O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


 yilning 26 fevralida "Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishning



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

2003 yilning 26 fevralida "Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishning 
takomillashtirish to'g'risida" 3436-sonli Prezident Farmoni chiqarildi.  
Farmonda qayd etilishicha, islohotlarning oldingi bosqichi muvaffaqiyatli 
o'tqazilmoqda: 
1. 
Tez va shoshilinch yordam ko'rsatish tizimi tuzildi - Respublika tez va 
shoshilinch  yordam  markazi,  Viloyat  markazlari  va  Markaziy tuman 
kasalxonalaridagi ixtisoslashgan bo'limlar aholiga bepul tez va shoshilinch tibbiy 
yordamni ta'minlab bermoqda. 
2.  Tez va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish muassasalarining 
diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan ta'minlanish davom ettirilmoqda. 
3. 
Tibbiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish va moddiy rag'batlantirish 
tizimi, tibbiy malakasini oshirish va zamonaviy tibbiy texnika bilan ta'minlash 
masalalari doimiy ravishda takomillashtirib kelinmoqda. 
4. 
Aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi, birinchi navbatda 
qishloq joylarda isloh qilinmoqda. Respublikaning barcha hududlarida zamonaviy 


27 
 
tibbiy asbob-uskuna va dori-darmonlar bilan ta'minlangan qishloq vrachlik 
punktlari tashkil qilinmoqda. 
Farmonda  qayd  etilgandek,  sog'liqni  saqlash  tizimida  islohotlarni 
chuqurlashtirish,  jahon  talablariga  javob  beruvchi  yuqori  texnologiyali, 
ixtisoslashgan tibbiy markazlarni tashkil etish uchun tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy 
va  huquqiy  shart-sharoitlarni  yaratib  berish  maqsadida  ilg'or  tibbiy 
texnologiyalarni keng tadbiq etish lozimdir. 
Shuning uchun O'zbekistonda Sog'liqni saqlash tizimining isloh qilishni 
keyingi bosqichining asosiy vazifasi chet el tajribasini hisobga olgan holda 
ixtisoslashgan klinik va tibbiy markazlarni tashkil qilish ularda yuqori malakali 
ixtisoslashgan tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan bemorlarni zamonaviy diagnostika 
va davolash tibbiy asbob uskunalarini qo'llagan holda qabul qilish. 
Aytilganlarni hisobga olgan holda, ixtisoslashgan klinika va tibbiy markazlar 
quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
-  tibbiy amaliyotida jahon talablariga javob beruvchi murakkab davolash va 
diagnostika usullaridan foydalana oladigan, yaxshi tayyorganlikni ko'rgan yuqori 
malakali, o'z sohasida tan olingan kadrlarga ega bo’lish. Buning uchun O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, SSV va Moliya vazirliklari tomonidan qilingan 
taklif asosida o'z-o'zini boshqarish tamoyiliga asoslangan markazlar tajriba 
amaliyotida tashkil qilindi. 
- Respublika ixtisoslashgan urologiya markazi O'zbekiston Sog'liqni saqlash 
vazirligi  urologiya ilmiy markazi bazasida; 
- Respublikada  ixtisoslashgan ko'z  mikroxirurgiyasi markazi Toshkent 
shahridagi Toshkent viloyat ko'z mikroxirurgiyasi markazi bazasida; 
- Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazi kardiologiya ITI va 
Toshkent shahri 15-sonli klinik shahar kasalxonasi bazasida;  
- V.Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik ilmiy markazi. 
Tashkil qilinayotgan ixtisoslashgan tibbiy markazlarning asosiy vazifalari 
quyidagicha: 
1. Markaz ixtisosiga mos holda diagnostikaning zamonaviy usullarini tadbiq 
etish va aholiga yuqori malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish. 
2. Doimiy ravishda mavjud tibbiy texnika va apparaturani yangilash va 
takomillashtirish,  markazlarni ixtisoslashgan yuqori malakali tibbiy xizmat 
ko'rsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiy asbob-uskuna bilan ta'minlash. 
3. O'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash asosida markazlar faoliyatiga 
menejment va marketing elementlarini kiritish. 
4. Mutaxassislarni chet el tibbiy o'quv va klinika muassasalarida o'qish va 
tajriba almashish hisobiga doimiy ravishda markazlar xodimlarining professional 
bilim va malakasini oshirish va takomillashtirish. 
5. Tibbiyot amaliyotida o'z sohasi bo'yicha bemorlarni davolashga qaratilgan 
zamonaviy usul va texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etishga qaratilgan 
ilmiy izlanishlarni olib borish. 


28 
 
6. Chet el tibbiyot muassasalari va tibbiyot markazlari bilan xalqaro 
hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, axborot, tajriba va mutaxassislar 
bilan keng almashinish. 
Davlat tomonidan yordamga muhtoj aholi qatlamiga (imtiyozli aholi 
guruhlarga) yuqori malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam davlat byudjeti hisobidan 
ko'rsatiladi. 
Markazlar faoliyati aralash prinsipi asosida  moliyalashtiriladi: davlat 
byudjeti  markazning  xususiy daromadi  va  boshqa  qonun tomonidan 
ta'qiqlanmagan manbai hisobiga. Bunda davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan 
mablag'lar har bir Markazga O'zbekiston  Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi 
tomonidan xarajat bandlariga bo'linmasdan yaxlit ajratiladi. 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan 
birgalikda respublika byudjetini tashkil etishda 2004 yildan boshlab mazkur 
Respublika ixtisoslashgan markazlariga ajratiladigan mablag'larni kamaytirish va 
2008 yilga kelib ular to'liq o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash prinsipiga o'tish 
ko'zda tutilgan. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish