O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

3. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy
davlatlardagi ko’rinishi 
Butun dunyo miqyosida sug’urta xizmatlarining xalqaro savdosini 
rivojlanishi bilan turli mamlakatlarda sug’urta faoliyatini nazorat qilishni bir 
qolipga solingan. 1994-yilda tashkil qilingan “Sug’urta nazorati organlari xalqaro 
assostiastiya” si doirasida sug’urta xizmatlari savdosini nazorat qilishning xalqaro 
standartlari ishlab chiqila boshlandi, bu standartlarda har bir mamlakatning milliy 
siyosatidan kelib chiqqan holda sug’urta bozorini nazorat qilishda ma’muriy yoki 
iqtisodiy metodlardan qay birini qo’llash mumkin ekanligini tanlash maqsad qilib 
olingan. 
Nazorat va boshqaruv funksiyalarini o’zida mujassam etgan ijro 
hokimiyatining organi maqomiga ega bo’lgan davlat sug’urta nazorati organlari 
sug’urta faoliyatini boshqarishda asosiy o’rinni egallaydi. Turli mamlakatlarda 
sug’urta nazorati organi turli vazirliklar yoki idoralar qoshida ochilgan bo’lishiga 
qaramasdan mustaqil ravishda harakat qilishi va qarorlar qabul qilishi darajasida 
bo’ladi.
Ko’pgina mamlakatlarda sug’urta nazorati organi to’liq mustaqildir. AQSh 
da – har bir shtatda alohida sug’urta muomalalari nazorati komissarlari faoliyat 
yuritadi, Germaniyada – sug’urta faoliyati nazorati Federal moliya idorasi 
tomonidan, Fransiyada sug’urta faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv sug’urta 
nazorati Komissiyasi tomonidan, Shvetsiyada – sug’urta inspektorligi tomonidan, 
Buyuk Britaniyada esa – bu funksiyalar savdo va sanoat Departamentiga 
yuklatilgan, Kanadada – sug’urta faoliyati nazorati Moliya vazirligi qoshidagi 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, Rossiyada esa – davlat sug’urta nazorati 
Moliya bozorlari bo’yicha federal xizmati organi tomonidan olib boriladi.
Yuqorida aytilganlardan bir nechta mamlakatlar sug’urta nazorati 
orgnalarining faoliyatiga to’xtalamiz. 
AQShda sug’urta sohasi har bir federal shtatning o’z nazorati ostida olib 
boriladi. Butun mamlakat miqyosida faoliyat yuritmoqchi bo’lgan kompaniya o’z 
faoliyatini 50 ta shtatning federal qonunlari, Kolumbiya umumdavlat okrugi va 
Puerto-Riko qonunlariga mos holga keltirishi zarur. Shundan kelib chiqadiki 
Sug’urta kompaniyasi 50 ta federal hokimiyatdan, Kolumbiya okrugi va Puerto-
Riko hokimiyatlaridan, ya’ni umumiy hisobda 52 ta ruxsatnoma olishi kerak 
bo’ladi.
143
143
Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая 


626 
Hozirgi vaqtda Senat va Vakillar Palatasi komiteti tomonidan doimiy 
izlanishlar olib boriladi va sug’urtani davlat nazorati muammolari, savollari 
bo’yicha yig’ilishlar o’tkazilib turiladi.
Federal shtat hududida Ichki daromadlar federal xizmati- IDFX (Internal 
Revenue Service) sug’urta kompaniyasining tashkiliy-huquqiy shakli
investistion faoliyat yo’nalishi va tizimi, soliq siyosati orqali sug’urta 
kompaniyalarining sug’urta zahiralari miqdoriga ta’sir qilib turadi, sug’urta 
xizmatlarining narxi va hayot sug’urtasi shartnomalarini ishlab chiqilishi ustidan 
nazorat va kuzatuv olib boradi.
Sug’urta sohasini boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana bir muhim organ 
Depozitlar sug’urtasi federal korporastiyasi – DSFK
 
(Federal Deposit Insurance 
Corporation) hisoblanadi. Bu korporastiyaning vazifasi turli kredit institutlarini 
sug’urtasini olib borilishi ustidan nazorat qilish va mamlakatning moliyaviy 
bozorini barqarorligini qo’llab quvvatlashdan iborat. Aynan DSFK birinchi 
navbatda sug’urta nazorati bilan shug’ullanadi.
Fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya – FBQQK
 s
ug’urta 
xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qiladi, shu jumladan 
hayot sug’urtasi va rentani qamrab oladi. Davlat kapitali ishtirok etgan sug’urta 
kompaniyalarini nazorat qilish ham shu Komissiyaga yuklatilgan. Davlat kapitali 
ishtirok etgan kompaniyalar Komissiyaga moliyaviy hisobotlarini va ishchi-
xodimlar haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan hujjatlar to’plamini topshiradi. 
Shu bilan bir qatorda Komissiya qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq noqonuniy 
operatsiyalar, firibgarliklarga qarshi kurashishga javobgardir.
Federal hokimiyatning boshqa organlari ham sug’urta faoliyatini 
boshqarishda qatnashadi. Masalan, Savdo departamenti, AQSh Savdo 
vakolatxonalari davlat departamenti harakatlarining natijasi bo’lib Amerika 
sug’urta kompaniyalari Shimoliy Amerika Erkin Savdo Zonasi doirasida Kanada 
va Meksika bozorlariga kirish huquqini qo’lga kiritishdi.
Federal zahira tizimi
 
– FZT (Federal Reserve System), Prezident tomonidan 
tayinlanadigan Valuta nazoratchisi (Controller of the Currency), Sug’urta 
qonunshunoslarining milliy konferenstiyasi 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish