O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 269,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.06.2022
Hajmi269,73 Kb.
#700578
  1   2   3
Bog'liq
2 5215585117761705876



 
 
13- MAVZU
KO‘KS ORALIG‘I KLINIK ANATOMIYASI 
Ikkita mediastinal plevra orasida joylashgan a’zolar, tomirlar va nervlardan 
iborat kompleks Ko’ks oraligi deb aytiladi. 
Ko’ks oraligini ikki yonboshdan – mediastinal plevralar, pastdan – 
diafragma, oldindan tush suyagi va kovurgalarning togay kismlari, orqadan – 
ko’krak umurtkalari chegaralab turadi, yuqoridan esa chegarasi yuk, to’gridan to’gri 
bo’yinga utib ketadi. 
‘opka ildizi orqali o’tkazilgan frontal chiziq bilan ko’ks oraligi oldingi va 
orqa bo’limlarga shartli ravishda bo’linadi. Oldingi ko’ks oraligida yurak, perikard, 
yurakning yirik qon tomirlari (yuqori va pastki kavak venalar, yuqoriga 
kutariluvchi aorta, aorta ravogi, ‘opka stvoli va ‘opka arteriyalari, diafragmal 
nervlar), limfa tomirlari joylashadi. Orqa ko’ks oraligida kizilungach, pastga 
tushuvchi aortaning ko’krak kismi, toq va yarim toq venalar, simpatik poya, 
adashgan nervlar, ko’krak limfa yuli joylashadi. 
Ko’krak qafasi va Ko’ks oraligida kuyidagi shokogen zonalar joylashgan: 
1. Parietal plevra – plevra oldi yoki devor oldi yog kletchatkasiga novakain 
eritmasi kiritilib ogriksizlantiriladi (blokada qilinadi).
2. N frenicus – diafragmaning oldingi kismiga juda kup mikdorda novokain 
eritmasi kiritilib, blokada qilinadi.
3. N.n. intercostales – Qobirga oraligiga novakain eritmasi kiritiladi. 
4. N.vagus - Vishnevskiy bo’yicha vagosimpatik blokada qilinadi. 
5. Truncus sympaticus – Vishnevskiy bo’yicha vagosimpatik blokada 
qilinadi. 
6. Plexus aorticus – preaortal va ravok kletchatkasiga novokain kiritiladi.
7. Radix pulmonalis – ‘opka ildiziga novokain kiritilib, blokada qilinadi. 
Oldingi ko’ks oraligi t’osh suyagi va qovurga togaylarini olib tashlagandan 
sung ochiladi. Oldingi ko’ks oraligining pastki kismida yurak perikard bilan 
joylashadi, bu erda katta qon tomirlarining intra va exstraperikardial kismlari xam 
joylashadi (aorta, kavak venalar, ‘opka stvoli va x.k.). 
Oldingi ko’ks oraligining yuqori kismida bolalarda yaxshi tarakkiy etgan 
ayrisimon bez, kattalarda esa bu bezning involyusiyasi natijasida xosil bo’lgan yog 
kletchatka joylashadi. YOg klechatka olib tashlagandan sung ung va chap elka bosh 
venalari, ularning kushilishgan joyi va buning natijasida xosil bo’lgan yuqori kavak 
vena oldingi mediastinal limfa tugunlarga uralgan xolda kurinadi. Yuqori kavak 
venadan medialrokda, chap elka bosh venasining oxirida yuqoriga kutariluvchi 
aorta, uning ravogi, undan chikayotgan tarmoklar kurinadi. Aorta ravogi ungdan 
chapga va orqaga yunalib, chap tomondan bosh bronxni aylanib utadi. Perikard va 
mediastinal plevralar orasida yuqoridan pastga – diafragmaga yunalgan diafragmal 
nervlar joylashadi. CHuqurlikda, elka bosh stvoli va chap umumiy uyku arteriyasi 
orqasida, ulardan pastrokda esa aorta ravogining ung orqa tomonida traxeya 
joylashadi. Traxeya va bronxlar atrofida limfatik tugunlar bo’lib, yuqori kavak 
venaning orqasida ung ‘opka ildizi yotadi. Perikardning chap yuqori tomonida chap 


‘opka ildizi yotadi. Elka – bosh stvoli traxeyadan lateralrokda yuqoridan pastga va 
oldindan orqaga, kizilungach tomonga, yunalib ung adashgan nerv yotadi. CHap 
adashgan nerv aorta ravogini yuqoridan va chapdan kesib utib pastga yunaladi va 
kizilungachning oldingi yuzasiga boradi. 
Orqa ko’ks oraligi a’zolaridan eng oldida qizilungach turadi, undan chapda 
va orqaroqda ko’krak aortasi joylashadi. Orqa Ko’ks oraligining pastki tomonida 
kizilungach chapga, ko’krak aortasi ungga yunaladi, diafragmadan utayotgan joyda 
esa aortaning oldida kizilungach yotadi. Adashgan nervlar kizilungachni o’rab, 
uning atrofida chigal xosil qiladilar. Qizilungachning orqa va o’ng tomonida toq 
vena yotadi. Toq venadan chapda, umurtqa pogonasining chap tomonida ko’krak 
aortasi joylashadi. Toq vena, aorta va kizilungachning orqasida ko’krak limfa yuli 
yotadi, Qobirga boshchalarining oldingi yuzasida va qobirgaaro tomirlarning oldida 
yuqoridan pastga yo’nalgan simpatik nerv poyalari joylashgan.

Oldingi va orqa ko’ks oraligida katta yog kletchatkasi mavjud. Oldingi va 
orqa ko’ks oraligida yog kletchatkalar bir birlaridan bir qator fassial plastinkalar 
yordamida anatomik jixatdan ajralib turadi. Ularning eng asosiysi bo’lib traxeya va 
birinchi tartibdagi bronxlarning oldingi tomoni bo’ylab yo’nalib, perikardning orqa 
yuzasi bilan tutashib ketuvchi frontal joylashgan fassiyadir [ (septum 
mediastinorum, L.A.Meyer) ]. 
Ko’ks oraligini oldingi va orqaga bo’linishi yana shu bilan asoslanadiki, 
yiringli jarayonlarning oldingi ko’ks oraligidan orqaga o’tishi juda kam xollarda 
uchraydi. 
Oldingi ko’ks oraligining yuqori bo’limida tush suyagining orqa yuzasi va 
a’zolar orasida bo’yinning pretraxeal kletchatkasi bilan tutashib turuvchi klechatka 
bushligi mavjud. Bu bushlik Rudnevning tush orqa fassiyasi bilan ikki kavatga 
bo’linadi. Birinchi kavat y’opkarok bo’lib, tush suyagi orqa yuzasiga to’gridan 
to’gri yopishib turadi (Dyaqon ovning tush orqasidagi bushligi). Ikkinchisi, 
chukurrok yotuvchisi, 0,75-1,5 sm kalinlikda bo’ladi va orqadan Listerning fassial 
plastinkasi bilan chegaralanib turadi. Bu erda yiringli jarayonlar perikardning 
oldingi yuzasi bo’ylab diafragmagacha, undan esa korin parda oldidagi yog 
klechatkasiga tarkalishi mumkin. Oldingi Ko’ks oraligida bundan tashkari 
(pretraxeal, Rudnev bo’yicha rombsimon) kletchatka farklanadi, u traxeya 
bifurkatsiyasi, aorta ravogi, ‘opka arteriyasi tarmoklari va yuqori kavak vena orasida 
joylashadi, bu erda yana ung va chap paratraxeal kletchatka xam joylashgan. 
Orqa ko’ks oraligida eng ifodalangan kletchatka bo’lib, kizilungach
orqasidagi yog kletchatkasi xisoblanadi. U yuqorida bo’yinning spatium 
retroviscerale si bilan, pastdan esa diafragmadan aorta va kizilungach utuvchi 
teshiklar orqali korin parda orti kletchatkasi bilan tutashadi. Kizilungach oldidagi 
kletchatka traxeya bifurkatsiyasi zonasida (V.Savvin bo’yicha “bezli uchburchak” 
deyiladi) va pastda, kizilungachning oldingi yuzasi va perikard orasida yaxshi 
rivojlangan. 
Ko’ks oraligi kletchatkasida a’zolarni qon bilan ta’minlashda
katnashuvchi arterial va venoz tomirlarning keng tarmoqlangan turi mavjud. 


Bo‘yinning pastki chegarasi ko‘krakning yuqori chegarasi hisoblanadi. Uning 
pastki chegarasi—esa to‘sh suyagining hanjarsimon o‘sig‘i, qovurg‘alar yoyi, o‘n 
ikkinchi qovurg‘a va o‘n ikkita ko‘krak umurtqasidan tashkil topgan. To‘sh suyagi, 
o‘n ikki juft qovurg‘alar va o‘n ikkita ko‘krak umurtqalari o‘zaro birlashib, ko‘krak 
qafasini hosil qiladi. Bu qafasni o‘mrov suyagi bilan kurak suyagi mustahkamlaydi. 
Ko‘krak qafasining yuqorida kichik va pastki katta Aperturathorax superior et 
inferior teshiklari tafovut qilinadi. YUqorida teshik ochiq bo‘lib, bo‘yinning ko‘ks 
bo‘shliqlari bilan birlashadi, pastki teshigi esa diafragma bilan berkilgan bo‘lib, 
ko‘krak bo‘shlig‘ini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Diafragma gumbazli 
bo‘lishiga sababli va uning gumbazi ko‘krak bo‘shlig‘iga ko‘tarilganligidan qorin 
bo‘shlig‘ining hajmiham kattalashadi. Ko‘krak qafasi —thorax kurakni saqlab 
turadigan asos hisoblanadi. Odam tanasining konstruksiyasiga qarab kurak shakli 
turlicha bo‘ladi. 
O‘mrov suyagi kurak yuqori chegarasining bir qismi bo‘lishiga qaramay, plevra 
pardasi va o‘pka uchi busuyakdan to‘rt santimetryuqorida ko‘tarilib turadi, demak, 
ko‘krak bo‘shlig‘i uning yuqorichegarasi hisobiga kattalashadi.Ko‘krak devorida, 
ko‘krak qafasida joylashgan ichki a’zolar topografiyasini va patologik jarayonlar 
joylarini aniqlash uchun quyidagi chiziqlar o‘tkaziladi: 
1.
Oldingi o‘rta chiziq — linea mediana anterior. Buchiziq to‘sh 
suyaginingo‘rtasidan uzunasiga o‘tadi. 
2.
To‘sh (yokisternal) chiziq — lineasternalis to‘sh suyaginingchekkasidan 
o‘tkazilgan chiziq.
3.To‘sh suyagining yon chizig‘i — linea 
parasternalis 
to‘sh chizig‘i va o‘mrov suyagi o‘rtasidan o‘tkazilgan 
chiziqlaroralig‘idan o‘tadi. 
4.O‘mrov suyagining o‘rtasidan pastga qarab o‘tkazilgan chiziq — 
linea medioclavicularis. Bu chiziq o‘mrov suyagining o‘rtasidan pastga 
tortiladi.
5. Qo‘ltiq osti chuqurchasi old qirrasining chizig‘i — linea axillaris- anterior. Bu 
chiziq qo‘ltiq osti chuqurchasining oldingi qirrasidan o‘tadi.
6. Qo‘ltiq osti chuqurchasining o‘rta chizig‘i — linea axillaris media. 
Bu chiziq qo‘ltiq osti chuqurchasining o‘rtasidan o‘tadi. 
7.
Qo‘ltiq 
osti 
chuqurchasi 
orqa 
qirrasining 
chizig‘i 
— 
linea 
axillarisposteriorqo‘ltiq osti chuqurchasining orqa qirrasidan o‘tadi. 
8.
Kurak suyagining chizig‘i — linea scapularis kuraksuyagining pastki 
burchagidan o‘tadi. 
9.
Umurtqa yon chizig‘i — linea paravertebralis umurtqa va kurak chiziqlari 
o‘rtasidan o‘tadi.
10.
Umurtqa o‘rta chizig‘i yoki orqa o‘rta chizig‘i — linea vejltebralis, 
umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlari orqali o‘tadi. 
11.Orqa o‘rta chiziq — linea medialis posterior ko‘krak umurtqalarining o‘tkir 
qirrali o‘siqlaridan o‘tadi.
v
Ko‘krak devori quyidagi qavatlarga ega: 
1.Ko‘krakning old va yon tomondagi teri qavati nozik, yupqa bo‘ladi. 
2. Teri osti yog‘ qavati oldinda kam, yon va orqada esa yaxshirivojlangan. 


3.Ko‘krakning yuzaki fassiyasi ko‘krakni o‘rab turadi, chunki bufassiya (fascia 
thoracalis superficialis) tana umumiy yuzaki fassiyasining bir qismidir. Bu fassiya 
xotinlarda sut bezi — glanbulasmammae ga o‘raladigan xaltacha, hosil qiladi. 
4.Sut bezi 16-20 bo‘laklardan tuzilgan bo‘lib, har birqismidan sut bezining 
so‘rg‘ich— papilla mammae qismiga o‘z naychasini yuboradi. So‘rg‘ich atrofida 
pigmentlarga boy teri 
aylanmasi areola mammae bo‘ladi.
Sut bezi ko‘krak katta muskulining ustida joylashgan, bu muskul bilan sut bezi 
orasida yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan to‘qima bor. SHuning uchun sut 
bezi o‘ng‘aygina qimirlay oladi. Sut bezining har bir bo‘lagidan chiqqan sut 
naychalari o‘zaro qo‘shilib5-8 sut naychalari — ductuli lactiferi ga aylanib, sut bezi 
so‘rg‘ichida 
ochiladi.
Sut bezi — a. thoracica interna va a. intercostales, a. thoracica lateralis tolalari 
bilan o‘mrov suyagi ustki nervlarining tolalari qovurg‘a oraliq nervlar hamda kurak 
simpatik tugunlari tolalari bilan ta’minlanadi. Sut bezida rakkasali ko‘p uchraydi. 
Sut bezining limfa tomirlari qo‘ltiq osti chuqurchasidagi va o‘mrov suyagi osti va 
ustidagi limfa tugunlariga quyiladi, hatto ikkala sut bezlarining limfa tomirlari bir-
biri bilan to‘sh orqasidan o‘tadigan tomirlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Sut bezining 
yiringli yallig‘lanishiga mastit — mastitis deyiladi. Bu yallig‘lanish sut bezi 
bulagining ichida bo‘lsa, bunga mastitis intraglandularis, teri ostida bo‘lsa — 
mastitis antigiandularis va sut bezining orqasida, ya’ni sut bezi bilan ko‘krakning 
katta muskul i o‘rtasida joylashsa, mastitis retroglandularisdeyiladi. 
Mastitis retroglandularis da esa teri va teri osti qavati sut bezining pastki qiyig‘i 
kesiladi va yiringdan bo‘shatiladi. Sutbezi balog‘atga etgan qizlarda yaxshi
taraqqiy etgan bo‘ladi. O‘g‘ilbolalarda va erkaklarda o‘smagan rudiment 
holatda 
bo‘ladi. 
Agar 
erkaklarda sut bezi taraqqiy etgan bo‘lsa, bunga— genicomastiadeyiladi. Sut bezi 
ayollarda ikkita bo‘lib, ba’zan uning soniikkitadan ko‘proq ham uchraydi, bunga — 
polimastia deyiladi.Ayollarda sut bezi vertikal chiziq bo‘ylab II qovurg‘a bilan VII 
va 
VIII 
qovurg‘alar 
orasida, 
gorizontal 
chiziq 
bo‘ylab 
esa 
oldingi 
qo‘ltiq osti chuqurchasi chizig‘i bilan, to‘sh suyagi yonidagi chiziqlar 
orasida joylashadi. 
5. Ko‘krak devorining kelgusi qavati muskullardir, uning oldingi tarafida 
ko‘krakning katta va kichik muskullari joylashgan, yon tomonida esa oldingi tishli 
muskul joylashgan. Ko‘krak devorining orqa tomonida trapetsiyasimon muskul, 
orqaning serbar muskuli, rombsimon, kurakni ko‘taruvchi muskul, orqaning yuqori 
va pastki tishli muskuli, hamda kurak suyagi osti va kurak bilan qirrasining yuqori 
va pastki chuqurchasidagi muskullar joylashadi. Kurak suyagi II va VII qovurg‘alar 
ustida joylashgan bo‘lib,pastki burchagi ostida VII va VIII qovurg‘alar oralig‘i bor. 
Bu oraliq orqali plevra bo‘shlig‘iga tushish mumkin. 
6. Qovurg‘a oralig‘i — o‘n ikkitaqovurg‘alar orasida musculus. intercostales 
externus et internus muskullari joylashgan. Har bir qovurg‘aning pastki qirrasida 
qovurg‘a egatchasi — sulcus costae bo‘lib, bu erdan qovurg‘a oraliq arteriya, vena 


va nervlar joy olgan. 
Qovurg‘a oraliq venalarning chap tomondagilari yarimtoq vena — vena 
hemiazygos ga quyiladi, o‘ng tomondagi qovurg‘a oraliq venalar toq vena — vena 
azygos ga quyiladi. YArim toq venaning pastki qismi oltinchi qovurg‘a oldida toq 
venaga, yuqori qismi esa chap o‘mrov osti venasiga quyiladi. Toq vena to‘rtinchi 
ko‘krak umurtqasi oldida o‘ng katta bronxning ustidan o‘tib, yuqori kavak venasi—
vena cava superior ga quyiladi. Umuman toq vena qorin bo‘shlig‘i orqa devorining 
oldingi tarafida, bel umurtqalarining o‘ng tomonidagi, bel venalarining (venae 
lumbales) qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lsa, chap bel venalaridan yarim toq vena 
taraqqiy etgan. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, bel venalari bir tomondan 
toq va yarim toq venalarni hosil qilishda ishtirok etsa, ikkinchi tomondan pastki 
kavak vena — vena cava inferor ga quyiladi va toq, yarim toq venalar ikkala kavak 
venalarini anastomozlashtiradi, bunga 

Download 269,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish