218
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma‘lumot darajasi bo‗yicha akademik
darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan
oliy toifali
mutaxassis
.
Maktab pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining aniq miqdori
hukumatning maxsus qarorlari bilan tasdiqlanadigan xalq ta‘limi
muassasalari
pedagog xodimlariga haq to‗lashning tarmoq tarif setkasi asosida o‗rnatiladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o‗rnatilgan
doimiy ustama va
qo„shimchalar
quyidagilardan iborat:
sinfga rahbarlik qilganligi uchun;
daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq ta‘limi xodimlari
mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 2005-
yil 21-dekabr 275-son
Qaroriga muvofiq, mazkur ustamalar miqdori: sinf rahbarligi
uchun – eng kam ish haqining 100 foizi hajmida,
daftar va yozma ishlarni
tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50 foizi hajmida belgilangan edi. Lekin
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2013-yil uchun O‗zbekiston Respublikasi
asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari
to‗g‗risida‖gi PQ-1887-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-son
Qaroriga
bu borada tegishli o‗zgarishlar kiritildi. Ushbu o‗zgarishlarga ko‗ra, umumta‘lim
muassasalari o‗qituvchilariga eng kam ish haqiga nisbatan o‗rnatiladigan quyidagi
qo‗shimchalar belgilanadigan bo‗ldi:
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o‗quvchilar soniga ko‗ra:15 nafargacha bo‗lsa
– 50 foiz;16 dan 20 nafargacha bo‗lsa – 60 foiz;21 dan 25 nafargacha bo‗lsa – 70
foiz;26 dan 30 nafargacha bo‗lsa – 80 foiz;31 va undan yuqori bo‗lsa – 100 foiz;
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz, sinflarda o‗quvchilar
soni 15 nafargacha bo‗lsa – 25 foiz.
Bu to‗lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan byudjet mablag‗lari
hisobidan amalga oshiririladi.
Bundan tashqari, pedagog xodimlar oylik lavozim okladiga (Vazirlar
Mahkamasining 275-son qarori bilan tuzilgan) umumta‘lim muassasalarining o‗rnak
ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasidan to‗lanadigan
ustamalar kiradi. Bu ustamalar xodimlarga:
o‗quvchilar bilan tarbiyaviy va sinfdan tashqari
ishlarni olib borishning
yuksak darajasi uchun – tegishli malaka toifasidagi o‗qituvchining bazaviy tarif
stavkasiga
nisbatan
15 foizgacha
bo‗lgan miqdorda;
kasbiy mahorati va ta‘lim jarayoniga qo‗shgan aniq hissa, yuqori samarador-
lik va o‗qitish sifati uchun – tegishli malaka toifasidagi o‗qituvchining bazaviy tarif
stavkasiga nisbatan
25 foizgacha
bo‗lgan miqdorda belgilanadi.
Direktor jamg‗armasi hisobidan to‗lanadigan har oylik ustamalar va boshqa
rag‗batlantirish turlarini tayinlash hamda ustama va mukofotlar hajmini belgilash
tartibi, rag‗batlantirish va mukofotlash uchun xodimlar
faoliyatini baholash mezon-
lari, o‗rnatilgan ustamalarning amal qilish muddatlari, jamg‗arma hisobidan amalga
oshiriladigan to‗lovlarni soliqqa tortish tartibi va Direktor jamg‗armasining amal
qilish shart-sharoitlarini belgilab beruvchi boshqa tartib-qoidalar O‗zbekiston
219
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-son
Qarori bilan
tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlan-
tirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizom‖da batafsil aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: