaligi va texnologiyalarning rivojlanishidagi ta’sirini alohida ta’kidlash mumkin.

Turli sabablarga ko‘ra, XXI asr boshlarida energetika, temir yo‘llar, havo yo‘llari, dengiz portlari, quvur yo‘llari, aerodromlar, mudofaa kompleksi va aloqa sohalari qisman yoki, to‘liq davlat nazoratida edi. Davlat sezilarli darajada chetdan g‘alla, tamaki, choy, spirt, shakar, agrotexnika, kimyoviy o‘g‘itlar, chorva va qimmat urug‘larni import sifatida sotib olinishini nazorat qilar edi. Turkiya davlat banklari orasida eski banklardan Markaziy bankdan tashqari Qishloq Xo‘jaligi banki va Xalq banki qolgan edi. Davlat qo‘li ostida shahar va qishloq hududlarida kam bo‘lmagan yer hududlari jamlangan edi. Xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohada kichik yutuqlarini sanab o‘tish mumkin, masalan: sog‘liqni saqlash, klinikalar, ta’lim sohasi davlat tomonidan hali ham moliyalashtirilsada, xususiy kollejlar va universitetlar faoliyat olib borardi. Turk statistikasi ma`lumotlariga ko‘ra, davlat davolash majmualari, maktablar va universitetlar to‘laligicha davlat hisobidan ta’minlangan bo‘lib, ular qatoriga ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan markazlardan eng yirigi hisoblangan TUBITAKni keltirish mumkin.

XX asrning oxirgi yillarida 1995-yildagi iqtisodiy o‘sishdan keyin 1999-yilga kelib bir qancha muammolar yuzaga keldi. O‘zining xususiyat ko‘lami va jamiyat hayotiga ta’siri bilan mamlakat tarixida hisob bo‘yicha oltinchi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi bo‘lgan iqtisodiy inqiroz kuzatila boshlandi. Bu yerda davlat sektori qarzi va foizlarining o‘sishi, ichki talabning kamayishi, kapital kiritilishning kamayishi, 1999-yilgi saylovlar arafasida siyosiy beqarorlik, mamlakat g‘arbida yuz bergan zilzila oqibatlari va turizmning qisqarishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

1999-yil sektorlar bo‘yicha pasayish ko‘rsatkichlari quyidagicha edi: qishloq xo‘jaligida - 4,6%, qazib chiqarish va qayta ishlash sanoatida - 5%ga, xizmatlar sohasida (qurilish, savdo va kommunikatsiya) - 5,1%. Umuman olganda, YaIM 1999-yilda 6,4%ga tushib ketdi. Iste’mol kamaydi, investitsiya hajmi qisqardi, tashqi talab tushdi. Davlat sektorida ichki talab hajmi 4,1%ga, xususiy sektorda 19,6%ga kamaydi. Sanoat quvvatlaridan foydalanish 1998-yilda 76,5%ga, 1999-yilda 72,3%ga tushdi. Bu ko‘rsatkich xususiy sektorda 69,7%ni tashkil etdi.

1999-yildagi saylovlardan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan koalitsion hukumat inqirozdan chiqish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi, lekin Turkiyaning o‘zida va G‘arbda ham sezilarli muvaffaqiyatga erishilmaganligi tan olindi. XVF tomonidan taklif qilingan 2000-2002 yillarda barqarorlashuv dasturini amalga oshirish uchun "kamarlarni tortish" siyosati boshlatildi. 2001-yilning Turkiya uchun qiyin kelishi OAVda ko‘p yozildi. Ichki qarzlar 40 mlrd, tashqi qarzlar 120 mlrdni tashkil qilayotgan edi. Turkiya 10,045 mlrd.lik tashqi qarzni uzdi. 2001-yil yangi hukumatning ishga kirishishi oldidan bosh vazir bir matbuot konferensiyasida mamlakatning noyabr va dekabr oylarida murakkab iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazganligi, yangi hukumatning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy adolat ekanligi ta’kidladi. XVFning shoshilinch 10 mlrd AQSh dollaridan iborat moliyaviy yordami bekor qilindi. Hukumat yangi samarali yordam mablag‘larini qidirib byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida xususiylashtirishni tezlashtirishdi.

Istanbul Savdo palatasi 2001-yil iqtisodiyotning real sektorida bank inqirozi narxlarning oshishiga olib kelishini bashorat qildi. Iqtisodiy bashorat mualliflaridan birining fikricha, valyuta tushumini oshirish, bandlikni ta`minlash va daromadlarni oshirish uchun turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqish kerak edi. Muallifning tavsiya qilishicha, Rossiya va Xitoy, hatto Iroq, Eron va Suriyaga eksportni amalga oshirishni kengaytirish kerak edi. "Turkiya yaqin qo‘shnilari bilan savdo aloqalarini o‘rnatib bo‘lmaydi deb hisoblashni bas qilish kerak. Ayni vaziyatda ham Turkiya tovar va xizmatlarni eksportini Iroq, Eron va Rossiyaga qisqa muddatda 15 mlrd. AQSh dollarigacha chiqarishi mumkin edi.

Inqirozning ilk ko‘rinishlari 2001-yil boshlarida ko‘zga tashlana boshladi. Turk matbuoti shunday sharoitda Turkiya qiyinchilik bilan erishilgan mintaqa yetakchiligini saqlab qola oladimi degan masalani ko‘tardi. "Milliyet" gazetasi tahlilchisi yil boshida "Nega biz dumga osilib qoldik?" degan so‘rovi orqali asosiy sabablar qilib siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanglik va korrupsiyaga ishora qilddi. "Agar fikrlashimizni o‘zgartirmasak, Turkiya Yaqin Sharqdagi ikkinchi darajali mamlakatga aylanadi" deya ta’kidladi. So‘nggi 50 yillik iqtisodiy o‘sish dinamikasini baholagan prof. Erdog’an Alkin turk iqtisodiyoti boshlang‘ich nuqtasi kuchsiz boshlanishini hisobga olinmasa, yillik o‘rtacha 5% lik o‘sishga erishganligini sezilarli ijobiy baholash mumkinligini ta’kidladi. Shu sababli ta`lim tizimini to‘liq o‘zgartirish, texnologiyalarni rivojlanishida ortda qolib ketmaslik, davlatning iqtisodiyot ustidan nazorati imkoniyatini cheklash kerakligiga urg’u berildi.

Tahlilchi Metin Munir "Aktyuel" jurnalida "Turkiyada inqiroz odatiy holat” deya qayd etadi. U 2000-yildan boshlab XVF bilan iqtisodiy barqarorlashtirishning uch yillik (2000-2002-yy.) dasturiga ko‘ra, inflyatsiya darajasini tushirishga kelishilgan edi. Biroq, dastur ijrosi bajarilishi bilan Turk lirasining kursi erkin qo‘yib yuborildi. Devolvatsiya yuz berishi natijasida 2000-yillarda inflyatsiya taxmin qilinganidek 25%ga emas, 35%lik darajasigacha chiqdi. Inqiroz ijtimoiy qatlamni to‘liq qoplab, Turkiyada anchadan beri kuzatilmagan qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishlari yuz berishiga sabab bo‘ldi. Hukumatga qarshi ommaviy ko‘p sonli norozilik chiqishlari Istanbulda, Bursada mayda savdogarlar chiqishi bo‘lib o‘tdi.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish