O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi P. F. Borovskiy nomli tibbiyot kolleji



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/128
Sana15.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#368365
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Bog'liq
elektron qo`llanma farma N.Sh

 
 
 
 
 
 
 



1 Mavzu: 
Kirish. Farmakologiya fanining mohiyati va uning boshqa tibbiy 
fanlar bilan aloqasi. Farmakologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. 
  Reja. 
1.
 
Farmakologiya faning mohiyati. 
2.
 
Farmakologiya fanining boshqa tibbiy fanlar bilan aloqasi. 
3.
 
Farmakologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. 
 
  Farmakologiya lotincha so’z bo’lib, 
pharmacon
 – dori, 
logos
- fan, dorishunoslik 
fani  degan  ma’noni  bildiradi.    Farmakologiya  odam  va  hayvonlar  organizmiga 
dorilar yuborilgandan keyin ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganadi.  
  Farmakologiya  bir  nechta  katta  bo’limlardan:  umumiy  farmakologiya,  klinik 
farmakologiya,  biokimyoviy  farmakologiya,  kimyoterapiya,  toksikologiya  va 
boshqa fanlardan iborat. 
  Farmakologiya  farmatsiya  fanlari  –  farmatsevtik  kimyo,  farmakog-noziya, 
farmatsevtik  texnologiya  bilan  chambarchas bog’liq,  ukar  orqali kimyo,  botanika 
fanlari bilan bog’lanadi. 
  Tibbiyotda  farmakologiya  alohida  o’ringa  ega:  bir  tomonda  tibbiyotning  asosiy 
nazariy  fanlari  –  fiziologiya,  patologik  fiziologiya,  biokimyo  bo’lsa,  ikkinchi 
tomonda amaliy fanlar- terapiya, pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi. 
  Farmakologiya  tarixiga  odamzod  yaratilgan  davrdayoq  asos  solingan,  chunki 
o’sha  davrda  ham  odamlar  kasal  bo’lganlar,  yirtqich  hayvonlarga,  yong’inlarga 
duch  kelganlar,  ilonlar,  chayonlar  chaqqan,  ular  atrofdagi  giyohlardan,  hayvonat 
olamidan shifo, dori-darmon izlaganlar. 
  Farmakologiya  fanining  rivojlanishida  qadimiy  Osiyo  mamlakat-larining  hissasi 
katta  bo’lgan.  Hindiston,  Xitoy,  Tibet  va  Arab  davlatlarida  o’simliklar  bilan 
davolash keng tus olgan. 
  Xitoy  tibbiyotining  asoschisi  Shen-Nung  bundan  3000  yil  ilgari  o’z  asarlarida 
o’simliklarning  sinonim  nomlari,  botanic  ta’rifi,  o’simliklardan  mahsulotlar 
tayyorlash  davrlari  va  usullari,  dori  –darmonlarning  ta’sir  doirasi,  qo’’anilishi 
keltirilgan. 
  “Ayur-Veda”  dorivor  o’simliklar  haqida  shifokor  Sushruta  tomonidan  yozilgan 
qadimiy hind kitobida 700 xil dorivor o’simliklar tasvirlangan. 
  Qadimgi  yunon  shifokorlari  Gippokrat,  Dioskorid,  ayniqsa  Rim  hakimi  Galen 
dori  darmonlar  ustida  katta  ish  olb  borganlar.  Galen  birinchi  bo’lib  har  xil  dori 
shaklarini yaratgan. 
   Farmakologiyaning rivojlanishida o’zbek allomalari katta hissa qo’shganlar. 
  Sharqning  buyuk  tabibi  Ibn  Abbos  o’z  asarlarida  yillar  o’gan  sayin  yangi  dori 
moddalari  paydo  bo’lishi,  ularni  avval  hayvonlarda  sinab  ko’rish  zarurligini 
ta’kidlagan. 
  O’rta  Osiyoning  buyuk  hakimi  Abu  Ali  ibn  Sinoning  hissasi  juda  katta  bo’lgan. 
“Tib qonunlari”, “Kitob ush shifo”, “Kitobi ul qalbiya” kabi asarlarida o’sha davr 
tibbiyotida qo’llanilgan dori moddalari keltirilgan. 
 



  “Tib  qonunlari”ning  birinchi  kitobida  900  ga  yaqin  oddiy  dori  moddalari 
keltirilgan,  ulardan  612  tasi  o’simliklarga  mansub.  Beshinchi  kitobda    murakkab 
dori moddalarni tayyorlash va ularni qo’llash usullari bayon etilgan.  
  Ibn  Sino  Evropa  shifokorlaridan  400  yil  oldin  zahm  kasalligini  simob  bilan 
davolagan. 
  Farmakologiyaning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning 
ham  hissasi  katta.  Uning  “Saydana”  asarida  XI  asrda  ma’-lum  bo’lgan  dori 
moddalari, to’rt yarim mingdan ortiq o’simliklar, hayvonlar, minerallar va ulardan 
olinadigan  ozuqalarning  nomlari  va  izohlari  keltirilgan.nBeruniyning  “Saydana” 
kitobi sharq dorishunosligining buyuk qomusi sifatida qo’llanilib kelingan. 
  Xorazmlik  olim  va  tabib  Ismoil  Jurjoniy  tibbiyot  sohasida  15dan  ortiq  asar 
yozgan.  
   Umar Chag’miniy tib ilmiga mansub “Qonuncha” asarini yaratgan. 
  Najibuddin Samarqandiy samarqandlik tabib va olimning tabobatga oid 8 ta ilmiy 
asari  ma’lum,  ulardan  biri  “Murukkab  dorilarni  tayyorlash  usullari”  muhim 
ahamiyatga ega. 
  XVI  asrda  G’arb  olimi  Paratsels  farmakologiyani  kimyoviy  moddalar  bilan 
to’ldirib borgan.  
  XVIII  asr  ohirlarida  Ganeman  dorishunoslikda  gomeopatiya  yo’nalishiga  asos 
solgan. Bunda davolash o’xshashlik qonuniga asoslangan, gomeopatik dorixonalar 
hozirgi kunda ham keng tarqalgan. 
 XIX  asrga  qadar  farmakologiya  empirik  tarzda  rivojlandi,  xalq  tabobatida  ham 
shifokorlar  dori  moddalarining  ta’sirini  bemorlarda  kuzatib  borganlar.  XIX  asrda 
eksperimental farmakologiya rivojlana boshladi. Barcha qo’llaniladigan, qo’llanish 
arafasida  bo’lgan  dori  moddalari  avval  hayvonlarda  tekshirilib  ko’rilishi  kerak 
degan xulosaga kelinda, shu vaqtdan boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solindi. 
  Ilmiy  farmakologiyaning  rivojlanishida  Rossiyada  A.P.  Nelyubin,  O.B.  Zabelin, 
Y.B. Pelikan, Klod Bernar kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. 
  I.P. Pavlov farmakologiya sohasida katta tajribalar o’tkazgan, bu sohaga oid 80 ta 
ilmiy  ishi  chop  etilgan.  I.P.  Pavlovning  shogirdi  N.P.  Kravkov  farmakologiya 
sohasida  katta  maktab  yaratgan,  uning  “Farmakologiya  asoslari”  kitobi  14  marta 
nashr etilgan. 
  Hozirgi  kunda  farmakologiyaning  rivojlanishida  akademiklaedan  M.D. 
Mashkovskiy va D. A. Xarkevich katta hissa qo’shib kelmoqdalar. 
  O’zbekistonda  farmakologiyaning  rivojlanishi  Toshkent  Davlat  tibbiyot 
institutining  farmakologiya  kafedrasidagi  ilmiy  ishlardan  boshlangan.    Hozirgi 
kunda  O’zbekistonda  farmakologiya  sohasida      fan  doktorlari,    fan  nomzodlari 
yetishib chiqmoqda. 
   Farmakologiyaning  asosiy  maqsadlaridan  biri  yangi  dori  moddalarini  kashf 
qilish, ularning ta’sirini o’rganib, amaliy tibbiyotga tatbiq etishdan iborat. 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish