Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi


II. TO‘GARAKNING FAOLIYAT DOIRASI VA MAQSADLARI



Download 185 Kb.
bet2/6
Sana25.03.2022
Hajmi185 Kb.
#509802
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisob grafik ishi 2-kurs (o\'zb)

II. TO‘GARAKNING FAOLIYAT DOIRASI VA MAQSADLARI

2.1. To‘garakning asosiy maqsadi va faoliyati vodorod energiyasini avtomobil transporti va yo‘llari kompleksidagi sohalar, korxonalar uchun qo`llashni o`rganish va shu yo`sinda zamon talabiga mos, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan, yetuk, barkamol va malakali mutaxassis kadrlar yetishtirish hamda avtotransport kompleksi va boshqa sohalar bilan integrasiyani rivojlantirish, ilm va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va dasturlarni o‘quv jarayoniga joriy etish, ilmiy tadqiqot, loyiha-qidiruv, tajriba konstruktorlik ishlarini olib borish, magistrant va talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bilan birga, ularda tashkilotchik va rahbarlik, ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha faoliyat yurg‘izish.


2.2. To‘garakning faoliyat turlari:
• ta’lim dasturlariga asosan sohadagi zamonaviy talablarni joriy etishda ishtirok etish;
• yoshlarni ma’naviy, jismoniy, intelektual yetuk qilib tarbiyalashda ishlab-chiqarish mehnat jamoalari imkoniyatlarini jalb etish, shu jumladan, sohaning ommaviy-tarbiyaviy va kuzatuv ishlarida ishtirok etish;
• turdosh akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan manfaatli hamkorlik uyushtirish, ularning bitiruvchilarini institutga o‘qishga jalb qilish;
• ilg‘or to‘garak a’zolaridan guruhlarga yetakchi aniqlash, rahbarlik qobiliyatini ochish va rivojlantirish, iqtidorli talabalarni magistraturaga jalb qilish;
• institutlararo iqtidorli talabalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
•magistrant-talabalarni soha korxonalari uchun maqsadli individual tayyorlashda qatnashish;
• zamonaviy energiya turlarini kashf etish va ularni ta’limda, ishlab chiqarishda tadbiq etishda faollik ko‘rsatish;
• to‘garakning axborot-resurs markazini tashkil etish va uni boyitib borish, to‘garakning o‘z saytini yaratish va unda o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritib borish;
• institut va sohalarda amalga oshirilayotgan nazariy, konstruktorlik va eksperimental tadqiqotlarda ishtirok etish;
• ta’lim, ilm va ishlab chiqarish integratsiyasining uzviy bog‘likligini ommaviy targ‘ibot, vedioroliklarini ishlab chiqish;
• atoqli olimlar va soha yetakchi mutaxassislari bilan davra suhbatlarini tashkil etish, shu jumladan birgalikda ilmiy-texnik ishlanmalar, tadqiqotlar olib borish;
• institutning o‘quv-uslubiy (qo‘llanma, kitob, darslik, virtual laboratoriya, elektron darslik) bazasini takomillashtirishda ishtirok etish;
• O‘zbekistondagi va chet eldagi oliy ta’lim va ilmiy-texnik institutlar, markaz va laboratoriyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
• O‘zbekistondagi va chet eldagi grant va fondlarning loyihalarida ishtirok etish;
• to‘garakni yosh mutaxassislar, magistrant-talabalar ijodini rag‘batlantiruvchi tanlovlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomdor stependiyalar, OTM stipendiyalari va boshqalar) haqidagi axborotlar bilan ta’minlash va magistrant, iqtidorli talabalarni ushbu tanlovlarda qatnashishlariga maqsadli tayyorlash;
• dinamik rivojlanayotgan iqtisodiyotimizga yoshlarni munosib tayyorlash, ularda tadbirkorlik, ishbilarmonlik malakalarini shakllantirish va amaliy tashkil etish;
•bilimni kengaytirish uchun seminarlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar, kurslar va boshqa turlarini tashkil qilish;
• ilmiy tadqiqot, loyiha-qidiruv, tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish;
•ilmiy texnik tadqiqotlarni, kashfiyotlarni va zamonaviy texnika-texnologiyalarni o‘quv jarayonida va ishlab chiqarishda tadbiq etishda ishtirok etish;
• fakultet kafedralari professor-o‘qituvchilari, texnik xodimlari va magistrant-talabalari bilan hamkorlikda bajarilayotgan ilmiy, amaliy va xo‘jalik hisobidagi ishlar bo‘yicha maslahatlar tashkil qilish, moliyalangan qisqa muddatli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
•ta’lim olayotgan talabalar va sobiq talabalar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtiruvchi dasturlar ishlab chiqish, ularni yil davomidagi uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil qilish;
•xalq xo‘jaligi sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan sobiq talabalarning tashkilotchilik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik sohalaridagi tashabbuskorlik ishlarini keng targ‘ibot qilish;
• “oliy ta’lim - ishlab chiqarish” integrasiyasini amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish;
• “to’garak”ning a’zolari uchun elektron xizmatlar va ma’lumotlar bankini tashkil etish;

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish