2.2.Jismoniy va psixik rivojlanishning o’zaro mutanosibligi.
Tayanch xarakat tizimidagi kamchiliklarning kelib chikish sabablari.
Harakat-tayanch a’zolari shikastlangan bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktab-internatlar tashkil etilgan. Bu turdagi maktablarda o‘quvchilar 11yil ichida o‘rta maktab dasturini o‘zlashtirib.ma’lum kasb egasi bo‘lib ham chiqadilar.Ushbu maktablarda o‘qituvchi, shifokor, davolovchi jismoniy tarbiya metodisti,logoped,massajistlar va boshqalar hamkorlikda ishlaydilar.
Bolalar serebral falaji: miya to‘qimasining pre va perinatal davrlarida zararlanishi natijasida kelib chiquvchi markaziy genezga ega bo‘lgan progressivlashmaydigan harakat buzilishlariga aytiladi. Bunda chaqaloqda va bolalarda mushak tonuslari, harakat koordinatsiyalari sezgi sferasining, nutqning, ruhiyatning anomal buzilishlari etadi. Bu holatlar asosan homila va chaqaloqlarning tashqi ichki hamda genetik faktorlarning zararli ta’sirlari ostida kelib chiqadi. [12.108]
Ko‘p uchraydigan formasi hisoblanadi. Qo‘l va oyoqlarida harakat buzilishlar kuzatiladi. Ko‘pincha oyoqlarda buzilishlar kuzatiladi, qo‘l va oyoqlarning distal qismlarida atetoid harakatlar kuzatiladi. Bolalar o‘z gavdasini kech vaqtda ko‘taradi, yurishlari kechikadi. Psixikasi va nutqi bemorlarda kech chiqadi.
Spastik gemiplegiya formalarida: Bemorni bir tomonlama qo‘l va oyog‘i zararlanadi, qo‘llari ko‘pincha ko‘p miqdorda zararlanadi. Mushak tonuslari qo‘llarda kuchaygan bo‘ladi, qo‘l barcha bugumlaridan qisqargan bo‘ladi. Intellekt kam o‘zgaradi yoki saqlangan bo‘ladi.
Ikki yoqlama gemiplegiya
Qo‘l va oyoqlarida harakatlar susaygan bo‘ladi. Asosan qo‘llarda kuchaygan bo‘ladi, harakat buzilishlar assimetrik tipda.
─ psevdobulbar sindromlar
─ nutqning buzilishlari
─ yutishning buzilishlari
─ o‘tirish va yurishlar buzilgan
─ ruhiy buzilishlar kuzatiladi
─ gavda bilan aylanishlar reflekslar oshgan
─ mikrotsefaliyalar va boshqa anomaliyalar kuzatiladi.
Atonik astonik sindromlar
─ o‘ta rivojlangan mushaklar gipotoniyasi
─ pay refleksi saqlangan yoki oshgan
─ statik buzilishlar
─ bo‘ynini ko‘p vaqt tutib tura olmaydi, yura olmaydi va o‘tira olmaydi
─ muvozanat 2-3 yoshgacha to‘liq bo‘lmaydi.
Giperkinetik formasi
─ striopallidar sistema buzilishlari kuzatiladi,
─ mushak tonuslari o‘zgaruvchan bo‘ladi (gipo-giper),
─ giperkinezlar kuzatiladi (atetoidli, xoreostetoidli, torsion distoniya ko‘rinishida kechadi),
Miyacha formasi koordinatsiya buzilishlari yon tomonlarga og‘ib ketishlar bo‘ladi, spastik paralichlar hamda atonik- astonik sindromi bo‘ladi.
Elka chigalining tug‘ma travmatik jarohatlari:
Elka chigalining tug‘ruq paytida jarohatlanishiga asosan homilaning katta bo‘lishi, homilaning ko‘ndalang kelishi, oyoqlari bilan kelishi, tor chanoq, qo‘lining chiqib qolishlari va boshqalar misol bo‘ladi.
I. Erba Dyushenn yuqorigi falaji: Bu falajda asosan qo‘lning proksimal qismi jarohatlanadi va deltasimon, ikki boshli mushak, elka va elka bilak mushaklari falajlanadi. Qo‘l tirsak bo‘gimi va elka bo‘gimidan bukilmaydi, qo‘lini yuqoriga ko‘tara olmaydi, panja va qo‘l barmoqlarida harakatlar saqlangan bo‘ladi. Korporadial holida ikki boshli mushak reflekslari susayadi. Elkaning tashqi cheti bo‘ylab sezgi buzilishlari bo‘ladi asosan anesteziya va gipesteziya.
II. Dejerin Klyumpke pastki falaji: Bu holatda tirsak, o‘rta nerv hamda nerv bilak va elka terini innervatsiya qiladigan nervlar jarohatlanadi. Qo‘l panjasi mayda mushaklari parezi kuzatiladi, barmoqlarini bukuvchi mushaklarda qo‘lning ichki yuzasi bo‘ylab, barmoqlargacha gipesteziya, anesteziya belgilari kuzatiladi. Bu holatlarga simpatik tolalar serebrospinal markazga intiluvchi simpatik tolalar zararlansa (C8 -Th1) sindrom Gornera- Bernara kelib chiqadi.
Elka chigalini total zararlanishi: Elka kamari va shu tomondagi qo‘lning periferik falaji bo‘ladi. O‘ziga xos og‘riqlar, sezgi buzilishlar kuzatiladi. Og‘riqlar asosan bo‘yinga, elkaga, ko‘krak qafasiga tarqaladiadi. Og‘riqli nuqtalar, o‘mrov ustida, ostida, kurak atrofida tirsak sohasida va bukilmasida bo‘ladi.
YUz nervining tug‘ma jarohati:
YUz nervining falaji asosan tug‘ruq paytida chaqaloqning yuzini ona chanogida chiqish joyda tikilib ezilishi, yoki instrumental yo‘llar bilan chaqaloq olinayotganda yuz nervining zararlanishi va boshqalar.
Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko‘p holatlarda qator qo‘shimcha hodisalar bilan birga davom etadi. Bularga qo‘yidagilar kiradi:
1. Serebral-endokrin infatilizm. Bunda asosan ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi. Natijada bolalarda his-tuyg‘ular yaxshi rivojlanmay nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi yaxshi bo‘lmaydi, dispepsiya holatlariga moyillik paydo bo‘ladi.
2. Serebrastenik holatlar, bular ham tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, neyrodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasayadi, diqqat sochilib turadigan, tarqoq bo‘lib qoladi, tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig‘loqilik, o‘g‘il bolalarda haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik kuzzatiladi, bola ish qobiliyati past-, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo‘lib qoladi.
3. Tabiatan nevrozga yaqin holatlar, bular qorong‘udan, yakkalikdan qo‘rqish, o‘zi va atrofdagilar sog‘lig‘i uchun xavsirash, giperkinezlar, duduqlanish, enurez (tunda siyib qo‘yish holati) kabi hodisalar bilan birga ifodalanadi.
4. Psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik—asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Serharakatlik, diqqatning tarqoqligi, tez chalg‘ish unga harakterlidir.
5. Affektiv o‘zgarishlar — kayfu-ruhiyatning aytarli sababsiz aynib turishi, tajovuzkorlik qilishga moyil bo‘lish bilan xarakterlanadi.
6. Psixopatik o‘zgarishlar — aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi,o‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish, o‘g‘irlik qilish (kleptomaniya) ko‘proq yolg‘on gapirish kabi salbiy hislatlarini o‘z ichiga oladi.
7. Epileptik buzilishlar — har xil ko‘rnnishlarda tutqanoq tutib turishi bilan namoyon bo‘ladi.
8. Apatik-adinamik buzilishlar — tashabbuskorlik pasayishi, aqliy faoliyat sustligi, haddan tashqari emotsional bo‘shanglik bilan harakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |