O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi


Milliy va jahon valyuta tizimining asosiy elementlari



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana25.06.2021
Hajmi0,87 Mb.
#101178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari

Milliy va jahon valyuta tizimining asosiy elementlari 

Milliy valyuta tizimi 

Jahon valyuta tizimi 

Milliy valyuta tizimi  

Milliy valyutani konvertirlanish shartlari 

Milliy valyuta pariteti 

Milliy valyuta kursining tartibi 

Valyutaviy chegaraning va nazoratning bor 

yukligi 

Mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini 

tartibga solish 

Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan 

foydalanishni tartibga solish 

Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini 

tartibga keltirish 

Milliy valyuta bozori va oltin bozorining 

tartibi 

Mamlakatni valyuta munosabatlarini 

boshqaruvchi va tartibga soluvchi 

Xalqaro valyuta hisob -kitob birliklari 

valyuta zahirasi 

Valyutalarni o’zaro korvertirlanish shartlari 

Valyuta paritetini birxillashtirish tartibi 

Valyuta kursining  tartibini 

reflamentatsiyasi 

Valyutaviy chegaralarning davlatlararo 

tartibga solish 

Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo 

tartibga solish 

Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan 

foydalanish qoidalarini yaxlitlashtirish 

Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy 

shakllarini yaxlitlashtirish 

Jahon valyuta bozori va oltin bozorining 

tartibi 

Davlatlararo valyutaviy tartibga solishni 

amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar 

 



1945 yilda maxsus xalqaro moliyaviy muassasalar –Xalqaro valyuta fondi (XVF) va 

Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning 

ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi: jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta 

munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. 

Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) 

Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni 

uyg‘unlashtiruvchi qo‘mitasi  (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish 

davriga to‘g‘ri keladi. 

Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko`pyoqlama shartnoma va aktlar, jahon 

valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. 

Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to`lovlarni, 

tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-

kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat 

taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni 

yaratishdan iborat. 

Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga 

ko`chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi 

cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir 

mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o`tishi” mumkin. 

Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga 

ega va jahon xo`jaligining global maqsadlarini ko`zlasada, u milliy pul va hududiy 

valyuta tizimlari bilan chambarchas bog`langan. 

Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli 

bo`lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan. 

Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy 

operatsiyalar amalga oshiriladi: 

1) Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish; 

2) Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu valyuta 

dilingi deyiladi; 

Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. 

Bir bankdan boshqasiga pul o`tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. 

Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari 

mavjud. 

3) 


Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag`larini 

jalb qilish va joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalari; 




Bu operatsiyalar - o`zaro kreditlash, o`z va jalb qilingan mablag`larni joylashtirish, 

kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog`liq banklararo 

operatsiyalardir. 

4) 


Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli 

shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko`rsatish; 

5) 

Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi 



moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya bozorida 

amalga oshiriladigan operatsiyalar.    Bu    operatsiyalarning    barchasi    investitsiya    

maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik  yoki   xejerlash   (sug`urta)   maqsadlarida   

amalga   oshiriladi.   Banklar  ushbu operatsiyalarni o`z nomidan yoki mijoz 

topshirigiga ko`ra amalga oshiradilar; 

6) 


Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq 

operatsiyalar; 

7) 

Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to`lovi, aliment, 



hadyalar, sayyohlarga xizmat ko`rsatish va h.k.) amalga oshirish. 

Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt 

jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot 

texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi. 

Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o`ziga xos jihatlari quyidagilardan 

iborat: 


 

valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o`zgarishi 



bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi; 

 



bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki 

Germaniyaning birlashuvi   kabi)   tezda  moslashishga   zarurat,   boshqa  tomondan,   

mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o`sishi 

siyosatidan kafolatlovchi ma`lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish. 

Valyutaning importga tasiri, Chet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda 

yalpi taklifning ko‘payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy 

iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni kamaytiradi. Chet 

el valyutalarining so‘mga nisbatan narxi tushganda milliy korxonalar chet el resurslari 

importini ko‘paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga 

xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so‘mga nisbatan 

narxlari oshgan taqdirda,  import resurslari narxlari ko‘tariladi. Natijada bu resurslarning 

importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi 

Chet el valyutalarida qayd qilingan aktivlar va majburiyatlar bozor ayriboshlash 

kursi bo‘yicha milliy pul birligida baholanishi zarur. 

Ayrim sohalardagi inqirozlar  o‘z  ichiga moliyaviy  pul-kredit va valyuta 

sohasidagi inqirozlarni oladi. Pul-kredit sohasidagi inqiroz – mamlakatda pul-kredit 




tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti  tizimi pul taklifi 

qisqaradi. Aktsiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketadi. Valyuta 

inqirozi --  banklarda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi keskin tushib boradi. 

Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o`zgarib, 

rivojlanib turadi. Bu o`zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo`jaligini 

rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va 

bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining 

doimiy o`zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi 

bilan qanchalik mos tushishiga bog`liq. 

Xalqaro valyuta tizimlarining ma`lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, 

xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi 

mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda. 




Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish