O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Pirimqul Qodirovning tarixiy romanlari



Download 185 Kb.
bet6/11
Sana04.02.2022
Hajmi185 Kb.
#430952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. O`zbek adabiyoti tarixi

Pirimqul Qodirovning tarixiy romanlari

Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarida to`qima hayot va real hayot aralash holda tasvirlanadi. Tarixiy asar yaratgan ijodkorlarimiz ancha salmoqli. Ammo bu ijodkorning ishlari o`zgachadir. Bilamizki, Pirimqul Qodirovning tarixiy romanlari xuddi o`sha davr muhitida yozilgnadek o`qiladi. U davrni tasvirlash hamma yozuvchidan ulkan mahoratni talab qiladi. Ayni paytda tarixiy romanchilik va davr xususida so`z yuritar ekanmiz, P. Qodirov yaratgan badiiy solnomada adibning shiddatkorona uslubi yaqqol ko`zga tashlanadi. Yozuvchi tarixiy mavzuga qo`l urganda anchayin murakkab holatlarga ro`baro` keladi. Yana shuni qo`shimcha qilish mumkinki, yozuvchining tarixiy romanlari faqat mutaxassislar, tarixchi olimlar, adabiyotshunoslarda emas, o`zimizda ham, xorijiy davlatlarda ham kitobxonlar orasida ham katta qiziqish uyg`otib kelmoqda. Kezi kelganda ushbu fikrlar ham adib uchun asosli ekanligi yaqqol ko`zga tashlanadi: “Adabiy jarayonda shunday ijodkorlar bo`ladiki, ularning har bir yozgan asari jamoatchilikning diqqatini darhol o`ziga jalb qiladi, u haqida tanqidchilikda ham ketma-ket maqolalar e’lon qilinadi. Bunday yozuvchilar qanday mavzuda yozmasin, barcha asarlarida ona xalqining qasamyodiga munosabat bildiradi. Mashhur yozuvchi Pirimqul Qodirov ana shunday zamonamizning mutafakkir yozuvchilaridan biri hisoblanadi” – deb yozadi prof. H. Absamiyev. Ushbu fikr-mulohazalar zamirida adibning boy va yuksak mahorat sohibi, so`z zargari ekanligi ko`z o`ngimizda yanada yaqqol gavdalandi. P. Qodirov Bobur va boburiylar haqidagi romanlari ustida ish olib borar ekan shunday xulosaga keldi: “Asrlar kitobini o`qiganingiz sari, - deydi u – tarix tomonidan yaratilgan dramalar, fojialar, syujetlarni alohida yozuvchining fantaziyasi bilan yaratib bo`lmasligiga ishonch hosil qilasiz. Shu sababli men Bobur, Humoyun va Akbarlarning ko`rgan-kechirganlarimi tasvirlar ekanman, o`z fantaziyamdan ko`ra “tarix fantaziyasi”ga, ya’ni chindan sodir bo`lgan voqealarga ko`proq asoslandim”. Adibning bu fikrlari to`g`ridan-to`g`ri “Ona lochin vidosi” romaniga ham taalluqlidir. “O`tkan kunlar”dagi kabi P. Qodirov tarixiy fromanlarida ham el-yurtini ichidan yemiruvchi o`zaro nizolar, ularning fojiaviy oqibati ifodasi o`quvchi qalbini o`rtaydi; ayni paytda, hayotda ezgulikni o`zida mujassam etgan turli siymolarning mavjudligi kishi ko`ngliga taskin beradi, quvonch baxsh etadi.


Bobur o`z davri tarixiy voqeligining haqiqatlarini bevosita o`zi
boshidan kechirgan barcha voqea-hodisalar bilan bog`liq holda asarlarida
ifoda etgan mutafakkir hamdir. Ko`rinadiki, Bobur umr kitobnining deyarli barcha sahifalarini o`z qo`li bilan bitib, kelgusi avlodlarga ulkan adabiy tarixiy meros qoldirgan. Bundan tashqari, uning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan “Xumoyunnoma”dagi fakt va dalillar bu tarixiy shaxs qiyofasini yanada teranroq ifodalashga xizmat qiladi. «Yulduzli tunlar» romanining manbalari xususida fikr yuritgan adabiyotshunos olim G`.Karimov bu haqda quyidagilarni yozgan edi:
«Avvalo shuni aytish kerakki, Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar»
romani tarixiy-biografik turdagi asar bo`lib, turli xil voqealardan foydalanish asosida yozilgandir, unda hujjatlilik ustunlik qilib turadi».
Lekin yuqoridagi mulohazalardan «Yulduzli tunlar» - romani Bobur
haqida bizgacha etib kelgan tarixiy-adabiy manbalarda bitilgan
ma`lumotlarning aynan takrori degan xulosa chiqmasligi kerak. Tarixiy
shaxs to`g`risidagi roman-bu tarixiy mavzudagi badiiy asar bo`lib, memuar tipidagi bitiklarning to`g`ridan-to`g`ri ko`chirmasi bo`la olmaganidek, tarixiy faktlarning oddiygina takrori ham emas. Tarixiy roman muayyan davr voqeligini badiiy idrok etish asnosida jonlantirish vositasida yaratilgan asardir. Bunday ijodiy jarayonda birgina Bobur shaxsiyatiga doir tarixiy ma`lumotlarni chuqo`r o`rganishning o`zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun o`zbek, afg`on, hind xalqlarining o`sha davrdagi hayoti, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy voqea-hodisalar, tarixiy shart-sharoit, xalqlarning ongi, axloqiy qiyofalari, urf-odatlarini atroflicha va mukammal o`zlashtirish, yaxlit olganda Bobur Mirzoni etishtirgan muhitni chuqur bilish talab qilinadi. Ana shundan keyingina o`z davrining haq va adolat timsoliga aylangan bu buyuk zotning adabiy tipini tarixan ishonarli va badiiy jihatdan ta`sirdor qilib yaratish imkoniyati tug`iladi.
Ko`rinadiki, Pirimqul Qodirov badiiy imkoniyati keng yozuvchi. U
hayotning umumiy taraqqiyotiga xos ijtimoiy, inson aql zakovati –
ufqlarining kengligini Bobur harakteri bilan mohirona bog`lab, ishontirarli tarzda ocha boradi. To «Yulduzli tunlar» yaratilganiga qadar o`zbek tarixiy romanchiligida yosh yigitning zamona zayli Bilan shoh sifatida shakllanish tarixi qalamga olinmagan edi. Ana shuning o`zi ham yozuvchining bu ijodiy tajribasi adabiyotimiz uchun yangilik ekanligini ko`rsatadi.
Bobur hayoti va ijodiga bag`ishlangan ko`pgina asarlarda uning
temurilar saltanatini birlashtirib, ijtimoiy, iqtisodiy va asosiy jihatdan
birlashgan mustahkam bir davlat tuzishga intilganligi qayd qilingan. Bu fikr umuman to`g`ri. Lekin Bobur nima uchun bu ishni asosiy maqsad qilib olgan edi? U maqsadiga qanday yo`llar Bilan erishmoqchi edi? Bunday savollar yozuvchiga tinchlik bermaydi va u bu masalani davr haqiqati bilan bog`lab keng qamrovli badiiy talqin qilishga kirishadi.
Yozuvchi Bobur dunyoqarashining shakllanishini u yashagan davr
tarixiy voqeligi bilan bevosita aloqadorlikda talqin qiladi. Aslida Bobur orzu qilgan katta maqsadlar o`zaro qirg`inbarot urushlardan ko`ngli zada bo`lgan ilg`or fikrlash kishilarining mushtarak niyati edi. Shu bois yozuvchi ham Bobur qarashlari hamda tarixiy voqealikka xos tipik sharoit taqozosi Bilan bog`liqlikda ko`rsatib beradi. Bobur – yosh shahzoda. Yoshligi tufayli u «ko`ngliga tugun bo`lib turgan» chigal muammo – Samarqandga lashkar tortish masalasini o`zicha hal etolmay qiynaladi. Tabiiyki, shunday paytda u kimlarningdir oqilona maslahatiga muhtoj. Biroq, «bu tugunlarni u istaganday echib bera oladigan donno odam bormikan? Uning esiga ustozi Abdullo tushadi, Betob bo`lib O`shga birga kelolmagan Xo`ja Abdullo ham Boburning Samarqandga qo`shni tortib borishiga tarafdor edi.
«Movarounnahrdagi parokandalikni tugatib, qo`dratli davlat tuzmaguncha katta orzularimiz ro`yobga chiqmagay degan so`zlarini Bobur ustozidan ham ko`p eshitgan».
Yozuvchi Bobur yashagan davrning ichki qonuniyatlarini ochishga
xizmat qiladigan bir qator epizodlarni badiiy to`qima vositasida syujet
qo`rilmasiga kiritar ekan, shu tariqa Bobur harakterining tadrijiy rivoji va
ruhiy olamidagi o`zgarishlarga o`quvchi diqqatini jalb eta boradi.
P.Qodirovning san`atkorligi shundaki, - u tarixiy faktlarga asoslanib,
romaninng dastlabki sahifalaridan boshlaboq, oddiy mehnatkash xalq
hayotining keng manzarasini chizish yo`lidan boradi. Asarda xalq o`z
tarixining ijodkori sifatida talqin qilingan. Yozuvchi xalq hayoti, urfodatlari, turmush tarzining maishiy tasviriga ham jiddiy e`tibor bergan.
U feodal tuzum davridagi xalq hayotini butun murakkabligiyu dramatizmi
bilan tasvirlaydi. Natijada asar bosh qahramonining taqdiri, bosib o`tgan
yo`li xalq hayoti va uning fojialarga to`la turmush tarzi, xalq ruhiyati va
ma`naviy olami mohirlik bilan chizib berilgan. Zero, milliy qiyofa roman
sahifalariga salohiyat baxsh etadi. bu esa, asar bosh qahramoni badiiy
obrazining asl mohiyatini ochib berish, temuriylar inqiroziga sabab bo`lgan tarixiy-ijtimoiy omillarni chuqurroq badiiy tahlil qilish va feodal tuzum hayotini realistik aks ettirish imkonini beradi.
Asar bosh qahramoni salbiy tiplarning ko`pchiligi bilan deyarli
yuzma-yuz to`qnashmaydi. Lekin u har qadamda salbiy kuchlar tazyiqini,
ular tomonidan yaratilgan vaziyat noxushliklarini sezib turadi. O`ratepada
yurgan Boburning Andijondan xabar olib kelgan Tohir bilan suhbati
lavhasini eslaylik. Shayboniyxonning qonxo`rliklarini Tohir tilidan bayon
qilgan yozuvchi asosiy diqqat-e`tiborni bosh qahramon ruhiyatidagi
o`zgarishlarga qaratadi. Bu o`zgarishlar uning nutqida, xatti-harakati va
holatida to`la aks ettirilgan: «Chodir ichida quvg`indagi shoh bilan uning navkari yuzma-yuz o`tiribdi. Vatandan ajralish musibati oldida ularning oralaridagi katta farq go`yo kichrayib, ahamiyatsiz bo`lib qolgan. Boshlariga tushgan ko`rgiliklar ularning taqdirlarini bir-biriga o`xshash qilib qo`ygan. Shuncha yil jangu jadallarda birga yurib, qanchadan-qancha o`lim xavfini birga kechirgan ikki yigit bugun birinchi marta sirdoshlarcha ochiq so`zlashmoqda edilar…
- …Taqdir menga iste`dod bergan, kuch bergan, g`ayrat bergan, ammo
nechun baxt bermagan?
- Bu zamonda baxt yo`q, amirzodam. Axir, sizdek nodir istedodlar
dunyoga har kuni kelmaydi-ku. Nodon tojdorlardan qon yig`lagan elyurtimiz sizdek ma`rifatli sarkardaga mushtoq. Lekin baxil zamona
g`alabani zolim xonga berib, bizni, mana vatanimizdan ham judo qilmoqchi. Ilohim, bu baxil zamonaning bog`lari qurib ketsinu, sizu bizning qadrimizga etadigan yaxshi zamonlar ham kelsin…»
Tohir toj-taxtdan ajralgan Bobur qalbidagi iztirobli kechinmalarni
tushunadi. Ana shu daqiqalardan boshlab, u Boburning eng yaqin do`sti va xos beklaridan biriga aylanadi.Tohir oddiy mehnatkash xalq vakili bo`lsa ham, keyinchalik tug`ilgan sharoit ta`sirida unda manmanlik, mag`rurlik va kibru havo kabi illatlar ko`rina boshlaydi. Avtor Tohir obraziga chuqurroq yondoshadi. Uning harakteridagi o`zgarishlarga sabab bo`lgan ijtimoiy muhit ildizini ochadi.




  1. Download 185 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish