O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti Mustaqil ishi



Download 22,3 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi22,3 Kb.
#460155
Bog'liq
mustaqil ish SQB


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya instituti
Moliya fakulteti

Mustaqil ishi

Mavzu: “O’zbеkiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki.



Bajardi: MM-50-2-guruh 3-kurs
talabasi Rahmonov E
Tekshirdi: Saidov D
Toshkent-2022
To’liq rasmiy nomlanishi: “O’zbеkiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki.
Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: “O’zsanoatqurilishbank” ATB.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Bankning asosiy yirik aktsionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aksionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK.
Bank faoliyatining prеdmеti va maqsadlari:
Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar.
Bank faoliyatining predmeti bo‘lib, pul mablag‘lari, valyuta qimmatliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar hisoblanadi.
Pul funktsiyalarining bank xizmatlari ko‘rinishida maksimal darajada samarali amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Bank foyda olishni asosiy maqsad kilib olgan tijorat tashkiloti bo'lib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank universal bank bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi Bankning yuqori boshqaruv organidir
Bank har yili aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini) o’tkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi moliya yili tugaganidan keyin 6 (olti) oydan kechiktirmay o’tkaziladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida Bank Kengashini va Bank taftish komissiyasini a'zolarini saylash to’g’risidagi, Bank Boshqaruv Raisi va a'zolari bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar ko’rib chiqiladi. 
Yig’ilishini o’tkazish sanasi va tartibi, yig’ilish o’tkazilishi haqida bank aksiyadorlariga xabar berish tartibi, Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning ro’yxati Bank Kengashi tomonidan belgilanadi.
Bankning ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo’lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) Bankning moliya yili tugaganidan keyin 1 martdan kechiktirmay, Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda Bank Kengashi va Taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko’rsatishga haqli.
Umumiy yig’ilish kun tartibiga qo’yilayotgan masala uni qo’yish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turi ko’rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi. Bank Kengashi va Taftish komissiyasiga nomzodlar ko’rsatish, shu jumladan o’zining nomzodini ko’rsatish to’g’risida taklif kiritilganda, nomzodning ismi, basharti nomzod Bank aksiyadori bo’lsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni ko’rsatayotgan aksiyadorlarning nomi (ismi), ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko’rsatiladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishidan boshqa o’tkaziladigan umumiy yig’ilishlar navbatdan tashqari yig’ilish hisoblanadi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig’ilishi Bank Kengashining qarori bilan uning o’z tashabbusiga binoan, Taftish komissiyasi talabiga ko’ra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada Bankning ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 5 (besh) foiziga ega bo’lgan aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan o’tkaziladi
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi
Bank Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoki Bankning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash
Bankni qayta tashkil etish
Bankni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash
Bank Kengashining son tarkibini belgilash, ularning a'zolarini saylash va a'zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
e'lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash
Bankning ustav kapitalini ko’paytirish yoki kamaytirish
Bankning o’z aksiyalarini olish
Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash
Bankning Taftish komissiyasining a'zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek Taftish komissiyasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash
Bankning yillik hisobotlarini tasdiqlash
Bankning foyda va zararlarini taqsimlash
Bank Kengashining va Taftish komissiyasining o’z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan Bankni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan Bank Kengashining hisobotlarini va Taftish komissiyasining xulosalarini eshitish
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash
Bank aksiyalarini maydalash va yiriklashtirish
qonun hujjatlarida ko’rsatilgan hollarda yirik bitimlar tuzish haqida qarorlar qabul qilish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Bankning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish haqida qarorlar qabul qilish
qonun hujjatlari va Bank Ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Bank Boshqaruvi hal qilish uchun berilishi mumkin emas. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Bank Kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:
Bankning ustav kapitalini ko’paytirish, shuningdek Bank Ustaviga ustav kapitalini ko’paytirish bilan bog’liq o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
Aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog’ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash
Bank tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish
Qimmatli qog’ozlarning hosilalarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish
Bankning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish
Bank Boshqaruvi (ijroiya organi)ni tuzish, Bank Boshqaruvi Raisini tayinlash, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Bank Boshqaruvi organiga to’lanadigan haq va kompensasiyalar miqdorlarini belgilash
Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlash

Bankning aksiyalari


Bank aksiyalari egasining nomi yozilgan hujjatsiz emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi, o’z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda aksiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar Bank ustav kapitalining 20 (yigirma) foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda, qoida tariqasida jismoniy shaxslar o’rtasida joylashtiriladi.
Bank aksiyasining nominal qiymati 19 (o‘n to‘qqiz) so’mni tashkil qiladi.
Bankning ustav kapitali (joylashtirilgan aksiyalar soni) 4.634.513.904.398 (to‘rt trillion olti yuz o‘ttiz to‘rt milliard besh yuz o‘n uch million to‘qqiz yuz to‘rt ming uch yuz to‘qson sakkiz) so‘mni tashkil qiladi va u quyidagi aksiyalarga bo‘lingan:
- umum iy qiymati 4.627.483.904.398 (to‘rt trillion olti yuz yigirma yetti milliard to‘rt yuz sakson uch million to‘qqiz yuz to‘rt ming uch yuz to‘qson sakkiz) so‘m bo‘lgan 243.551.784.442 (ikki yuz qirq uch milliard besh yuz ellik bir million yetti yuz sakson to‘rt ming to‘rt yuz qirq ikki) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar;
- umumiy qiymati 7.030.000.000 (yetti milliard o‘ttiz million) so‘m bo‘lgan 370.000.000 (uch yuz yetmish million) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar.”
Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.
Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.


Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.

Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.


Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.
Download 22,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish