O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


Quyidagi kasalliklar ustidan nazorat o’rnatilishi lozim



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Quyidagi kasalliklar ustidan nazorat o’rnatilishi lozim:  bezgak 
(zararlangan mamlakatlarda o’limni 20% qisqartirish); sil- 85% davolangan va 
70% mikobakteriya tarqatuvchilar aniqlangan; gepatit B - bolalar o’rtasida 
bemorlarni 80% qisqartirish; yurak ishemiya kasalligi - 65 yoshgacha o’limni 15% 
qisqartirish; o’sma kasalligi - o’limni 15% qisqartirish.  OIV infeksiyasining jinsiy 
aloqa orqali tarqatilishi xavfini qisqartirish kerak. 
7.  Maqsad - ogohlantirish va tiklash yo’li orqali mehnatga layoqatsizlik 
holati sonlarini qisqartirish. 


13 
 
8. Maqsad - aholi barcha guruhlari ovqatlanish ahvolini uzluksiz yaxshilash. 
Vazifalar - 5 yoshgacha bolalar ovqatlanishi yetishmasligi 50% qisqartirish. 
Ovqatlanish mikroelementlarini yetishmasligini tugatish. Ayollar o’rtasida temir 
tanqisligi anemiyasi tarqalishini 33%ga qisqartirish. 
9.  Maqsad - salomatlikka xavfsiz, sog’lom atrof-muhit va hayot sharoitiga 
ega bo’lish uchun imkoniyat yaratish. Vazifalar - 85% aholini xavfsiz ichimlik suvi 
bilan ta'minlash. Sanitariya-gigiyeniya  sharoitlari bilan  ta'minlangan aholi guruhi 
ulushi 75% ni tashkil etishi kerak. Bexatar va kuch ishlatish bilan bog’liq 
o’limlarni qisqartirish. 
10. Maqsad - sog’lom turmush tarzi, sog’lom ahloqni qo’llab-quvvatlashga 
imkoniyat yaratish. 
JSST ish doirasini aniqlash : 
1. Mamlakatlar bilan texnik hamkorlik, shuningdek, sog’liqni saqlash 
xalqaro ishi bo’yicha rahbarlik va uni muvofiqlashtirish. 
Texnik hamkorlik milliy mutaxassislar va JSST xodimlarining birgalikdagi 
tegishli masala va yo’nalishlar, sog’liqni saqlash sohasida dasturlarni ishlab 
chiqish tahlillariga asoslanadi. 
2. Sog’liqni saqlash ishida barcha hukumat muassasalarini to’liq ishtirok 
etishini ta'minlash. 
3. Resurslar taqsimoti va boshqaruv jarayonlarini yuqori tarzda tibbiyot 
xizmatini ko’rsatish uchun qaratish. 
4. Sog’liqni saqlash va gumanitar yordamni yaxshilash yo’nalishidagi 
muvofiqlashtirishni, ayniqsa, mamlakatlar ichida chora ko’rish.   
5. Milliy tajribalarni inobatga olish, o’ta muhtoj mamlakatlarni qo’llab-
quvvatlash, mamlakatlar o’rtasida yuqori tarzli hamkorlik. 
6. Ulkan yo’nalishli xalqaro masalalarni aniqlash va o’ta  muhtoj 
mamlakatlarga  qulay yordam ko’rsatish yo’llarini izlanishlarni o’tkazish. 
7. JSST salomatlik inson huquqlari ahamiyatini ta'kidlashda o’z mavqeidan 
foydalanadi va qo’llab-quvvatlaydi. 
8. JSST salomatlikni mustahkamlashda ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni 
o’zaro aloqadorligini tiklaydi. 
9. JSST o’zining maxsus bilimlarini, tajriba va axborotlarini yirik va 
hududiy sog’liqni saqlash muommolarni hal etishga sarflaydi. 
10. JSST gumanitar harakatlarda ishtirok etadi. 
11. JSST xalqaro nomenklatura, uslub, me'yor va standartlarni ishlab chiqadi 
va tarqatilishiga yordam beradi. 
12. JSST salomatlik ahvolini kuzatadi va yangi  ko’rsatkichlarni ishlab 
chiqishga intiladi. 
13. Sog’liqni saqlash sohasida izlanishlarni qo’llab-quvvatlaydi. 
14. Sog’liqni saqlash rivojlanishining uslub va harajatlar nuqtai nazaridan 
yangi va qulay axborotlarni to’plash va tarqatish bilan  shug’ullanadi. 
Yuqoridagi  umumiy va kelgusidagi dasturlarni bajarish uchun yo’nalishlar 
bo’yicha dasturlar tuziladi. Har bir yo’nalish dasturlari alohida xususiyatlarga ega. 


14 
 
Dastur ijrosi barcha mamlakatlarni jalb etish hisobiga amalga oshadi, ular 
o’z dasturlarini milliy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzadilar. 
JSST mamlakatlar bilan hamkorlik qilish va dasturlarni bajarishda  tegishli 
ravishda qo’llab-quvvatlaydi. 
Sog’liqni  Saqlashni  ijtimoiy  va  siyosiy ahamiyati,  tibbiy-biologiya 
fanlarining so’nggi o’n yillikdagi yutuqlari tibbiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni 
rivojlanishini rag’batlantirdi. Hamkorlikdagi faoliyat aholi salomatligi va sog’liqni 
saqlash bo’yicha axborotlar almashishga qaratilgan. Tibbiy yordam ko’rsatish 
uchun maslahatlar va mutaxassislar almashuvi olib borilmoqda. Turli davlatlar 
olimlari va tibbiyot xodimlari birgalikda konferensiyalar, s'yezdlar o’tkazishda, 
ilmiy  izlanishlar  olib  borishda  va  tibbiy  mutaxassislar  tayyorlashda 
yordamlashadilar. 
Jamoat salomatligi bilan asrlar davomida butun jahon olimlari shug’ullanib 
kelganlar. Insonni sog’lomlashtirish  muammolari bilan tarixiy olimlardan: 
Gippokrat, Ibn Sino, Aristotel, Ramansin va boshqalar qiziqqanlar. Ular, aholi 
salomatligiga turli ijtimoiy sharoitlar ta'sir etadi,  degan fikrlarni keltirganlar. 
Eramizdan oldingi davrlarda yuqumli kasalliklar ko’p tarqalgan bo’lib, 
ularning kelib chiqish sabablari va bunda tashqi muhit omillarining ta'siri borligi 
aniqlangan. X1X asrning ikkinchi yarmida L.Paster, R.Kox, I.Mechnikovlar 
tomonidan yuqumli kasalliklarning mikroblari aniqlangan va bunda aholi yashash 
sharoitlariga e'tibor berilgan. XX asr boshlarida germaniyalik Alfred Grotyan 1903 
yildan boshlab "Ijtimoiy gigiyena" jurnali chop qilgan va ijtimoiy omillarning 
ta'siriga ahamiyat bera boshlagan. 1905 yilda olim Bremenda ijtimoiy gigiyena va 
tibbiy statistikaga asoslangan ilmiy jamiyat barpo etdi, 1912 yilda esa dotsentlik 
lavozimiga erishdi. 
1920 yilda Berlin universitetida ijtimoiy gigiyena kafedrasi ochildi, 
Grotyandan  so’ng  esa  Germaniyaning  boshqa  shaharlarida  va  jahon 
mamlakatlarida ham ijtimoiy gigiyenaga o’xshash bo’limlar ochila boshlandi. 
Germaniya va boshqa mamlakat olimlari hozirgi kungacha aholini ijtimoiy 
ta'minlanishini aniqlashda ijtimoiy, statistik, ruhiy, iqtisodiy va boshqa usullarni 
keng qo’llash zarur deb hisoblaydilar. 
1920 yillarda A.Fisher, A.Grotyan va boshqa chet el olimlarining ilmiy 
ishlari va o’quv qo’llanmalari rus tilida nashr etila boshlandi. Ijtimoiy gigiyena 
kafedrasining   boshqaruvchilari va sog’liqni saqlashni tashkillashtiruvchilar 
tomonidan kasalliklarni kelib chiqish sabablari, ularni kamaytirish yo’llari, tibbiy 
xodimlarni ijtimoiy gigiyena va statistika asoslariga o’rgatish bo’yicha dastur va 
ilmiy-asoslangan yo’llanmalari ishlab chiqildi. 
Butun jahon tibbiy muassasalarida ijtimoiy gigiyenadan dars o’tish yetakchi 
intizom bo’lib hisoblana boshlandi. 
Hozirgi kunda salomatlik va  unga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni 
o’rganuvchi yagona kafedralar Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa 
mamlakatlardagi ba'zi o’quv muassasalarida mavjud bo’lib, unda sotsiologiya, 
statistika, tibbiy muassasalarni tashkillashtirish, menejment, sog’liqni saqlashni 


15 
 
sug’urta masalalari ishlab chiqilgan  dastur va reja asosida o’quv ishlari olib 
borilmoqda. 
Avvalgi Sovet davrida bizning fanimiz "Ijtimoiy gigiyena" deb nomlangan 
va birinchi ijtimoiy gigiyenistlardan SSSR Sog’liqni saqlash tizimining birinchi 
narkomi N.A.Semashko va birinchi muovini Z.P.Solovyovlar bo’lganlar. 
1922 yilda N.A.Semashko I Moskva universiteti tibbiy fakultetida kasbiy 
kasalliklar klinikasi bilan birgalikda "Ijtimoiy gigiyena" kafedrasini tashkil qildi
so’ngra umumiy va kommunal gigiyena (N.N.Sisin) kasbiy gigiyena (S.N.Kaplun), 
maktab gigiyenasi (A.V.Malkov), tibbiyot tarixi (I.D.Starshun) va boshqa 
kafedralar barpo etildi. 
1923 y. II Moskva universitetining tibbiyot fakultetida yana bitta "Ijtimoiy 
gigiyena" kafedrasi ochildi, bunga Z.P.Solovyov rahbarlik qildi. Paralel ravishda 
soyuz respublikalari, Rossiya shaharlaridagi tibbiyot institut va universtitetlarida 
hamda O’zbekistonda  ham "Ijtimoiy gigiyena" kafedrasi ochildi. 
"Ijtimoiy gigiyena" nomi bilan atalgan kafedra avvalgi soyuz davrida 1941 
yilga qadar faoliyat ko’rsatdi. 
1941 yilda Sog’liqni Saqlashni tashkilllashtirish narkomi G.A.Miterev 
farmoyishiga  ko’ra  "Ijtimoiy  gigiyena"  kafedrasi  "Sog’liqni  Saqlashni 
tashkillashtirish" nomi bilan atala boshlandi, chunki nazariy masalalar hal etilib, 
endi amaliy masalalar bilan shug’ullanish vaqti kelgan edi. 
Ammo, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, "Ijtimoiy gigiyena" nazariy 
yo’nalishda aholi salomatligi va unga ta'sir etuvchi omillarni o’rganadi, shu tarzda 
me'yoriy va tarkibiy masalalar, tibbiy xizmatni tashkillashtirish muammolarini hal 
qiladi. 
O’sha vaqtda hayot nazariy masalalarni keyinchalik yana o’rganishni talab 
etardi, chunki yangi muammolar vujudga kelayotgandi. Bunga asosan, 1966 yilda 
Sog’liqni saqlashni tashkillashtirish ministri B.V.Petrov tomonidan "Sog’liqni 
saqlashni tashkillashtirish" kafedrasini "Ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni 
tashkillashtirish" nomi bilan o’zgartirish haqida buyruq chiqarildi. Shu yil 
N.A.Semashko nomidagi institut kafedrasi ham shunday nomga ega bo’ldi. 
Soyuz tarqalib ketgandan so’ng, turli o’zgarishlar va islohotlar sababli 
Sog’liqni saqlash tizimi yana ijtimoiy gigiyena nomi bilan atala boshladi. Ko’p 
mamlakatlarda XIXasr oxirlarida va XX asr boshlarida kafedralar "Ijtimoiy 
tibbiyot", "Jamoat salomatligini saqlash" va boshqa nomlar bilan atala boshlandi. 
1999 yildan boshlab Rossiyada va boshqa MDH mamlakatlarida "Jamoat 
salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish" nomida to’xtatildi. 
Jamoat salomatligi – sog’liqni saqlash tizimining nazariy asosi sifatida o’z 
oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
a)  
aholi salomatligini va unga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni o’rganish, aholi  
salomatligini o’rganish metodologiyasini ishlab chiqish; 
b)   Soqliqni saqlash tizimi yo’nalishida davlat axborotlarini nazariy asoslab 
berish, jamoada sog’liqni saqlash  tamoyillarini ishlab chiqish
c)   aholiga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatning tashkiliy uslub va usullarini 
qidirib topish va ishlab chiqish; 


16 
 
d)    ko’rib  turganimizdek,  bu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  o’quv 
muassasalarida ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil qilish fanini chuqur 
o’rganish va ijtimoiy gigiyena asoslariga tayangan holda tibbiy xodimlarni 
tarbiyalash va tayyorlash zarur. 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish