O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH
“Moliya” fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng 
asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o’tgan asrning 50-
yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga xos moliya to’g’risidagi 
tasavvurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga 
oshirilishi “Moliya” fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta ko’rib 
chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq 
topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda 
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni yetarli darajada inobatga olmagan holda 
mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur o’quv uslubiy majmuada 
moliyaning nazariy masalalariga oid barcha prinsipial o’zgarishlarni
o’quvchilarning e’tiboriga yetkazishga harakat qilingan. 
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solish quroli bo‘lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib 
bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli 
moliyaviy munosabatlarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim 
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun fanning o‘rni oliy malakali kadrlarni 
tayyorlashda ahamiyatlidir. “Moliya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va 
baholash mezonlari oldindan berilib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar doirasida 
fanga oid boshlang‘ich nazariy bilim berish, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish 
davomida maxsus modellar, usullar va uslubiyatlarni tavsiflovchi masalalar
tahliliy va ko‘rgazmali materiallar qo‘llanishiga hamda yangi pedagogik va 
informatsion texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazishga alohida e’tibor 
qaratish zarur. 
 
Ushbu o’quv uslubiy majmua 10 qismdan iborat bo’lib, 1-qism ma’ruza 
mashg’ulotlari materiallaridan tashkil topgan. Ma’ruza mashg’ulotlari 2 modulda 
berilgan bo’lib, 1-modul “Moliya: Nazariy asoslar” deb nomlanib 13 ta mavzuni, 
2-modul “Moliya: Amaliy jihatlar” 17 ta mavzuni o’z ichiga olgan. Modullardagi 
mavzular to’liq yortilgan. Shuningdek, 2-qism amaliyot mashg’ulot 
materiallaridan tashkil topgan bo’lub, u turli nazorat savollari, keyslar va 



masalalarni o’z ichiga oladi. O’quv uslubiy majmuada tarqatma materiallar, 
testlar, yakuniy va oraliq nazorat savollaridan namunalar, talabalarning mustaqil 
ta’limni olib borish bo’yicha qo’llanma, glossariy hamda faning fan dasturi va 
ishchi o’quv dasturi aks ettirilgan.
“Moliya” fani bo’yicha ishlab chiqilgan ushbu o’quv uslubiy majmua orqali 
talabalar moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish, ulardan samarali 
foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimini amal qilish qonuniyatlarini 
chuqur o‘rganishlari mumkin. Ushbu o’quv uslubiy majmua bo’yicha 
o’qitiladigan mavzular bo‘lg‘usi mutaxasislarning kasbi qanday bo‘lishidan 
qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining maoliyaviy natijalarini bilishi, moliyaning 
mohiyatini tushunib yetishi, “Moliya” fanining sir asrorlarini idrok etishiga 
yordam beradi. O’quv uslubiy majmuada asosida talabalar mavzularni mustaqil 
o‘rganib, pandemiya sharoitida qo‘shimcha bilim olishlarini hisobga olib bir qator 
nazariy masalalar kengroq berilgan.
“Moliya” fani mamlakat moliya tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilish 
va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni 
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish 
jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan 
qurollantiradi. 
“Moliya” fani tegishli ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy va ixtisoslik 
fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, ushbu fan tegishli ta’lim 
yo‘nalishlarining 2, 3 kursida o‘qitilishi rejalashtirilgan va mazkur o’quv-uslubiy 
majmua professor-o’qiyuvchilar hamda talabalarni o’quv yili davomida samarali 
faoliyat yuritishiga yordam beradi.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish