O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maxsus


Fotiyning Leksikon” lug’ati. 5



Download 0,99 Mb.
bet4/49
Sana26.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#410969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Nazariy tilshunoslik

4. Fotiyning Leksikon” lug’ati.

5. Avtori noma’lum bo’lgan “Katta etimologik lug’at”

Grammatika sohasida qilingan ishlar ham bir talaygina. Gretsiyada grammatikaning boshlang’ich etaplari sof amaliy ehtiyojlar tufayli emas, mantiqiy kategoriyalar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Masalan, Platon til yoki nutqni ikki qismga ot va fe’lga bo’lgan.

Aristotel nutqning qismlarini ancha mukammal ajratgan ikkinchi yirik faylasuflardan biri edi. U so’zlarni uch sinfga (aslini olganda, gap bo’laklariga) ajratadi. Bular ot, fe’l, bog’lovchi va yuklama. Otga nimanidir ataydigan so’z, fe’lga nimanidir atabgina qolmay, uning zamonini ham ko’rsatadigan so’z, bog’lovchi va yuklamalarga esa nomlash vazifasini bajarmay, otlar va fe’llar yonida qo’llanadigan so’z deb izoh beradi.

Kelishiklar haqidagi dastlabki fikrni Aristotel ajratgan. Platon va Aristoteldan keyin stoiklar til kategoriyalarini aniqlashga o’z hissalarini qo’shganlar. Ular nutqning bir qismini- fe’l, bog’lovchi, artikl’, atoqli otlar, turdosh otlarni ajratadilar. Ular hamma so’zlarni ham ma’nolidir deyishgan. Ot va fe’lga stoiklar sintaktik kategoriya

deb emas, morfologik kategoriya deb qaraganlar. Kelishiklarni ajratib, har biriga alohida nom berganlar. Beshta kelishikka ajratganlar. 1. Bosh kelishik, 2. Qaratqich kelishigi, 3. Jo’nalish kelishigi, 4. Tushum kelishigi, 5. Chaqirish kelishik.

Qadimgi grek faylasuflari notiqlikka katta ahamiyat berdilar. Notiqlikka hizmat qiladigan stilistikani Anaksemen asos slogan. Qadimgi grek tilshunosligining falsafiy davrida grammatika, fanetika, bir tamondan falsafadan ajratilmagan bo’lsa, ikkinchi tamondan musika bilan ham qo’shilib ketgan edi. Fanetika musikadagi ritmika bilan birga o’qitilgan.

Qadimgi grek tilshunosligining grammatik davri (eramizdan ilgarigi III asrlarda) Iskandariyada yaratilgan filologiya maktabidan boshlanadi. Iskandariya Misr davlatining markazi edi. Iskandar fath qilgan sharq mamlakatlarida grek tili, madaniyati, ilmi va falsafasi hurmat qilingan. Grek madaniyati sharq madaniyati bilan qo’shilib ketgan. Bu aralash madaniyat ellinizm deb atalgan. Bu yerda greklar, misrliklar, makedoniyaliklar va yahudiylar yashaganlar. Iskandariyada olimlar, yozuvchilar, shoirlar va kitoblar ko’p bo’lgan.

Olimlar adabiy tanqidchilikni, qo’lyozma matnlarni teshirish va o’rganish ishlarini keng ko’lamda olib borganlar. Bu ilmiy ishlar “grammatika” nomi ostida umumlashtirgan edi. Shunday ishlar bilan shug’ullangan olimlarning eng mashhuri Aristarx bo’lgan. Iskandariyada grek tilida to’g'ri yozish, to’g'ri va chiroyli so’zlash uchun grek tilining qonun qoidalari ham o’rganilar edi. Shu tariqa eramizdan ilgarigi III-II asrlarda grammatika sohasida Iskandariya maktabi yuzaga keldi. Iskandariya maktabi Aristarx, uning shogirti Frakiyalik Dianisi, Apallani Diskal va uning o’g'li Geradiyan asarlari tufayli yaratildi. Dianisi “Grammatika san’ati” nomli o’quv qo’llammasini yozdi. Afsuski, Iskandariyalik tilshunoslarning asarlari bizgacha to’la holda yetib kelmagan. Iskandatiya tilshunoslaridan ilgari grek fanida grammatika termini emas, tagrammata (ya’ni “harflar”) atamasini qo’llagan. U adabiy matnlarni analiz qiluvchi va tanqid qiluvchi keng “ filologiya” ma’nosini ifodalagan. Tilshunoslarning asarlarida so’z “ nutqning eng kichik qismi” deb, gap esa “tugal fikr ifodalaydigan so’zlar brikmasi” deb tariflanar edi. Iskandariya tilshunoslari morfologiyani, so’z turkumlarini juda

mukammal yoritgan edilar. Masalan, Aristarx sakkizta so’z tukumini ajratdi. Bular ot, fe’l, sifatdosh, artikl yoki ko’rsatgich, olmosh, old ko’makchi, ravish va bog’lovchi. Grek tilining sitemali morfologiyasini birinchi marta Frakiyalik Dianisey yaratdi. Dianiseyning talimotida otlar kelishiklarga va songa ko’ra o’zgaradi. Fe’l kelishiksiz turkum bo’lib, zamon, shaxs va son qabul qiladi deb ko’rsatiladi. Dianisey beshta mayilni- aniqlik, buyuruq, istak, tobeylik va noaniqlik mayillarini; uchta nisbatni- harakat nisbati, o’zlik nisbati va o’rta nisbatlarni; uchta sonni- birlik, juftlik va ko’plik sonlarni, uchta shaxsni –nutqni so’zlovchi, nutq yonaltirilgan shaxs va so’z yuritilgan shaxslarni ajratadi.

Grammarik zamon ma’nosi hozirgi, o’rgan va kelasi zamon turlariga bo’lingan. Dianisiyaning grammatikasida sifatdoshlar fe’l va otlarga hos bo’lgan ba’zi belgilarni birlashtiradigan katigoriya deb izohlangan.

Artikl, uning ko’rsatishicha, turlanuvchi so’z turkimi, u turlangan otgan oldin ham keyin ham kelishi mumkin. Olmosh ot o’rnida qo’llanuvchi so’z bo’lib, ma’lum shaxslarni ko’rsatadi.

Ravish turlanmaydigan so’z turkimidir. U fe’l haqida ma’lumot beradi va fe’lga brikadi.

Bog’lovchi fikrni ma’lum tartibda bog’laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko’rsatadigan so’zdir.

Grek tili sintaksisi Apaloniy Diskol asarlarida o’z ifodasini topdi. Biroq sintaksis morfologiyachalik mukammal ishlanmagan edi. Boshqa antic tilshunoslarga qaraganda Iskandariyaliklar tilning tovush tamonini ancha shuqur analiz qilganlar, biroq umuman olganda, fonetika (yoki “harflar haqida fan”) ancha kuchsiz ishlangan edi. Ular tovushlarni hindlar kabi fiziologik printsipda emas, akustik printsipda tasvirlaganlar. Tovushlarni unli harflar (ya’ni, o’z holisha talaffuz qiladigan va o’zini alohida eshitish mumkin bo’lgan tovushlar) hamda undosh harflar (ya’ni unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar)ga ajratilar edi. Unlilarni chiziq, qisqa va “ikki zamonlilar” (cho’ziq va qisqa harflar sifatida qo’llana oladigan unlilar)ga bo’lishgan. Undoshlarni esa yarim unlilarga, saqov tovushlarga bo’lganlar.

Bo’g'in tuzilish, urg’u masalalari bilan ham iskandariyalik tilshunoslar qiziqqan edilar. Shunday qilib, iskandariyalik tilshunoslar grammatikani falsafadan ajratib berdilar. Qadimgi grek falsafasi va grammatikasidan hozirgi zamon lingvistikasi uchun muhim bo’lgan ikki ta’limot qoldi: birinchidan, tilning elementlari (so’z va gap) ishoradir, ikkinchidan, bu ishoralar fikr bilan shartli ravishda bog’langandir.

Antik tilshunoslar juda katta yutuqlarga erishgan bo’lsalar-da, ularning jiddiy kamchiliklari ham bo’lgan. Masalan, ular hind tilshunoslari singari tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas va bitta til doirasida sheklanib qolgan edilar. Grammarik kategoriyalarni esa mantiq kategoriyalariga bo’ysundirgan edilar.

Ammo bunga qaramay, Yevropada grammatik sistema to XX asrgacha qadimgi greklarning lingvistik ta’limotiga asoslanib keldi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish