O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti Arxitektura fakulteti “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi “Qurilish mehnat sarfi va kalkulyatsiyasini hisoblash”



Download 1,93 Mb.
Sana22.04.2022
Hajmi1,93 Mb.
#573001
Bog'liq
dengiz va okeanlarning ekolofik muammosi


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA FAKULTETI
Qurilish ekologiyasi fanidan
Mustaqil ish
1v-19 guruh
Babaniyazov Jamshid
Dengiz va okeanlar ekologik muammosi.
Dunyo dengizlari – biosferani me’yorlashtiruvchi eng muhim manbalardan biridir. Shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zahiralari mavjuddir. Dunyo dengizi er shari sirtining 363 mln km2, yani 71% tashkil etadi. Dengiz va daryolardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km3. gizning atmosfera bilan o’zaro tasiri yerdagi ob-havo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta tasir ko’rsatadi. Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo dengizi - juda katta miqdordagi osh tuzi zahirasi; unda 180 mingga yaqin organizm turlari – kichik bakteriyadan tortib, yirik kitlargacha panoh topgan.
Dengizda yashovchilarning biomassasi tadqiqotchilarning malumotiga ko’ra 60 milliard t (quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard t). Bugungi kunda inson oziq-ovqatidagi oqsillarning 10 foiziga yaqini dengizlardan olinadi. Ko’pgina mamlakat aholisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi. Insoniyatning bu "go’sha"si jahon "axlatxona"siga aylanib bormoqda. Chunki ularga inson faoliyati oqibatida to’planadigan chiqindilar tashlanmoqda. Kimyoviy sintez sanoati paydo bo’lgunga qadar bu "tabiiy axlatxona"ga nima tashlansa, ularning barchasi biologik tsiklga qo’shilib, tarqab ketardi. Biroq inson turli suniy moddalar ishlab chiqqanidan boshlab, dengiz tabiiy muhitining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanishi tobora ortib bormoqda.
Dunyodagi dengizlarning ifloslanishi ko’plab mamlakatlarning neft mahsulotlarini dengiz orqali tashishni keng yo’lga qo’yishi bilan bog’liqdir. Suvning neft va uning hosila-mahsulotlari bilan ifloslanishi, hayvonot va o’simliklar olami uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan Atlantika, O’rta Er dengizi, Fors ko’rfazi va boshqa dengizlarda o’n va hatto yuz minglab qushlar halok bo’ladi. To’g’ri, odamlar ularga yordam berishga keladilar, yuzlab qushlarni qutqarishga muvofiq bo’linadi, ammo minglab jonzotlar qirilib ketadi. Ilgari vaqtlarda iflos suvlar dengiega qo’yilsa, u dengiz muhitida erib tozalanadi,degan tushunha mavjud edi. Haqiqatan, dengiz iflos suvlarni tozalash qobiliyatiga ega.
Bu jarayonda dengiz organizmlari, masalan, mollyuskalarning har xil turlari katta rol o’ynaydi. Ammo dengizning o’z-o’zini tozalash qobiliyati ham cheksiz emas. Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba nimalardan iborat? Birinchidan, dengizga daryo suvlari orqali sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilari tashlanadi va shahar oqova suvlari quyiladi. Bu taxminan ifloslantiruvchilarning 40 % ni tashkil etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport vositalari ulushiga to’g’ri keladi. Bunda dizel yoqilg’isi chiqindilari, kemalarni yuvish, tozalash, ballistik quyilmalarni to’kish va boshqalarni eslab o’tish kifoyadir. Ayniqsa, neft va neft mahsulotlari yuklangan tankerlarning haloqati, dengiz tubiga o’rnatilgan neft quvurlari, dengizdan neft qazib olish katta zarar keltiradi.
Hozirgi vaqtda Orol, Boltiq, Qora, Yapon, Oq va boshqa dengizlarda juda murakkab ekologik holat yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda dengizlardagi ekologik holatlarni yaxshilashning bir necha yo’llari malum: dengiz qirg’oqlarida chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, zaruriy miqdorda tozalash inshootlarni qurish, antropogen tasirlarni kamaytirish va boshqalar. Dunyo dengizlarining qirg’oqlariga yaqin joylashgan sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari va unga quyiladigan daryolar suvi bilan ifloslanishi ahvolni yanada qiyinlashtiradi. Bazi taraqqiy etgan mamlakatlar dunyo dengizlarining tubiga atom ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan faolligi yuqori chiqindilarni ko’madilar (AQSh, Angliya, Germaniya). Holbuki, dengiz tubidagi chuqurliklar ham seysmik jihatdan ishonchli emas, u joylarda konteynerlarning chirish-buzilishi ham ehtimoldan xoli emas. 
Nitstsedagi Biologik markaz malumotlariga ko’ra, Atlantika dengizidan tutilgan baliqlardagiga qaraganda O’rta Er dengizi baliqlarida simob miqdori uch marta ko’p ekan. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti malumoti bo’yicha O’rta Er dengiziga har yili 12 mln tonna organik chiqindilar tashlanadi, u oqar suvlar orqali har yili 1 million t rux, 2,5 ming t turli radioaktiv moddalar bilan ifloslanadi. Shuning uchun bu dengizning qator qirg’oqlarida cho’milish man etilgan va u erdagi xududlardan tutilgan baliqlar istemol uchun yaroqsizdir. Tokio, Jakarti ko’rfazlari, Yavan dengizlarining taqdirlari ham achinarli holatdadir. U erlarda o’simlik va hayvonot olamidan asar ham qolmagan. Dunyo miqyosida daryo, ko’llar va suv havzalarining ifloslanishiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Dunyo okeanlarining ifloslanishi so’nggi yillarda jaxon ahamiyatiga ega bo’lgan ekologik muammoga aylandi.
Dengiz va okeanlar asosan neft va neft mahsulotlari, sanoat va maishiy oqavalar, og’ir metallar, radioaktiv birikmalar va boshqalar bilan ifloslanadi. O’rta yer dengizi - yer yuzidagi eng ifloslangan dengiz hisoblanadi. Okean yuzasining neft bilan qoplanishi «okean - atmosfera» tizimida o’zaro aloqadorlikning buzilishiga va er yuzida kislorodning asosiy manbalaridan biri bo’lgan yashil o’simliklar fitoplanktonning nobud bo’lishiga olib keladi. Bu o’z navbatida okeandagi biologik mahsuldorlikning kamayishiga sabab bo’ladi. Dunyo okeanlarining ifloslanishi nafaqat global ekologik, balki sotsial oqibatlarga ham olib kelishi muqarrardir. O’rta Osiyo berk havza (Dunyo okeani bilan bog’lanmagan) bo’lib, er yuzida suv etishmaydigan qurg’oqchil mintaqalardan hisoblanadi. O’rta Osiyoning tekislik qismida burlanish yillik yogan miqdoridankatta va suv oltinga teng baxolanadi.
O’rta Osiyoning yer usti va yer osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishn talab qiladi. Ikki asosiy daryo - Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to’liq o’zlashtirilgan. Yer osti suvlari ham tobora ko’proq ishlatilmoqda. Hozirda yer osti suvlari imkoniyatining 52% ishlatilmoqda.O’zbekiston Respublikasi yirik sug’oriladigan dexqonchilik rayonlaridan biri hisoblanadi. Qadimdan bu katta xududda ko’l mexnat va mo’l suv talab qilinadigan ekinlar - paxta va sholi etishtirilib kelingan.
O’zbekistan erlari asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Oxangaron daryolari suvlari bilan sutoriladi. Daryolar suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 53 ta suv ombori kurilgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 85 % qishloq xo’jaligiga, 12 % sanoatga va 3 % maishiy-kommunal xo’jalikga to’g’ri keladi.
Suvlarning ifloslanishi ham dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. O’zbekistonning asosiy daryolari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston xududlaridan ifloslanib keladi. Daryolar suvi - chorvachiliq kompleksi, kommunal - maishiy oqavalar, sanoat oqavalari va katta hajmda kollektor - drenaj suvlari bilan ifloslanadi. Suvlarga pestitsidlar va zaharli kimyoviy birikmalarning ko’plab tushishi natijasida respublikaning ayrim xududlarida ichimlik suv muammosi keskinlashib ketdi. Ayniqsa, Qoraqolpagiston Respublikasi va Xorazm, viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi kasalliklarning ortishi, o’limning ko’payishiga olib keldi. Oxirgi yillarda er osti suvlari sifatining yomonlashuvi ko’zatilmoqda.Farg’ona Marg’ilon sanoat rayonida neft mahsuloti va fenollar bilan er osti suvining ifloslanishi REM (ruxsat etilgan miqdor)dan yuz barobargacha ortiqligi qayd qilingan. Toshkent viloyatida ham yer osti suvlarining mahalliy o’ta yuqori ifloslanishi kuzatiladi. Respublikamizda suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg’or chet el tajribalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug’orish, suvlardan takror foydalanish oqavalarni tozalash to’lar jumlasidandir. Suv havzalariga tushadigan sanoat oqavalari keyingi 5 yil ichida 2 yarim marta kamaygan. Suvlarni meyoridan ortiq ifloslagani uchun jarima va to’lovlar belgilangan. Suvni ezozlasak, toza to’tsak, kelguvsi avlodlarga tabiatimiz go’zalliklarini kam-ko’stsiz etkazishga xizmat qilsak, o’z hayotimizning ham go’zal, obod va forovon bo’lishiga ko’maklashgan bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus qonun asosida amalga oshiriladi.
Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish