Oʼzbekiston respublikаsi qishloq xoʼjаligi vаzirligi oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana15.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#554914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi

 



KIRISH 
Dorivor o‘simliklar o'stirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixooalarni sifatli 
shifobaxsh o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlashni o'z oldiga maqsad qilib 
qo‘ygan fandir.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni 
aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-
biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-
biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o‘simliklar 
o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklami keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va 
dorixonalarni o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, 
fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaiiklarida eng ko‘pi bilan 46 
tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi. 
Keyingi vaqtda farmatsevtika sanoati korxonalari dori vositalarining 
taxminan 50% dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanayotganligini e’tiborga 
olsak, dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasi fani naqadar katta ahamiyat kasb 
eta boshlaganini tasavvur qilish qiyin. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hech bir soha boshqa fanlarning yutuqlariga 
tayanmasdan turib, о‘zlari mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O‘z navbatida 
dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasi ham о‘simlikshunoslik, botanika, 
farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о‘simiiklar fiziologiyasi, о’simliklar 
biokimyosi, о‘simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika, urug‘shunoslik va boshqa 
fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha 
oladi. 



Shu bilan birgalikda urug’chilik va ko’chatchilik sohasi ham muhum 
saholardan birga aylanib ulgurdi va jadallik bilan o’sib rivojlanmaqda. 
Urug‘shunoslik qishloq xo'jaligida va ekib o'stiriladigan ekinlarning urug'i 
haqidagi fan hisoblanadi. Botanika va o'simlikshunoslikda «urug‘» atamasi bir xil 
ma’noni anglatmaydi. Botanika nuqtayi nazaridan urug' urug'kurtakni qo‘shaloq 
otalanishi natijasida paydo bo'ladi. U murtak, zaxira oziq moddalar va po'stdan 
iborat bo'ladi. 
O'simlikshunoslikda urug' deganda turli ekinlarning hosil olish uchun 
ekiladigan doni-mevasi tushuniladi. Ekish uchun haqiqiy urug'lari (dukkaklilar, 
krestgullilar, g'o'za, zig'ir), po'stli yoki yalong'och mevalari yoki uning qismlari 
(g'alladonlilar doni va g'allasimon o'tlar, kungaboqar, maxsar pistasi, grechixa va 
qushtirnoq mevasi bo'lakchalari), hatto to'pmevalari (lavlagi, mushukquyruq 
boshoqchasi), tuganaklari (kartoshka, yer noki) hisoblanadi.
Urug'larda o'simlikning biologik va xo'jalik xususiyatlari mujassamlangan 
bo'lib bu xususiyatlar avlodga beriladi. Shuning uchun urug' ekilganda olinadigan 
hosilning miqdori va sifati unga bog'liq bo'ladi. Urug' sifati ahamiyatini 
dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi har bir odam yaxshi biladi.
Urug'likning sifati uch guruhga ajratiladi:
1.
urug'ning navdorlik sifatlari;
2.
urug'ning ekish sifatlari;
3.
urug'ning hosildorlik sifatlari. 
Urug'larning navdorlik sifati deganda ularning nav tozaligi tushuniladi. 
Davlat andozalari bo'yicha urug'ning nav tozaligi, urug'lik avlodi va boshqalar 
talablarga javob berishi kerak. Masalan, bug'doy urug'ining nav tozaligi 95 foizdan 



kam bo'lmasligi talab etiladi. Bu talab yaxshi hududlashtirilgan nav va duragaylarni 
ekish yuqori va sifatli hosilni ta’minlovchi muhim omil ekanligidan kelib chiqadi. 
Odatda, urug‘ni nav tozaligi qancha yuqori bo‘lsa nav yoki duragayning 
hosildorlik xususiyatlari shuncha yaxshi namoyon bo'ladi.
Urug‘larning ekish sifatlari, uni ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi 
xususiyatlarining yig‘indisidir. Bu sifat ko'rsatkichlariga urug‘ning turli chiqitlardan 
tozaligi, unuvchanligi, unish quvvati, kasallik hamda zararkunandalardan sofligi, 
o'sish kuchi, 1000 ta urug‘ vazni va boshqalar kiradi.
Ekiladigan urug‘ni faqat ekish sifatlari hamda navdorligi yuqori bo'lib 
qolmasdan u yuqori hosil berish xususiyatiga ham ega bo'lishi kerak.
Urug'ni hosildorlik xususiyati aniq ishlab chiqarish sharoitida ma’lum 
miqdorda hosil bera olish qobiliyatidir. Bu xususiyat nav (duragay)ning faqat ichki 
(irsiy) belgisigina bo'lib qolmay u o'simlik o'sgan sharoitga, parvarishlash, qayta 
ishlash va saqlash usullariga hamda urug'larning navdorligi va ekish sifatiga bog'liq 
bo'ladi. Urug'shunoslik fan sifatida urug'ni rivojlanishi va uning hayoti muhim 
omillarga bo'lgan talablarini, yuqori sifatli urug'lar tayyorlash yo'llari va ularni 
ekishga tayyorlashni hamda ekish materiali sifatlari va ularni aniqlash uslublarini 
o'rganadi.
Urug'shunoslikning o'rganadigan fan ekiladigan urug'lar sifatini yaxshilash va 
o'zining izlanish uslubi ekish materiali sifatini baholash bo'lib, u alohida fan bo'lishi 
uchun qo'yiladigan talablarga to'la javob beradi. Bu fan o'simlikshunoslik bilan 
chambarchars bog'liq bo'lib, ma’no jihatdan shu fanning bir qismidir. 
Urug'shunoslikning urug'chilikdan farqlamoq kerak. Urug'chilik navdor urug'larning 
ko'paytirish nav tozaligini saqlash va shunday urug'lar bilan xo'jalikni ta’minlash 
bilan shug'ullanadi. 




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish