O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 159,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.01.2022
Hajmi159,21 Kb.
#419170
1   2   3   4   5
Bog'liq
tasviriy sanat darslarida kurgazmali kurollar tayyorlash

 
 


Kirish 
Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat – fan, texnika 
va texnologiya sohasidagi raqobatga aylandi. Ta’limning globallashuvi sharoitida 
ta’lim sohasi bilan jamiyatning rivojlanib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlari o‘rtasida 
farq yuzaga kelganligi kuzatilmoqda. Shuning uchun ham butun dunyoda malakali 
mutaxassis kadrlar tayyorlashga, buning uchun esa o‘quv jarayonini samarali 
tashkil etishga diqqat – e’tibor qaratilmokda. 
«O‘quv – uslubiy adabiyotlar yangi avlodini yaratish, yangi pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash va amaliyotga joriy etish, bir tomondan, davlat va jamoat 
muassasalari, ta’lim idoralari hodimlaridan; ikkinchi tomondan pedagog olimlar, 
ilg‘or o‘qituvchilar, amaliyotchilar tomonidan, katta ishlarni bajarishni, ta’lim – 
tarbiya, pedagogik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar o‘tkazish, 
yangi pedagogik texnologiyalar loyihalarini ishlab chikish va ilmiy tajribada 
sinovdan o‘tkazish, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. 
(Malla Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. «Nasaf» nashriyoti,
2000 yil, 4 bet). 
Shuni ta’kidlash lozimki, kadrlar tayyorlashni yangilash vazifalarini mavjud 
o‘qitish usullarini pedagogik texnologiya asosida qayta tashkil etish, darsda, 
darsdan tashqarida o‘quv tarbiyaviy ishlarni bajarishga kirishgandayoq pedagogik 
jarayonning natijasini kafolatlaydigan qilib loyihalash va amalga oshirish yo‘li 
bilangina bajarish mumkin. 
Mazkur vazifalar pedagogik texnologiya nazariyasini yaratish va ta’lim 
jarayonini loyihalashga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
«Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy 
nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish ehtiyoji tug‘ildi, degan savol 
paydo bo‘lishi lozim. Jamiyatimizda qanchadan – qancha bilimli kadrlarni va 
yukori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika usullari mavjudki, ularning 
eskirib, talabga javob bermay qolgan joylarini o‘zgartirib, milliy tus berib, 
foydalanaversa bo‘lmaydimi? degan mulohazalar ham yo‘q emas. O‘zbekistonning 
shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana shu yo‘ldan 


bormokda. Bu yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib, qiska muddat xizmat qilishi 
mumkin. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga 
bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. (B.Ziyomuxammadov, Sh.Abdullayeva. Ilg‘or 
pedagogik texnologiya. Toshkent. 2001 yil, 8 – bet). Chunki: 
birinchidan, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda 
qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, 
aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or 
pedagogik texnologiyadan foydalanish zarurligi; 
ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish 
ko‘rishi tufayli «Axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina 
o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga 
aylanib qolganligi; 
uchinchidan, fan – texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida 
axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga yetkazish uchun 
vaqtning chegaralanganligi; 
to‘rtinchidan, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida 
nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega 
bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi; 
beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or 
bilim berish usuli hisoblangan obyektiv tamoyilidan foydalanishni talab 
qilishidadir. 
Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o‘tilgan beshta sababiy shartlarning 
barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir. 
Shu kundagi ijtimoiy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan 
bir qatorda, ma’rifat va madaniyat sohalariga, shu jumladan ijtimoiy – gumanitar 
bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyani joriy etishni taqozo etmokda. 
Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib 
borishi qiska vaqt ichida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli kadrlar 
tayyorlash imkonini berdi. Fan – texnika taraqqiyoti yaratilgan texnika va 
texnologiyalarni tushunadigan, ularni ishlata oladigan kadrlar tayyorlashni 


obyektiv zarurat qilib qo‘ydi. Mutaxassis kadrlarning qay darajada bilim olishi, 
ko‘nikma mahoratga ega bo‘lishi ta’lim muassasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini 
ko‘p jihatdan qanday tashkil etilishiga bog‘liq. 
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan – 
kunga ortib bormokda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta’lim – tarbiyada 
umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmokda. Bunday kamchiliklardan chiqib 
ketish yo‘llaridan biri ta’lim – tarbiya jarayonini qabul kilingan davlat standartlari 
asosida texnologiyalashtirishdir. 
Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni 
o‘rganib, xalkimizning milliy pedagogikaning shu kundagi holatidan kelib chiqqan 
holda respublikamizning milliy pedagogik texnologiyasini yaratish maqsadga 
muvofiqdir. 
Texnologiya deganda o‘qituvchi (pedagog) ning o‘qitish vositalari yordamida 
o‘quvchi (talaba) larga yaratilgan sharoitlarga ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida 
ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni 
samarali tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Yoki 
bunday hodisani pedagogik texnologiya desa bo‘ladi. 
Pedagogik texnologiya ijtimoiy zaruriyat bo‘lganligidan dastavval AQShda 70 
– yillarda falsafaning bixiviorizm oqimi zaminida yuzaga kelib, boshqa rivojlangan 
mamlakatlarga tez tarqalib ketdi. (B.Ziyomuxamadov. Sh.Abdullayeva. Ilg‘or 
pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot. Toshkent. 2001 yil, 10 – bet). 
Istiqloldan keyin O‘zbekistonlik olimlar xorijiy mamlakatlar bilan har 
tomonlama aloqa o‘rnata boshladilar. Natijada bizning ta’lim tizimimizga ham 
ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Oxirgi yillarda pedagogik 
texnologiyani o‘rganish va ta’lim jarayoniga qo‘llash yo‘lida ancha ishlar qilindi. 
Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDXga 
kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab 
bergan rossiyalik olim V.P.Bespalkoning fikricha, «PT – bu o‘qituvchi mahoratiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi 


shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir». (Bespalko.V.P. Slagayemiye 
pedagogicheskiy texnologii. M. Pedagogika. 1989. St – 192). 
Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: «PT – avvaldan rejalashtirilgan natijalarga 
olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir», degan qiskacha 
ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. 
«PT – o‘quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini 
hamda pedagogik jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod 
qiladi», - deydi. (Monaxov.V.M. Aksiomaticheskiy podxod k proyektirovan. ped. 
texnologii. – Pedagogika. 1997, №6. – St.26.). 
M.V.Klarin fikricha, PT – o‘quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda 
oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini 
loyihalashdir». (Klarin.M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom 
protsesse,M. Znaniye. 1989. St – 75). 
I.Y.Larnerning fikriga ko‘ra, PT – o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish 
natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi. 
(Larner.I.Y. Vnimaniye o texnologiya obucheniya// Sov. Pedagogika. 1990. № 3. 
St – 139). 
V.P.Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan Nurali Saydaxmedov va 
Abduraxmon Ochilovlarning fikricha, PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi) ning
o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda
ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs 
sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. (Saydaxmedov.N, Ochilov.A. Yangi 
pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. T. 1999, 7 – 8 betlar). 
O‘zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyalarga 
quyidagicha ta’rif beradi: PT ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, 
pedagogikada ijtimoiy – muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni 
texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga 
solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy 
hodisadir.(Farberman B.L. Ilgor pedagogik texnologiyalar. T. 1999. 4 – bet). 


Bu ta’riflarni uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan solishtirib ko‘rish uchun 
yapon pedagog olimi T.Sakomoto bergan ta’rifni keltiramiz. «PT – deydi 
Sakomoto, - bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha 
qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir» 
(Yuzyavichene P.A. Teoriya i praktika modulnogo obucheniya. Kaunas. 1989. St – 
126). 
Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKOning ta’rifi 
bo‘yicha, «PT – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini 
o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda 
qo‘llashda majmuli yondashuv usulidan foydalanishdir». (Farberman B.M. Ilgor 
pedagogik texnologiyalar. 8 – 9 aprel, ilmiy – nazariy seminar. T. 1999. 3 – bet). 
Pedagogik texnologiya, umuman olganda, reproduktiv dars berishga asoslangan 
bo‘lib, undagi o‘quv jarayoni o‘quvchi (talaba) larga aniq holatlardagi harakatlarni 
egallashga yo‘naltirilgan. 
Pedagogik texnologiyadagi reproduktiv bilim berish jarayonida dars aniq 
bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lagida o‘quvchi (talaba) lar bilishi shart bo‘lgan 
natijalar ko‘rsatiladi. O‘quv materiallar dars maqsadidan kelib chiqib, modullarga 
bo‘lingan bo‘ladi. Har qaysi modulga test savollari tuziladi. O‘quv jarayoni anik 
savollarga aniq javoblar topishga yunaltirilgan bo‘ladi, savollar va javoblar o‘zaro 
uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi natijasida bir butunlikni tashkil qiladi. 
Pedagogik texnologiyada reproduktiv usul qatorida izlanuvchi – tadqiqot va 
boshqa usullar ham ishlatiladi. 
Mustaqil O‘zbekistonning erkin fuqarolarini shakllantirishda xalk xo‘jaligi 
uchun zarur bo‘lgan ma’lum bilim hajmiga ega mutaxassis hamda turli 
muammolarga duch kelganda, mustaqil izlanib, ularni hal kilib ketadigan tadbirkor 
kishilarni tarbiyalashda tipik harakatlarga, reproduktiv va nostandart vaziyatlardan 
yo‘l topib, chiqib ketishga o‘rgatuvchi tadqiqot usullari mos tushadi. Bizga zarur 
bo‘lgan uslub ushbu ikki an’anaviy usullar qotishmasidan hosil bo‘lib, 
texnologiyalashtirilgan 
integrativ 
uslubdir. 
Uni 
pedagogik 
texnologiya 
deyilmokda. 


O‘quv jarayoni texnologiyasi alohida olingan bitta darsga, bitta mavzuga yoki 
o‘quv predmetining bir qismiga va butun o‘quv predmetiga tuzib chiqilishi 
mumkin. 
Pedagogik texnologiyani yaratish tamoyillarining birinchisi – muayyan dars, 
mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish;
ikkinchisi – umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini 
modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal 
kilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish; uchinchisi – modul ichida 
yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini tuzib chikish;
to‘rtinchisi – maqsadlar aniq bo‘lib, test savollari tuzilgandan keyin, maqsadlarga 
yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish. 
Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv paytida, avval aytib o‘tganimizdek, 
tizimli yondashuv tamoyiliga binoan dars qismlari orasidagi zaruriy bogliqliklarga 
va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu pedagogik texnologiyaning 
beshinchi tamoyili hisoblanadi. Shu nuktai nazardan har qanday pedagogik faoliyat 
davomida pedagogik texnologiya tamoyillari markaziy o‘rinda turishi kerak. 
Shundagina pedagogik faoliyat zamonga mos bo‘lib, jamiyat ijtimoiy buyurtmasini 
sharaf bilan bajarishi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan ta’riflar pedagogik texnologiya usulining mazmunini 
anglash va aniqlash jarayoni hali poyoniga yetmaganligidan dalolat beradi. 
(M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Karshi, «Nasaf» nashriyoti, 2000 yil, 
11 – bet). Bu masalaga oydinlik kiritish uchun, avvalo, pedagogik texnologiya 
usulining muhim belgilarini aniqlash talab etiladi. Pedagogik adabiyotlarni 
o‘rganish va tahlil etish pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari, belgilari 
qatorida quyidagilarni ko‘rsatishga imkon berdi: 
Ta’lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o‘quvchilar bilan qayta ishlab 
chiqish; 
Tizimli yondashuv asosida talabaning o‘qish – bilish faoliyatini tasvirlaydigan 
ta’lim jarayoni loyihasini tuzish; 


Ta’lim maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va o‘quvchining bilim o‘zlashtirish 
sifatini adolatli baholash; 
Ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro 
ta’sirda bo‘lishi; 
Ta’lim shakllarini optimallashtirish (qulaylashtirish); 
Ta’lim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining o‘zaro ta’sirini hisobga 
olish; 
Ta’lim maqsadlarini ko‘zlagan etalon asosida o‘quvchilarning kuzatiladigan, 
o‘lchanadigan harakatlari shaklida juda oydinlashtirish; 
Talabaning faolligiga tayanib o‘qitish; 
Bilim o‘zlashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlab, tuzatib borish; 
Shakllantiruvchi va jamlovchi baholar; 
Belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish; 
Ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolatlanganligi; 
Ta’lim samaradorligining yuqoriligi. 
Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta’riflar hamda pedagogik 
texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda 
keltirdik. 
Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondoshuvlar asosida ta’lim 
shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson 
salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim 
maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida 
qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Bunday usul va metodlarni ishlab 
chiqish pedagogik texnologiya nazariyasi va metodikasining vazifasidir. 
Xullas, pedagogik texnologiya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim – tarbiya 
jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui. O‘quv materiallarini tanlash, 
qayta ishlab o‘quvchilarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakli, 
xajmini o‘zlashtirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldordir. Pedagogik 
texnologiya ta’lim – tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar 


asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim – tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini 
ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir. 
Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va 
tasvirlash; o‘quvchi yoki talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni 
oldindan aniqlash; o‘qitishning har bir boskichida ta’limning mazmuni (o‘quv 
rejasi, o‘quv elementlari, ularning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv dasturlari, darsliklari) 
ni belgilash; o‘quv yuklamasi bolaning kuchiga moslik darajasini va talabaning 
o‘zlashtirish tezligini aniqlash; ta’lim – tarbiyaning shakllari va vositalari (o‘quv 
qo‘llanmalari, ta’limning texnik vositalari) ni tayyorlash; o‘quv jarayonining motiv 
komponentini ro‘yobga chiqarish maqsadida predmetning mazmuniga kiritish 
uchun qo‘shimcha ravishda vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash; shaxsda 
shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma’naviy fazilatlarni 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish; ta’limning natijasi 
va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning 
bilim va malakalarini egallash sifatini obyektiv baholash uchun test (nazorat) 
vazifalarini tayyorlash; darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan 
vazifalarni rejalashtirish, mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini 
ishlab chiqish kabilar ham pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi ta’lim – tarbiya amaliyotida 
eng samarali va tejamli o‘quv jarayonlarini shaxsni kasb egasi sifatida 
shakllantiruvchi pedagogik, psixologik qonuniyatlarni aniqlash, shuningdek 
falsafa, sotsiologiya, fiziologiya, matematika, kibernetika, informatika va boshqa 
fanlarning qonuniyatlaridan foydalanish yo‘llarini aniqlashdan iborat. 
Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va 
prinsiplarga asoslanadi: 
ta’lim – tarbiya jarayoni tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi, birligi; 
ta’lim jarayonini optimallashtirish: qulay sharoit yaratib, oz vaqt, kam kuch 
sarflab, yuqori natijaga erishish; 


zamonaviylik: pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni, 
yangi tartib – qoidalarni joriy etish, ta’lim mazmunini uzluksiz yangilab, 
zamonaviylashtirib borish; 
ilmiylik: ta’lim – tarbiyada yangi shakl va vositalar, faol metodlar, didaktik 
materiallarni qo‘llash, uzluksiz izlanish, tadqiqot; 
talaba va o‘qituvchi faoliyatini oqilona uyushtirish: o‘qituvchi ta’lim maqsadini, 
mazmunini puxta bilishi, ta’lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan 
bo‘lishi; o‘quvchining manfaatdorligi, qiziqishi va intiluvchanligi; 
pedagogik jarayonni jadallashtirish: axborot texnologiyasi va texnik vositalardan 
foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va 
keng qo‘llash; 
o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy – texnik bazasi yaratish; 
pedagogik jarayon natijalarini holisona va obyektiv baholash: test usuli, reyting 
tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat qilish, 
baholashni avtomatlashtirish; 
ta’lim – tarbiyaning tabiatga mosligi; 
ta’lim – tarbiyaning jamiyatga moslashuvi va boshqalar. 
Pedagogik tizim – pedagogik texnologiyaning asosi, zamini hisoblanadi. 
Pedagogik tizim – bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy – pedagogik hodisa 
bo‘lib: o‘quvchi (1), ta’lim – tarbiyaning maqsadi (2), mazmuni (3), o‘quv jarayoni 
(4), o‘qituvchi yoki texnik vositalar (5) va ta’lim – tarbiyaning tashkiliy 
shakllaridan (6) tuzildi (Bespalko V.P. Slagayemiye pedagogicheskoy texnologii», 
M. 1989, 6 – 7 betlar). 
Ta’lim – tarbiyaning maqsadi obyektiv xarakterga ega. U har bir jamiyatning 
moddiy – ma’naviy ehtiyojlaridan hosil bo‘ladi, ijtimoiy buyurtma sifatida davlat 
xujjatlarida umumiy tarzda ifodalanadi. Ta’lim – tarbiyaning maqsadi tizim hosil 
qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta’limning 
maqsadiga bog‘liq va uni ruyobga chiqarishga xizmat qiladi. Shaxsni, mutaxassisni 


shakllantirish maqsadi ta’limning mazmuni (o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, 
darsliklar)ni belgilaydi. 
Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta’lim texnologiyasini o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim – tarbiyaning maqsadi va mazmuni – didaktik vazifa; didaktik jarayon, 
o‘qituvchi va texnik vositalar, ta’lim – tarbiya shakllari, usullari – ta’lim 
texnologiyasiga kiradi. Pedagogik amaliyotda didaktiv vazifani ta’lim 
texnologiyasi yordamida o‘quvchi, talaba o‘zlashtirib oladi. 
Pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta’lim – 
tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so‘ngra sinfda, auditoriyada o‘quvchilar 
bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu masalani «didaktiv 
vazifa», «ta’lim texnologiyasi» tushunchalarini qo‘llash bilan hal etish mumkin. 
Ikkinchidan, an’anaviy pedagogikada metodik ishlanmalar o‘qituvchi dars 
o‘tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya – o‘quvchini o‘quv – bilish 
faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini 
ishlab chiqishni taklif etadi. 
Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muhim belgisi – maqsad hosil qilish 
jarayonidir. An’anaviy pedagogikada «pedagogik maqsad» masalasiga 
nazariyachilar ham, amaliyotchilar ham kam e’tibor beradi, maqsad – metodik 
adabiyotlarda ham noanik ifodalanib, unga erishish darajasi ham subyektiv 
baholanadi. 
Pedagogik texnologiyada – pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo 
bo‘lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv 
baholash nazarda tutiladi. 
Nixoyat, to‘rtinchidan, ta’lim – tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni 
jihatidan yaxlitligi – pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va amalga 
oshirishning muhim prinsipi hisoblanadi. Yaxlitlik prinsipi, shuningdek, ta’limning 
har bir turi bo‘yicha bo‘lajak pedagogik tizimning loyihasini ishlab chiqayotganda 
pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o‘quv yili davomida 
ham, shuningdek butun ta’lim davrida ham) o‘zaro ta’sirda bo‘lishiga erishish 
zarur. 


Pedagogik tizimning bir elementi, masalan maqsadi o‘zgarsa uning boshqa 
qismlari (mazmuni, shakllari, jarayonlar) ham o‘zgaradi. 
O‘quv mashg‘ulotini loyihalashtirish. Pedagogik texnologiya usulining o‘ziga 
xos xususiyati shundaki, unda ta’limning rejalashtirilgan maqsadiga erishishni 
kafolatlaydigan o‘quv – bilish (o‘zlashtirish) jarayoni loyihalashtiriladi. 
Maqsadni ko‘zlash, joriy natijalarni tekshirib borish, o‘quv materialini ayrim 
bo‘laklarga ajratish – o‘quv jarayonini tashkil etishning bu belgilari – qayta ishlab 
chiqiladigan (takrorlanadigan) ta’lim sikliga xos xususiyatlardir. 
Boshqacha aytganda, takrorlanadigan ta’lim siklining asosiy qismlari 
quyidagilar: 
ta’lim maqsadlarini umumiy belgilash; 
umumiy maqsadni oydinlashtirib, o‘quv maqsadlariga aylantirish; 
o‘quv amallari majmui; 
ta’lim natijasini baholash. 
O‘quv jarayoni bunday takrorlanadigan shaklga ega bo‘lgani uchun modul 
xarakterini kasb etadi, alohida blok (qism)larga ajratiladi, ular turli mazmunga, 
lekin umumiy tuzilishga ega bo‘ladi. 
O‘QUV JARAYONINING TUZILISHI

Download 159,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish