O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/286
Sana20.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#679716
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   286
Bog'liq
qarshiliklar

Haroratni o‘lchash usullari 
Qandaydir bir jismning harorat qiymatini aniqlash uchun harorat etalonini tanlash kerak
ya’ni muvozanatdagi va etarli darajada oson tiklanuvchi ma’lum bir sharoitlarda, aniq bir 
qiymatdagi haroratga ega bo‘lgan jism. Haroratni ushbu qiymatlari haroratni o‘ziga xos 
shkalasida reper nuqta bo‘lib hisoblanadi. Haroratni shkalasi - u yoki bu jismning haroratini 
miqdoriy aniqlashga imkon beruvchi, harorat qiymatlarini tartiblashtirilgan ketma-ketligidir.
Haroratni shkalasi bilvosita o‘lchash usuli orqali haroratga bog‘liq biron-bir fizik parametrni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan jismni haroratini aniqlashga imkon beradi.
Ko‘pgina hollarda, harorat shkalasini olishda suvni xususiyatlaridan foydalaniladi. 
Me’yordagi atmosfera bosimida muzni erish va suvni qaynash nuqtasi zamonaviy harorat 
shkalalarida, reper nuqtalar sifatida tanlanadi va bu haroratni o‘lchash usullari Anders Selsiy 
(1701 - 1744), Rene Antuan Fersho Reomyur (1683 - 1757), Daniel Gabriel Farengeytlar (1686 - 
1736) tomonidan taklif etilgan. Farengeyt tomonidan hozirgi vaqtda ham keng miqyosda 
qo‘llaniladigan spirtli va simobli termometrlar yaratilgan. Reomyur va Farengeytlarning harorat 
shkalalaridan hozirgi vaqtda AQSH, Buyuk Britniya va boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladi.
1742 yilda kiritilgan, normal atmosfera bosimida (1 atm yoki 101 325 Pa) suvni muzlash
va suvni qaynash nuqtalari haroratlari oralig‘ini yuzta teng qismga ajratishni taklif qilgan Selsiyni 
harorat shkalasidan bugunga kelib ham keng miqyosda foydalanilmoqda. Selsiy shkalasidagi bir 
daraja bir kelvinga teng kabi hisoblanadi (quyiga qarang). Bunda muzni erish harorati 0
o
C ga teng 
deb olinadi suvni qaynash harorati esa taxminan 99,975
o
C ga teng bo‘ladi. Bunda vujudga kelgan 
xatoliklar, qoidaga ko‘ra, muxim axamiyat kasb etmaydi, chunki foydalaniladigan ko‘pchilik spirtli, 
simobli va elektron termometrlar etarlicha aniqliklarga ega emas (har qalay, odatda bunga extiyoj 
ham bo‘lmaydi). Bu esa ko‘rsatilgan, uncha katta bo‘lmagan tuzatishlarni inobatga olmaslikka 
imkon beradi. 
Xalqaro birliklar sistemasini kiritilishi bilan (SI) ikkita harorat shkalalarini qo‘llash tavsiya. 
Birinchi shkala – termodinamik bo‘lib, foydalanilayotgan maxsul (ishchi jism) xossalariga bog‘liq 
emas va Karno sikli vositasida kiritiladi. Ushbu harorat shkalasida haroratni o‘lchash birligi bo‘lib 


14 
kelvin (1K) xizmat qiladi, u SI 
sistemasidagi etti asosiy birlikning biri bo‘lib sanaladi. Bu 
birlik ushbu shkalani ishlab chiqqan va haroratni o‘lchash birligi kattaligi Selsiyni xarorat shkalasi 
kabi saqlab qolgan ingliz fizigi Uilyam Tomson (lord Kelvin) (1824 - 1907) sharafiga qo‘yilgan.
Ikkinchi tavsiya qilingan shkala- xalqaro amaliyotdagi shkala bo‘lib – bir qator sof maxsullarni 
fazaga oid o‘tishlarida 11ta reper nuqtadagi haroratga ega, bunda ushbu nuqtalarning harorat
qiymatlari hamisha aniqlanib turadi. Xalqaro amaliyotdagi shkalada haroratni o‘lchash birligi bo‘lib 
1 K xizmat qiladi. 
Hozirgi paytda haroratga xos bo‘lgan, ham termodinamik shkalani va ham halqaro 
amaliyotdagi shkalani asosiy reperi bo‘lib, suvni uchyoqlama nuqtasi hisoblanadi. Bu nuqta bir 
vaqtni o‘zida qattiq, suyuq va gazsimon holatda amal qiluvchi harorat va bosim qiymatlariga qat’iy 
muvofiq keladi. Bunda, agar termodinamik tizimni holati faqatgina harorat va bosim qiymatlari 
bilan aniqlansa, unda uch yoqlama nuqta bitta bo‘ladi. SI sistemasida suvning uchyoqlama
harorati bosim 609 Pa bo‘lganda 273,16 K ga teng kabi olingan. 
Haroratni etalon yordamida aniqlanadigan reper nuqtalarni berilishidan tashqari, jismning 
belgilari haroratni o‘zgarishlarini bildiradigan yoki termometrik belgilarni o‘zgarishlarini fizik 
kattaliklarini bayon etuvchi, termodinamik xossalarini tanlash kerak. Bu xossalar oson barpo 
qilinuvchi, fizik kattaliklari esa –oson o‘lchanuvchi bo‘lishi kerak. Ushbu fizik kattalikni o‘lchash -
reper nuqtalariga nisbatan oraliqdagi harorat nuqtalarining termasini ( va ularga xos bo‘lgan harorat 
qiymatini) olishga imkon beradi. 
Termometrik belgilarini o‘lchash yordamida haroratning o‘lchashni amalga oshiriladigan jism 
termometrik jism deb ataladi.
Ishlash prinsipiga qarab, barcha termometrlar va ular yordamida o‘lchash usullari quyidagi
guruxlarga ajratiladi
2,3

1. Haroratni o‘zgarishlarida suyuqliklar yoki qattiq jismlarning hajmlarini o‘zgarishiga 
asoslangan va -260 dan +700°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish